Hayot
yo'llari
Imom
al-Buxoriyning
ismi Muhammad,
kunyasi Abu
Abdulloh, laqabi
ba'zan imom
al-muhaddisiyn (muhaddislarning
imomi, peshvosi),
ba'zan amir
ul-mu'miniyn
fil-hadis (hadis
ilmining amiri,
sultoni) va nasabi
Muhammad ibn
Ibrohiym ibn
al-Mug'iyra ibn Bardazbah
ibn Bazazbehdir.
So'nggi ikki ismi
ibn Bardazbeh ibn
Bazazbeh)dan
ko'rinib turibdiki,
imom
al-Buxoriyning asl
nasabi ajamlarga
borib taqaladi. Bu
fikr talay
adabiyotlarda qayd
qilingan bo'lib,
ko'pchilik
muhaddislarning
ta'kidlashlaricha,
"Bardazbeh"
so'zi arabcha
"zori'"
(ziroat,
dehqonchilik bilan
shug'ullanuvchi
kishi) ma'nosini
bildiradi. Mashhur
olim imom
as-Subkiy o'zining
"Tabaqot
ash-shofi'iyya
al-kubro"
("Shofe'iy
ulug' tabaqalar")
nomli yirik
asarida
Bardazbehning
otasini Bazazbeh
deb
ko'rsatgan.Imom
al-Buxoriy haqida
yozgan ko'pchilik
olimlar esa uning
nasabini faqat
Bardazbehga
bog'lab
tugatganlar.
Afsuski
tarixchilar
Bardazbeh, uning
otasi Bazazbeh
haqlarida deyarli
hech qanaqa
ma'lumot
keltirmaganlar.
Ba'zi olimlarning
xabarlariga ko'ra
ular ikkovlarining
kelib chiqishi
ajamdan bo'lib,
ularning dinlariga
e'tiqod qilganlar.
Imom al-Buxoriy
otasining bobosi
al-Mug'iyra Buxoro
hokimi Yaman
al-Juafiydan islom
dinini qabul
qilgan bo'lib,
Buxoroni vatan
tutib yashab
qolgan. O'sha
paytdagi taomulga
ko'ra, agar biron
kishi islom dinini
kimdan qabul qilsa,
o'sha kishining
qabilasiga mansub
hisoblangan. Bu
odat qabul
qilingan dinga
sodiqlikning
belgisi bo'lib,
arabcha nisbat
ul-vilo’
fil-islom (islom
diniga sodiqlik
nisbati) deb
atalishi odat
tusiga kirgan edi.
Albatta
al-Mug'iyra ham
o'sha davrda
ommaviy tus olgan
ushbu urfdan holi
bo'lmaganligidan
uning o'zi ham,
undan keyingi
tug'ilgan
avlodlari ham, shu
jumladan imom al-
Buxoriy ham
Ju'afiy deb atala
boshladilar. Imom
al-Buxoriyning
nasli-nasabi
haqida tarixchilar
keltirgan
ma'lumotlardan
yana shuni qayd
qilish kerakki,
uning bobosi
Bardazbehning
ismini ba'zilar
aslida al-Ahnaf
deb keltirganlar.
Ahnaf deb odatda
eng aqlli, dono
kishilarganisbat
berilgan, go'yoki
saxiy, qo'li ochiq
kishilar "Hotamtoy"
deb aytilgani
singari. Bundan
ko'rinib turibdiki,
imom
al-Buxoriyning
bobosining haqiqiy
ismi Bardazbeh
bo'lsa-da, u oqil,
zukko inson
bo'lganligidan
al-Ahnaf laqabi
bilan ham atalgan.
Imom
al-Buxoriyning
otasi Ismoil,
uning kunyasi
Abul-Hasan bo'lib,
o'z davrining
yetuk
muhaddislaridan
sanalib, imom
Molikning shogird
va ashoblaridan
biri bo'lib,
tijorat ishlari
bilan ham
shug'ullangan.
Afsuski hozircha
uning qalamiga
mansub biror asar
haqida aniq
ma'lumotga ega
emasmiz. Biroq uni
Hamad ibn Zayd,
imom Molik, Abu
Muoviya kabi o'z
davrining yirik
muhaddislaridan
hadislar rivoyat
qilgani, Abdulloh
ibn al-Muborakning
suhbatida bo'lib,
undan ta'lim
olgani haqidagi
xabarlar
manbalarda
keltiriladi. Uning
shogirdlaridan
iroqlik bir qancha
olimlar Ahmad ibn
Hafs, Nasr ibn
Husayn va
boshqalarni
ko'rsatish mumkin.
Imom al-Buxoriy
"at-Ta‘rix
al-Kabir"
("Katta
ta’rix")
asarida otasining
tarjimai holi
haqida talay
ma'lumotlar
keltiradi.
Tarixchi al-Hofiz
ibn Hibbon
o'zining "Kitob
as-Siqqot"
("Buyuk
insonlar haqida
kitob") nomli
asarida Ismoil ibn
Ibrohim ya'ni
al-Buxoriyning
otasi, Hamad ibn
Zayd va Molikdan
hadislar rivoyat
qilgan, undan esa
iroqlik olimar
hadislar rivoyat
qilganlar",-deb
ta'kidlaydi.
Manbalarda
zikr qilinishicha,
alloma Ismoil o'ta
taqvodor, xudojo'y,
halol bir inson
bo'lgan. Tarixchi
Ahiyd ibn
Hafasning
yozganlari bu
fikrimizga yorqin
dalildir. "Abu
Abdulloh (imom
al-Buxoriyning
otasi) bandalikni
bajo keltirayotgan
chog'ida uni
ziyorat qilganimda
menga u: "bor
molu-dunyomdan na
harom yo'l bilan,
na shubhali, nopok
yo'l bilan
topilgan bir
dirhamni ham
bilmayman, deb
iltijo qilganida
mening nafasim
bo'g'ilib, butun
vujudim uning
ulug'vorligidan
hech narsaday
tuyuldi",-
deb yozadi.
Shuningdek
imom
al-Buxoriyning
otasiga xos
bo'lgan yana
birqancha asl
insoniy fazilatlar
va uning alohida
xususiyatlari zikr
etilib, bunday
fazilatlar o'sha
davrdagi
kamdan-kam
kishilarda
uchragani haqida
ham qayd qilinadi.
Imom
al-Buxoriyning
onasi ham taqvodor,
diyonatli va har
xil karomatlar
sohibasi bo'lgan
oqila ayol bo'lgan.
U el orasida Alloh
taologa iltijo
etib, doimo duolar
o'qib yuradigan
pokiza ayol
sifatida tanilgan
edi. Ma'lumki,
imom al-Buxoriy
yoshligida ko'zi
jarohatlanib
ko'rish qobiliyati
susaygan bo'lib,
har qancha
urinmasin ham
tabiblaruni
davolay
olmagandilar.
Kunlardan bir kuni
al-Buxoriyning
onasi tushida
Ibrohim
alayhissalomni
ko'rganda u zoti
sharif bu mushfiqa
onaga qarab:
"Ey volida!
Sening
duolaringning
ko'pligidan
Alloh-taolo
o'g'lingga to'liq
ko'rish
qobiliyatini
qaytardi", -
deb xitob
qilganlar. Keyin u
"Uyqumdan
uyg'onsam o'g'lim
Muhammadning ko'z
nuri to'liq qaytib
tuzalib
ketibdi",-degan
rivoyat mavjuddir.
Afsuski, imom
al-Buxoriy
yoshligida ko'zi
ojiz bo'lib
qolganligi, uning
sabablari, so'ngra
ungato'lig'icha
ko'z quvvatining
qaytganligini-chunonchi
u "at-Tarix
al-Kabir"
nomli asarini
oyning yorug'ida
yozgan-
tafsilotlari
haqida manbalarda
aniq ma'lumotlar
uchratmadik. Abu
Ali al-G'assoniy
degan olim "Muhammad
ibn Ismoilning
yoshligida ko'zi
ojiz bo'lib qolgan.
Uning onasi
taqvodor ayol
bo'lib tushida
Ibrohim
Xalilullohni
ko'rganda u: Ko'p
duolar qilib
yig'laganingdan
Alloh taborako va
taolo o'g'lingni
ko'zini
qaytardi",-degan.
Ona: "Ertalab
uyg'onsam, Alloh
o'g'limga ko'rish
qobiliyatini
qaytarganini
ko'rdim",-degan.
U ham yuqoridagi
fikrni aynan
qaytaradi.
Imom
al-Buxoriy azaldan
ilm fan va
madaniyat
ravnaqida mashhur
bo'lgan Buxoro
shahrida tavallud
topgan. Ko'plab
muarrihlarning
guvohlik
berishlaricha,
Buxoro azaldan
Movarounnahrning
eng qadimiy va
go'zal
shaharlaridan biri
bo'lgan.
Manbalarda zikr
qilinishicha,
shaharning o'rab
turgan devorlari
o'ttiz olti millga
cho'zilgan.
Shaharning obod va
ko'rkamligi, uning
benazir
go'zalligixususida
Manbalarda zikr
qilinishicha,
shaharning o'rab
turgan devorlari
o'ttiz olti millga
cho'zilgan.
Shaharning obod va
ko'rkamligi, uning
benazir go'zalligi
xususida ko'plab
shoirlar va
fozillar
o'zlarining nasriy
va nazmiy
asarlarida alohida
ehtiros bilan
tarannum etganlar.
Mana
shu muhtasham
shahar-Buxoroi
sharifda 194
hijriy sana
shavvol oyining 13
kunida salotul
jum'adan keyin
(810 melodiy sana
21 iyul) jamiy'
muhaddislarning
imomi, hadis
ilmining sultoni (amirul
mo'm'iniyn fil
hadis), sayyidul
fuqaho kabi ulug'
laqablarga
muyassar bo'lib,
Payg'ambar
alayhissalomning
muborak
hadislariga
durdonasimon
sayqal berib,
ularni abadul-abad
barhayot qilgan
ulug' zot imom
al-Buxoriy dunyoga
kelgan. Buyuk
shoir va
mutafakkir
Abdurrahmon Jomiy
buyuk muhaddisning
ilmiy salohiyatiga
yuksak baho berib:
Batxa (Makka) va
Yasrib (Madina)da
yasalgan tanganing
Buxoroda sayqali
kamoliga
yetdi"-deb
yozgan edi. O'rta
asrlarda tug'ilgan
olimlar tavallud
etgan oylar,
kunlar tugul
manbalarda xatto
ko'pincha
yillarida ham aniq
bir sana bo'lmay,
xilma-xil yillar
ko'rsatilgan
hollari ko'p
uchraydi. Imom
al-Buxoriyning
tug'ilgan vaqti (kuni,
oyi, yili)ning
aniq
keltirilishining
boisi shundaki,
uning o'zini
yozishicha, u
tug'ilgan vaqt
haqida otasi qo'li
bilan yozib
qo'ygan varaq,
unga zamondosh
olimlarga yetib
kelgan.
Imom
al-Buxoriy
yoshligidayoq
otasi vafot etib,
uning tarbiyasi
faqat volidasi
kafolatida bo'lgan.
Birmuncha ulg'ayib
aqli raso bo'lgach,
uning qalbida
islomiy ilmlarga,
ayniqsa,
Payg'ambar
alayhissalomning
muborak
hadislarini
o'rganishga va
yodlashga moyillik
tobora kuchaya
borib, u dastavval
Ibn al-Muborak va
Vakiy'ning
hadislarga oid
asarlarini yod
oladi.
Imom
al-Buxoriyning
kotibi, uning
asosiy tasnifi
"Sahih"
asari roviylaridan
biri Abu Ja'far
Muhammad ibn Abu
Hotam al-Varroq
shunday deb yozadi:
"Al-Buxoriyning:
"Hadislarni
yod olish ilhomi
menga boshlang'ich
maktabda
o'qiyotganimda
kelgan
edi"-deb
aytganini
eshitganimda:
"O'shanda
necha yoshda
edingiz"?-deb
so'radim: u "O'n
yoshda balkim
undan ham kichik
edim", - deb
javob bergandi. Bu
misoldan ko'rinib
turibdiki, imom
al-Buxoriy juda
yoshligidan
boshlab hadislarni
yod olib, bu ilmga
alohida zavq-shavq
va qiziqish bilan
qaragan.
Imom
al-Buxoriyning
ustozlari haqida
gapiradigan
bo'lsak, u eng
avvalo o'sha
paytda Buxoroning
taniqli
muhaddislaridan
sanalgan olim
ad-Doxiliydan
hadis ilmidan
saboq olgan.
Hadislarni
o'rganish bo'yicha
ushbu olim tashkil
etgan to'garak (halqa)ning
shuhrati keng
tarqalgan bo'lib,
uning faoliyati
yoyilib ulkan
samaralarga
erishgan.
Kunlardan bir kuni
ad-Doxiliy o'z
odaticha hadis
ilmidan dars berar
edi, al-Buxoriy
ham boshqalar
qatori dars
tinglab o'tirgan
edi. Shunda
Ad-Doxiliy bir
hadis isnodi
haqida gapirib:
Sufyon Abu
Zubayrdan, u
Ibrohimdan",
deb qildi. Bunga
al-Buxoriy: "Abu
Zubayr hech vaqt
Ibrohimdan rivoyat
qilmagan",-
dedi va bu bilan u
ad-Doxiliyning bu
sanad xususidagi
xatodan ogoh
qilmoqni istagandi.
O'z shogirdining
ovozini eshitgan
ad-Doxiliy esa
hayratga tushib
dag'allik bilan
uni so'zini bo'ldi.
Shunda al-Buxoriy
o'ta xotirjamlik
bilan: -"Ustoz,
agar ishonmasangiz
asil manbaga
qarang",-
dedi. Ad-Doxiliy
manbaga qarab
al-Buxoriy aytgan
gapning
to'g'riligini
e'tirof qilib tan
oldi-yu, lekin
o'sha hadis
sanadini
tuzatishni
paysalga soldi.
Insof yuzasidan
yoki uni sinab
ko'rish uchunmi
xullas, sanadni
tuzatish
masalasini
al-Buxoriyning
o'ziga tashladi.
Tashqariga
chiqishgach,
al-Buxoriydan:
-"E,
bola, bu yog'i
endi qanday
bo'ladi"?-deb
so'radi.
Al-Buxoriy
esa o'ylamasdan
shunday javob
qildi:
-"Zubayr
ibn Adiy
Ibrohimdan rivoyat
qilgan".
Shundan keyin u (ad-Doxiliy)
qalam olib
yozganini tuzatdi
va sen haqsan, -
dedi.
Al-Buxoriyning
aytishicha, bu
vaqtda u atigi o'n
bir yoshda bo'lgan".
Manbalarda
keltirilishicha,
al-Buxoriyga o'n
yoshidan boshlab
hadislarni yod
olish ilhomi nasib
etib, yoshi
ulg'aygan sari bu
rag'bati tobora
kuchayib ziyoda
bo'lib borgan, u
nafaqat hadislarni
shunchaki yod
olish, balki unda
yoshligidan
boshlab hadislarni
sahih (to'g'ri,
ishonchli) va
g'ayri sahihlarga
(xato, noto'g'ri)
ajratish, ularning
illatlarini
aniqlash, hadis
roviylarini
o'rganib tahqiq
qilish, ular
rivoyatining
adolatliligi,
to'g'riligi,
ishonchli yoki
ishonchsizligi,
roviylarning
maishiy hayotlari,
yashash joylari,
tug'ilgan va vafot
etgan sanalari,
bir-birlari bilan
o'zaro qilgan
muloqotlari(,
turli roviylar
keltirgan
hadislarni
bir-biriga
solishtirib
muqoyasa qilish,
ularning
bir-birlari bilan
o'zaro bog'liqligi
va bir-biriga
bog'liq bo'lmay
uzilishlar bor
holatlari, hadis
ilmining xilma-xil
va eng yuqori
nuqtalariga
yetishish, uning
turli masalalarini
chuqur tahqiq
etish, ularni
ja'mlash va
Qur'oni karim
oyatlari bilan
uzviy bog'liqlikda
o'rganish kabi
masalalar bilan
qiziqdi. Agar
muxtasar holda
xulosa qilib
aytadigan bo'lsak,
bu masalalar bilan
imom al-Buxoriy
yoshligidan
boshlab alohida
ishtiyoq va mehr
bilan astoydil
shug'ullanib, bu
oliy janob ishlar
uning butun
fikri-zikrini
batamom chulg'ab,
uning dilida
kundan-kun
kuchayib tobora
mustahkamlanib
boradi.
Hadisshunoslikda
yana bir muhim fan
bo'lgan illatli
hadislarni
aniqlash g'oyatda
mas'uliyatli va
murakkab ishlardan
hisoblanadi. Hadis
ilmiga oid barcha
tartibot va
uslublarni
mukammal bilish
bilan bir qatorda
roviylarning
tug'ilgan va vafot
etgan vaqtlari,
ushbu hadisni
kimdan eshitib,
kimdan rivoyat
qilayotgani,
eshitgan ibora va
alfozlarining
aniqligini
to'la-to'kis
egallagan
bo'lishligi kerak.
Shu boisdan ham
muhaddislarning
ko'pchiligi:
"bu
masalalarni
to'la-to'kis
egallash hadis
ilmida eng yirik
muammo va ayni
vaqtda o'ta
sharafli
mas'uliyat deb
hisoblaydilar.
Hadisni yodlab
ularni mukammal
idrok qilgan va
ulkan tajribaga
ega bo'lganlargina,
hadislar xususida
uzil-kesil
gapirishga haqlari
bo'lganlardan
faqat Ali ibn
al-Madiyniy, Yaqub
ibn Shayba, Ahmad
ibn Hanbal,
al-Buxoriy, Abu
Hotam, Abu Zur'a,
Ad-Doraqutniy va
ularga ergashgan
bir necha
muhaddislar ushbu
yuksak maqomga
sazovor degan
fikrni olg'a
suradilar. Bu
o'rinda Ali ibn
al-Madiyniyning
quyidagi
so'zlarini
keltirish illatli
hadislarni
qanchalik qiyin va
murakkab
ekanligiga yana
bir bor ishonch
hosil qilamiz.
"Mening o'zim
bilgan bir
hadisning illatini
aniqlashdan ko'ra
yangi, men
bilmagan yigirmata
hadis yozib
olishim men uchun
osondir".
Darhaqiqat,
hadislarda
garchand zohiran
o'zaro bog'liqlik
bo'lsa-da, isnodi
jihatidan
dastlabki roviyga
bekamu-ko'st
yetkazish yoki
uzilish bilan
yetkazish, yoki
bir hadis
iboralarini
ikkinchi bir hadis
so'zlari bilan
aralashtirib
yuborish yoki
bo'lmasa
roviylardan
birining nuqsonini
aniqlash juda
qiyin va
mashaqqatli
vazifadir. Mana
shu zayldagi
to'liq imkoniyatga
va har tomonlama
mukammal axborotga
ega bo'lmaganlar,
tabiiyki, hadis
ilmida biror
yutuqqa erishishi
amri mahol edi.
Komil ishonch
bilan aytish
mumkinki, imom
al-Buxoriy
mukammal egallagan
buyuk san'atlardan
biri bu illatli
hadislarni
aniqlash san'ati
bo'lgan. Imom
al-Buxoriyning
zamondoshi bo'lgan
olim al-Hofiz
Ahmad ibn Hamdun
bunday degan:
"Usmon ibn
Abu Sa'iyd ibn
Marvonning
janozasi paytida
Muhammad ibn
Yah'ya az-Zuhliy
al-Buxoriydan
roviylar ismlari
va illatli
hadislar haqida
savol so'raganida
al-Buxoriy go'yoki
u "qul
huva ollohu
ahad"ni
yoddan
o'qiyotgandek-merganning
bexato o'qi misoli
to'g'ri javob
qilganini
ko'rgandim".
Mavridi kelganda
shuni aytish
kerakki, mana shu
davrda-ya'ni IX
asrda Nishopurda
ilm-fan, ayniqsa;
hadis ilmi
nihoyatda taraqqiy
qilib, unda imom
al-Buxoriy, imom
Muslim ibn
al-Hajjoj, imom
at-Termiziy va
boshqa birqancha
buyuk muhaddislar
yig'ilgan bo'lib,
ular shaharda
faoliyat
ko'rsatadigan
madrasalarda hadis
ilmidan dars
berardilar. Bu
buyuk muhaddislar
oralarida ilmiy
munozaralar va
bahslar juda ko'p
bo'lgan. Imom
al-Buxoriy hadis
sohasidagi o'z
ilmi va salohiyati,
ayniqsa, illatli
hadislarni
aniqlash mahorati
bilan barchani
qoyil qoldirgan,
muhaddislarning
hammasi unga bir
ovozdan tan bergan.
Imom al-Buxoriy
masjidlarda,
ommaviy ilmiy
yig'inlarda ham
ishtirok etgan.
Uning chuqur
bilimiga tan berib,
o'z davrining
mashhur
muhaddislaridan
biri sanalgan
Muslim ibn
al-Hajjoj imom
al-Buxoriyga o'z
samimiy
munosabatlarini
bildirib: "Sizni
faqat
hasadgo'ylargina
ko'ra olmaydi.
Mening iymonim
komilki, sizdek
buyuk olim jumlai-
jahonda yo'q.- deb
hitob qilgan.
Imom
al-Buxoriyning
illatli hadislarni
bilishdagi benazir
mahorati, mukammal
ilmi va qobiliyati
haqida uning
zamondoshlari ko'p
qimmatli fikrlarni
bildirganlar.
Illatli hadislarga
atab maxsus asar
yozgan imom
at-Termiziy o'z
asari "Kitob
al-Ilal"da:
"Hadislar,
roviylar, ular
tarixlaridagi
illatlar
xususidagi
fikrlarim imom
al-Buxoriyning
"Kitob
at-Ta’rix"
asaridan
foydalanganlarim,
ulardan yana
ko'prog'ini
Muhammad ibn
Ismoil al-Buxoriy
bilan qilgan ilmiy
munozaralarim
paytida olganman,
shuningdek
Abdulloh ibn
Abdurrahmon, Abu
Zur'adan ham
foydalandimu,
lekin baribir
ko'prog'i Muhammad
al-Buxoriydan,
kamrog'i esa
Abdulloh bilan Abu
Zur'adandir",-deb
ta'kidlagan. Yana
imom at-Termiziy,
“illatli
hadislarni va
isnodlarni aniq
bilishda Muhammad
ibn Ismoil
al-Buxoriydan
ko'ra ustun
bo'lgan birorta
olimni
ko'rmadim",-deb
qayd qilgan.
Imom
al-Buxoriy
ishtirok etgan
ilmiy
majlislarning
birida o'z
zamonasining yetuk
olimlaridan
sanalgan
al-Faryobiy sanadi
quyidagicha
bo'lgan bir hadis
haqida gapirib:
"Sufyon Abu
Urvadan u Abul
Xattobdan, u Abu
Hamzadan",-dedi.
Majlisda hozir
bo'lganlarning
birortasi ham
Sufyondan
boshqalarining kim
bo'lganligini aniq
bilmadi, chunki bu
o'rinda ularning
faqat kunyalari (Abdul
Xattob, Abu Hamza)
aytilgan edi.
Shunda Muhammad
al-Buxoriy
vazminlik bilan:
"Abu Urva-bu
Muammar ibn Roshid,
Abul Xattob esa
Qatoda ibn Daoma,
Abu Hamza bo'lsa
Anas ibn Molikdir.
Buyuklarning
ishlari inqilobiy
tusda ulug'vor
bo'lganligi uchun
ham ular faqat
kunyalari bilan
aytilganlar",-dedi.
Hadis rivoyatidagi
noqislik va
ularning
to'g'riligiga
ishonch hosil
qilish masalalari
sahobalar davridan
boshlanib, o'sha
paytdanoq
hadislarni yozib
olishda unga
alohida e'tibor
berilgan.
Chunonchi,
sahobalarning
o'zlari rivoyat
qilgan hadislarda
ham illatli
hadislar uchragan
hollari aniqlangan
edi. Payg'ambar
vafotlaridan keyin
vaqt jihatidan
muddat kam
o'tganligi,
hadislarni naql
qilishda
vositalarning
ozligi tufayli
boshda unga
ehtiyoj unchalik
katta bo'lmagandi.
Rivoyatda
ishtirokchilar
soni ko'payib,
vaqt o'taborgan
sari roviylarning
illatini aniqlash
masalasiga yanada
zarurat kuchaydi.
Hadis ilmida ham,
muhaddislar
orasida ham bu
masala muhim
ahamiyat kasb eta
boshladi.
Hadis
roviylariga
nisbatan alohida
diqqat-e'tibor,
chuqur munosabat
bilan qaralib, har
xil uslubu
qoidalar yaratildi,
masalan: qaysi
holatlarda
zamondoshlarning
illati qabul
qilinmaydi, qaysi
bir holatlarda
qabul qilinadi
kabi aniq
yo'l-yo'riqlar
ishlab chiqildi.
Xulosa qilib
aytadigan bo'lsak,
hadislarda illat
masalasi muhim
ahamiyat kasb etib,
u bilan
shug'ullanadiganlardan
o'ta diyonatli va
taqvodorlik,
qobiliyat talab
qilinadi. Imom
al-Buxoriy bu
sohada o'ziga
asosiy
dasturul-amal
qilib olgan
ehtiyotkorlik
maslagi, u diyonat,
iymon-ixlos va
xudojo'ylikda
yuksak darajaga
erishganligini
ko'rsatadi.
Illatli
hadislar haqidagi
imom
al-Buxoriyning
mulohazalari juda
mutavoze' va odob-
ahloq yuzasidan
bo'lib, "uni
shunday
qoldirganlar (tarakahu)
"u tashlab
ketilgan" (matruk),
"tushirib
qoldirilgan"(soqit),
"bu haqda
o'zgacha bir
fikr-mulohaza ham
bor", "bu
xususda avval
o'tganlar hech
narsa demaganlar"
va shunga o'xshash
beozor, oddiy va
samimiy
iboralardan
tashkil topgan.
Juda kamdan-kam
hollarda imom
al-Buxoriy biron
odamga nisbatan:
"u ichidan
o'ylab chiqqan
yoki "kazzob"
demasdi, illatli
hadislar
masalasida
al-Buxoriy
ishlatgan eng
qattiq ayblov
"hadisning
inkor qiluvchi"
("munkir
al-hadis")
degan ibora
bo'lardi. Hadis
ilmida shu qoida
odat tusiga
kirdiki, agar imom
al-Buxoriy biron
roviy haqida
"u munkir
al-hadis"
desa, undan hech
vaqt hadis rivoyat
qilinmasdi. Bu
xususda Ibn
al-Qatton imom
al-Buxoriyning
ushbu so'zlarini
keltiradi: u (al-Buxoriy)
unga "Har
qanday kishi
haqida “u munkir
al-hadis"
degan bo'lsa
tamom, undan hech
vaqt hadis rivoyat
qilinmaydi",-degan.
Imom
al-Buxoriy
ustozlarining soni
ko'p bo'lib,
ulardan birining
ismi "Musaddid"
(lug'aviy ma'nosi
"to'g'ri
yo'lga boshlovchi")
edi. Al-Buxoriy
unga qattiq
ishonib: "Musaddid-o'z
ismiga monand
to'g'ri yo'lga
boshlovchidir.
Kitoblarim o'zimda
bo'ladimi yoki
unda
bo'ladimi-menga
farqi
yo'q",-deb
doimo takrorlar
edi. Ushbu
ta'kiddan ayon
bo'layotirki, imom
al-Buxoriy o'z
kitoblarini
muhofazasiga
alohida ahamiyat
bergan. U bu
masalaga bamisoli
hadis rivoyatiga
e'tibor bergandek
alohida e'tibor
bilan qaragan.
Shuningdek, ular
qanday odamlarning
qo'lida
saqlanishiga ham
jiddiy qaragan.
O'z kitoblarini
har qanday
kimsaning qo'liga
tushib qolishiga
befarq qaramagan.
Imom
al-Buxoriy
o'zining butun
faoliyati davomida
ham ilmiy, imkoni
bo'lsa moddiy
jihatidan
odamlarga, ya'ni
Ollohning
bandalariga biror
navf yetkazishni
o'zining asosiy
maqsadi qilib
qo'ygan edi. U
doimo ilm
ahllari-yu, ilm
toliblariga, hatto
ustozlar (ash-shuyuh)
va muhaddislarga
ham moddiy yordam
ko'rsatardi.
Tijorat qilganda
har safar o'zi
ko'rayotgan oylik
daromadidan, ya'ni
foydasidan besh
yuz dirhamni
faqiru miskinlarga,
ilm toliblariga
sarflardi. Tolibi
ilmlarga ma'lum
mablag'lar (maoshlar)
ajratib, ularni
alohida qiziqishi,
zavq-shavq bilan
Payg'ambar
alayhissalom
ilmlarini (hadisi
shariflarini)
o'rganishga
rag'batlantirardi,
ahli ilmga
nisbatan g'oyatda
ko'p ehson
ko'rsatardi. Ayni
vaqtda imom
al-Buxoriy o'z
shaxsiy hayotida,
yeyish-ichishda va
kiyinishda sira
ham ortiqcha
dabdaba va behuda
sarfu-xarajatlarga
yo'l qo'ymasdi,
sabr- toqat va
qanoat,
chidamlilik uning
uchun odat
tusidagi tabiiy
bir hol edi.
Imom
al-Buxoriy
g'oyatda beg'ubor,
halol-pokiza,
diyonatli inson
bo'lib,
g'iybatu-nohaqliklardan
uzoq bir kishi edi.
U doimo "G'iybat
qilishlik harom
ekanini
bilganimdan
boshlab, hech
qachon biror kishi
haqida g'iybat
gapirmaganman",-deb
ta'kidlardi.
Imom
al-Buxoriyning eng
ulug'
fazilatlaridan
yana biri u
taassub (mutaassiblik)ning
har qanday
ko'rinishlaridan
uzoq bo'lgan
alloma edi. Uning
shoh asari "Sahih
al-Buxoriy" bilan
chuqurroq
tanishilsa,
al-Buxoriyning o'z
kitobidagi
ma'lumotlarga
nihoyatda katta
sinchkovlik va
ehtiyotkorlik
bilan
yondoshganini
ko'ramiz.
Qanchadan-qancha
mashaqqatlar bilan
to'plangan
hadislarining
sahihligiga to'la
ishonch hosil
qilib, obdon
tekshirgandan
keyingina o'z
asariga
kiritganligi ushbu
fikrimizni yana
bir bor
tasdiqlaydi. Imom
al-Buxoriyning
"Sahih"
asari haqida
gapirar ekanmiz,
shuni ham qayd
qilish kerakki,
ushbu kitobning
sahih isnodlarida
ahli sunnaga
mansub bo'lmagan
roviylar ham
uchraydi. Imom
al-Buxoriy
muhaddislarda
hadislarga bo'lgan
katta mehr va
intilish hamda
unga qat'iy amal
qilish har qanday
tahsinga sazovor,
deb hisoblardi. Bu
masala g'oyatda
muhim bo'lib, bu
xususda ba'zi
muhaddislarning
o'zlari ham
fikr-mulohazalarini
bildirganlar.
Jumladan, imom
Ahmad ibn Xanbal
"o'zim amal
qilmagan bitta ham
hadisni kitobga
olmaganman"
deb ta'kidlagan
bo'lsa, o'z
davrining yirik
muhaddislaridan
biri sanalgan
Vakiy’ ibn
al-Jarroh: "Agar
biror hadisni
yodlashni istasang,
eng avvalo unga
amal
qil",-degan.
Yana bir muhaddis
Ibrohim ibn Ismoil
esa:"Hadislarni
yodlashda eng
avvalo unga amal
qilish yo'lidan
foydalanardik",
-deb ta'kidlagan,
alloma as-Suyutiy
o'zining "At-Tadriyb"
nomli asarida bu
jarayonni
quyidagicha
ifodalaydi: "Ibodatlar,
odob-ahloq,
fazilatlar, solih
a'mollar xususida
eshitgan
hadislardan
samarali
foydalanish lozim.
Bu birinchidan
ushbu hadisning
zakoti,
ikkinchidan
esa-uni yodlash
uchun yaxshi
omildir".
Imom
al-Buxoriy
yashagan davrda
Xolid ibn Ahmad
az-Zuhliy
Tohiriylar
tomonidan bo'lib,
Buxoroning amiri
sifatida saltanat
yuritardi. Xorijiy
yurtlarga qilgan
uzoq yillar davom
etgan safaridan
qaytib, imom
al-Buxoriy o'z ona
yurti Buxoroda
o'rnashgach, uning
shonu-shuhrati
turli tomonlariga
tarqab, ko'plab
hadis toliblari
to'da-to'da
bo'lishib, imom
al-Buxoriy
huzuriga kela
boshlagach, Xolid
ibn Ahmad
az-Zuhliy-ular
bilan garchand
mazhabiy
masalalarda bir
qadar muxolafatda
bo'lsa-da,
ularning
rivoyatlarini
tashlab ketmasdan
kitobiga kiritgan.
Bu tusdagi tasomuh
(sabr-toqatlilik,
boshqa mazhablarga
nisbatan e'tirom
bilan qarash)
qanday holatda
bo'lmasin
chegaralangan yoki
chegaralanmagan
ko'rinishda
bo'lsa-da, buning
dastidan hadis
rivoyatiga
shak-shubha
bo'lmasligi uchun
muhaddislar
o'rtasida udum
bo'lgan qoidaga
ko'ra ular ahl
ul-havoga (shiy'alar,
xorijiylar,
mu'taziliylar va
hakazo) ham mansub
rivoyatlarini
qabul qilganlar,
faqat shu shart
bilanki, ular
bid'atga da'vat
qilmaydigan,
yolg'on-yoshiq
rivoyatlarni
tarqatmaydigan,
har qanday holatda
ham soxta (yolg'on)
aralashishini
hatto xayoliga ham
keltirmaydigan
kishilar bo'lishi
talab qilingan.
Shu boisdan ham
imom
al-Buxoriyning
roviylariga nazar
solsak, ulardan
ba'zilari shiy'a
tamg'asi bilan
ko'rsatilgan
bo'lib, imom
al-Buxoriy
ularning
rivoyatini "Sahih"
kitobiga kiritgan.
Ba'zan esa-asosi
bo'lgan hollarda
ba'zi- bir
boshqalarini
shiy'alarga yoki
rofiziylarga
mansubligidan ular
rivoyatlarini o'z
kitobiga
kiritmagan.
Hadislardagi
noqis (illat)liklarga
alohida e'tibor
bergani kabi imom
al-Buxoriy
roviylarning
ibratli, go'zal
fazilatlarini
alohida
ko'rsatishga ham
katta ahamiyat
bergan. Agar
keltirgan
rivoyatlari
to'g'ri bo'lsa
roviylarning
haqiqiy
tavsiflari-yu,
adolatli ishlarini
hech bir
kamsitmasdan
batafsil zikr
qilgan.
Payg'ambar
alayhissalomning
hadislariga
nisbatan qiziqishi
bo'lgan Buxoroning
amiri Xolid ibn
Ahmad az-Zuhliy
imom al-Buxoriyni
o'z saroyiga kelib,
unga va uning
o'g'illariga
"Sahih
al-Buxoriy"
va "at-Ta’rix"
kabi asarlaridan
saboq berishini
talab qiladi.
Shunda alloma
amirdan kelgan
xabarchiga: "Men
ilmni xor qilib,
uning hukmdorlar
eshigiga olib bormayman",-degan
javobni berdi.
Shundan keyin amir
agar imom
al-Buxoriy amir
saroyiga kelishni
xohlamasa,
bolalari uchun
alohida, maxsus
vaqt ajratib dars
berishini, unda
boshqa talabalar
ishtirok
qilmasligini
ta'kidlab, yana
vakilini yubordi.
Lekin imom
al-Buxoriy
amirning bu
talabiga ham rad
javobini berdi,
chunonchi ilm
olmoqlik
Payg'ambarimiz
alayhissalom
meroslaridan
bo'lib, bunda har
bir
inson-xosu-avom
teng huquqqa ega,
dedi va agar
amirda undan dars
olish ehtiyoji
bo'lsa, uyiga yoki
bo'lmasa masjidga
kelishligini
so'rab "Agar
bu taklifim sizga
ma'qul bo'lmasa,
siz hokimsiz
mening
saboqlarimdan (ilmiy
yig'inlarimdan)
ma'n qiling (to'xtating),
bu menga
odamlardan o'z
ilmimni
bekitmayotganim
uchun qiyomat
kunida olloh
huzurida bir uzr
bo'ladi",-dedi.
Mana shu dadil
javobdan keyin
Buxoro amiri
qattiq
g'azablanadi va
allomani shahardan
chiqarib yuborish
yo'llarini izlaydi.
Lekin imom
al-Buxoriy
millionlab
musulmonlarning
qalbini o'ziga rom
qilib, ularning
cheksiz hurmati-yu
muhabbatiga
sazovar
bo'lganligidan
amir o'z
hokimiyati-yu,
saltanati kuchi
bilan uni
shahardan chiqarib
yuborishga
muvaffaq bo'la
olmadi. Shundan
keyin beandisha
bir guruh nopok
kimsalarni topib
imom al-Buxoriyga
nisbatan xaloyiqni
g'azabini
qo'zg'aydigan
yolg'on-yashiq
tuhmat va
bo'htonlardan
iborat aybnomalar
izladi. Natijada
ular imom
al-Buxoriyga
qarshi xilma-xil
bo'lmag'ur
safsatalar va
tuhmatlar
tarqatadilar,
shular sababli
amir allomadan
shaharni tark
qilib chiqib
ketishini talab
qildi.
Imom
al-Buxoriy
Buxorodan chiqib
ketgach,Poykandga
keldi. G'animlar
Buxoroda allomaga
qarshi to'qigan
ig'vogarona
to'hmatlarni chor
atrofga
tarqatishga zo'r
berib, jiddu jahd
ko'rsatib, ushbu
tuhmatni xalq
orasida oshkora
qilib, yoygan
edilar. Shu
boisdan ham bu
bo'hton xabar imom
al-Buxoriydan
oldin Poykandga
kelib yetgan
bo'lib, Poykand
ahli shu masala
xususida ikki
toifaga bo'lingan
edilar. Ularning
bir qismi imom
al-Buxoriyni ushbu
to'hmatdan himoya
qilib uning
tarafini olsa,
ikkinchi qismi esa
fisqu
fasodchilarni
qo'llab-quvvatlagandilar.
Qachonki imom
al-Buxoriy Poykand
ahli o'rtasidagi
ushbu ixtilofdan
voqif bo'lgach, bu
shaharda
yashamaslikni
o'ziga munosib
ko'rmadi. Ayni
vaqtda Samarqand
ahli al-Buxoriyni
Poykandiga
kelganini bilgach,
ular uni
Samarqandga taklif
qilib, unda muq'im
istiqomat etib,
mudarrislik
qilishlarini
so'radilar. Bunga
rozilik bildirgan
imom al-Buxoriy
Poykanddan chiqib,
ularga tomon
ravona bo'ldi va
Samarqand
yaqinidagi Xartang
deb ataladigan
qishloqda bir
qarindoshinikida
to'xtaydi.
Lekin
imom al-Buxoriy
Buxoroda
ko'tarilgan fitna
Samarqandga ham
yetib kelganidan
xabar topib uning
ahli Poykanddagi
kabi ikki guruhga
bo'linganini-ulardan
bir guruhi uni
qo'llab-quvvatlashini,
ikkinchi guruh esa
unga muxoliflik
bildirib,
qarshilik izhor
etganini bilgach:
"Allohim
qanchalik keng
bo'lgani bilan
dunyo menga torlik
qilib qoldi, endi
meni o'z
rahmatingga qabul
et",-deb duo
qildi. Shu orada u
qattiq betob
bo'lib qoldi va
256 hijriy yilning
Ramazon hayetida
(Iyd al-fitr)
kechasida (870 yil
31 avgust) vafot
etdi.
Imom
al-Buxoriy haqida
yozgan muarrixlar
va solnomachilar
uning
husni-xulqlari
zikr qilganlarida,
albatta, uning
quvvai-hofizasi va
xotirasining
kuchliligini
alohida ta'kidlab
ko'rsatadilar.
Chunonchi,
imom
al-Buxoriyning
xotirasi kuchli
bo'lganligi
xususida
ko'pdan-ko'p
afsonaviy tarzdagi
rivoyatlar
qilinadi. Uning
ustozlari Muhammad
al-Buxoriyning
yoshligidan
Alloh-taolo ato
qilgan noyob
iqtidori va
quvvai-hofizasini
sezib, unga bir
ovozdan tan
berganlar.
Yoshligidayoq
uning haqida
"g'oyatda
fozil inson
bo'ladi",
"dovrug'i el
orasida doston zot
bo'lib
chiqadi", deb
aytgan
bashoratlari tarix
kitoblarida
bitilgan.
Buyuk
muhaddis Abu Iso
at-Termiziy:
"Imom
al-Buxoriy el
orasida tanila
boshlagach,
Abdulloh ibn
Munir: "E,
Abu Abdulloh Alloh
seni bu ummatning
ziynati qilib
yaratgan!"
degan fikrini
keltiradi.
At-Termiziy yana:
"Alloh-taolo
uning barcha
xohishini mustajob
qilib yaratgan
edi"-deb
ta'kidlaydi.
Tarixchi
Shamsuddin
az-Zahabiy
quyidagicha hikoya
qiladi:
"Xolid ibn
Ismoil shunday
degan edi: Basra
mashoyixlari
xususida imom
al-Buxoriy bilan
bizning fikrimizda
ko'pincha ixtilof
bo'lardi. Shu
paytda u o'spirin
bola bo'lib,
hadislarni sira
yozmasdi. Shu
zaylda o'n olti
kun o'tgach u
bizga: Juda ko'p
hadis eshitib
yozib oldinglar,
qani menga
ko'rsatinglarchi,
qancha hadis yozib
olibsizlar, dedi.
Hisoblab ko'rsak
o'n besh mingdan
ziyod hadis yozgan
ekanmiz.
Al-Buxoriy
ularning hammasini
yoddan aytib
berdi, hatto
yozgan
hadislarimizning
ko'plaridagi
xatolarni uning
yoddan
aytganlariga qarab
tuzatib ham
oldik". Olim
Muhammad ibn
al-Azhar
as-Sijistoniy
"Biz alloma
Sulaymon ibn
Xarabdan hadis
ilmidan saboq
olardik.
Al-Buxoriy ham biz
bilan birga hadis
eshitardi-yu,
lekin sira
yozmasdi. Nega u
yozmayotir?- deb
so'raganlar:
"O'z yurti
Buxoroga qaytgach,
yodidan
yozadi",- deb
javob olgandilar.
Ushbu Sulaymon ibn
Harab-o'z
zamonining mashhur
allomalari va
hadis hofizlaridan
hisoblanib,
Makkai-mukarramada
qozi ham bo'lgan.
Uning xotirasi
g'oyatda kuchli
bo'lib, hech bir
kitob daftarga
boqmay o'n minglab
hadisni yoddan
rivoyat qilgan.
Abu Hotam shunday
hikoya qiladi: Men
Bag'dodda Sulaymon
ibn Harabning
darslaridan saboq
olganman. Uning
sabog'ini
olganlarning soni
qirq mingdan ham
oshib ketgan
bo'lib, u hijriy
224 yilda vafot
etgan. Imom
al-Buxoriy ham
uning
shogirdlaridan
hisoblanardi.
Fazlu kamolining
shunchalik buyuk
bo'lishiga
qaramasdan u
al-Buxoriydan
"Sen bizga
Shu'abaning
xatosini
tushuntirib
ber",-deb
iltimos qilardi.
Hifzu zakovat,
idroku tafakkurdan
rabboniy (ilohiy)
bir noyob
qobiliyat va
iste'dod Imom
al-Buxoriyga a'to
etilgandiki, hatto
unga ustozlari
tomonidan ham
g'oyat darajada
izzat-ikrom va
hurmat
ko'rsatilib, ko'p
muhaddislar uning
huzurida dars
o'tishdan ham
hijolat bo'lib,
hayiqib turganlar.
Shu xususda Fath
ibn Nuh
an-Naysoburiyning:
"Ali ibn
al-Madiyniyning
darsida hozir
bo'lganimda
Muhammad
al-Buxoriyning
uning o'ng
tomonida
o'tirganini
ko'rdim. Ustoz har
bir hadisni zikr
qilganida hurmat
bajo keltirib,
al-Buxoriy
tomoniga ohista
burilib qo'yar
edi",-deb
yozishi
ustozlarining imom
al-Buxoriyga
hurmat e'tibori
alohida
bo'lganligidan
dalolatdir.
Ko'pgina
manbalar va tarix
kitoblarida imom
al-Buxoriyning
aql-zakovati va
quvvai-hofizasini
sinash maqsadida
qilingan imtihon
(sinov) xususida
aniq ma'lumotlar
zikr qilingan.
Darhaqiqat, bunday
jiddiy bir imtihon
Bag'dodda Dor
ul-xilofat
(Xalifalik uyi)da
Bag'dod ulamolari
tomonidan
uyushtirilgan.
Bag'dodlik olim
Abu Bakr
al-Kaluzoniy
(vafoti 249 hijriy
yil)
"Muhammad ibn
Ismoil
al-Buxoriyga
o'xshash hech bir
olimni ko'rmadim.
Biror ilmga oid
har qanday kitobni
olib sinchiklab
mutolaa qilardida,
unda keltirilgan
barcha hadislarni
bir martaning
o'zidayoq yodlab
olardi",-deb
yozgan.
Qachonki
imom al-Buxoriy
hadis ilmi
bo'yicha mukammal
ilmga ega bo'lib
ilmiy majlislar
uyushtirib, saboq
bera boshlagach va
uning bu tarzdagi
majlislarining
dovrug'i har
tarafga tarqab, el
orasida yoyilgach,
ilm toliblari-yu,
ahli donish uning
saboqlariga
shunchalik ko'p
yog'ilib kela
boshladiki, hatto
majlislariga
odamlar sig'may
ketardi. Bu
tartibdagi ilmiy
majlislar bir
qancha-Basra,
Bag'dod, Hijoz,
Balx kabi
shaharlarda
uyushtirilib,
alloma umrining
oxirlarida o'z
vatani Buxoroda
ham hadislardan
dars bergandi.
|