Shiorimiz:   Fikr - yaxshilik va yomonliklarni ko'rsatadigan oynadir                                     

Yangiliklar 
Qur'oni karim
Hadisi sharif
Fiqh 
Islom tarixi
Tahlil
Iqtisod va huquq 
Juma mav'izalari 
Jannat qushchalari 
Islom va ilm 
Davolaninglar
Odam va Havvo 
Mazhablar 
Dinda savolim bor... 
Kutubxona 
Sharq bozori
Imîm Buõîriy
Statistika 
G'arbda Islom
O'zbekiston va Islom
Yilnoma 
Taklif  va munosabat 
Islomiy saytlar
Tanishuv
Namoz vaqti 
Mehmonxona 
Valyuta kursi 
 

 

                     «Qur'on tarjimalari Qur'oni karim emas» 

     Quyidagi haqiqat barchamizga ma'lum: qandaydir asar o'zga tilga o'girilsa, tarjimada asliyat ruhi yo'qoladi. Misol uchun ingliz tilida gaplashuvchi minglab odamlar asli yahudiy - oromiy tillarida bo'lgan Injilni shu tillarda bugungi kunda o'qishni xohlashmaydi. Bilaks, ingliz tiliga o'girilgan tarjima variantini original sifatida qabul qilishadi, hatto ba'zilar uning tarjimasini afzal bilishadi. 

      Lekin Mushafi sharifga keladigan bo'lsak, u arab tilida yozilgan holatida Alloh azza va jallaning kalomidir. Shunday bo'lsa ham, uning tarjimalari, ma'nolar izohiga nisbatan musulmonlar orasida o'zgacha hurmat va ehtirom bor. Musulmonlarning barchasi muqqaddas Kitob Allohdan Jabroil (a.s.) orqali Payg'ambarga (a.s.) nozil bo'lganiga iymon keltirishadi. Payg'ambar (a.s.) esa oyatlarni yod olib, takrorlab va ayni vaqtda ahli bayt va sahobalariga ta'lim berib borganlar. Keyinchalik kitob shakliga keltirilgan. 

     O'sha vaqtdan to bugungi kungacha 1400 yildan oshiq muddat davomida juda ko'plab Qur'on tarjimalari yuzaga keldi. Ularning aksariyati me'yoriga yetkazilib tarjima qilinmagan bo'lsa, ba'zan Islomning tanqidga uchrashini ko'zlab qilingan tarjimalar ham bo'lgan tarixda. 

     Shuning uchun eslatib o'tish kerakki, hatto asliyatiga yaqin qilib tarjima qilinsa-da, tarjima qilingan oyatlarga asoslanib fatvolar chiqarish yoki qat'iy hukm ma'nosida bir qarorga kelish dahshatli holdir, ayniqsa oyatlar alohida-alohida tahlil qilinsa. 



            

All Rights Reserved © Copyright 2005   by  www.fikr.uz     

Hosted by uCoz