Hadisshunoslik
Hadis
ilmining paydo
bo'lishini
Payg'ambar
alayhissalomning
vafotidan bir asr
o'tgandan keyin
bilan bog'lash
to'g'ri bo'ladi.
Chunonchi
Payg'ambar hayot
vaqtlarida uning
so'zlariyu qilgan
ishlarini avval
boshda faqat
eshitish va
mushohada qilish
bilan
chegaralangan
bo'lsa, so'ngroq
ularni naql etib
rivoyat qilina
boshlandi.
Payg'ambardan
hadis eshitgan
sahobalar ham har
xil sharoitda
bo'lganlar-qaybirlari
ko'proq,
boshqalari kamroq
eshitganlar. Bu
hol esa naql va
rivoyatga
ehtiyojning
oshishiga sabab
bo'lgan. Ayni
vaqtda sahobalar
hadisni
Payg'ambardan
bevosita
eshitganlari
boisidan,
shuningdek quvvai
hofizalari o'ta
kuchli
bo'lganligidan ham
rivoyat qilishgan
hadislarda
ishtiboh, yolg'o n
yoki unitish kabi
hollar umuman
kuzatilmagan.
Payg'ambar
alayhissalom
vafotlaridan keyin,
sahobalar islom
diniga kirgan
yangi-yangi
o'lkalarga yoyilib
tarqab ketgach,
Payg'ambar
hadislarini
bilishga ehtiyoj
va zarurat tobora
oshaborgan. Yillar
o'tishi bilan bu
ehtiyoj yanada
kuchayib xilma-xil
shar'iy ahkomlarni
bilish va Qur'oni
karim ma'nolarini
idrok etib chuqur
anglashga ehtiyoj
kuchayadi. Mana
shu sabablarga
ko'ra hadislarni
izlab topish,
ularni aniqlash
talabida turli
o'lkalarga har xil
safarlar va
rihlatlar
ko'payadi. Vaqt
o'ta borishi bilan
hadis
roviylarining
ko'pligidan ularni
aniq bilish,
sanadini tekshirib
bilish, ular
o'rtasidagi
tafovut va
qaysinisi
to'g'riligiga
ishonch hosil
qilish kabi qator
masalalar vujudga
keldiki, bularni
o'rganadigan
maxsus ilm-hadis
ilmlari paydo
bo'ldi. Hadis
ilmining
taraqqiyot
bosqichlari haqida
to'xtalsak,
quyidagilarni qayd
qilish lozim
bo'ladi.
1.Payg'ambar
alayhissalom
davrida hadis ilmi.
Bu davrdagi hadis
ilmi, yuqorida
qayd etilganidek,
sahobalarni
Payg'ambardan
eshitgan hadislari
va uning
holatlarini
mushohada
etganlari bilan
belgilanadi. Keyin
ular (sahobalar)
g'oyib
bo'lganlarga u
hadislarni
yetkazganlar. Shu
boisdan ham bu
dastlabki
bosqichda hadis
ilmi rivoyat,
yodda saqlash (hifz)
va g'oyiblarga
yetkazish kabi
xususiyatlarga ega
bo'lgan.
2.
Sahobalar
davrida hadis ilmi.
Bu davr, asosan
Payg'ambar
vafotlaridan keyin
boshlanadi,
chunonchi shu
paytdan boshlab
hadis rivoyat
qilishga alohida
talab paydo
bo'ladi va
avvalroq zikr
qilganimizdek, shu
maqsad yo'lida
boshqa shahar va
mamlakatlarga
safarlar ham
boshlanadi. Ayni
vaqtda sahobalar
katta e'tibor
bilan rivoyat
qilinadigan
hadislarga biror
xato voqe'
bo'lishdan ham
ogoh bo'la
boshladilar.
Chunonchi bu
xususda Payg'ambar
alayhissalomning "kimki
menga nisbatan
yolg'onni so'zlasa,
shubhasiz u
jahannamdan joy
oladi",
degan ochiq-oydin
hadislari ham bor
edi. Darvoqe
rivoyatning
to'g'ri (haqiqat)
ekanligi, uning
shartlari, xillari,
ahkomlari,
roviylarning
holatlariyu
sharoitlariga doir
hadis ilmidagi
turli-tuman
masalalarni tadqiq
qiladigan maxsus
soha bo'lib, uni “ilm
ud-diroya”
deb ataladi.
Binobarin ana shu
paytdan e'tiboran
roviylarning
rivoyatlarini
aniqligi, ular
Payg'ambarni
ko'rganlari yoki
undan bevosita
eshitganligi
haqida shohidlarni
talab qilish, bu
haqda hatto qasam
ichirish kabi
masalalar
ko'tarila boshladi.
Bunga qo'shimcha
rivoyat
qilinadigan
hadisning matnini
tadqiq etishga ham
alohida e'tibor
berildi. Bu hol
keyinchalik
hadisshunoslikda
matnni tanqidiy (ilmiy)
tarzda o'rganish (ya'ni
naqd al-matn)
deb ataladi.
Mazkur holatlarda
matnni aniqlashda
islom dini
asoslari-Qur'oni
karim oyatlari
yoki boshqa shu
mavzuga dahldor
hadislarga
asoslanib, yetarli
dalil va
isbotlarga
tayangan holda
xulosa
chiqarilardi. Mana
shu jarayonda
sahobalar
Payg'ambar
alayhissalomdan
hadislar rivoyat
qilishlik naqadar
katta mas'uliyatni
va ayni vaqtda
g'oyatda muhim va
hatarli ekanligini
angladilar. Chunki
hadislarni
ishonchli, to'g'ri
rivoyat qilmay uni
xato yoki yolg'on,
noto'g'ri holda
keltirilishi
jamiyat uchun
muhimligi ayon
bo'ldi. Halol va
harom
tushunchalari,
hamda boshqa
shar'iy ahkomlarni
to'g'ri talqin
qilish uchun endi
sanad zarurati ham
tug'ildi. Bunga
ayniqsa,
musulmonlar
orasida har xil
siyosiy fitnalar
va mojarolar paydo
bo'la boshlagach,
tobora ehtiyoj
kuchaya boshladi.
Bu masalani
aniqlash uchun
boshqa shaharlarga
borishlar ham avj
olaboshladi. Hatto
bitta hadisni aniq
bilish uchun
qanchadan-qancha
masofa,
cho'li-biyobonlarni
bosib o'tishga
to'g'ri keladi.
Masalan Payg'ambar
alayhissalomning
suhbatida necha
martalar bo'lib
undan ko'pdan-ko'p
hadislar eshitgan
Abu Ayub
al-Ansoriy Madinai
Munavvaradan atigi
bitta hadis
eshitish uchun
Misrga, Aqaba ibn
Omir huzuriga
borgan va o'sha
hadisni eshitgach,
yana uloviga minib
o'z shahri
Madinaga qaytib
kelgan. Hijriy
ikkinchi asrdan
boshlab, sahobalar
davri tugab
hadislarni ham
matn, ham sanad
jihatidan chuqur
o'rganib tadqiq
etishga ehtiyoj
yanada kuchaydi.
Bu masala ayniqsa
islom olamida
turli-tuman
firqalar (guruhlar)
va mazhablar paydo
bo'lgandan keyin
yanada katta
ahamiyat kasb etdi.
Shu maqsadda
hadisshunoslikda
jarh va ta'diyl
ilmi paydo bo'lib,
u roviylarning
holatlarini tadqiq
etib ular
aytganlarini qabul
qilish yoki rad
etishni o'rganardi.
Hadis
roviylarining
tarixlari va
ularning to'liq
tarjimai hollarini
o'rganish bilan
shug'ullanadigan
olimlar paydo
bo'lib, bu sohada
alohida asarlar
yarata boshladilar.
Hijriy
uchinchi asrdan
boshlab esa hadis
xususidagi
izlanishlar yanada
kuchayib, mustaqil
asar va tasniflar
paydo bo'la
boshladi. Bu asrda
yashagan mashhur
olimlardan Ali ibn
al-Madiniy (vafoti
849 yil), imom
al-Buxoriy va
boshqalarni
ko'rsatish mumkin.
|