Shiorimiz:   Fikr - yaxshilik va yomonliklarni ko'rsatadigan oynadir                                    

Yangiliklar 
Qur'oni karim
Hadisi sharif
Fiqh 
Islom tarixi
Tahlil
Iqtisod va huquq 
Juma mav'izalari 
Jannat qushchalari 
Islom va ilm 
Davolaninglar
Odam va Havvo 
Mazhablar 
Dinda savolim bor... 
Kutubxona 
Sharq bozori
Imm Buriy
Statistika 
G'arbda Islom
O'zbekiston va Islom
Yilnoma 
Taklif va munosabat 
Islomiy saytlar
Tanishuv
Namoz vaqti 
Mehmonxona 
Valyuta kursi 
 

 

Fiqh

      VIII-XII asrlar butun musulmon jamiyatida fan va madaniyat, ilm va tafakkur rivojlangan bir davr bo'ldi. Bu davrda diniy bilimlar bilan bir qatorda dunyoviy ilmlar ham o'z rivojiga ega bo'ldi. Islom dini Arabiston yarim oroli doirasidan chiqib, taraqqiy etgan jahon diniga aylandi. Islomning din sifatida shakllanib, rivojlanishi aynan shu davrlarga to'g'ri keladi. Albatta, bunga turli mintaqalardagi jarayonlar o'z ta'sirini ko'rsatdi. Xususan, Movarounnahrning Islom madaniyati va fanning algebra, astronomiya, falsafa, tarix, hadis, kalom va boshqa sohalariga ko'rsatgan ta'siri juda kattadir. Ayniqsa, fiqh ilmi sohasida Movarounnahrning tutgan o'rni beqiyosdir. Umuman olganda islom huquqshunosligi (Fiqh) o'ziga xos rivojlanish tarixiga ega.
      Fiqh - g'arbda Islamic Law, Muslim Law, Muhammadan Jurisprudence, Le Driot Musulman, Islamische Gesetz kabi nomlar bilan yuritiladi. Dunyoda amaldagi huquq normalaridan farqli o'laroq, fiqh o'z ichiga ibodat masalalarini ham qamrab oladi. Buni Tavrot kitobining ibodat masalalarini jamlab olgan Talmudga qiyoslash mumkin. Fiqh - qadimdan mavjud huquqiy normalarni ibodat va muomala masalalari bilan mushtarak holda ma'lum tartibga solingan huquqiy tizimdir.
      Lug'atda "al-fiqh" kalimasi "anglamoq, tushunmoq" kabi ma'nolarni beradi.
Istilohda "al-fiqh" "Islom huquqi", deb yuritiladi.
      Fiqh zamonaviy fanlar asosida hozirgacha chuqur o'rganilmagan bo'lib, mutaxassis olimlar oldiga katta muammolarni qo'yib kelmoqda.
      Fiqh - odatda "furu al-fiqh" (so'zma-so'z: "fiqh tarmoqlari") shariatni konkret sohalarga tadbiq qilishdan va "usul al-fiqh" (so'zma-so'z: "fiqh asoslari") shariat hukm oladigan manbalarni ishlab chiqishdan iborat bo'ladi. Tarixiy tadrijga ko'ra "al-fiqh" - usul al-fiqhdan avval paydo bo'lgan. Fiqh ilmining tadrijiy rivojini mutaxassis olimlar tomonidan bir necha davrlarga taqsim etilgan. 

 

 

 

 

 

 

 

 

All Rights Reserved Copyright 2005   by  www.fikr.uz  

Hosted by uCoz