Yodgorlik majmui

Majmuaning ochilishi

Vazirlar mahkamisining qarori 

Prezident nutqi 

Imom al-Buxoriy

Imom al-Buhoriy hayotlari

Ustozlari 

Shogirdlari

Ilmiy ma'naviy meroslari

Shoh asar 

Hadis ilmi 

Hadis 

Hadis ilmining istilohlari

Hadisshunoslik

Yangiliklar

Rasmlar

Boshqaruv kengashi 

 

Mehmonxona

Shogirdlari


Imom al-Buxoriy shogirdlari haqida gapiradigan bo’lsak, ular behad ko’p bo’lgan. Bu xususda olim al-Farobriy: «Bevosita Imom al- Buхoriyning o’zidan to’qson ming odam hadis eshitgan», — dеb yozadi. Imom al-Buxoriy ustozlarining ko’pchiligi uning saboqlariga qatnashardilar, o’zlariga foydali bilib, bilimlarini ziyoda qiladigan ma’lumotlarni undan yozib olardilar. Muarriхlaru muhaddislarning yozishlaricha, hatto al-Buхoriydan saboq olib, undan istifoda qilganlar orasida uning mashhur ustozlari ham bo’lgan. Ular doimo Imom al-Buхoriyning ilmiy majlislarida hozir bo’lardilar. Ulardan Abdulloh ibn Muhammad al-Musnadiy, Abdulloh ibn Munir, Ahmad ibn Ishoq as-Sirmoriy, Muhammad ibn Хalaf, Ibn Qutayba va boshqalarni ko’rsatish mumkin. Ularning hammalari o’z davrining fazilatli, ilmi komil olimlari hisoblanardi. Shunday ulug’ martabaga ega bo’lishlariga qaramasdan ular Imom al-Buхoriydan saboq olganlar.

Imom al-Buxoriyga tengqur bo’lib, unga tayangan va uning fazlu kamolining yuksakligini tan olib, ilmiy majlislariga qatnashgan buyuk olimlardan Imom Abu Zur’a ar-Roziy, Abu Xotam ar-Roziy, Ibrohim al-g’arbiy, Abdulloh ibn Mutiyn, Ishok ibn Ahmad ibn Ziyrak al-Forsiy, Abu Bakr Muhammad ibn Ishoq ibn Xaziyma, al- Qosim ibn Zakariyo, Muhammad ibn Abdulloh al-Xadramiy, Muhammad ibn Qutayba, Abu Bakr al-A’iyn va boshqalarni ko’rsatish mumkin. Mazkur olimlar rijol (roviylar), tarix, hadis, jarx (illatli hadislar), ta’diyl ilmlari bo’yicha o’z davrining buyuk allomalari hisoblanardi.Imom al-Buxoriyning shogirdlari orasida shon-shuhratda yuksaklikka etishib, buyuk sharafga muyassar bo’lgan, hadis va fiqh ilmlarining asosiy jihatlarini mukammal bilganlardan «as-Sahih» kitobining muallifi Imom Muslim ibn al-Xajjoj, «Sunan» kitobining sohibi Imom Abdurrahmon an-Nasoiy, «al-Jomi’» asarining sohibi Imom Abu Iso at-Termiziy, musulmon ilmlari buyicha qator tasnifotlarning muallifi Imom Muhammad ibn Nasr al-Marvaziy, Imom ad-Doramiy, mashhur faqih, «as-Sahih»lardan birining sohibi Imom Ibn Xaziyma va boshqalar ham bor edi. Imom al-Buxoriyning shogirdlari bo’lgan ushbu allomalar o’z davrining yirik muhaddislari va fiqh olimlari hisoblanardi.

All Rights Reserved © Copyright 2005   by  Tashkent islom universiteti