Manbalarda
keltirilishicha,
imom al-Buxoriy
o'z ijodiy
faoliyati davrida
yigirmadan ortiq
asarlar yaratgan.
Allomaning mana
shu asarlari
xususida qisqacha
to'xtalamiz:
1.
Imom
al-Buxoriyning
shoh asari "Al-Jomi’
as-Sahih" (ishonchli
to'plam")
haqida keyinroq
batafsil fikr
yuritamiz.
2.
Al-Adab
al-mufrad ("Adab
durdonalari").
Imom
al-Buxoriyning
odob-ahloq
xususidagi eng
sahih hadislarni
o'zida mujassam
etgan ushbu asari
katta tarbiyaviy
ahamiyatga molik
benazir to'plamdir.
Uning arabcha
nashri ikki marta
bosilib, 1990
yilda esa, olim
Sh.Boboxonov
tomonidan asarning
o'zbekcha
tarjimasi ham
nashr etilgan.
Imom
al-Buxoriyning bu
asarida 1322 hadis
va xabarlar 644
bobda ja'mlangan
bo'lib, u
Hindiston, Turkiya
va Misrda bir
necha marta chop
etilgan. Asarning
bir qancha
qo'lyozma
nusxalari ham
saqlangan.
Hindistonlik olim
as-Sayiyd
Fazlulloh
al-Jiloniy bu
asarning tanqidiy
nashrini sharhi
bilan birgalikda
"Fazlullohisamad
fi tavziyhil-Adab
al-Mufrad"
nomi bilan chop
etgan.
3.
Kitob al-kuna
("Kunyalar
haqida kitob").
Azaldan
muhaddislar
o'rtasida
roviylarni qator
hollarda asl
ismlari bilan emas
kunyalari bilan
atash odat bo'lgan.
Bu hol o'z
navbatida
roviylarni
bir-biri bilan
almashtirib
yuborilishiga,
oxir-oqibatda
xatoga olib kelgan.
Shu boisdan
roviylarning
kunyalariga
bag'ishlangan imom
al-Buxoriyning
ushbu asari bu
sohada katta
ahamiyatga ega
bo'lgan. Bu asar
Hindistonda 1940
yilda chop etilgan.
4.
Kitob al-Favoid (Foydali
ashyolar haqida
kitob). Imom
al-Buxoriyning
ushbu ta'lifi imom
at-Termiziyning
"Al-Jomi’"
nomli asarining
"Kitob
al-manoqib"
qismida zikr
etilgan. Olim
Muhammad
Jamoluddin
al-Qosimiy
ad-Dimashqiy
"Hayot
al-Buxoriy"
nomli tasnifida
imom
al-Buxoriyning
ushbu asarini
"Kitob
al-Faroid"
deb xato keltirgan.
Asar illatli
hadislarga
bag'ishlangan
bo'lsa kerak.
Uning
qo'lyozmalari
haqida aniq
ma'lumotga ega
emasmiz.
5.
Juz' raf'
al-yaddayn ("Ikki
qo'lni ko'tarish
haqida").
Ushbu asarda ikki
qo'lni ko'tarishga
oid hadislar
ja'mlangan bo'lib
qo'lni
ko'tarmaslikka oid
rivoyatlar bilan
bahs yuritiladi.
Asardagi
hadislarni imom
al-Buxoriydan
Buxoro shahrida
ta'lim olgan,
uning oxirgi
shogirdlaridan
biri hisoblangan
Mahmud ibn Ishoq
al-Xaza'yi rivoyat
qiladi.
6.
At-Tarix al-Kabir
("Katta tarix")-Ushbu
"at-Ta’rix"
asarini imom
al-Buxoriy o'n
sakkiz yoshida
Madinai-munavvaradagi
al-Masjid
an-Nabaviy ("Payg'ambar
masjidi")da
yaratgan. Ushbu
asar yozib
tugatilgach imom
Ishoq ibn Rohvayh
katta
xursandchilik
bilan amir
Abdulloh ibn Tohir
al-Xurosoniyga uni
taqdim qilaturib:
"Senga
harqanday kishini
sehrlab qo'yadigan
bir asarni
ko'rsataymi?",-deb
hitob qilgan. Imom
al-Buxoriyning
ushbu asari
Turkiyada to'qqiz
jildda nashr
qilingan. Asar
qo'lyozmasining
ba'zi qismlari
Haydarobod
kutubxonasida
saqlanadi, u
"kof"
harfidan boshlanib,
kitobning
oxirigacha yetadi.
Agar 1361-1362
hijriy (1941-1942
melodiy) yillarda
sakkiz qism to'rt
jildda chop
etilgan. "At-Tarix
al-kabir"
kitobi sahobalar,
tobe'iynlarning
izdoshlari (atbo')dan
rivoyat qilgan
hadislarni
to'la-to'kis
o'zida qamrab
olgan bo'lib,
ularning ismlari
alifbo tartibda
joylashtirilgan.
Agarki mushtarak
ismlar uchrab
qolsa alifbo
harflarining
tartibi ular
otalarining
ismlariga qarab
tartib berilgan.
7.
At-Ta’rix
al-avsat ("O'rta
ta’rix") -
Bu kitobni imom
al-Buxoriydan
Abdulloh ibn
Abdusallom
al-Haffof va
Zanjaviyh ibn
Ahmad al-Lubod
rivoyat qilganlar.
Ushbu asarning bir
qo'lyozma nusxasi
Hindistonning
Haydarobod
shahrida
saqlanishi zikr
qilinadi.
8.
At-Tarix as-sag'ir
("Kichik
tarix").
Imom
al-Buxoriyning bu
asari ham hadis
tarixiga oid
qimmatli asardir.
Imom al-Buxoriy bu
asarida mashhur
sahobalar,
tobe'iynlar va
tobe'iynlarning
izdoshlarini zikr
qilgan bo'lib,
ularning vafot
etgan yillari,
naslu nasablarini,
ularning o'zaro
muloqotlarini
bayon qiladi, ko'p
hollarda noqis (jarh)
va isloh
qilinganlarini ham
qayd etadi.
Muallif o'z
asariga yilma-yil
tartib berib, agar
bir sanani tugatsa,
u sanada vafot
etgan mashhur
shaxslarni, sodir
bo'lgan boshqa
muhim ishlarni
zikr etib, undan
so'ng keyingi
sanani boshlaydi.
Bu asar
Hindistonda va
Qohirada nashr
etilgan.
9.
Imom
al-Buxoriyning
hadislarga oid "al-Jomi’
al-kabir"
("Katta
to'plam")
asari xususida
ba'zi manbalarda
zikr qilinsada, bu
asar haqida
batafsil
ma'lumotga ega
emasmiz asarning
ayrim qo'lyozma
nusxasi
saqlanganligi
haqida ba'zi
taxminlar bor.
"Kashf
az-zunun"
asarida ham shu
tarzdagi ma'lumot
bilan
chegaralanilgan.
10.
Xalq af'ol
al-ibod ("Olloh
bandalari
ishlarining
yaratilishi").
Sahobalar va
tobe'iynlar
Qur'oni karim
oyatlari va hadisi
shariflarga
tayanib sohta
guruhlarga raddi
javob qilishi
hadisshunoslik
tarixida mavjud
edi. Ushbu
kitobning maqsadi
ham shu
yo'nalishda. Imom
al-Buxoriydan bu
asarni Yusuf ibn
Rayhon ibn
Abdussamad
al-Firabriy
rivoyat qilgan.
Imom
al-Buxoriyning bu
asari 1958 yilda
Makkai Mukarramada
va 1886 yilda
Hindistonda nashr
etilgan.
11.
"Kitob
az-zuafo as-sag'ir"
("Zaif
roviylar haqida
kichik kitob).
Bu asar "Kitob
az-zuafo"
nomi bilan ham
zikr qilinadi.
Muallif bu asarida
zaif roviylarning
ismlarini alifbo
harflari tartibida
keltirgan. Aksar
hollarda
zaiflikning
sabablari
roviyning
ustozlari zikri
bilan birga bayon
qilinadi. O'ta
diqqat e'tibor
bilan bu kitobda
roviylarning
nuqsonlari va
qusurlari
ko'rsatilib, ular
rivoyatning
zaiflik
negizlarini
aniqlashga imom
al-Buxoriy katta
extiyotkorlik va
zo'r mas'uliyat
bilan ish tutgan.
Allomaning bu
asari 1885 yilda
Hindistonda chop
etilgan.
12.
Imom al-Buxoriy "al-Musnad
al-kabir"
("Katta
musnad")
nomli asar yozgan
bo'lsa-da, uni
bizgacha yetib
kelgani haqida
aniq ma'lumot yo'q.
Lekin uning bir
qo'lyozma nusxasi
ikkinchi jahon
urushidan oldin
Olmaniyada
saqlanganligi
haqida taxmin
qilinadi.
13.
Imom
al-Buxoriyning "At-Tafsir
al-kabir"
("Katta
tafsir")
nomli asari haqida
allomaning
shogirdlaridan
biri al-Firabriy
zikr qilgan. Nemis
sharqshunosi Karl
Brokelmanning
yozishicha, bu
asarning bir
qo'lyozma nusxasi
Jazoirda, yana bir
nusxasi Parijda
saqlanar ekan.
14.
"Kitob
al-Hiba"
("Xayr-ehson
haqida kitob").
Imom
al-Buxoriyning bu
kitobi haqida
allomaning shaxsiy
kotibi Muhammad
ibn Abu Hotam
al-Varroq: "Imom
al-Buxoriy xayr
ehson haqida bir
kitob ta'lif
etdilar, unga besh
yuzga yaqin hadis
kirgan",-deb
yozgan. Lekin,
afsuski bu
asarning biron-bir
qo'lyozma nusxasi
bizgacha yetib
kelganligi ma'lum
emas.
15.
Imom
al-Buxoriyning
boshqa bir asari "Asomiy
as-sahoba"
("Sahobalarning
ismlari") deb
ataladi. Imom
al-Buxoriydan
avval biron
muallif ushbu
("Asomiy
as-sahoba")
mavzusida kitob
yozgani ma'lum
emas. Imom
al-Buxoriydan
keyin esa Ibn
Munda, Ibn
Abdulbir, Ibn
al-Asir, al-Hofiz
ibn Hajar
al-Asqaloniy va
ulardan boshqa
qator mualliflar
sahobalarning
ismlari, ularning
siyratlari va ular
solnomalari haqida
asarlar yaratgan.
Kezi kelganda
aytish kerakki, bu
juda muhim mavzu
bo'lib, uning
ilmiy ahamiyati
kattadir. Ushbu
asarning bir
qo'lyozma nusxasi
Ikkinchi jahon
urushidan oldin
Olmoniyada
saqlanganligi
haqida ma'lumotlar
bor.
16.
"Kitob
ul-vuhdon"
("Yagonalar
haqida kitob").
Alloma ushbu
"Kitob
al-vuhdon"
asarida faqat bir
hadis rivoyat
qilgan sahobalarni
zikr qiladi. Imom
al-Buxoriy bu
sohada ham
birinchilardan
bo'lib asar
yaratgan. Undan
keyin imom
an-Nasoiy ham (ayni
shu tarzda) "Kitob
al-vuhdon"
nomli asar
yaratgan,
shuningdek
al-Buxoriyga
taqlid qilib imom
Muslim ham "Kitob
al-vuhdon"
nomli asar yozgan.
Imom
al-Buxoriyning bu
asari ham bizgacha
yetib kelganligi
hozircha ma'lum
emas.
17.
Imom
al-Buxoriyning "Kitob
al-Mabsut"
("Mufassal
kitob")
nomli asari haqida
olim al-Xaliliy
"al-Irshod"
nomli asarida zikr
qilgan. Asarni
Imom al-Buxoriydan
Muhiyb ibn Salim
rivoyat qilgan
bo'lib, uning
mavzui haqida aniq
yozilmagan. Lekin
faraz qilish
mumkinki, imom
al-Buxoriy ushbu
asarida hadislarni
chuqur tadqiq
etish natijasida
fiqhiy masalalarni
batafsil bayon
qilgan bo'lsa
kerak. Asarning
qo'lyozma nusxasi
Ikkinchi jahon
urushidan avval
Olmoniyada
bo'lganligi zikr
qilinadi.
18.
Kitob al-Ilal
("Illatli
hadislar haqida
kitob").
Illatli hadislarni
bilish g'oyatda
nozik va muhim
bo'lib, ushbu
ilmni idrok etish
uchun muallif keng
ko'lamda
ma'lumotga ega
bo'lishi va
g'oyatda iqtidorli
bo'lishi talab
qilingan. Ehtimol,
Imom
al-Buxoriyning
"Kitob
al-ilal"
nomli asari ushbu
mavzuga
bag'ishlangan
dastlabki
asarlardan biri
bo'lishi mumkin.
19.
Birr
al-volidayn
("Ota onaga
mehr-muhabbat").
Manbalarda
ta'kidlanishicha,
bu asarni imom
al-Buxoriydan
Muhammad ibn
Dallaviyx rivoyat
qilgan. Asarning
nomidan ham uning
mazmun-mohiyati
ma'lum bo'lgan
bilan allomaning
ushbu asari
bizgacha yetib
kelmagan
hisoblanadi.
20.
Kitob al-ashribati
(Ichimliklar (sharbatlar)
haqida kitob).
Ushbu asar
haqidagi qisman
ma'lumotlar
ad-Doruqutniyning
"al-Mu'talaf
va al-Muhtalaf"
nomli kitobida
keltirilgan. Asar
bizgacha yetib
kelmagan bo'lsa
kerak.
21.
Qazoyo as-sahoba
vat-tob'yeiyn
("Sahobalar
va tobe'iynlar
hukumlari") nomli
asarini Imom
al-Buxoriy 827|212
hijriy sanada
"at-Ta’rix
al-kabir"
("Katta
ta’rix")
asaridan ham oldin
tasnif qilgan.
Sahobalar va
tabe'iynlar
haqidagi qimmatli
ma'lumotlarni,
ular to'g'risidagi
amaliy
munosabatlarni
o'zida mujassam
qilgan ushbu asar,
ming afsuski,
bizgacha yetib
kelmagan.
22.
Kitob ar-Riqoq
(Nafosat haqida
kitob). Imom
al-Buxoriyning
ushbu asari haqida
juda oz ma'lumotga
egamiz. Olim Hoji
Xalifa bu asar
haqida qisqagina
"Al-Buxoriyning
"Kitob
ar-Riqoq"
asari hadis
kitoblaridan biri"
[1]-degan iboradan
boshqa hech qanaqa
ma'lumot
keltirmagan.
Aftidan,
allomaning ushbu
asari bizgacha
yetib kelmagan.
23.
"Al-Jomi'
as-sag'ir
fil-hadis"
("Hadis
haqida kichik
to'plam). Imom
al-Buxoriyning
ushbu asari haqida
Hoji Xalifa:
"Bu asarni
imom al-Buxoriydan
Abdulloh ibn
Muhammad al-Ashqar
rivoyat
qilgan",-deb
yozgan. Shayx
Al-Muborakfuriyning
yozishicha,
al-Hofiz ibn Hajar:
"bu imom
al-Buxoriyning
mavjud
asarlaridandir,-deb
ta'kidlagan.
Ikkinchi jahon
urushidan oldin bu
asarning bir
qo'lyozmasi
Olmoniyada
bo'lganligi taxmin
qilinadi.
24.
"Al-Qiroatu
xalf al-imom
("Imom
orqasida turib
o'qish"). Imom
al-Buxoriyning
qalamiga mansub bu
mashhur risolada
hadislar va boshqa
manbalarga
tayanilgan holda
imomning orqasida
turib qiroat
qilish mumkinligi
isbot qilingan.
Ushbu asarida imom
al-Buxoriy o'zi
qo'llagan nafis
uslub orqali o'zi
bilan munozara
qilganlarga
o'rinli javob
qilganligi ham
tahsinga sazovor.
Imom
al-Buxoriyning bu
asari bir necha
yil ilgari
Qohirada, undan
keyin Hindistonda
chop etilgan.