|
Imom
al-Buxoriy
yodgorlik majmui
Yodgorlik
majmuining bosh
rejasini tuzishda
an'anaviy, milliy,
me'moriy echimlar
(peshtoq, ravoq,
gumbaz, ayvon va b.)
asosida barpo
etilgan binolar:
Maqbara
- murabba shaklida
qurilgan bo'lib,
o'lchami
9,0x9,0 metr,
balandligi 17,0
metr. Maqbara
devori zangori,
havo rang va
oqsirli, kesma
koshinlar, marmar,
oniks va granit
toshlari bilan
qoplangan.
Koshinlar girix
shaklida terilib,
orasida bezakka
uyg'unlashtirib
arbcha hatda
hadislar bitilgan.
Sathni bezashda
bir-biriga
o'xshash
shakillardan
mohirlik bilan
foydalanilgan.
Ichki bezagida
ganchkorlik,
bo'yama naqsh va
turli rangdagi
koshinkori
naqshlar qo'shilib
uyg'unlashib
ketgan. Tashqi
gumbaz Amir Temur
maqmarasi
gumbaziga
o'xshash-
qovurg'alidir.
Gumbazning ichi
doira shaklida
bo'lib, undagi
rang-barang,
serjilo naqshlar
zarhal
aaralashtirib
to'qilgan gilamga
o'hshaydi. Maqbara
markazida
oqiush-ko'k
shaffof oniks
toshdan ishlangan
sag'ana
o'rnatilgan.
Maqbaraning o'ng
tomonidagi
eshikdan zina
orqali mqbaraning
ostki
qavatiga-daxmaga
tushiladi. Yuqori
qavatdagi
sag'ananinig
ostida Imom
al-Buxoriy
jasadlari
qo'yilgan qabr
marmar tosh bilan
qoplangan.
Masjid -
hovlining chap
tomonida
joylashgan bo'lib,
xonaqohining
umumiy maydoni 786
kv.m.
Peshayvoninig
umumiy maydoni 214
kv.m. Xonaqoh va
peshayvonida 1500
gacha kishi namoz
o'qishi mumkin.
Masjid ichidagi
mehrobning o'ng
tomonida
O'zbekiston
Respublikasi
Prezidenti Islom
Karimovga Saudiya
Arabistoni
podshohi Fahd ibn
Abdul Aziz tuhfa
qilgan kisva-
Ka'bapo'sh
parchasi osib
qo'yilgan.
Ma'muriy bino
- peshtoqli va
miyonsaroyli bino
bo'lib,
xovlining o'ng
qanotida
joylashgan.
Miyonsaroy gumbazi
ham boshqa
gumbazlar bilan
bir xil shakilda
va o'lchamda
qurilgan. Bu
binoda kutubxona,
ilmiy xodimlar
xonasi va boshqa
yumushlarga
mo'ljallangan
xonalar mavjud.
Bularning umumiy
maydoni 946 kv.m.
Peshjayvoninig
maydoni 110 kv.m.
Kutubxonada
Qur'oni Karimning
noyob qo'l
yozmalari, turli
nashrlari, Imom
al-Buxoriy
asarlarining
nashrlari va
boshqa kitoblar
bor.
Kutubxona.
Ziyoratgoh
darvozasidan
kirilganda, o'ng
tomonda kutubxona
joylashgan. Ushbu
kutubxona dastlab
1974 yili Imom
al-Buxoriy
hazratlari
tavalludining 1200
yilligi arafasida
ochilgan.Bu
kutubxonada: XIX
asr oxirlarida
Istanbul, Qoxira,
Toshkent, Buxoro,
Samarqand, Qo'qon,
Qozon, Ufa, Moskva
shaharlarida chop
etilgan
qadimiy,qimmatbaho
kitoblar jam
etilgan, ularning
soni 600 tadan
ziyod.
Qo'lyozma-toshbosma
kitoblar asosan
fiqxiy masalalar,
Qur'on tafsirlari,
aqoid (islom
falsafasi), Hadis
hamda Navoiy,
Fuzuliy, Boborahim
Mashrab, Yassaviy
va boshqa shoirlar,
adiblarning
asarlaridan iborat.
Kutubxonada
qo'lyozma kitoblar
uchun alohida,
toshbosma kitoblar
uchun alohida
xonalar mavjud
bo'lib, harorat
bir maromda ushlab
turiladi. Xonalar
havo
almashtirgichlar
bilan to'liq
jihozlangan. Har
bir kitob uchun
ma'lumot varaqasi
bor. Kitobni
qachon, qayerda,
kim tomondan chop
qilingani, qog'ozi,
rangi, varag'i,
qaysi holatda
turganligi haqida
batafsil malumot
mavjud. Yana shu
kitoblar xaqida
kompyuterdan ham
ma'lumot olish
mumkin. Qaysi
kitob kerak bo'lsa,
kompyuter
tugmasini bosasiz
va shu kitob
ekranda hosil
bo'ladi. Kitob
mutolaasi uchun
o'quv zallari
muhayyo. Arab va
fors tillarini
mukammal egallagan
zukko ilmiy
xodimlarimiz bu
yerda
o'rganilmagan
kitoblarni o'qib,
tadqiqotlar olib
borishmoqda 2000
yildan boshlab bu
kutubxonani «O'zbek
Xalqi qo'lyozma
merosi milliy
markazining
Samarqand bo'limi»
deb yuritishmoqda.
Hozirgi kunda
kutubxona xalqning
qo'lidagi qadimiy
qo'lyozma,
toshbosma
kitoblarni sotib
olish hisobiga
boyitib borilyapti
Kelajakda Imom
al-Buxoriy
hazratlarining ham
o'rganilmagan
kitoblarini topib
o'rganish,
qaytadan nashrga
tayyorlash,
shuningdek,
Samarqand
allomala- ridan
Dorimiy, Abu
Lays-Samarqandiy,
Imom Moturidiy
asarlari ustida
ishlash va kelajak
avlodga yetkazish
kerak.
Kutubxonaning
paydo bo'lishi
tarixi qanday?
1970 yildan
e'tiboran Imom
al-Buxoriy
hazratlarining
1974 yilda bo'lib
o'tadigan 1200
yillik yubiley
to'ylariga
tayyorgarlik
ko'rila boshlangan.
Bu tadbirga O'rta
Osiyo va
Qozog'iston
musulmonlari diniy
idorasi raisi,
muftiy - qori
Ziyoviddin aka
boshchilik
qilganlar. U kishi
bu yerga tez-tez
kelib turar va
bo'layotgan
ishlarni nazorat
qilib turar edilar.
U davrlarda
hozirgidek sharoit
yo'q bo'lib, har
qadam nazorat
ostida bo'lgan.
Shunga qaramasdan
muftiy janoblari
bir mahallar xor
bo'lgan qo'lyozma
va toshbosma
kitoblarni
tevarak-atrofdagi
kishilardan
masjidga
topshirishni
iltimos qildilar.
Bu gaplarni
eshitgan xalq ko'z
qorachigi'dek
asrab kelgan
kitoblarni o'z
ixtiyori bilan
masjidga topshira
boshladi. Bu
kitoblar uchun
kutubxona qurish
zarurati paydo
bo'ldi. 1974
yilgacha
kutubxona qurib
bitkazildi va
kitoblar bilan
jihozlandi. Qori
Ziyoviddin muftiy
hazratlari ham o'z
navbatida diniy
idora tomonidan
ko'plab kitoblarni
hadya qildilar.
Imom al-Buxoriy
hazratlarining
1200 yillik
yubileylarida 28
davlatdan 180
nafar xorijlik
mehmonlar ishtirok
etdilar.
Mehmonlar Imom
al-Buxoriy
ravzalarini
ziyorat qilish
bilan birga,
kutubxonaga ham
kirishib, kitoblar
bilan yaqindan
tanishishdi.
Keyinchalik
ko'pchilik
mehmonlar
kutubxonani yanada
boyitish uchun o'z
yurtlaridan turli
xil kitoblarni
sovg'a qilib
yuborishdi. Imom
al-Buxoriy
hazratlarining
1998 yili bo'lib
o'tgan 1225 yillik
yubileylari
munosabati bilan
bu joy tubdan
o'zgartirilib,
katta majmua barpo
qilindi. Majmuadan
zamonaviy
kutubxona ham
o'rin oldi. Bu
kutubxona 30000
kitobga
mo'ljallangan
bo'lib, zamon
talablariga to'liq
javob beradi.
Muzey.
Muzeyga
kirishingiz bilan
o'ng tomondagi
Ka'bapo'sh
e'tiboringizni
o'ziga tortadi.
Uni 1992 yil
Saudiya Arabistoni
podshohi Fahd ibn
Abdulaziz
janoblari
Prezidentimizga
sovg'a qilganlar.
Ka'bapo'shga «Oli
Imron» surasining
97-oyati yozilgan.
Muzeyda
asosan xorijiy
mamlakatlardan
tashrif buyurgan
mehmonlarning
sovg'alari
saqlanadi. Xususan,
Indoneziya
Prezidenti Suxarto
janoblari 1995
yilda takdim etgan
Qur'oni karim;
Pokiston Islom
Respublikasi Bosh
Vaziri
Benazir Bxutto
janobi oliyalari
1995 yilda sovg'a
qilgan Qur'on;
Iordaniya
Xoshimiylar
Qirolligi
tomonidan in'om
qilingan Qur'on;
Saudiyalik
vatandoshimiz Xoji
Abdulboqiy
tomonvdan 1999
yili hadya etilgan
Ka'batulloxning
eshigi maketi, «Kofirun»
va «Yosin»
suralarining
husnixat bilan
bitilgan nusxalari; Birlashgan
Arab Amirligi
tomonidan 1985
yilda berilgan
Ka'batulloh
suvrati
tushirilgan
tillodan yasalgan
likopcha;Saudiya
Arabistonining
O'zbekistondagi
elchisi 1999 yili
sovg'a qilgan
jildi sadafdan
yasalgan Qur'oni
karim; Eron
Prezidenti
Oyatulloh
Rafsanjoniy 1995
yili sovg'a qilgan
Qur'oni karim,
Eron Tashqi Ishlar
Vaziri Said Kamol
Xarroziy tomonidan
2000 yilda sovg'a
qilingan Qur'roni
karim; Qozog'iston
prokuraturasi
tomonidan sadafga
chiroyli qilib
tushirilgan Oyatal
kursi, Sulaymon
Demirel janoblari
1995 yili sovg'a
qilgan Qur'oni
karim; O'zbekiston
Futbol
Federasiyasi
vakili Qurbonov
Zokirjon aka
tomonidan sovg'a
qilingan Allohning
nomi bitilgan
chizma; Malayziya
Tashqi Ishlar
Vazirligi
tomonidan hadya
qilingan sovg'alar;
Germaniya
Bundestagi
tarafidan hadya
etilgan kumushdan
yasalgan medalon;
Birlashgan Arab
Amirligi tomonidan
berilgan jildi
sadafdan yasalgan
Qur'oni karim;
Marokko podshohi
Hasan II tomonidan
1970 yilda sovg'a
qilingan
misdan yasalgan
katta qandil va
boshqa noyob
buyumlar, kitoblar. Imom
al-Buxoriy
masjidining 1998
yilgacha bo'lgan
ko'rinishi
maketini ham shu
yerga qo'yilgan.
"Dorul hadis"
- majmua to'rida (maqbaraning
orqa tarafida)
hadis ilmini
o'rganishga
mo'ljallangan
o'quv markazi
joylashgan.
Samarqand viloyati,
Payariq tumanidagi
"Imom
al-Buxoriy" hadis
ilmi markazi 1991
yil Imom
al-Buxoriy masjidi
qoshida madrasa
sifatida tashkil
qilingan Imom
al-Buxoriy
madrasasi o'z
faoliyatini
O'zbekiston
Respublikasi
Konstitusiyasi, «Vijdon
erkinligi va diniy
tashkilotlar
to'g'risida»gi,
«Ta'lim
to'g'risida»gi
qonunlari va o'z
Nizomi asosida
olib boradi.
«Imom al-Buxoriy»
hadis ilmi markazi
1998yil 29
oktyabrda Adliya
vazirligida qayta
ro’yxatdan
o’tkazilib,
12-raqamli
guvohnoma bеrilgan.
O’quv maskani
ta’lim
faoliyatini davom
ettirish uchun
1999 yil 22
yanvarda
10-raqamli maxsus
ruxsatnoma (litsеnziya)
oldi va «Hadis
ilmi markaziga»
aylantirildi. 1998
yilda O'zbekiston
Respublikasining
«Vijdon erkinligi
va diniy
tashkilotlar
to'g'risidagi
qonuni»ga
o'zgarishlar
kiritilganligi
sababli,
madrasa «Hadis
ilmi markazi» deb
yuritila boshlandi.
Bilim dargohimiz
mustaqil huqukiy
shaxs sifatida
O'zbekiston
Respublikasida
belgilab qo'yilgan
huquq va
imtiyozlarga ega.
«Hadis ilmi
markazi»ning o'z
kasbining fidoyisi
bo'lgan ustozlari
yosh avlodni
yuksak ma'naviy
ruhda
tarbiyalashga
astoydil bel
bog'laganlar.
Talabalarga 20
nafar mudarris
ixtisos va
umumta'lim
fanlaridan saboq
beradi. Ulardan 13
kishi oliy
ma'lumotga ega
bo'lgan mutaxassis
bo'lib, bir nafari
fan nomzodi,
qolgan 7 mudarris
o'rta maxsus
ma'lumotga ega
bo'lgan
xodimlardir. Bilim
yurti mudarrislari
Toshkеnt
islom univеrsitеti
qoshida tashkil
etilgan malaka
oshirish
kurslarida
muntazam o’z
bilimlarini
boyitmoqdalar.
2000 yildan
boshlab o'quv
jarayonlari
O'zbekiston
Respublikasining
oliy va o'rta
maxsus ta'lim
vazirligi bilan
kelishilgan holda
tuzilgan yangi
dastur asosida
olib borila
boshladi. «Hadis
ilmi» markazida
hadisshunoslik
fani, ya’ni
hadis, hadis
roviylari,
muhaddislar,
ularning hayoti,
ijodi va yaratgan
asarlari, islom
dini tarixi,
qur’oni karim
qiroati, tafsir,
fiqh, arab tili,
notiqlik san’ati
fanlari bilan bir
qatorda Milliy
istiqlol g’oyasi,
O’zbеkiston
tarixi,
ma’naviyat
asoslari,
dinshunoslik, chеt
tili, matеmatika,
fizika, ximiya,
informatika kabi
fanlarni
o’rgatishga ham
katta e’tibor bеrilmoqda.
Diniy ta'lim
bilan birgalikda
dunyoviy fanlardan
ham dars
berilayotganligi
talabalarning har
tomonlama yetuk
mutaxassis bo'lib
yetishmoqligiga
imkon berayotir.
|
|