Shiorimiz:   Fikr - yaxshilik va yomonliklarni ko'rsatadigan oynadir                                     

Yangiliklar 
Qur'oni karim
Hadisi sharif
Fiqh 
Islom tarixi
Tahlil
Iqtisod va huquq 
Juma mav'izalari 
Jannat qushchalari 
Islom va ilm 
Davolaninglar
Odam va Havvo 
Mazhablar 
Dinda savolim bor... 
Kutubxona 
Sharq bozori
Imm Buriy
Statistika 
G'arbda Islom
O'zbekiston va Islom
Yilnoma 
Taklif  va munosabat 
Islomiy saytlar
Tanishuv
Namoz vaqti 
Mehmonxona 
Valyuta kursi 
 

 

                        Islom banklari faoliyatining asosiy tamoyillari 
     

      Bugungi kunda jahonning 40 dan ziyod mamlakatida Islom banklari faoliyat yuritmoqda. "SarIa..." xalqaro banklar reyting agentligining 2000 yil ma'lumotlariga ko'ra, hozirda Islom banklarining aktivlari 160 mlrd. dollardan oshib ketgan. Klassik g'arb bank tizimi o'ziga xos inqirozni boshidan kechirayotgan bir paytda shariat axkomlari asosida muvaffaqiyat bilan ish yuritayotgan nisbatan yosh banklar tajribasini o'rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Bankir va olim Kris Barlton o'zining "Rivojlanayotgan bozorlardagi banklar" asarida Islom banklari faoliyatini har tomonlama tahlil qilgan. Uning tahliliga ko'ra, Islom banklari kapitali yiliga 10-15 foiz sur'at bilan o'smoqda. Bu esa moliya sohasida juda yuqori ko'rsatkich hisoblanadi. 
      Kuzatilayotgan yana bir tendentsiya xususida ham to'xtalib o'tish joiz. So'ngi paytlarda ko'pgina g'arb banklari dunyoning turli mamlakatlarida o'zlarining islomiy pgobalarini ochmoqdalar. "Cheyz Manxetten", "Goldmen Saks", "Ay - En - Dji", "Nomura Sekyuritiz", "Djey Pi Morgan" va boshqalar shular jumlasidandir. Amerikaning mashhur banklaridan "Sitibank" maxsus Islom fondlari uchun 1 mlrd. dollar mablag' ajratishi ham moliya bozorida Islom banklarining roli tobora oshib borayotganligidan dalolatdir. 
      Bugungi kunda Islom banklarida an'anaviy bank operatsiyalarining deyarli barchasi, ya'ni depozit, kredit, akkreditiv, hisob-kitob, to'lov operatsiyalari amalga oshiriladi. Ular sanoat, agrar sektor, tijorat va xizmat ko'rsatish sohalariga katta mablag'lar investisiya qilmoqda. 

      Mazkur banklar quyidagi tamoyillar asosida faoliyat yuritadi: 
      

      1.Mushoraka - sherikchilik asosida, ya'ni bank va tadbirkor tomonidan loyihani birgalikda amalga oshirish. Islom banklarida amalga oshiriladigan bank operatsiyalarining mushoraka turida bank moliyalashtirishdan ko'zlagan maqsad muayyan foiz olish emas, balki olinishi kerak bo'lgan foydada ishtirok etishdir. 
      Mushorakada olingan foyda quyidagicha taqsimlanadi:  
      - foydaning bir qismi ish haqi, boshqaruv yoki loyihani amalga oshirishdagi boshqa ishtiroki uchun sherikka ajratiladi; 
      - foydaning qolgan qismi esa sheriklar, ya'ni bank va tadbirkor o'rtasida loyihaga tikilgan mablagning nisbatiga ko'ra proporsional ravishda taqsimlanadi. 
      Biroq shuni ta'kidlash joizki, ish natijasi zarar bilan yakunlansa, u ham sheriklar o'rtasida moliyalashtirishdagi ishtirokiga ko'ra proporsional ravishda taqsimlanadi. 
Tadbirkor loyiha tashabbuskori bo'lgani bois, menejmentni o'z qo'liga oladi. Bank esa shartnomaga qat'iy rioya qilgan holda loyihaning bajarilishini nazorat qilib boradi. Bu bilan u o'zi va sherigi tomonidan ish uchun tikilgan kapitalni himoya qiladi. 
      Mushoraka bo'yicha kapital, albatta, ikki tomondan qo'yilmogi lozim. Lekin shuni ta'kidlash joizki, tomonlar kapitalining teng bo'lishi shart emas. U turli nisbatda qo'yilishi mumkin. Investisiya qilinayotgan mablag' erkin aylanadigan bo'lishi va eng muhimi uning manbai ma'lum bo'lmog'i lozim. Mushoraka shartnomasi sheriklarning bir-biriga bo'lgan to'liq ishonchiga asoslanadi. Shirkat mablag'larini begona - uchinchi shaxs manfaatiga ishlatish yoki pul mablag'larini boshqarishni uchinchi shaxsga topshirish, shuningdek, kompaniya mablag'larini o'zining shaxsiy mablag'lari bilan aralashtirib yuborish, umumiy mablag'ni qarzga berish yoki kafolat sifatida qo'yish mumkin emas. Bank talabgor tadbirkorlar ichidan sherik tanlashda uning nafaqat professional mahorati, balki uning axloqiy jihatlarini ham inobatga oladi. 

      2. Mudoraba - ishonch asosida moliyalashtirish. Ushbu bank operatsiyasi turining mohiyati shundaki, bunga ko'ra tomonlarning biri sarmoya qo'yuvchi va ikkinchi taraf ish yurituvchi sifatida faoliyat yuritadi. Demak, bank loyihani to'liq moliyalashtiruvchi bo'lsa, tadbirkor loyihani bevosita amalga oshiruvchi hisoblanadi. Islom banklarida amalga oshiriladigan operatsiyalarning mudoraba turi musulmon aholi o'rtasida keng tarqalgan asosiy xo'jalik yuritish tamoyilini o'zida aks ettiradi. Muomaladan xoli yoki bo'sh sarmoyaga ega bo'lgan shaxs uni o'zi xohlagan sohaga yoki bir paytning o'zida turli sohalarga yo'naltirishi mumkin. Bunda ikkinchi taraf sarmoyani tasarruf etuvchi, ya'ni loyihani amalga oshirish bilan bog'liq bo'lgan barcha tashkiliy va boshqaruv ishlariga mutasaddi shaxs sifatida muomalaga kirishadi. Mudoraba shartnomasiga ko'ra, foyda taraflar o'rtasida oldindan kelishilgan nisbatda taqsimlanadi. 
      Shariat nuqtai nazaridan mudoraba moliyaviy vositalarni ishlab chiqarish omillariga aylantirishning halol va qonuniy yo'li hisoblanadi. Bunda turli imkoniyatga ega bo'lgan xo'jalik sub'yektlari birikib, ijtimoiy foyda keltiruvchi xayrli amal bilan shug'ullanadilar. 
Mudorabada 3 ta iqtisodiy kategoriya amal qiladi: kapital, mehnat, foyda. Bunda kapital pul yoki natural shaklda bo'lishi mumkin. Shartnoma tuzilayotgan vaqtda kapitalning hajmi va manbai ma'lum bo'lishi, shuningdek, u boshqa bank operatsiyalariga jalb etilmasligi lozim. Loyihani amalga oshirish uchun sarflangan mehnatga haq foyda hisobidan to'lanadi. Mehnatga haq to'lab bo'lingandan so'ng qolgan mablag' sof foyda bo'lib, u sheriklar o'rtasida shartnomada kelishilgan nisbatda bo'linadi. 
      Xuddi mushoraka singari mudoraba shartnomasida ham loyiha bank tomonidan sinchkovlik bilan bosqichma-bosqich o'rganiladi. Ushbu shartnoma turida ham talabgorning nafaqat moliyaviy ahvoli, balki uning axloqiy jihatlariga ham asosiy e'tibor qaratiladi. Bank tomonidan loyihaning bajarilishi ustidan doimiy va qattiq nazorat o'rnatiladi. Agar loyihani amalga oshiruvchi tomonidan yo'l qo'yilgan xato yoki e'tiborsizlik oqibitida zarar ko'riladigan bo'lsa, so'zsiz ushbu zararni qoplash ish yurituvchi zimmasiga yuklatiladi. Ana shunday vaziyatlarni nazarda tutgan holda Islom banklari talabgordan ma'lum qiymatga ega bo'lgan mulkni garov sifatida qo'yishni talab qilishi mumkin. 
      3. Murobaxa tijorat operatsiyalarini moliyalashtirish. Islom banklari opretsiyalarining ushbu turida bank muayyan tijorat operatsiyasini moliyalashtiradi va shartnomada ko'rsatilgan foydaga ega bo'ladi. Bunda mijoz buyurtmasiga ko'ra, tovar bank tomonidan xarid qilinadi. So'ngra bank ushbu tovarni shartnomada ko'rsatilgan ustama narx bilan mijozga sotadi. Ushbu ustama narx bankning foydasi hisoblanadi. 
      4. Ijor - Ijara operatsiyasi. Bank operatsiyasining ijor turiga asosan tadbirkor ko'chmas mulk yoki ishlab chiqarish vositasini bankdan ijaraga oladi. Islom banklarining ushbu operatsiyasi bugungi kundagi an'anaviy banklarning lizing operatsiyalariga o'xshash bo'lib, u bank va tadbirkor o'rtasida tuzilgan shartnomaga asosan amalga oshiriladi. 
      5. Ijor va iqtino - sotib olish huquqi bo'lgan ijara. Bank va mijoz o'trasida tuzilgan ushbu shartnomaga ko'ra, bank tomonidan ijaraga berilgan ko'chmas mulk yoki ishlab chiqarish vositasi ijara muddati tugagach mijozning mulkiga aylanadi. Albatta, bunga qadar ijara ob'yektining kelishilgan narxi belgilangan muddat ichida to'lab bo'lingan bo'lishi kerak. An'anaviy banklar ham lizing operatsiyalarini amalga oshirishda mijozga ijara muddati tugagach, sotib olish huquqini beradi. 
      6. Zakot - Moli nisobga yetgan davlatmand musulmonlardagi kambagallar haqi.Bank tomonidan zakotlarni jamlash uchun Zakot uyi tashkil etiladi. O'z navbatida bank Zakot uyiga tushgan mablag'larni kambag'allar turmush ahvolini yaxshilashga, ularni ijtimoiy jihatdan muhofaza qilishga va boshqa jamoat manfaatidagi ishlarga safarbar qiladi. Zakot uylari zakot to'lovchilardan tashqari barcha turdagi xayriya va ehsonlarni qabul qilib, ularni aholining muhtoj qatlamlariga yetkazish uchun xizmat qiladi. 
      7. Al-qard al-Hasan - foizsiz ssuda yoki qarz. Islom banklari jismoniy va yuridik shaxslarga ma'lum muddatga foizsiz qarz berishi mumkin. Ushbu qarz asosan ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun (masalan, zavod, fabrika, yo'l va ko'priklar qurish) uchun ajratiladi. Ayrim hollarda ma'lum ob'yektiv sabablarga ko'ra, qarzdor shaxs yoki tashkilot olingan mablag'ni qaytara olmasa, bank uni zakot fondi hisobidan qoplab berishi mumkin. 
     Shunday qilib, Islom banklari o'z mijozlariga yuqoridagi operatsiyalarni amalga oshirish uchun uch xil foizsiz hisob (schyot)ni taklif qiladi: 
      1. Joriy hisob. Bu foiz stavkasi qo'yilmaydigan chek va jamg'arma hisobi bo'lib, bunda bank mijozlardan qo'yilma va depozitlar bo'yicha xizmat ko'rsatgani uchun muayyan to'lov olishga haqlidir. Agar mamlakatda inflyatsiya jarayoni kuzatilayotgan
bo'lsa, hisob raqamidagi pul mablag'lariga indeksatsiya asosida muayyan miqdordagi pul kompepsatsiya sifatida to'lanadi. 
      2. Investision hisob. Ushbu hisob turi bo'yicha mijozlar turli operatsiyalar vositasida o'z mablag'larini istiqbolli loyihalarga investisiya qilishlari mumkin. Albatga, bunda foyda
va zarar, yuqorida aytib o'tilgandek, bank va mijoz o'rtasida shartnomaga ko'ra taqsimlanadi. 
      3. Kredit hisobi. Islom banklari mazkur hisob orqali talabgor tadbirkorlarga hamda aholining muhtoj qatlamlariga foizsiz qisqa muddatli yoki uzoq muddatli qarz (kredit) beradi. Bunda davlatmand musulmonlar o'z ehtiyojlaridan holi bo'lgan bo'sh mablag'larini bankning kredit hisobiga qisqa yoki uzoq muddatli depozit sifatida qo'yadilar. Bank ushbu mablag'larni kelishilgan muddatda to'lig'icha qaytarishni kafolatlaydi. 
                                      

                                         Islomda inson huquqlari 
   

      Muqqaddas Islom dini barcha sohalar singari inson huquqlari borasida ham o'z me'yorlariga ega. Quyida bir necha misollar keltirib o'tamizki, ular Islomning adolatli qonunlardan iborat din ekanligini o'zida mujassam etgan: Islomda har bir shaxsning hayoti va mulki, uning diniy mansubligidan qat'iy nazar muqaddas hisoblanib, ehtirom etiladi. Allohning dini hatto insonning or-nomusini ham himoya etib, o'zgalarni kamsitish, tahqirlash, ular ustidan kulish va shu kabilardan qat'iyan qaytaradi. Ayniqsa, ba'zi qit'alarda keng tarqalgan va doimiy urush-janjallarning o'chog'iga aylanib ketgan irqiy kamsitish kabi illat Islom nuqtai nazariga va mohiyatiga umuman to'g'ri kelmaydi. Alloh azza va jalla o'zining kalomida bu xususda: "Ey insonlar, darhaqiqat Biz sizlarni bir erkak (Odam) va bir ayol (Havvo)dan yaratdik hamda bir-birlaringiz bilan tanishinglar (do'st-birodar bo'lishinglar) uchun sizlarni (turli-tuman) xalqlar va qabila-elatlar qilib qo'ydik. Albatta sizlarning Alloh nazdidagi eng hurmatlirog'ingiz taqvodorrog'ingizdir. Albatta Alloh bilguvchi va ogohdir" (49:13). 
      Islom ma'lum bir shaxslarni yoki butun bir millatni boyligi, kuch-qudrati, irqiy kelib chiqishi yoki shunga o'xshashliklar bilan faxrlanishdan qaytaradi. Alloh barcha insonlarni teng qilib yaratgan, ularning bir-biridan afzalligini belgilab beruvchi mezon esa yuqoridagi oyatda zikr etilgandir. Bu xususda Payg'ambar (s.a.v.)dan quyidagicha hadis rivoyat etilgan: "Ey insonlar, Rabbingiz yagonadir va sizlarning otangiz (Odam a.s.) ham birdir. Arab arab bo'lmagan kishidan, arab bo'lmagan kishi arabdan, oq rangli qora rangli kishidan yoki qora rangli oq rangli kishidan afzal, ustun emasdir, afzallik taqvodorlik bilan bo'ladi". 
      Bugungi kunda insoniyat yuzlashayotgan asosiy muammolardan biri - bu irqchilikdir. Shunday taraqqiy etgan dunyo oyga o'nlab fazo yo'ldoshlari, boshqa sayyoralarga raketalar uchirishga qodir-u, lekin bir insonni o'zgani tahqirlashidan, kamsitishidan qaytarib qola olmayapti. Bunga yechim sifatida Islom dini biz insoniyatga bir necha ajoyib yo'llarni Payg'ambar (s.a.v.) darvlaridan buyon ko'rsatib keladi. Shulardan biri har yili butun Islom ahlining haj va umra ziyoratini amalga oshirishidir. Ziyorat davomida oqu qora, boy-kambag'al musulmonlar bir safda turib Allohga aslida ham, mohiyatan ham o'z tengligini tan olishadi. Qanday go'zal holat, qanday birodarchilik! 
      Islom - bu adolat dini. Alloh deydiki: "Albatta Alloh sizlarniva odamlar orasida hukm qilganingizda adolat bilan hukm qilishga buyuradi" (4:58). 
      Biz musulmonlar o'zimiz nafsimiz uchun yomon ko'radigan odamlar bilan ham, o'zga din vakillari bilan ham bo'ladigan munosabatlarimizda adolatli bo'lishimiz shart. Alloh buyuradiki: "Ey mo'minlar, Allohning o'zi uchun haq yo'lni tutguvchi, adolat bilan shahodat berguvchi bo'lingiz! Biron qavmni yomon ko'rishingiz sizlarni adolat qilmaslikka togrtmasin! Adolat qilingiz!" (5:8) 
      Payg'ambar (s.a.v.)dan quyidagicha hadis rivoyat qilinganki: "Ey odamlar, adolatsizlik qilmang! Adolatsizlik uchun qiyomatda qorong'ulik bo'lur". 

All Rights Reserved Copyright 2005   by  www.fikr.uz

Hosted by uCoz