Yodgorlik majmui

Majmuaning ochilishi

Vazirlar mahkamisining qarori 

Prezident nutqi 

Imom al-Buxoriy

Imom al-Buhoriy hayotlari

Ustozlari 

Shogirdlari

Ilmiy ma'naviy meroslari

Shoh asar 

Hadis ilmi 

Hadis 

Hadis ilmining istilohlari

Hadisshunoslik

Yangiliklar

Rasmlar

Boshqaruv kengashi 

 

Mehmonxona

Prezident Islom Karimovning Imom al-Buxoriy yodgorlik majmui

ochilishiga bag'ishlangan marosimda so'zlagan nutqi

1998 yil 23 oktyabr


Bismillahir rohmanir rohim. Assalomu alaykum, aziz vatandoshlarim!  Muhtaram mehmonlar!

 Bugun yurtimiz va xalqimiz tarixida o'chmas iz qoldiradigan muborak va munavvar kundir. Bugun ulug' ajdodimiz Imom al-Buxoriy xazratlarining ruhini shod etish, bobokalonimiz tavallud topgan muqaddas zaminda ul zoti sharifning xotirasini yod etish kunidir. O'ylaymanki, bu yerda yig'ilgan jamoat, al-Buxoriyning mo''tabar xokini ziyorat qilish sharafiga muyassar bo'lgan mo'min musulmonlar tom ma'noda baxtiyordirlar.Bu kabi tantanalarni o'tkazishdan ko'zlangan niyat va maqsadlarimiz haqida, muqaddas qadamjolarni obod qilishimiz sabablari to'g'risida ikki og'iz so'z aytishga ijozat bergaysizlar.

Eng avvalo, bu ishlarni amalga oshirish zamirida savob degan oliyjanob tushuncha yotadi. Savob — ulug' insoniy fazilat, yuksak islomiy qadriyatlardan biridir. Mening komil ishonchim shuki, savob ishni har kim qilishi kerak, savob ishni xar kun qilish kerak.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Savobli amallar qilish esa, xalqimizga xos azaliy xislatdir. Savobli ishlarni qilgan odamga, uning elu- yurtiga albatta Allohning rahmatlari yog'iladi. Muqaddas qur'oniy oyatda ta'kidlanganidek, «Yaxshilikning mukofoti faqat yaxshilikdir». Biz ezgu ishlarni qancha ko'p qilsak, ulug' ajdodlarimizning izzat-ikromini joyiga qo'ysak, ularning tabarruk nomlarini butun dunyoga tarannum etsak, Yaratganning o'zi bizni balo-qazolardan asraydi, bizga kuch-qudrat ato etadi, yo'limizni ochib beradi.

Aziz yurtdoshlarim!

Bir muhim savolga javob izlab ko'raylik: Alloh taolo qaysi yurtda, qaysi tuproqda mana shunday ulug' zotlarni dunyoga keltiradi?  Parvardigori olam buyuk zotlarni o'zi aziz etgan joylardagina dunyoga keltiradi. Bunday yurtlar esa, yer yuzida sanoqli. Biz cheksiz shukronalik bilan aytamizki, ona Vatanimiz Allohning nazari tushgan ana shunday muqaddas diyordir. Yurtning muqaddasligi nima bilan belgilanadi? Butun umrini imon va e'tiqod, vatanparvarlik va insonparvarlik, poklik va halollik, ilm va ma'rifat, adolat va diyonat yo'lida fido etgan zotlarning, mo''tabar zotlarning xoklari makon topgan zamingina muqaddasdir. Agar shunday insonlar bo'lmasa, ular dahosining nafasi sezilib turmasa, har qanday zamin tuproq bo'lib qolaveradi.

Qadrli do'stlar! Nima uchun biz kelajagimizning yorug' va farovon bo'lishiga qat'iy ishonamiz? Xalqimizni, ayniqsa o'sib kelayotgan navqiron avlodlarimizni nega aynan shu e'tiqod asosida tarbiya etmoqdamiz? Bu murakkab va qaltis zamonda yo'limizda og'ir sinov va to'siqlar duch kelganda, ular qarshisida chorasiz qolganda, mislsiz mashaqqatlar holdan toydirganda ham biz kuch-qudratni qayerdan olamiz? Eng avvalo Alloh  taoloning bizga ko'rsatayotgan marhamatidan olamiz. Mana shunday vaziyatlarda metin iroda, sabot-matonat, g'ayrat va jasorat baxsh etadigan buyuk va cheksiz yana bir manba bor. Bu manba — ulug' ajdodlarimizning qonimizda jo'sh urayotgan azmu shijoatidir. Bu manba al-Buxoriydek mumtoz bobolarimiz dahosining hayotbaxsh qudratidir. Bu manba ularning bizga hamisha madadkor bo'ladigan o'lmas ruhi poklaridir. Ana shu xaqiqat, ana shu e'tiqod vatandoshlarimiz, aziz farzandlarimiz yuragiga, ongu shuuriga, tafakkuriga tobora teran singib bormoqda. Biz komil ishonch bilan, O'zbekistonning istiqboli boqiy, istiqboli buyuk der ekanmiz, mana shunday mustahkam asoslarga tayanamiz. Muhtaram jamoat! Qadrli mehmonlar! Biz musulmon dunyosining uzviy qismimiz. Tariximizning eng fojiali, eng og'ir davrlarida ham, mustabid tuzum changalida bo'lgan paytimizda ham, bizni dinimizdan ayirishga va unga xiyonat etishga majbur qilganlarida ham xalqimiz hech qachon o'zlarining islomiy e'tiqodidan qaytmagan. Boshiga qilich kelganida ham ota-bobolarining muqaddas dini bo'lmish musulmonchilikka hamisha sodiq qolgan. Biz, shiori ezgulik bo'lgan butun dunyodagi ahli islom qatori, dinimizni doimo pok va sof saqlashga intilib kelganmiz. Va bu yo'ldan aslo qaytmaymiz. Shuning uchun ham dinimizdan har xil g'arazli va nopok maqsadlar yo'lida foydalanishga mutlaqo qarshimiz. Men ilohiy dinimizning oliyjanob intilishlarimizga xizmat qiladigan, xayrli ishlarimizda bizga madad beradigan bitmas-tuganmas kuch-qudrat manbai bo'lib qolishiga ishonaman.

 

Aziz birodarlarim!

Imom al-Buxoriy hazratlari nafaqat o'zbek xalqi, balki butun musulmon olamining faxr-iftixoridir. Ul tabarruk zotning hayoti tom ma'nodagi ilmiy va insoniy jasorat, bukilmas iroda, so'nmas e'tiqod timsolidir.

Olti buyuk muhaddisning ikkinchisi hisoblangan Imom Muslimning al-Buxoriyga qarata: «Ey, ustozlarning ustozi, muhaddislarning sultoni, hadislarning tabibi! Poyingizni o'pishga ijozat bering», deya qilgan xitob ahli islomning ulug' bobomizga hurmat va e'tirofi naqadar yuksakligini ko'rsatadi. Buyuk vatandoshimiz bashariyatga tengsiz ma'naviy meros qoldirib ketdi. Bu merosning gultoji — eng ishonchli hadislar to'plami- «Al-Jomi' as-Sahih» islom dinida Qur'oni karimdan keyin e'zozlanadigan ikkinchi manbadir. Butun dunyo musulmonlari e'tiqodiga ko'ra, u bashariyat tomonidan bitilgan kitoblarning eng ulug'idir. Mana, o'n ikki asrdirki, bu kitob millionlab insonlar qalbini imon nuri bilan munavvar etib, Haq va ezgulik yo'liga chorlab kelmoqda.

Yaratganga shukrlar bo'lsinki, ozodligimiz sharofati bilan al-Buxoriydek ulug' ajdodlarimiz el-yurti bag'riga qaytmoqda. Allomaning o'lmas merosi har bir yurtdoshimiz xonadoniga kirib, ongu tafakkurimizni ravshan etmoqda. Qalblarimizni imon nuri va mehr-oqibat tuyg'ulari bilan musaffo etmoqda.

Muhtaram birodarlarim!

Biz eski tuzum, eski mafkura zug'umidan xalos bo'lgach, o'zligimizni, qanday ulug' insonlarning avlodi ekanimizni, qanday boy va betakror ma'naviy meros vorislari ekanimizni anglash, milliy qadriyatlarimizni tiklash yo'lida tarixda iz qoldiradigan ko'pgina xayrli ishlarni amalga oshirdik. Shular qatorida ozodligimizning dastlabki yillaridanoq biz Imom al-Buxoriy maqbarasini ul zotniig sha'n-shavkatiga munosib, ziyoratga kelgan mo'min-musulmonlarga ruhiy-ma'naviy kuch ato etadigan qadamjoga aylantirishni niyat qilgan edik  Allohning inoyati bilan ezgu niyatimiz ijobat bo'lgan shu qutlug'  kunda men bu muazzam yodgorlik majmuining shunchaki ziyoratgoh emas,balki go'zal O'zbekistonimizni butun dunyoga tanitadigan, yosh avlodimizni ezgulik ruhida tarbiyalaydigan, har bir insonni hayot va abadiyat haqida o'ylantiradigan aziz maskan bulib qolishiga ishonaman.

Keyingi yillarda yurtimizda qad rostlayotgan muhtasham imorat va inshootlarni bunyod qilishda milliy an'analarimizga, me'morchilik san'timizning o'ziga xos va o'ziga mos uslub va naqshu ziynatlaridan foydalanishga alohida e'tibor berilmoqda. Mamlakatimiz ko'rkiga ko'rk qo'shadigan bunday betakror va ko'rkam binolar har bir yurtdoshimizni mamnun etishi, yuragida g'urur uyg'otishi tabiiydir. Istiqlol davrida mana shunday loyihalarni tuzish va amalga oshirishda bosh bo'lib turganimdan, shu oliyjanob ishlarga hissa qo'shish nasib etganidan ko'pchilik qatori men ham benihoya mamnunman. Ayniqsa, al-Buxoriy majmui loyihasining tashabbuskori bo'lganimdan, uni shu shaklda, shu mazmunda barpo etilishida hissam borligidan umrim boricha faxrlanib yuraman. Bu Alloh taolo oldida, ajdodlar ruxi oldida, xalqim oldida mening insoniy burchim edi. Bu qutlug' maskanni bunyod etgan ustalarimizning mehnati har qancha tahsinga arziydi. Bu ulug'vor majmua Samarqandu Buxoro, Xivayu Toshkent, Andijonu Namangan, Shahrisabzu Qo'qon va Marg'ilon shaharlaridan, mamlakatimizning turli viloyatlaridan kelgan fidoyi insonlar mehnatining samarasidir. Bir so'z bilan aytganda, uning bunyodkori butun O'zbekistondir. Fursatdan foydalanib, ushbu ziyoratgohni obod qilishda jonbozlik ko'rsatgan quruvchilarga, qo'li gul ustalarimizga, mohir me'morlarimizga, shu ulug' obidaga gisht qo'ygan, naqshu jilo bilan unga sayqal bergan har bir vatandoshimizga, ulug' bobomizga extirom bildirib, uzoq-yaqindan yurtimizga tashrif buyurgan aziz mehmonlarga xalqim nomidan cheksiz minnatdorlik izhor etaman.

Muhtaram jamoat! Ma'lumki, Islom dinining bosh g'oyasi, bu «La ilaha illallohu, Muhammadun rasullulloh» kalimasidir. Mana shu iymon kalimasini ro'yi zamindagi har bir musulmon qalbiga singdirishda al-Buxoriy beqiyos jasorat ko'rsatdi. Shul sababli ham ul hazratning muborak nomi abadul-abad insoniyat xotirasidan uchmagay, inshoalloh. Ushbu saodatli damlarda Imom al-Buxoriy bobomizning ruhi poklari shod bo'lib, qabrlari nuri ilohiyga to'lgan bo'lsin! Ul muborak zotning poyida duogo'y bo'lib turganlarning, butun xalqimizning, jamiki ahli islomning hayrli va savobli ishlarida Rabbimizning o'zi madadkor bo'lsin!

All Rights Reserved © Copyright 2005   by  Tashkent islom universiteti