www.fikr.uz      Shiorimiz:   Fikr - yaxshilik va yomonliklarni ko'rsatadigan oynadir    www.fikr.uz                                   

Yangiliklar 
Qur'oni karim
Hadisi sharif
Fiqh 
Islom tarixi
Tahlil
Iqtisod va huquq 
Juma mav'izalari 
Jannat qushchalari 
Islom va ilm 
Davolaninglar
Odam va Havvo 
Mazhablar 
Dinda savolim bor... 
Kutubxona 
Sharq bozori
Imîm Buõîriy
Statistika 
G'arbda Islom
O'zbekiston va Islom
Yilnoma 
Taklif  va munosabat 
Islomiy saytlar
Tanishuv
Namoz vaqti 
Mehmonxona 
Valyuta kursi 
 

 

                              

      · Jigar xastaliklarini davolash
      · Me'da kasalliklarini davolash
      · Buyrak xastaliklarini davolash
      · Bo'g'im og'rishlarini davolash
      · Bel og'rig'i davolari
      · Yurak xastaliklarini davolash
      · Chechak kasalliklarini davolash
      · Nafas qisishini davolash
      · Burundan qon ketishini to'xtatish
      · Ich ketishini davolash
      · G'amginlikdan qutilish davolari
      · Grippni davolash
      · Qandli diabetni davolash
      · Asabni davolash


                             Jigar xastaliklarini davolash
      Qizil bodrezak mevasining sharbatini asal bilan aralashtirib ichsangiz, jigar xastaligiga davo bo'ladi.
      Issiqlikdan bo'lgan jigar xastaliklariga qoqigul, bog' va cho'l saratqisi juda foydalidir.
      Jigar kuchsizligini davolashda za'faron, anor doni va mayizni urug'i bilan chaynab yeyish qo'l keladi. 
      G'ozpanja o'tini suvda qaynatib, ovqatdan oldin kuniga 3-4 martadan ichsangiz, jigaringizga davo bo'ladi.
      Har kuni 3,5 gr. zira iste'mol qilib yurilsa, jigarni mustahkamlaydi.
      Jigarni tozalash uchun har kuni 5 grammdan kungaboqar ildizining suvidan ichib yurish kerak.
      Tol bargi va novdalarini yoyib ustida yotilsa, jigar issig'ini daf qiladi.
      Shirin anor suvi muntazam iste'mol qilib yurilsa, jigar tozalanadi va quvvati ortadi.
      Muntazam shakar iste'mol qilish bilan jigarni kuchlantirish mumkin.
      Qoncho'p o'tining gulini yoki ildizini suvda qaynatib ozginadan ichib yursangiz, jigaringiz musaffo bo'ladi.
      Baliq olovda kabob qilib yeyilsa, zaiflashgan jigarga juda foydali.
      Kuniga uch donadan achchiq bodom asalga qo'shib yeb yurilsa, jigar xastaliklariga davodir.
      Har kuni 7 gr. dasht sabzisi giyohi quritib yanchilgach, choy va asalga aralashtirib ichilsa, sovuq jigarga issiqlik baxsh etadi.
      O'n besh gramm qovun urug'i yanchib yeyilsa, jigardagi tiqinlarni ochadi.
      Qurutni suvda ezib ichilsa (qurtob) jigar haroratini pasaytiradi.
      Limon suvini shakarli choyga aralashtirib ichilsa, jigarga quvvat bag'ishlaydi.
      Kuniga 80-100 gramm shavel yeb yurilsa, jigarni mustahkamlaydi.
      Yigirma gramm semizo't urug'ini yanchib elakdan o'tqazib, shakarli suv bilan ichilsa, jigar haroratini pasaytiradi.
      Shirin olma sharbati va anjir jigarni quvvatli qiladi.
      Xom xondon pista mag'zi jigar sovuqligiga davo.
      Bodring va olvali jigar tiqinlarini ochadi.
      Oshqovoq suvda qaynatib yeyilsa, jigar haroratini pasaytiradi.
      1,5-2 gr. qalampirmunchoqni yanchib, yangi sog'ilgan sigir suti bilan nahorda ichilsa, jigarga quvvat beradi.

                               Me'da kasalliklarini davolash
      Quruq yalpiz, qalampirmunchoqni qaynatib ichish bilan me'dadagi sovuq xiltni yo'qotish mumkin.
      Me'da va jigar oralig'ida qattiqlik va ozg'inlik bo'lsa, arpa suvi foydali, uning miqdorini kun sayin ko'paytirib 300 grammgacha yetkazish mumkin.
      Yetti-sakkiz gr. achchiq shuvoq (erman) suvda qaynatib ichilsa, me'daga quvvat bag'ishlaydi.
      Kuniga 7 gr. sariq bedani suvda qaynatib ichilsa, ko'pgina me'da xastaliklariga davodir.
      Quritilgan o'rikni suvda qaynatib, bir kundan so'ng ichilsa, me'da haroratining ortishiga davo bo'ladi.
      Har kuni 3-4 gr. sarimsoq iste'mol qilib yurilsa, me'dani tozalab, kuchga kirgizadi.
      Ituzum poyasini yanchib tashidan me'daga qo'yib bog'lansa, me'da shishini qaytaradi.
      Har kuni 15-18 gr. rayhonni yanchib yoki qiymalab yesangiz, me'da zaifligidan qutilasiz.
      Limon, shakar (oqqand) choyga solib ichilsa, qizigan me'daga quvvat bag'ishlaydi.
      Me'dangizni quvvatli qilmoqchi bo'lsangiz, shirin bodomni hidi chiqquncha qizdirib, mag'zini yeng.
      Muntazam behi yeb yurilsa, me'da qizishi va boshqa xastaliklariga davodir.
      Bug'doy kepagidan non yopib yeyilsa, me'da namliligini bartaraf qiladi, bug'doy noni esa - me'daga quvvat.
      Kuniga 3-4 gr. dasht yalpizi (hulva)ni yanchib, suv yoki choy bilan ichilsa, me'dadan turli chiqindilarni haydaydi.
      Har kuni 5-7 gr. zanjabil yanchilib yeyilsa, me'dadagi namlik va g'aliz bodlarni yo'qotadi.
      Kuniga 7 gr. oshko'k (kashnich) urug'ini yanchib, sovuq suv bilan iste'mol qilinsa, haroratli me'da me'yoriga tushadi.
      Xondon pistaning xom mag'zi, sabzi, shirin olma sharbati me'daga quvvat beradi.

                        Buyrak xastaliklarini davolash
      Oshqovoqdan olingan sharbat buyrak xastaliklariga davodir.
      No'xat suvi, turp yaprog'ining suvi, turpning ingichka va so'limagani buyrakdagi tosh va chiqitlarni haydab tushirishda eng yaxshi vositadir.
      Chumchuq go'shti va chayonning kuli buyrak va qovuqdagi toshni tushiradi.
      Maymunjon va beda ildizlari, gulxayri urug'i, olcha mevasi, do'lana yelimi buyrakdagi toshni maydalab chiqaradi.
      Xirsquloq yaprog'ining 10 gr.ni suvda 15 daqiqa qaynatib, tindirib ichsangiz, buyrak kasalliklariga shifo bo'ladi.
      Xina ildizi, tog' petrushkasi, yalpiz, erman, dasht bodringining urug'i va ildizi, shirin ajriq ildizi ham buyrak va qovuqdagi toshlarni maydalab haydaydi.
      Har kuni 3 gr. qalampirmunchoqni choy yoki dog' suv bilan ichilsa, buyrakdagi sovuqlikni ketkizadi.
      Sariq choy (dalachoy) o'tini suvda qaynatib, tindirib ichsangiz, buyrak xastaliklaridan xalos bo'lasiz.
      Sarimsoq sirka bilan qo'shib yeyilsa, buyrakdagi shishni daf qiladi.
      Yong'oq mag'zi bilan asaldan murabbo tayyorlab yeb yurilsa, buyrakni semirtiradi.
      Oq tut buyrak yog'ini mustahkamlashda eng yaxshi davodir.
      Har kuni 2-3 gr. dan zig'ir urug'ini yanchib yeb yursangiz, buyrak yarasi va jarohatlaridan forig' bo'lasiz.
      Uzumning yangi sharbati buyrakdagi toshlarni yo'qotishda foyda beradi.
      Sigir suti, gurunch va yong'oq mag'zidan pishirilgan shirgurunch buyrak va badanni semirtiradi.
      Urug'i olingan mayiz, baliq kabob, mosh buyrak xastaliklariga davodir.
      Achchiq bodom mevasi va ildizi, shirin bodomning shakar solib tayyorlangan murabbosi, shirin pishgan qovun buyrakni turli xastaliklardan xalos qiladi.
      Pishgan uzumni po'sti va urug'idan tozalab yeb yurish buyrak ¸g'ini ko'paytiradi.
      Zig'ir urug'ining qaynatmasini kuniga 5-6 martadan ikki hafta mobaynida ichish buyrak toshlariga davodir.
      Kuniga 7-8 gr. yalpizni ezib, shakar va asal aralashtirib ichilsa, zaiflashgan buyrakka davo bo'ladi.
         

                            Bo'g'im og'riqlarini davolash
      Gulxayri barglarini yanchib, shishgan va og'riq bo'g'imlarga bog'lansa, shifo bo'ladi.
      Bug'doy uni kepagini zaytun yog'i va sirka bilan aralashtirib bo'g'imlarga bog'lansa, ularning lo'qillab og'rishini daf qiladi.
      Qulon va bedana go'shti bo'g'im xastaliklariga davodir.
      O'rdak yog'ini surtish bilan bo'g'imdagi og'riqlarni davolasa bo'ladi.
      Kuniga 7-8 gr. achchiq shuvoq (erman)ni qaynatib ichilsa, bo'g'im og'riqlariga shifodir.
      Sariq bedani suvda qaynatib ichilsa, bo'g'imlar shishini qaytaradi.
      Dasht sabzisi urug'idan 4 gr. ni yanchib, muntazam yeb yurilsa zaiflashgan bo'g'imlarga davo.
      Javdar ildizini quritib, unga bir necha dona qora murchni yanchib qo'shgach, shishgan bo'g'imlarga bog'lansa, shishni qaytaradi.

                                Bel og'rig'i davolari
      Shotut bargini suvda qaynatib ichsangiz, bel og'rig'idan qutilasiz.
      Kuniga 7-8 gr. yalpiz bargini yanchib suv bilan ichilsa, bel og'rig'iga davo bo'ladi.
      4 gr. daraxt po'kagini yanchib va elakdan o'tkazib, asal bilan qorishtirib ichilsa, bel og'rig'ini daf qiladi.

                              Yurak xastaliklarini davolash
      Govchashm (sigirko'z) shirasi, govzabon shirasi, gulob yurakka quvvat bag'ishlaydi.
      Ovqatlanishda kraxmal, sut mahsulotlari, qand-shakardan tiyilish ham bu kasallikda foyda beradi.
      Anbar (kashalot balig'idan olinadigan xushbo'y modda) keksalarning yuragiga quvvat beradi.
      Binafsha yog'i, shirin olma sharbati, shirin anor sharbati yurakni quvvatlantiradi.
      Kapalakgulning gullaridan choy damlab ichish ham yurak xastaligiga davo.
      Sakkiz gr. pillani suvda qaynatib oq qand bilan qiyomga keltirib yeyilsa, yurakni quvvatli qiladi.
      Tol bargi va novdalarini yoyib, ustiga yotilsa, yurak haroratini daf qiladi.
      Sariq choy (dalachoy) ning quruq o'tini suvda qaynatib tindirgach, bir osh qoshiqda kuniga 2-4 marta ovqatdan keyin ichish ham foyda beradi.
      Quritilgan kashnich, behi iste'mol qilish, oq atirgul hidlash bilan yurakni quvvatlantirish mumkin.
      Besh gr. kungaboqar ildizining suvini ichilsa, sovuqlikdan zaiflashgan yurakka shifodir.
      Kuniga bir kosa yangi sog'ilgan sigir sutini issig'ida ichilsa, yurakka kuch bag'ishlaydi.
      Nok, xondon pista, anjir yurak zaifligi va xastaliklarini davolashda yaxshi shifodir.
      Tuxum sarig'ini chala pishirib, muntazam yeb yurilsa ham, yurakka kuch bag'ishlaydi.
      Dasht yalpizi, suv yalpizini yanchib suv bilan yutilsa, yurakning behuzur bo'lishiga shifodir.
      Har kuni 2 gr. qalampirmunchoqni yanchib suv bilan yutilsa, yurak behuzurligini daf qiladi.
      Olvali va barcha turdagi behi yurak behuzurligini davolashda yaxshi vositalardir.
      Limon shakarli choy bilan ichilsa, yurak behuzurligini ketkizadi.
      Sovuq mizojli odamlar 8 gr. va issiq mizojli odamlar 2 gr. sedana yeb yurishsa, yurak behuzurligidan forig' bo'lishadi.
       

                               Ichak xastaliklarini davolash
      Kuniga 3 gr.dan zig'ir urug'i yanchib yeyilsa, ichak og'riqlarini daf qiladi.
      O'rdak go'shti ichak og'rig'i va achishishiga shifodir.
      Har kuni 10-12 gr.dan qovun urug'i yanchib yeyilsa, ichakni begona moddalardan tozalaydi.
      Kuniga 7-8 gr. yalpiz urug'ini qaynatib, asal bilan ichgan odam ichakdagi begona moddalardan xalos bo'ladi.
      Yong'oq mag'zini asal bilan qo'shib murabbo qilib yeyilsa, ko'richak mustahkamlanadi.
      Shirin bodom mag'zi muntazam yeb yurilsa, ichakdagi yaralarni tuzatadi.
      Har kuni 15 gr. gulxayri ildizi po'stini qaynatib, suvini ichilsa, ichakdagi shishlar yo'qoladi.
      Shohtut, oshqovoq urug'i va yanchilgan zira ichaklardagi kasalliklarga shifodir.

                                Nafas qisishini davolash
      10 gr. sariq bedani suvda qaynatib, suvi asal bilan iste'mol qilinsa, nafas tangligiga davodir.
      Archa mevasidan 30 gr. yanchib va elakdan o'tkazib, 15 gr. mol yog'i qo'shib eziladi va ko'pigi olingan asal bilan xamir qilib bir hafta yalab yurilsa, balg'amdan hosil bo'lgan nafas qisishiga davo bo'ladi.
      2 gr. gorchisa urug'ini ezib, asal bilan iste'mol qilinsa, nafas tangligidan xalos bo'lasiz.
      Har kuni 8-10 donadan chilonjiyda mevasi yeb yurilsa, nafas qisishi daf bo'ladi.
      Kuniga 8-9 gr. rayhon suvini asal bilan qo'shib ichgan odam nafas tangligidan xalos bo'ladi.
      Bug'doy kepagi qaynatilgan suvga shakar, asal, shirin bodom yog'i qo'shib iste'mol qilinsa, nafas tangligiga davodir.
      Murch va anjir ham nafas tangligiga shifo.
      

                              Burundan qon ketishini to'xtatish
      90 gr. bargizub suvini iste'mol qilish bilan burundan oqayotgan qonni to'xtatish mumkin.
      Mo'miyoni suvda ivitib burunga tomizilsa, qon to'xtaydi.
      Qog'ozni kuydirib naycha orqali kulini burunga yuborilsa, qon ketishi to'xtaydi.
      Surmani peshona va boshning yarmiga qo'yib bog'lansa, burun qonini to'xtatadi.
      Tuxum po'chog'ini mayin maydalab burunga qo'yilsa, undan kelayotgan qonni to'xtatadi.

                                  Ich ketishini davolash
      Qorag'at mevasini suvda yarim soat qaynatib kuniga 3 mahal ichilsa, ich ketishini to'xtatadi.
      Gurunchdan qilingan non va balut non ich ketishini davolaydi.
      10-12 gr. kashnich (oshko'k urug'i)ni yanchib, sovuq suv bilan ichilsa, ich ketishini to'xtatadi.
      Shirin anor suvidan 300 gr.ni 100 gr. shakar bilan aralashtirib yeyilsa, safrodan bo'lgan ich ketishiga shifo bo'ladi.
      Qovurilgan ziraning yanchilgani, zirk urug'ining mayin tuyilgani ham ich ketishidan xalos qiladi.
      Sariq choy o'tini suvda qaynatib yarim stakandan kuniga 3 mahal ichilsa, foyda beradi.
      7 gr. sabir (aloe)ni issiq suv bilan ichilsa, ich ketishiga davo bo'ladi.
      Shohtut mayizini asal bilan yeyilsa, ich ketishiga da'vo bo'ladi.

                         G'amginlikdan qutilish davolari
      Har kuni 9-10 gr. tog' yalpizini suvda qaynatib ichilsa, g'amginlikdan xalos bo'lasiz.
      Kuniga 9-10 gr. quruq choqula bargi yoki ildizini suvda qaynatib ichilsa, me'daga bog'liq g'amginlik yo'qoladi.
      Oshqovoqni suvda pishirib yeyish esa safrodan paydo bo'ladigan g'amginlikni yo'qotadi.

                              Grippni davolash
      Buning uchun yarim litr xom sutni asta-sekin isitib, tovuq tuxumi bilan aralashtirasiz va unga bir choy qoshig'ida asal va shuncha sariyog' solasiz. Hammasini yaxshilab aralashtirib, yotish oldidan ichasiz. Saharga borib grippdan asar ham qolmaydi.

                       Qandli diabetni davolash
      Yog'li quruq nonni mayin ezib, toza shakar bilan aralashtirib, har kuni nahorga ikki kaftdan iste'mol qilish qandli diabetga foydali.
      Bir kilo chigit yaxshilab tuyiladi, uch litr suvda bir kecha-kunduz ivitib qo'yiladi, keyin aralashtirib donadan o'tkaziladi. Olingan suvga novvotni yanchib qo'shiladi. Keyin uni toza qozonga solib, sekin biroz qaynatiladi. Har kuni saharda nahorga 150 gr. dan ichib, uch soat yuriladi. Dori tugagach, bir hafta dam olib yangitdan tayyorlanadi va ichiladi.
      Muntazam xom karam yeb yurish ham qandli diabetda foydali.
      Siren gulining bahordagi g'uddasini qaynatib, kuniga ovqatdan oldin bir osh qoshiqda uch martadan ichish ham qandli diabetga davodir.
      Suv yoqasidagi tol bargidan yuz donasini suvda qaynatib, sovugach ichiladi, bu muolaja 10 kun davom etadi.

                             Asabni davolash
      Asalari mumidan varaq yasab qotgan asablarga qo'yib bog'lansa, ularni yumshatadi.
      20-25 gr. shirinmiya ildizi po'stini shilib tashlab, bir kecha-kunduz suvda ivitib ichilsa, asab kasalliklariga davodir.
      Murch, shakar, mosh yeb yurilsa, asab xastaliklarini davolaydi.
      Har kuni 3-4 gr. daraxt po'kini elakdan o'tqazib, aloe bilan yeyilsa, asab kasalliklariga shifo bo'ladi.
      5 gr. xina gulini yanchib choy yoki suv bilan ichilsa, asab xastaliklaridan forig' bo'lasiz. Uni yanchib, bosh va peshonaga bog'lash ham mumkin.
      Chuvalchangni yanchib, uzilgan asablarga bog'lansa, ularni payvand qiladi (uch kun bog'liq holda turishi shart).
      Kunjutni tuyib yo'g'onlashgan asablarga bog'lansa, asablarni davolaydi.
      Kungaboqar guli suvidan 7-8 gr. ichilsa, asab illatlariga shifodir.

Faqih (rahimahulloh) aytadilar: "Kishiga badaniga zarar beradigan narsalardan saqlana oladigan miqdorda tabobat ilmini o'rganish mustahabdir. Hukamolarning aytishicha, ilm ikki xil bo'ladi: din ilmi, badan ilmi. Kishiga din ishlarini isloh qila oladigan miqdorda ta'lim olish zarur bo'lgani kabi, badanini salomat saqlab oladigan darajada tabobatni bilmog'i va zarar beradigan narsalardan chetlashmog'i lozim. Tabiblar tabobatda parhezdan foydaliroq narsa yo'q, degan so'zga ittifoq qilishgan. Bir sahobiy bir kishiga: «Senga tabiblar suyanadigan tabobatni, olimlar suyanaditan ilmni, hakimlar suyanadigan hikmatni o'rgataymi?» dedi. U: «Ha», dedi. «Tabiblar suyanadigan tabobat - dasturxonga qorning och bo'lgan vaqtda o'tirish va ishtahang bo'lsa ham (to'ymasdan) turish. Ulamolar suyanadigan ilm shuki, bilmaydigan narsa haqida so'rashganda, «Alloh biluvchiroq», deyish. Hakimlar suyanadigan hikmat - agar sen bir qavmning yig'inida o'tirsang, sukut qil, ular yaxshilik haqida gapirsalar, ular bilan gaplash, agar yomon narsa haqida gapirsalar, turib ket», dedi sahobiy".

Qadimda uzoq umr ko'rgan bir kishiga "Umring nima sababli uzun bo'ldi?" deyilganda, "Taom pishirsak, yaxshilab pishiramiz, chaynasak, yaxshilab chaynaymiz va qornimizni to'ldirib yubormaymiz, uni bo'sh ham qoldirmaymiz", dedi.

Kishi kunduzgi taomdan so'ng cho'zilishi, kechki taomdan so'ng yurishi foydaliroq, deyiladi. Masalda aytiladiki, agar kunduzgi taomni yeb bo'lib cho'zilsa, badaniga yuqadi, kechki taomdan so'ng yursa, singadi.

Zuhriy rivoyat qiladipar: «Ibn Abbos (roziyallohu anhu): «Beshta narsa xotirani susaytiradi: nordon olma yeyish, suvga bavl qilish, sun'iy yo'l bilan bo'yindan qon oldirish, bitni tuproqqa tashlash, sichqon tekkan suvni ichish», dedilar».

Aytiladiki, qabr toshlardagi lahvni o'qish, kashnich yeyish, oldin-ketin boshangan ikki tuyaning o'rtasida yurish va ikkita ayolning orasida yurish ham xotirani susaytiradi.

Zahhoq Ibn Abbosdan rivoyat qiladilar: «Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): «Misvokni ko'p ishlatinglar, chunki unda o'nta xislat bor: tishning pokligi, Rabbning rizoligi, farishtalarga xursandchilik, ko'zga jilo, tishga oqlik, milkni mustahkamlash, tishdan chirish va toshlarni ketkazish, taomni hazm qilish, balg'amni kesish, farishtalar uning oldida hozir bo'lishi, namozning savobi ikki barobar bo'lishi, shaytonni xorlash», dedilar". Aytiladiki, sariq poyabzal kiygan kishi Alloh taoloning: «U zotning aytishicha, u ochiq-mallarang sigir bo'lib, ko'rganlarning ko'ngli chog' bo'ladi» (Baqara, 69), degani sababli huzur-halovatda bo'ladi.

Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): «Kim aqiq ko'zli uzuk taqib yursa, doimo barakot va xursandchidikda bo'ladi», deganlar.

Aytishlaricha, kim uyni latta bilan supursa, xamirturush ishlatmasa, o'rgimchak to'ridan uyini tozalamasa, faqir bo'ladi. Kim oxurni o'rgimchak to'ridan tozalamasa, hayvonlari semirmaydi, degan gap ham bor. Yana aytiladi: "Yashil rangga, oqar suvga, chiroyli chehraga, ota-onaning yuziga, namozda sajda o'rniga, shirin limonga, qizil kabutarga qarash ko'zni ravshanlashtiradi".

qishda olovga qarashda beshta xislat bor: sovuqni ketkazadi, yuzni chiroyli qiladi, taomni hazm etadi, adashish va qiyinchilikni ketkazadi, qo'rqinchdan chalg'itadi.

Ali ibn Abu Tolib (roziyallohu anhu): «Kim uzun umr ko'rishni xohlasa, erta nonushta qilsin, kechki ovqatni kechiktirsin, ridoni yengillatsin, ayollar bilan jinsiy aloqani kamaytirsin", deganlar. «Ridoni yengillatish nima?» deyilganda, «Qarzni kamaytirish», dedilar. Ozuqalardan badanga zarar beradigan narsalardan chetlanish haqida Faqih Abu Lays (Alloh rozi bo'lsin) aytadilar: "Badan kuz va qish kunlarida quvvatli bo'ladi, taomni ko'taradi, chunki oshqozon bu vaqtda qiziydi va taomni hazm qiladi. Yoz va bahorda oshqozon soviydi, sovuqliga sababli taomni ko'tarishga zaiflik qiladi".

Yoz kunlari sovuq suvni ko'p ichishning zarari kam, qish kunlari zarari ko'p. Kishi qish kunlarida suv ichishni kamaytirishi lozim. Shuningdek, kechasi ham ko'p suv ichmaslik kerak, chunki bu vaqtda oshqozon soviydi, unga zarari yetishi va kasallanish xavfi bor, lekin issiqlik g'olib kelsa yoki isitmasi bo'lsa, ichaverishi mumkin. Uxlamoqchi bo'lgan odam qorni to'q bo'lsa, sunnatga muvofiq birinchi o'ng tomoni bilan yotishi lozim bo'ladi, so'ng chap tomonga buriladi, chunki bu hol taom hazm bo'lishini osonlanshtiradi. Ammo oshqozon to'la holda uxlash qalbni qattiq qiladi. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): «Taomlaringni namoz bilan parchalanglar, u bilan uxlamanglar, aks holda qalblaring qattiqlashadi», deganlar. Kishi uzrsiz qorni bilan yotishi durust emas. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) bir kishi qorni bilan yotganini ko'rib, uni turtganlar va: «Bunday yotma, chunki bu yotishdan Alloh g'azablanadi», deganlar. Agar qorni to'q bo'lsa va qorni og'rishdan qo'rqib, yostiqni qornining ostiga qo'yib uxlasa, zarari yo'q, chunki bu uzrlidir, zarurat man etilgan ishlarni muboh qiladi, so'ng ko'p yegani uchun tavba qilishi lozim. Taomdan oldin sovuq suv ichish oshqozon olovini o'chiradi, uni taomdan so'ng ichish oshqozonni qizdiradi va badanni yog'laydi. Agar kishi olma, o'rik, uzum va shunga o'xshash ho'l mevalardan yesa, uning orqasidan suv ichishi durust emas, chunki bu ish oshqozonni buzadi. Bir-ikki soatdan so'ng ichishi durust. Agar issiq gurunch yoki holva yesa, ustidan hech qachon sovuq suv ichmasin, chunki tishlarga zarar qiladi, juda ichgisi kelsa, avval bir-ikki luqma non yesin, so'ng ichsin, shunda zarari kamroq bo'ladi. Issiq non bilan tut yeyish qorinda qurt paydo qiladi. Ibn Muqfa' aytadilar: «Kim qirq kun tinmay piyoz yesa, so'ng yuzida dog' paydo bo'lsa, faqat o'zini malomat qilsin. Agar kamaytirsa va uning (piyozning) ortidan sho'r yesa, so'ng unda qichima paydo bo'lsa, faqat o'zini malomat qilsin. Kim baliq bilan tuxumni aralashtirib yesa, so'ng falaj bo'lsa, faqat o'zini malomat qilsin, kim shira bilan sutni aralashgarsa, pes kasalligi bilan balolansa, fakat o'zini malomat qilsin».

Kishi taom yeyayotganda taomning hammasini yeb bo'lmaguncha, suv ichmasin, shunda zarari kamroq. Baliq ko'p yeyish ko'zga ziyon qiladi, qorinda sut bilan nordon narsa yoki ko'katni jamlash durust emas. Taomdan oldin ho'l meva yeyishning zarari    kam, undan keyin yeyishning zarari ko'proq. Sut bilan ho'l mevani birga yeyish durust emas, shuningdek, quduq suvi bilan daryo suvini birga ichish ham noma'qul. To'rtta narsa o'tib ketgunicha maqtalmaydi: taom hazm bo'lgunicha, jangchi qaytib kelgunicha, ekin yig'ib olingunicha, ayol o'lgunicha.

Kun isiganda (kunning o'rtasida) go'shtni ko'p yeyish kasallikni qayta qo'zgaydi. Nonning badanga eng zararlisi issiq bo'lgani, badanga zarari kamrog'i bir kun turgani. Go'shtning badanga zararlisi orqa yarmi, zarari kamrog'i boshga yaqinrog'i. To'yib ho'l xurmo yeyish oshqozon kasalligani keltiradi. Danakni non bilan yoki yolg'iz o'zini yeyish hazmni og'irlashtiradi. Patir non va shunga o'xshashlarning hazmi ham sekin. Tut mevasi va o'rikni saharda yeyishning zarari yo'q. Taomdan so'ng yeyilsa, og'riqni paydo qiladi. Yaxshi pishmagan o'rik oshqozonni zaiflashtiradi.

Quritilgan xurmoni ko'p yeyish milkka foyda. Mayiz va boshqa shirinliklar ham. Anjirni ko'p yeyishning ziyoni bor. Sho'r narsani ko'paytirish ko'zga zarar qiladi. Agar bir kishi safar qilsa va bir shaharga kirsa, avval achchiq narsa bilan piyoz yesin, shunda shaharning suvi unga zarar bermaydi. Piyozni ko'p yeyish balg'amni paydo qiladi va ko'zga qorong'ilik keltiradi. Aytiladiki, achchiq va nordonni ko'paytirish tez qaritadi. Kishi yog' yeyishni tark qilishi lozim emas, chunki u aqlni to'ldiradi, shirinlik halimlikni ziyoda qiladi, ammo buni ko'paytirish tishga zarar beradi. Mosh qalbni yumshatadi, qonni tozalaydi, ammo ko'p yeyish tishga ziyon qiladi. Qovoq dimog'ni (nafas olishni) yaxshilaydi.

Ali ibn Abu Tolib (roziyallohu anhu) aytadilar: «Kim ovqatlanishni tuz bilan boshlab, tuz bilan tugatsa, Alloh undan yetmish baloni ketkazadi». Va yana aytganlarki: «Kim har kuni yettita xurmo yesa, qornidagi qurtlarning hammasi o'ladi. Kim har kuni qizil mayiz yesa, jasadida biron yomon narsa qolmaydi, magar o'lim kasalligidan boshqa».

Aytishlaricha, go'sht go'shtni ko'paytiradi, xamir ovqat va holvaytar qorinni kattalashtiradi va orqani bo'shatadi. Sigir go'shti dard, suti shifo va yog'i davodir. Baliq jasadni eritadi. Bularning hammasi Alidan (roziyallohu anhu) rivoyat qilingan. Ayollarga ho'l xurmodan ortiq shifo yo'q. Xushbo'ylik dimog'ni ochadi, ko'zni o'tkirlashtiradi. Kofur va atirgul suvidan boshqa xushbo'ylikni ishlatish quruqlikni keltiradi. Aytiladiki, atirgul suvi qarilikni tezlashtiradi, muloyim libos qonni yurishtiradi, qalin, dag'al libos uni quritadi. Yana aytiladiki, qattiq xursandchilik  xafachilikka nisbatan halokatni tezlashtiradi, chunki xursandchilikning tabiati sovuqlik, sovuqlik esa issiqlikka nisbatan halokatga yaqinroq, xafalikning tabiati esa issiqlik, chunki u jigardan paydo bo'ladi.

 

All Rights Reserved © Copyrigh                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                 t 2005   by  www.fikr.uz    

Hosted by uCoz