Shiorimiz:   Fikr - yaxshilik va yomonliklarni ko'rsatadigan oynadir                                     

Yangiliklar 
Qur'oni karim
Hadisi sharif
Fiqh 
Islom tarixi
Tahlil
Iqtisod va huquq 
Juma mav'izalari 
Jannat qushchalari 
Islom va ilm 
Davolaninglar
Odam va Havvo 
Mazhablar 
Dinda savolim bor... 
Kutubxona 
Sharq bozori
Imîm Buõîriy
Statistika 
G'arbda Islom
O'zbekiston va Islom
Yilnoma 
Taklif  va munosabat 
Islomiy saytlar
Tanishuv
Nomoz vaqti 
Mehmonxona 
Valyuta kursi 
 

 

                                                 Baliq ovi 


      - Tura qolgin, Saidjon, - dedi ota o'g'liga. Said turib o'z o'rindig'iga o'tirdi. 
      - Sen bugun baliq oviga bormoqchiligingni unutganing yo'qmi o'zi? Kel, men senga yordam beraman. Avval namoz o'qishimiz uchun tahorat qilishing kerak, so'ng ibodat qilamiz, ana undan keyin yo'lga, - dedi otasi. 
      - Yaxshi, unda biz bugun baliq tutish uchun boramiz, - dedi Saidjon o'zidagi uyqu alomatlarini yo'qotishga harakat qilib. 
      Saidjon tahorat qilib pastga tushganida butun oila a'zolari uni kutib turishardi, so'ng ular birga namoz o'qishdi. Namozdan forig' bo'lgach, bir-birlariga tabassum qilishdi va Saidjonga qarab aytishdiki: 
      - Allohga bir duo qilib yuboring, bizga ko'p baliq bersin. 
      - Alloh, iltimos, bizga ko'p baliq ber, - dedi yosh Saidjon. 
      - O'sha yerga borib nonushta qilib olamiz, - dedi oyijonisi va hammasi yo'lga otlanishdi. Butun oila mashinada o'tirganda, Payg'ambar (s.a.v.) sunnatlari bo'yicha otasi har doim yo'lga otlanishda o'qiladigan quyidagi duoni o'qidi: "Alloh ulug'dir! Bizlarga buni bo'ysundirib qo'ygan Zot Alloh ulug'dir. Bizlar o'zimiz bunga qodir emas edik. Shak-shubhasiz, bizlar Unga qaytguvchidirmiz". 
      Quyosh endigina chiqqan bo'lib, ular bo'm-bo'sh yo'lda bemalol ketishdi. 
      - Men yana unutib qo'ydim, qanaqa baliq tutmoqchi edik o'zi?, - so'radi Said. 
      - Seld, - dedi Fotima. 
      - Juda yaxshi, men seld balig'i izidan quvishni yaxshi ko'raman, - dedi Saidjon. 
      - Seld o'zi qayerdan oqib keladi? - deya so'rab qoldi Fotima. 
      - Seld okeandan oqib keladi, - dedi Ahmad. 
      - Yo'q, - dedi Said, - biz uni axir daryodan tutib olamiz-ku.
      Oyisi unga qaradi va: 
      - Ikkalangiz ham haqsizlar, ular avval daryoda tug'ilib, so'ng yashash uchun okeanga yo'l olishadi va yana tuxum qo'yish uchun qaytib kelishadi. 
      - Ular har bahor kelishadi, - dedi otasi. 
      - Ular qaytib kelish yo'lini qayerdan bilishadi?  - so'radi Said. 
      - Alloh ularga o'zi yo'l ko'rsatadi, - dedi Ahmad. 
      - To'g'ri, - deb ma'qulladi otasi, - Alloh ularning har biriga shunday xislat beradi. Ular endigina tug'ilganda, okeanga qanday borish va qaytib kelishni bilishadi. 
      - Xuddi qushlardek, - dedi Ahmad. 
      - Barakalloh, xuddi qushlardek. Shunday qushlar borki, kuzda uchib ketib, yozda qaytib kelishadi. 
      Said hali ham okean to'g'risida o'y surardi: chuqur, tubsiz va qo'rqinchli. U yerda na yo'l, na devorlar bor. Baliq bir yil okeanga ketib, yana xuddi o'sha daryoga qaytib kelsa -ya! 
      - Okeanning qayerida bo'ladi baliq?, - so'radi Said.
      Oyisi farzandlarining otasiga qaradi va: 
      - Siz bilasizmi? - deb so'radi. 
      - Yo'q. Men faqat ular har yili qaytib kelishini bilaman, xolos. 
      - Subhanalloh! Hech kim bilmaydi ularning qayerda bo'lishini... 
      - Ularning har soniyada qayerda suzib yurishini Allohdan o'zga hech kim bilmaydi, - dedi otasi. 
      - Subhanolloh! Bilasizmi, Alloh biz hozir baliq ovlash uchun borayotganimizni, bizni kutib olish uchun qanday baliq suzib kelayotganini va qanday baliq tutishimizni ham biladi. 
      - Agar biz hech narsa tuta olmasak-chi?, - so'radi Said. 
      - Buni ham Alloh biladi, - dedi ota. 
      - E-he-ye, Alloh hamma narsani biladi-ku! - dedi Said. 
      Ular biroz o'tib anhorga ham yetib olishdi va qulaygina joyga to'xtab, nonushta qilib olishdi. Keyin 5 daqiqa anhor bo'ylab yurishdi. Anhor keng bo'lib, suvlari ham tez oqardi, suvi esa jigarragnda edi. 
      - Suv nega jigarrangda, ota? - so'radi Said. 
      - Kecha yomg'ir quygan edi, u olib kelgan loyqa suv bunga qo'shilib ketgan. 
      - Endi biz baliqni ko'ra olmaymiz-ku! 
      - Xavotirlanma, Alloh xohlasa, ko'ramiz, o'g'lim, - javob berdi otasi. 
      Anhor oldidagi daraxtlar baland va barglari yam-yashil edi. Yoz kirib, uning bahorgi barglari yanada kattalashgan. Ular o'sha daraxtlar tagiga o'rnashdilar. 
      - Bizlarga bir necha uzun cho'plar kerak, - dedi otasi. 
      - Men topib kela qolaman, - dedi Ahmad va Fotima ikkalasi yugura ketishdi.  
      -Yaxshi. Bo'lmasa, Said, sen menga to'rlarni yoyishda yordamlash, - dedi otasi. 
      Said otasi bilan to'rlarni yerga yoydi. Ular juda keng bo'lib, pishiq arqondan yasalgan edi. 
      - Biz to'rni iplarga bog'lab, keyin tushiramiz. Iplarni esa o'zimiz ushlab turadigan cho'plarga bog'lab qo'yamiz. 
      Shu onda Ahmad bilan Fotima bir necha cho'p topib kelishdi. Otasi eng uzun ikkita cho'pni tanlab olib, to'rga bog'ladi va suvga tashladi. 
      - To'rni suvga tashlagach, biroz tursin, keyin Alloh bizlarga baliq bergandir, deb ko'tarasiz va to tutgunimizcha shu usul qo'llaniladi va mana shunga seld balig'i izidan "quvlash", deyiladi, - dedi otasi. 
      Birinchi bo'lib Said va Fotimalar "quvlab" ko'rishdi va dastlabki safar to'rlari QURUQ chiqdi. So'ng yana "Bismillah", deb to'r tashladi va bu safar Fotimaning to'riga bitta baliq ilindi. 
      - Men tutdim, men tutdim, - deb yubordi Fotima. 
      - To'xta, men senga yordamlashaman, - deb otasi uning to'rini suvdan ko'tarishga ko'maklashdi va ilingan ajoyib baliqni yerga qo'yishdi. Ahmad esa chelakni suvga to'ldirib, baliqni unga solib qo'ydi va "Alhamdulillah", dedi. 
      -Yaxshi, - dedi Said va to'rni qayta suvga tashladi. Ko'targanida esa to'rda hech narsa yo'q edi. Navbat Ahmadga yetganida, to'rga ikkita baliq ilindi. Said har safar tashlaganida esa to'r QURUQ chiqar edi va u ichida "Ey, Alloh! Menga ham ozgina baliq ber", deb qo'ydi. 
      Oyisi to'rni tashlaganida unga bira to'la 4 baliq ilindi, ammo Saidning navbatida baliq chiqmas edi. 
      - Xafa bo'lma, Said, balki sen o'tirgan joy yaxshi emasdir, xohlasang, mana bu yerdan tashlab ko'r, - dedi otasi. 
      Said o'z joyini o'zgartirdi va boshqa to'r tashladi. Tashlashi bilan to'rni ko'tardi, chunki baliq ilingan to'r harakatga kelishini sezdi, qarasa, baliq yo'q. 
      - Yo'q, baliq ilingan edi, u tushib ketdi suvga, - dedi Said. 
      Haqiqatdan ham Saidning baliqlari suvga tushib ketgan edi. U hech qanday baliq tuta olmasam kerak, deb o'ylab, "Ey Alloh! Menga ham ozgina baliq ber", deb yolvordi. 
      Bu safar Said to'rni ko'targanida, to'r baliqqa to'lib chiqdi. Ahmad hayron qolganicha "Allohu akbar", deb yubordi. 
      - Yordam bersanglar-chi, - deb baqirdi Saidjon. 
      To'r unga haqiqatdan ham og'irlik qilardi. Chunki u yerda 20 ga yaqin baliq bor edi. 
      Oyisi unga yaqinlashib: 
      - Ko'rdingmi, sen hech ham xavotirlanmasliging kerak, Alloh biladi senga nima kerag-u, nima kerak emasligini. 
     - Alhamdulillah, - dedi Saidjon. 
      - Haqiqatdan ham to'g'ri gap. Endi Fotima urinib ko'rsin-chi, qani Alloh unga ham berib qolsa, - dedi otasi. 

All Rights Reserved © Copyright 2005   by www.fikr.uz  

Hosted by uCoz