Ma'lumki,
tarixan g'oyatda
qisqa muddatda
nozil bo'lgan
Qur'oni karim
oyatlari ba'zi
hollarda
umumlashtirilgan,
murakkab holda
keltirilgan
bo'lganligidan
Payg'ambarimiz
hadislari ushbu
oyati shariflarni
kengroq talqin
etadi, ularni
oddiylashtirib
bayon qilib, unda
keltirilgan voqea
va hodisalarni
ko'pchilikka
tushunarli qilib
mufassal holatda
sharhlaydi.
Payg'ambar
alayhissalom
hadislari u zoti
sharif yashagan
davr uchun haqiqiy
bir ko'zgu
vazifasini ham
o'taydi. Chunki
ular sarvari
olamning hayotlari,
husni axloqlari,
adolatli jamiyat
qurish yo'lida
ko'rsatgan beqiyos
sa'iy-harakatlari,
yaxshiligu-xayr
barakotga
asoslangan
faoliyatlarni o'z
ichiga oladi. Mana
shularga binoan
oldin o'tgan hech
bir Payg'ambarlar
va ulug'larga
ko'rsatilmagan
alohida bir
e'tibor bilan ilm
ahllari hadislarni
to'plashga
kirishdilar. Hadis
ilmi bilan
shug'ullanish eng
aziz va sevimli
mashg'ulot
hisoblanib, ularni
to'plash uchun
olimu ulamolar
butun
aql-zakovatiyu,
qalb qo'ri bilan
kirishganlarini
alohida ta'kidlash
zarur.
Payg'ambar
hayot vaqtlarida
hadislarni yozib
olish odat
bo'lmagan. Ayrim
sahobalarning
fikricha,
Payg'ambarning
o'zlari
hadislarini yozma
qayd etishni ma'n
qilganlar. "Mendan
Qur'ondan boshqa
hech narsa
yozmanglar, agar
kimki biror narsa
yozgan bo'lsa,
o'chirib
tashlanglar.
Mendan faqat hadis
aytinglar, holos.
Buni hech zarari
yo'q",-deb
uqdirganlar
avvaliga
Payg'ambar
alayhissalomning
o'zlari. So'ngra
Payg'ambarning
o'zlari Abdulloh
ibn Amr ibn
al-Ossga izn
qilganlaridan
keyin hadislar
zarur hollarda
yozma ravishda ham
qayd etila
boshlagan.
Payg'ambar vafot
etganlaridan keyin
ma'lum darajada
tortishuv va
munozaralardan
keyin har xil
mavzularga doir
hadislar kitobat
holiga keltirila
boshlandi.Masalan
sahobalardan Jobir
ibn Abdulloh haj
ziyoratining
yo'l-yo'riqlari (Manosik
al-haj) xususidagi
hadislardan bir
kichik kitob
bitgan bo'lsa,
Samara ibn Jundab
esa Rasulullohdan
eshitgan hadislari
asosida o'z
o'g'illariga bir
vasiyatnoma yozib
qoldiradi.
Tobe'inlar davrida
esa hadislarni
kitobat etishga
qarshilik
qiluvchilar
ozchillikni
tashkil etib, uni
kitobatini
qo'llab-quvvatlagan
tobe'iynlar esa
aksariyatni
tashkil etardi.
Ushbu davrda,
ya'ni sahobalar va
tobe'iynlar
davrida ikki xil
fikr qaror topib,
hadislarni ham
yozma, ham og'zaki
tarzda rivoyat
qilish odat tusiga
kirgan edi.
Hadislarni
tadviyn
etish-ularni
muayyan bir
to'plamga yig'ish
demakdir.
Dastavval
hadislarni to'plam
shaklida qayd
etishni boshlagan
olim Abdulaziz ibn
Marvon (vafoti 704
yil) hisoblanadi.
U Misrda amirlik
vazifasida bo'lgan,
lekin o'z
maqsadiga
erishmasdan burun
vafot etadi. Uning
ishini o'g'li Umar
ibn Abdulaziz (vafoti
720 yil) davom
etdiradi.
Hadislarni bu
tariqa qayd
etilishidan ko'zda
tutilgan asosiy
maqsadlar-ularni
sahih (to'g'ri,
ishonchli)larini
noqis mavzulari
bilan aralashib
ketishlikni oldini
olish va muayyan
hadisni rivoyat
qilgan roviy va
ulomalarning
vafotlari tufayli
ularni yo'q bo'lib
ketish xavfidan
edi. Shu boisdan
ham Umar ibn
Abdulaziz
hadislarni yozma
qayd etishni
buyurganda Madina
ahliga "Rasululloh-sallolohu
alayhi va sallamning
hadislarini
eshitgan
zahotingiz yozib
olingizlar, chunki
uni bilgan ulamolarni
dunyodan o'tib
ketishlaridan
havotirdaman",-deb
yozgan edi. Umar
ibn Abdulaziz bu
muhim vazifani
topshirgan
muhaddislarning
boshliqlaridan Abu
Bakr ibn Muhammad
ibn Amr ibn Hazm,
Muhammad ibn
Muslim ibn Shihob
az-Zuhriylar bor
edi.
Hijriy
ikkinchi (melodiy
sakkizinchi)
asrning
o'rtalaridan
e'tiboran
hadislarni tasnif
etish ham
boshlanadi. Eng
avvalo ularni
boblarga ajratib
tasnif etgan
olimlardan
ar-Rabiy' ibn
Subayh as-Sa'diy (vafoti
777 yil), basralik
Sa'iyd ibn Abu
Aruba (vafoti 773
yil), yamanlik
Xolid ibn Jumayl,
Muammar ibn Roshid
al-Azadiy (vafoti
770-yil), makkalik
Abdumalik ibn
Abdulaziz ibn
Jurayj (vafoti
768-yil), Sufyon
ibn Uyayna (vafoti
812-yil), kufalik
Sufyon ibn Sa'iyd
as-Savriy (vafoti
778-yil), basralik
Hammod ibn Salma (vafoti
783-yil), Shomdan
al-Valiyd ibn
Muslim (vafoti
810-yil), rayylik
Jurayr ibn
Abdulhamiyd (vafoti
803 yil),
Xurosondan
Abdulloh ibn
al-Muborak (vafoti
797-yil), Vositdan
Xushaym ibn
Bashiyr (vafoti
799-yil) kufalik
Zakariyo ibn Abu
Zoida (vafoti
767-yil), Muhammad
ibn Fuzayl ibn
G'azvon (vafoti
810 yil), Vakiy'
ibn Jarroh (vafoti
813 yil), yamanlik
Abdurrazoq ibn
Hammom (vafoti 827
yil) larni
ko'rsatish mumkin.
Shu davrda
yaratilgan
asarlarni tahlil
etib aytish
mumkinki, ularning
aksariyati muayyan
bir mavzuga,
masalan, tafsir,
ahloq-odob, g'azot,
shar'iy ahkomlar
kabi masalalarga
bag'ishlangan edi.
Mazkur asarlar
Payg'ambar
alayhissalomning
hadislari, sahoba
va tobe'iynlarning
so'zlarini o'zida
mujassam etgan edi.
Ayni vaqtda ushbu
asarlar
hadislarning
to'plami sifatida
bo'lib, ularning
ishonchli (sahih)ligi
masalasiga
unchalik e'tibor
berilmagandi.
Hijriy uchinchi (melodiy
to'qqizinchi)
asrdan boshlab esa,
hadislarni
ja'mlovchi (jomi’),
musnad va mu'jam
shaklidagi yirik
asarlar paydo
bo'laboshladiki,
tarkibiy jihatdan
ularni uch asosiy
qismga bo'lish
mumkin.
1. Boblarga
ajratilgan yirik
asarlar (al-Javomi’
al-mubavabba).
Bu asarlar
turli-tuman
mavzularni o'zida
qamragan bo'lib,
ularga boblarga
ajratilgan holda
tartib berilgan.
Mana
shu asarlardan
imom
al-Buxoriyning "Al-Jomi’
as-sahih",
imom Muslim ibn
al-Hajjojning "Al-Jomi'
as-sahih",
at-Termiziyning "Al-Jomi’
al-Kabir",
imom Abu Dovudning
"As-Sunan",
imom an-Nasoiyning
"As-Sunan",
imom Ibn Mojaning "As-Sunan",
imom
ad-Dorimiyning "As-Sunan"
kabi asarlarini
ko'rsatish mumkin.
2.
Musnadlar (al-Masoniyd).
Bu
uslubdagi
asarlarda ma'lum
bir sahobaning
rivoyatlari bir
joyda zikr qilinib,
undan keyin
ikkinchi sahoba
davom ettiriladi.
Bu asarlarda
keltirilgan
hadislarga
mavzularga rioya
qilinmaydi.
Masalan imom Ahmad
ibn Hanbal
o'zining "al-Musnad"
nomli yirik
asarida avval
to'rt to'g'ri
xalifalarning (chahoryorlar)
rivoyatlarini
keltirib, keyin
birin-ketin boshqa
sahobalarning
rivoyatlarini
keltiradi. Hammasi
bo'lib uning
asarida to'qqiz
yuz to'rtta sahoba
zikr qilinadi.
Muallif o'z
asarini boblarga
ham bo'lganligini
aytish mumkin.
3.
Mu'jamlar (al-mao'jim).
Bu xildagi
to'plamlarda
musannif asariga
o'z shuyux (ustoz)larining
hadislarini
kiritib, ularning
ismlarini mu'jam (alifbo)
tartibida
keltiradi.
Payg'ambar
alayhissalomning
hadislari islom
jamiyatining
ijtimoiy va
ma'naviy hayotida
o'z
mazmun-mohiyatiga
qarab egallagan
o'rinlari ham
turlicha bo'lgan.
Shunday hadislar
bo'lganki, ularni
jamiyatning barcha
a'zolari
bilishlari zarur
bo'lgan, ya'ni bu
xildagi hadislar
ommaviy iste'molda
bo'lgan. Shu
boisdan ham
ulamolar,
muhaddislar mana
shunga asoslanib,
ularni targ'ib
qilganlar, lekin
ba'zi hadislar
bo'lganki, ularni
ayrim shaxslar
bilishining o'zi
kifoya bo'lgan.
Mana shu
xususiyatlarga
ko'ra hadislarni
ba'zi olimlar,
jumladan imom
Muhammad ibn Idris
ash-Shofi'iy ikki
asosiy qismga
bo'ladi:
1.
Uzluksiz hadislar (al-hadis
al-mutavotir).
Bu xildagi
hadislarning
roviylari juda
ko'p bo'lib, ular
bir-birlariga
bog'lanmagan va
yolg'on (kizb)
gapirishlari
amalda mumkin
bo'lmagan
roviylardir. Bu
xildagi hadislar
ayniqsa, jamiyat
a'zolarining
amaliy hayotiga
masalan, namoz,
ro'za, zakot, haj
farzlariga doir
hadislarda ko'p
uchraydi.
Shuningdek,
uzluksiz hadislar
ikki xilda bayon
etilishi mumkin:
lafziy
uzluksizlik-bunda
hadisdagi so'zlar
(lafzlar) deyarli
o'zgartirilmay bir
xilda bo'ladi.
Mazmuniy (ma'noviy)
uzluksizlikda esa
rivoyat
qilinadigan
voqealar qisman
o'zgartirilishi (ya'ni
juz'iy farqli
bo'lishi) ham
mumkin.
2.
Yakka hadislar (al-ohad).
Istiloh sifatida
bu hadislarda
uzluksiz
hadislarning
shartlari
bo'lmaydi, bu
xildagi hadislar
roviylarining soni
chegaralangan-ko'pincha
bitta bo'ladi.
Odatda yakka
hadislar dalil va
isbotlar bilan
asoslanadi. Bunda
ushbu hadisni naql
qiluvchisining
to'g'ri so'zligi,
rivoyat
qilinadigan
hadisni xatodan
xoli bo'lib
ishonchli
bo'lishligi kabi
masalalar ilm
ad-diroyat orqali
chuqur tadqiq
qilinadi. Yakka
hadislari uch xil
bo'ladi:
1.
G'arib hadislar.
Muhaddislar
fikricha bir roviy
tomonidan rivoyat
qilingan hadislar
g'arib hadislar
deb ataladi.
2.
Aziz hadislar deb
ikki roviy rivoyat
qilgan hadislarga
aytiladi.
3.
Mashhur
hadislar deb
ikkitadan ortiq
roviy rivoyat
qilgan hadislarga
aytiladi. Biroq bu
hadislar uzluksiz
hadislar
darajasiga
yetishmaydi va
ular sahih (ishonchli,
to'g'ri), hasan
(yaxshi,
ma'qul) va zaif
hadislar
bo'lishlari mumkin.
Oliy isnod (al-isnod
al-oliy) va
pastlovchi isnod
(al-isnod an-nozil).
Rasulullohga
nisbatan bo'lgan
roviylarning
ko'pligi yoki
ozligi hamda
o'tgan vaqtiga
qarab isnodning
oliyligi yoki
quyilashuvi
belgilanadi. Imom
al-Buxoriy
keltirgan
hadislarning
isnodi, ko'pincha
u bilan Payg'ambar
o'rtasida uch
roviydan tashkil
topadi. Boshqa
hollarda esa
mazkur hadisning
rivoyat qilganda
uning isnodi to'rt
yoki besh roviydan
bo'lishligiga ham
erishadi.
Binobarin
hadisshunoslikda
uch isnodliklar
isnod oliy, to'rt
va besh
isnodliklar esa
isnod nozil (quyilovchi
isnod) deb qabul
qilingan. Oliy
isnod mansub
hadislarning sahih
(ishonchli)
bo'lishlari asosiy
shartlardan
hisoblanadi.
Al-Hadis
al-marfu'. Bu
xildagi hadislar (isnodi
bog'lansa ham yoki
bog'lanmasa ham)
Payg'ambar
alayhissalomga
borib bog'lanadi (taqaladi).Bunday
hollarda ushbu
hadisni sahih,
yoki zaif,
muttasil yoki
munqati', undan
sahoba yoki
tobe'iy tushib
qolishi ham mumkin,
bulardan qat'iy
nazar bular marfu'
hadislar sirasiga
kiradi. Marfu'
hadislar ikki xil
bo'ladi:
1.
Al-Marfu'
as-sariyh (ochiq-oydin
marfu'). Bu
xildagi hadislarda
Payg'ambarga
mansublik bevosita
ta'kidlanadi.
Masalan,
Payg'ambar degan (qola),
Payg'ambarni
ko'rdim (raaytu)
yoki Payg'ambar
bizga buyurgandi (amarano)
kabi iboralar
mavjud bo'ladi.
2.
Al-Marfu'
al-hukmiy (hukm
etilgan,
buyurilgan). Bu
tarzdagi
hadislarda
to'g'ridan-to'g'ri
Payg'ambarga
ishorat qilinmay,
pinhoniy (dimniy)
keltiriladi.
Sahoba yoki
tobe'iynlardan
birontasi
Payg'ambarga
mansub etmay
shar'iy hukmlardan
biror masalani
gapiradi, biroq bu
fikr uni o'zidan
chiqmagan bo'lib
odatda
Payg'ambardan
olgan bo'ladi.
Al-Hadis
al-mavquf deb
sahobalarning
so'zlari yoki
harakatlari mansub
etilgan hadislarga
aytiladi.
Chunonchi
sahobalar
Payg'ambar
alayhissalomning
suhbatida bo'lib,
uning
rushdu-hidoyatidan
va odobidan
bahramand
bo'lganlar.
Ulamolarning ham
sahobalarning
so'zlari va
ishlariga
ehtiyojlari katta
bo'lgan. Mana shu
sabablarga ko'ra
sahobalarning
so'zlari (qavllari)
va ishlari (af'ol)
ham hadis
kitoblariga
kiritilgan.
Al-Hadis
al-maqtu' deb
tobe'iynlarning
so'zlari va
ishlari
keltirilgan
hadislarga
aytiladi.
Tobe'iynlarning
so'zlari va qilgan
ishlari ham
ulamolarning
diqqat markazida
bo'lgan, chunonchi
ular sahobalar
bilan muloqotda
bo'lib, shari'at
ahkomlarini
ulardan olganlar.
Payg'ambar
alayhissalom ham
yaxshi insonlar
deb bashorat
berganlarida
ularni ko'zda
tutganlar.
Sahih
hadislar deb
isnodi boshidan
oxirigacha adolat
bilan hech bir
kamchiligu
illatsiz rivoyat
qilinadigan
hadislarga
aytiladi. Sahih
hadislarning yana
talay shartlari
ham bo'lib,
ulardan eng
muhimlari
quyidagilardir:
1.
Sanadni uzluksiz
bog'lanishi. (ittisol
as-sanad); bu
shundayki, hadisni
rivoyat qiluvchi
roviylarning
silsilasi boshidan
oxirigacha hech
bir
uzluksiz bo'lishi
shart.
2.
Keltiriladigan
hadis
roviylarining
hammasi o'z dinida
adolatli,
sobitqadam
kishilar bo'lmog'i
kerak.
3.
Rivoyat qiluvchi
komil musulmon
bo'lishi shart,
chunki ular dinda
mustahkam
insonlardir.
4.
Rivoyat qiluvchi
aql-idrokli kishi
bo'lmog'i zarur.
5.
Roviy balog'atga
yetgan inson
bo'lishi kerak.
6.
Roviy
fisqu-fasoddan
xoli sog'lom
fikrlovchi inson
bo'lishi kerak.
7.
Uzuq-yuluqni
rivoyat qilishdan
xoli kishi
bo'lishi zarur.