Shiorimiz:   Fikr - yaxshilik va yomonliklarni ko'rsatadigan oynadir                                    

Yangiliklar 
Qur'oni karim
Hadisi sharif
Fiqh 
Islom tarixi
Tahlil
Iqtisod va huquq 
Juma mav'izalari 
Jannat qushchalari 
Islom va ilm 
Davolaninglar
Odam va Havvo 
Mazhablar 
Dinda savolim bor... 
Kutubxona 
Sharq bozori
Imm Buriy
Statistika 
G'arbda Islom
O'zbekiston va Islom
Yilnoma 
Taklif  va munosabat 
Islomiy saytlar
Tanishuv
Namoz vaqti 
Mehmonxona 
Valyuta kursi 
 

 

              Ko'plab ilmiy haqiqatlar Qur'onni keng va to'laroq tushunishda yordam beradi 

      10 yil davom etgan izlanishdan so'ng mashhur frantsiyalik vrach Moris Busalli 1976 y. Frantsiya tibbiyot akademiyasiga boradi va Qur'on hamda zamonaviy fan mustahkam asoslari o'zaro to'laqonli uyg'un ekanligini tushuntirib beradi. U o'z tadqiqotini fiziologiya (odam organizmining yashashi va faoliyati) va urchish ilmlariga doir ma'lumotlarni ham o'zida jamlagan muqaddas Qur'on xususidagi faktlar ko'rinishida namoyish etdi. Bunga turtki bo'lgan omil quyidagi savol edi Bugungi rivojlangan fan sekinlik bilan erishib borayotgan fikrlarni qanday qilib Qur'on o'sha davrda o'zida qamragan? 
      So'nggi 10 yillikda embriologiya sohasi mashhur mutaxassisi, shu soha eksperti bo'lgan qeyz L. Mur erkak va ayol qo'shilishidan keyin embrionning shakllanish bosqichlari xususida Qur'onda kelgan ma'lumotlarni taqdim etarkan, embrionning to'la rivojlanishiga diqqat qaratib: Inson rivojlanishi borasida Qur'ondagi ma'lumotlarga yanada oydinlik kiritishga hissa qo'shganimdan baxtiyorman, dedi. Professor Mur ko'plab konferentsiyalarda o'z ilmiy yangiliklari bilan chiqishlar qildi. Bir necha Kanada vaqtli matbuot nashrlari Murning ko'pgina maqolalarini chop etdi. Shuningdek, u bundan 1400 y. oldin tushgan Qur'ondagi ilmiy ma'lumotlar bilan bugungi zamon fanining mos tushayotganligiga bag'ishlangan 3 ta televizion dasturda ishtirok etdi. Natijada undan: 
      - Bu gaplaringiz endi siz Qur'on Allohning kitobi ekanligiga iymon keltirdingiz, degan ma'noni beradimi? - deb so'rashganida, u: 
      - Men hech qiyinchiliksiz bu gapni tasdiqlayman, - deb javob berdi. 
     Haqiqatdan prof. Mur embrion rivojlanishining turli bosqichlarida qo'llaniladigan termin va aniq tafsilotlardan hayratda ekanligini yashirmadi. U shu mavzudagi barcha Qur'on oyatlarini va Payg'ambar (s.a.v.)dan qilingan sahih hadislarni jamlab, o'zining kitobiga kiritdi. Bu asar 1987 yilda VB Saunderlar tomonidan nashr etildi va keyinchalik AQSH universitetlarida o'quv qo'llanmasi sifatida foydalanildi. Mazkur kitob hozirda embrion rivojlanishining har bir bosqichiga tegishli oyat va hadislarni o'z ichiga olgan va prof. Mur yana unga yuqoridagi ikki manbada uchragan dalillarni tasnif shaklida ham ilova qilgan. 
     Tailandagi Chang Mi Universiteti tibbiyot fakultetining anatomiya bo'limi prof. Tejatet Tejasan embriologiya haqida ma'lumot beruvchi Qur'on oyat va suralarini o'rganib bo'lgach, shunday dedi: Men o'zimning tadsiqotlarim va shu konferentsiyada olgan bilimlarimga suyanib aytamanki, bundan 1400 yil oldin tushgan Qur'onda mavjud hamma narsalar haqiqatdir. Bu ilmiy yo'l bilan isbotlanmoqda. 
     Yana AQShning Filadelfiya shtati Tomas Jeferson Universiteti Daniyel Bou Institutining anatomiya bo'limi mudiri prof. E.marshal Jonson Qur'ondagi bu kabi oyatlardan bexabar holda shu sohani o'rganib bo'lgach, dediki: Qur'on nafaqat embrion tashqi shaklining rivojlanishi, balki uning yaratilishi va rivojlanishi, uning ichki bosqichlarini ham, bugungi fan ta'kidlayotgan asosiy voqealarini (jarayonlarini) ham ko'rsatib beradi. Haqiqatda, Islom fan va olimlar uchun va ularning ilmiy uslublariga kutilmagan qo'shimcha yangiliklar taqdiim etuvchi yo'lboshchi bo'la oladi. Qur'onda kelgan ma'lumotlar asrlar o'tsa-da, baribir Qur'onning haq kitob ekanligini isbotlab bera oladi. 

All Rights Reserved Copyright 2005   by  www.fikr.uz 

Hosted by uCoz