|
Muftiylarimiz
Eshon
Boboxon ibn Abdulmajidxon
Hijriy
1276 yili (milodiy 1856)
Toshkentda diniy ulamo
oilasida tavallud topgan.
Otasi Abdulmajidxon eshon
taniqli olim, mashhur
"Mo'yi Muborak"
madrasasi mudarrisi,
bobosi Yunusxon ibn
Ayyubxon mudarris va
shayhulislom bo'lishgan.
Eshon Boboxon dastlab uyda
otasidan, so'ngra
Buxorodagi Mir Arab
madrasasida mashhur
ustozlardan, xususan,
Domla Ikromchadan tahsil
oldi. Tirishqoqligi,
aql-zakovati bois tafsir,
hadis, aqoid, fiqh
bilimdoni bo'lib yetishdi.
Bir necha yillar "Mo'yi
Muborak" jome'ida
imom-xatib va madrasada
mudarris bo'ldi.1943 yili
O'rta Osiyo va Qozog'iston
musulmonlarining diniy
nazorati raisi, muftiy
etib saylandi. O'sha
yillari musulmonlar
vakillarining haj safariga
borishlari yo'lga qo'yildi,
"Mir Arab"
madrasasi qaytadan
faoliyat boshladi,
masjidlar haqida Nizom
ishlab chiqildi, diniy
boshqarma kutubxonasiga
asos solindi, xalqaro
aloqalar kengaydi.1957
yili Toshkentda vafot
qildi. Ismoil Qaffol
Shoshiy qabrlari yoniga
dafn etilgan.
|
Ziyouddinxon ibn
Eshon Boboxon
1908
yili Toshkent shahrida
tavallud topdi. Hakim qori
domla, Bahodirxon maxdum,
Shayx Alouddin, Jamol hoji
kabi ustozlardan saboq
oldi. O'n ikki yoshida
Qur'oni karimni to'la xatm
qilib, hofizul-Qur'on
bo'ldi. 1920 yili
Toshkentdagi "Ko'kaldosh"
madrasasiga o'qishga kirib,
o'sha paytda Toshkentga
kelgan suriyalik olim
Ash-Shomiy
at-Tarablusiydan hadis,
fiqh ilmini o'rgandi.1943
yili O'rta Osiyo va
Qozog’iston musulmonlari
diniy nazorati mas'ul
kotibi va O'zbekiston
qozisi bo'ldi. 1947-1948
yillarda Qohiradagi "Al-Azhar"
dorilfununida, so'ngra
Makka, Madina shaharlarida
tahsil oldi. 1948 yili
O'rta Osiyo va Qozog'iston
musulmonlari diniy
nazorati raisining
o'rinbosari etib saylandi.
1957 yili O'rta Osiyo va
Qozog'iston musulmonlari
boshqarmasi raisi etib
saylandi va umrining
oxiriga (1982 yil) qadar
ana shu vazifada samarali
ishladi.
|
Shamsuddinxon
Boboxonov
1937
yili Toshkent shahrida
tug'ilgan. 1959 yili
Toshkent chet tillar
institutining ingliz tili
fakultetini bitirgan.
1962-1966 yillarda
Qohiradagi "Al-Azhar"
dorilfununida tahsil oldi.
1973 yili Maskovda arab
filologiyasi bo'yicha
nomzodlik ilmiy ishini
yoqladi. 1975-1982 yillari
Imom al-Buxoriy nomidagi
Toshkent Islom oliy
ma'hadida rektor,
1982-1989 yillari O'rta
Osiyo va Qozog'iston
musulmonlari diniy
boshqarmasining raisi,
muftiy, 1989-1994 yillari
O'zbekiston FA
Sharqshunoslik institutida
katta ilmiy xodim va diniy
boshqarma raisining noibi
bo'lib ishladi. 1994-2001
yillari diplomatiya
sohasida xizmat qildi.
O'rdun Qirollik
akademiyasining haqiqiy
a'zosi, Xalqaro Ibn Sino
mukofoti sohibi. 2003
yilda Toshkentda vafot
etgan.
|
Muhammad
Sodiq Muhammad Yusuf
1952
yidda Andijon viloyatining
Buloqboshi qishlog'ida
tug'ilgan. Dastlab otasi
Muhammad Yusuf hojidan
diniy ta'lim olgan. "Mir
Arab" madrasasini,
Toshkent Islom oliy
ma'hadini bitirib, "Sovet
Sharqi musulmonlari"
jurnali taxririyatida
ishladi. 1980 yili
Liviyadagi "Islom
da'vati" oliy o'quv
yurtini muvaffaqiyatli
bitirgach, diniy
boshqarmaning xalqaro
bo'limi xodimi,
keyinchalik Islom oliy
ma'hadi mudiri noibi, 1983
yildan esa mudir bo'lib
xizmat qildi.1989-1993
yillari O'rta Osiyo va
Qozog'iston musulmonlari
diniy boshqarmasi raisi,
muftiy vazifasida ishladi.
Bir necha xalqaro Islom
tashkilotlarining a'zosi.
www.islam.uz
|
Muxtorjon
Abdulloh Buxoriy
1928
yili Qo'qon shahrida
tavallud topgan.
Buxorodagi «Mir Arab»,
Toshkentdagi Baroqxon
madrasalarida, Suriyadagi
Damashq jome'sining
shariat kulliyasida tahsil
olgan. 1958-1991 yillarda
"Mir Arab"
madrasasida mudarris, bosh
mudarris, mudir
vazifalarida ishladi.
1984-1988 yillari Toshkent
Islom oliy ma'hadida
xorijlik talabalarga dars
berdi.1991-1993 yillari
Buxoro viloyatidagi "Hazrati
Bahouddin Naqshband"
masjidida imom-xatib,
1993-1997 yillari
Movarounnahr musulmonlari
idorasi raisi, muftiy
bo'ldi, keyinchalik yana
imomlik qildi. 2002 yili
vafot etgan.
|
Abdurashid
qori Abdulmo'min qori
o'g'li Baxromov
1953
yili Andijon shahrida
tug'ilgan. Otasi
Abdulmo'min qoridan
boshlang'ich diniy ta'lim
olgan. O'rta makgabni
bitirgach, Andijon
shahridagi 22-maktabda
ishlagan. 1975-1979
yillari Buxorodagi "Mir
Arab" madrasasida
tahsil oldi. 1979 yili
Imom al-Buxoriy nomidagi
Toshkent Islom oliy
ma'hadiga o'qishga kirdi.
1981 yil oliy ma'hadni
bitirib, mazkur ilm
maskanida mudarris,
so'ngra "Tilla shayx"
jome' masjidida imom-xatib
bo'lib ishladi. 1997
yildan buyon O'zbekiston
musulmonlari idorasining
raisi, muftiy vazifasida
xizmat qilib kelmoqda.
|
|