O'zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining
qarori
Imom
al-Buxoriy
tavalludining
hijriy-qamariy
taqvimi bo'yicha
1225 yilligini
nishonlash
to'g'risida
29
aprel, 1997 yil,
¹ 217, Toshkent
shahri
Hadis
ilmining
ravnag'iga ulkan
hissa qo'shgan
yirik alloma,
buyuk
vatandoshimiz Imom
al-Buxoriy
ilmiy-diniy
merosini xalqimiz
ma'naviy-ruhiy
hayotidagi beqiyos
o'rnini va
mamlakat keng
jamoatchiligining
takliflarini
hisobga olib hamda
ushbu merosni
avaylab-asrash,
qadrlash va
jamiyatning
barkamol
kishilarini
tarbiyalashda
undan oqilona
foydalanishga
shart-sharoit
yaratish maqsadida
Vazirlar Mahkamasi
qaror qiladi:
1.
1998 yilda Imom
al-Buxoriy
tavalludining
hijriy-qamariy
taqvim bo'yicha
1225 yilligi
mamlakatimizda
keng nishonlansin.
Ushbu
sanaga
tayyorgarlik
ko'rish va uni
o'tkazish bo'yicha
respublika
tashkiliy
qo'mitasi
1-ilovaga muvofiq
tarkibda tuzilsin.
Tashkiliy qo'mita
o'n besh kun
muddatda tegishli
vazirliklar va
idoralar,
Samarqand va
Buxoro viloyatlari
hokimliklarining
takliflari asosida
o'z tadbirlarini
ishlab chiqsin va
ularni bajarishga
kirishsin.
2.Samarqand
viloyatidagi Imom
al-Buxoriy
maqbarasi va
masjidini
ta'mirlash hamda
bu yerda qadimiy
milliy
me'morchilik
an'analari bilan
uyg'unlashgan
zamonaviy
inshootlardan
iborat betakror
muhtasham
yodgorlik majmuini
barpo etish uchun
loyihaviy
takliflarni
tayyorlovchi
komissiya
2-ilovaga muvofiq
tashkil etilsin.
Komissiya ikki oy
muddat ichida
YUNESKO
ekspertlarini va
xalqaro
tashkilotlarning,
jumladan shahzoda
Charlz Uelskiyning
Me'morchilik
instituti va
Oksford islom
tadqiqotlari
markazi (Buyuk
Britaniya)
mutaxassislarini
jalb qilgan holda
tegishli
takliflarni
tayyorlasin va
tasdiqlashga
kiritsin.
3.
O'zbekiston
Respublikasi
Madaniyat ishlari
vazirligi, Fanlar
akademiyasi,
O'zbekiston
musulmonlari
idorasi, Samarqand
va Buxoro
viloyatlari
hokimliklari bilan
birgalikda
mamlakat hududida
Imom al-Buxoriy
nomi va davri
bilan bog'liq
qadamjolar,
obidalar
ro'yxatini
aniqlansin va
ularni
ta'mirlash-konservatsiyalash
bo'yicha
belgilangan
tartibda taklif
tayyorlansin.
4.Samarqand
viloyati hokimligi
va O'zbekiston
Respublikasi
Madaniyat ishlar
vazirligi Imom
al-Buxoriy
maqbarasi
majmuidagi
ishlarini 1998
yilning avgust
oyigacha
tugallashni
ta'minlasin.
O'zistiqbolstat
Davlat qo'mitasi
Imom al-Buxoriy
maqbarasi
majmuidagi yangi
inshootlar
qurilishini 1998
yilgi investisiya
dasturida
belgilangan
tartibda inobatga
olsin.
5.
O'zbekiston
Respublikasi
Fanlar akademiyasi
Tashqi ishlar
vazirligi,
Madaniyat ishlari
vazirligi, YUNESKO
ishlari bo'yicha
O'zbekiston
Respublikasi
milliy komissiyasi,
Din ishlari
bo'yicha qo'mita,
O'zbekiston
musulmonlari
idorasi va
Samarqand viloyati
hokimligi bilan
birgalikda va
YUNESKOning
xalqaro tadbirlari
doirasida 1998 yil
sentyabr oyida
Samarqand shahrida
«Imom al-Buxoriy
va uning dunyo
madaniyatida
tutgan o'rni»
mavzuida xalqaro
ilmiy-amaliy
anjuman o'tkazsin.
6.
O'zbekiston
Respublikasi
Davlat matbuot
qo'mitasi
1997-1998 yillarda
Imom al-Buxoriy
asarlari hamda
uning hayoti va
ijodiga oid
nashrlarni o'zbek,
arab, rus va
ingliz tillarida
chop etishni
nashriyotlarning
rejasiga kiritsin.
7.
«O'zbekkino»
davlat aksionerlik
kompaniyasi 1998
yilda Imom
al-Buxoriy
merosining
mohiyatini va
bugungi kundagi
ahamiyatini ochib
beruvchi ikki
qismli hujjatli
ilmiy-ommabop
filmni yaratsin va
uni xorijiy
tillarga dublyaj
qilinishini
ta'minlasin.
8.
O'zbekiston
Respublikasi Aloqa
vazirligi Imom
al-Buxoriy
tavalludining 1225
yilligiga
bag'ishlangan
pochta markalari,
otkritkalar,
xatjildlar
chiqarsin.
9.
O'zbekiston
teleradiokompaniyasi
va boshqa ommaviy
axborot vositalari
Imom al-Buxoriy
hayoti va ilmiy
faoliyatini,
yubileyga
tayyorgarlikning
borishini keng
yoritsinlar.
10.
Ushbu qarorda
ko'rsatilgan
tadbirlarni va
tashkiliy qo'mita
tasdiqlaydigan
ishlarni amalga
oshirish
xarajatlari teng
ulushlarda
respublika
byudjeti va
mahalliy
byudjetlar
hisobidan
qoplanishi
belgilab qo'yilsin.
Bu ishga
O'zbekiston
musulmonlari
idorasi, homiylar,
shu jumladan
xorijiy
homiylarning o'z
ulushlarini
qo'shish haqidagi
taklif-istaklari
qo'llab-quvvatlansin.
11.
Mazkur qarorning
bajarilishini
nazorat qilish
O'zbekiston
Respublikasi Bosh
vaziri birinchi
o'rinbosari I.
Jo'rabekov
zimmasiga
yuklatilsin.