|
Islom banklari faoliyatining asosiy tamoyillari
Bugungi kunda jahonning 40 dan ziyod mamlakatida
Islom banklari faoliyat yuritmoqda. "SarIa..." xalqaro banklar reyting agentligining 2000 yil ma'lumotlariga ko'ra,
hozirda Islom banklarining aktivlari 160 mlrd. dollardan oshib ketgan. Klassik g'arb bank tizimi o'ziga xos inqirozni boshidan kechirayotgan bir paytda shariat axkomlari asosida muvaffaqiyat bilan ish yuritayotgan nisbatan yosh banklar tajribasini o'rganish
muhim ahamiyat kasb etadi. Bankir va olim Kris Barlton o'zining "Rivojlanayotgan bozorlardagi banklar" asarida
Islom banklari faoliyatini har tomonlama
tahlil qilgan. Uning tahliliga ko'ra,
Islom banklari kapitali yiliga
10-15 foiz sur'at bilan o'smoqda. Bu esa moliya
sohasida juda yuqori ko'rsatkich hisoblanadi.
Kuzatilayotgan yana bir
tendentsiya xususida ham to'xtalib o'tish joiz. So'ngi paytlarda ko'pgina
g'arb banklari dunyoning turli mamlakatlarida o'zlarining islomiy
pgobalarini ochmoqdalar. "Cheyz Manxetten", "Goldmen Saks", "Ay - En - Dji", "Nomura Sekyuritiz", "Djey Pi Morgan" va boshqalar shular jumlasidandir. Amerikaning
mashhur banklaridan "Sitibank" maxsus
Islom fondlari uchun 1 mlrd. dollar mablag' ajratishi ham moliya bozorida
Islom banklarining roli tobora oshib borayotganligidan dalolatdir.
Bugungi kunda
Islom banklarida an'anaviy bank
operatsiyalarining deyarli barchasi, ya'ni depozit, kredit, akkreditiv, hisob-kitob, to'lov
operatsiyalari amalga oshiriladi. Ular sanoat, agrar sektor, tijorat va xizmat ko'rsatish
sohalariga katta mablag'lar investisiya qilmoqda.
Mazkur banklar quyidagi tamoyillar asosida faoliyat yuritadi:
1.Mushoraka - sherikchilik asosida, ya'ni bank va tadbirkor tomonidan
loyihani birgalikda amalga oshirish. Islom banklarida amalga oshiriladigan bank
operatsiyalarining mushoraka turida bank moliyalashtirishdan ko'zlagan maqsad muayyan foiz olish emas, balki olinishi kerak bo'lgan foydada ishtirok etishdir.
Mushorakada olingan foyda quyidagicha taqsimlanadi:
- foydaning bir qismi ish haqi, boshqaruv yoki loyihani amalga
oshirishdagi boshqa ishtiroki uchun sherikka ajratiladi;
- foydaning qolgan qismi esa sheriklar, ya'ni bank va tadbirkor
o'rtasida loyihaga tikilgan mablagning nisbatiga ko'ra
proporsional ravishda taqsimlanadi.
Biroq shuni ta'kidlash joizki, ish natijasi zarar bilan yakunlansa, u ham sheriklar o'rtasida moliyalashtirishdagi ishtirokiga ko'ra proporsional ravishda taqsimlanadi.
Tadbirkor loyiha tashabbuskori bo'lgani bois, menejmentni o'z qo'liga oladi. Bank esa shartnomaga qat'iy rioya qilgan
holda loyihaning bajarilishini nazorat qilib boradi. Bu bilan u o'zi va sherigi tomonidan ish uchun tikilgan kapitalni
himoya qiladi.
Mushoraka bo'yicha kapital, albatta, ikki tomondan qo'yilmogi lozim. Lekin shuni ta'kidlash joizki, tomonlar kapitalining teng bo'lishi shart emas. U turli nisbatda qo'yilishi mumkin. Investisiya qilinayotgan mablag' erkin aylanadigan bo'lishi va eng
muhimi uning manbai ma'lum bo'lmog'i lozim. Mushoraka shartnomasi sheriklarning bir-biriga bo'lgan to'liq ishonchiga asoslanadi. Shirkat
mablag'larini begona - uchinchi shaxs manfaatiga ishlatish yoki pul
mablag'larini boshqarishni uchinchi shaxsga topshirish, shuningdek, kompaniya
mablag'larini o'zining shaxsiy
mablag'lari bilan aralashtirib yuborish, umumiy mablag'ni qarzga berish yoki kafolat sifatida qo'yish mumkin emas. Bank talabgor tadbirkorlar ichidan sherik tanlashda uning nafaqat professional
mahorati, balki uning axloqiy
jihatlarini ham inobatga oladi.
2. Mudoraba - ishonch asosida moliyalashtirish. Ushbu bank
operatsiyasi turining mohiyati shundaki, bunga ko'ra tomonlarning biri sarmoya qo'yuvchi va ikkinchi taraf ish yurituvchi sifatida faoliyat yuritadi. Demak, bank
loyihani to'liq moliyalashtiruvchi bo'lsa, tadbirkor
loyihani bevosita amalga oshiruvchi hisoblanadi. Islom banklarida amalga oshiriladigan
operatsiyalarning mudoraba turi musulmon
aholi o'rtasida keng tarqalgan asosiy xo'jalik yuritish tamoyilini o'zida aks ettiradi. Muomaladan xoli yoki bo'sh sarmoyaga ega bo'lgan shaxs uni o'zi
xohlagan sohaga yoki bir paytning o'zida turli sohalarga yo'naltirishi mumkin. Bunda ikkinchi taraf sarmoyani tasarruf etuvchi, ya'ni loyihani amalga oshirish bilan
bog'liq bo'lgan barcha tashkiliy va boshqaruv ishlariga mutasaddi shaxs sifatida muomalaga kirishadi. Mudoraba shartnomasiga ko'ra, foyda taraflar o'rtasida oldindan kelishilgan nisbatda taqsimlanadi.
Shariat nuqtai nazaridan mudoraba moliyaviy vositalarni ishlab chiqarish omillariga aylantirishning halol va qonuniy yo'li hisoblanadi. Bunda turli imkoniyatga ega bo'lgan xo'jalik sub'yektlari birikib, ijtimoiy foyda keltiruvchi xayrli amal bilan shug'ullanadilar.
Mudorabada 3 ta iqtisodiy kategoriya amal qiladi: kapital, mehnat, foyda. Bunda kapital pul yoki natural shaklda bo'lishi mumkin. Shartnoma tuzilayotgan vaqtda kapitalning
hajmi va manbai ma'lum bo'lishi, shuningdek, u boshqa bank
operatsiyalariga jalb etilmasligi lozim. Loyihani amalga oshirish uchun sarflangan
mehnatga haq foyda hisobidan to'lanadi.
Mehnatga haq to'lab bo'lingandan so'ng qolgan mablag' sof foyda bo'lib, u sheriklar o'rtasida shartnomada kelishilgan nisbatda bo'linadi.
Xuddi mushoraka singari mudoraba shartnomasida
ham loyiha bank tomonidan sinchkovlik bilan bosqichma-bosqich o'rganiladi. Ushbu shartnoma turida
ham talabgorning nafaqat moliyaviy
ahvoli, balki uning axloqiy
jihatlariga ham asosiy e'tibor qaratiladi. Bank tomonidan
loyihaning bajarilishi ustidan doimiy va qattiq nazorat o'rnatiladi. Agar loyihani amalga oshiruvchi tomonidan yo'l qo'yilgan xato yoki e'tiborsizlik
oqibitida zarar ko'riladigan
bo'lsa, so'zsiz ushbu zararni qoplash ish yurituvchi zimmasiga yuklatiladi. Ana shunday vaziyatlarni nazarda tutgan
holda Islom banklari talabgordan ma'lum qiymatga ega bo'lgan mulkni garov sifatida qo'yishni talab qilishi mumkin.
3. Murobaxa tijorat
operatsiyalarini moliyalashtirish. Islom banklari
opretsiyalarining ushbu turida bank muayyan tijorat
operatsiyasini moliyalashtiradi va shartnomada ko'rsatilgan foydaga ega bo'ladi. Bunda mijoz
buyurtmasiga ko'ra, tovar bank tomonidan xarid qilinadi. So'ngra
bank ushbu tovarni shartnomada ko'rsatilgan ustama narx bilan
mijozga sotadi. Ushbu ustama narx bankning foydasi hisoblanadi.
4. Ijor - Ijara
operatsiyasi. Bank
operatsiyasining ijor turiga asosan tadbirkor ko'chmas mulk yoki ishlab chiqarish vositasini bankdan ijaraga oladi. Islom banklarining ushbu
operatsiyasi bugungi kundagi an'anaviy banklarning lizing
operatsiyalariga o'xshash bo'lib, u bank va tadbirkor o'rtasida tuzilgan shartnomaga asosan amalga oshiriladi.
5. Ijor va iqtino - sotib olish huquqi bo'lgan
ijara. Bank va mijoz o'trasida tuzilgan ushbu shartnomaga ko'ra, bank tomonidan ijaraga berilgan ko'chmas mulk yoki ishlab chiqarish vositasi ijara muddati tugagach mijozning mulkiga aylanadi. Albatta, bunga qadar ijara ob'yektining kelishilgan narxi belgilangan muddat ichida to'lab bo'lingan bo'lishi kerak. An'anaviy banklar
ham lizing operatsiyalarini amalga oshirishda mijozga ijara
muddati tugagach, sotib olish huquqini beradi.
6. Zakot - Moli nisobga yetgan davlatmand musulmonlardagi kambagallar
haqi.Bank tomonidan zakotlarni jamlash uchun Zakot uyi tashkil etiladi. O'z navbatida bank Zakot uyiga tushgan
mablag'larni kambag'allar turmush
ahvolini yaxshilashga, ularni ijtimoiy
jihatdan muhofaza qilishga va boshqa jamoat manfaatidagi ishlarga safarbar qiladi. Zakot uylari zakot to'lovchilardan tashqari barcha turdagi xayriya va ehsonlarni qabul qilib, ularni aholining
muhtoj qatlamlariga yetkazish uchun xizmat qiladi.
7. Al-qard al-Hasan - foizsiz ssuda yoki qarz. Islom banklari jismoniy va yuridik shaxslarga ma'lum muddatga foizsiz qarz berishi mumkin. Ushbu qarz asosan ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun (masalan, zavod, fabrika, yo'l va ko'priklar qurish) uchun ajratiladi. Ayrim
hollarda ma'lum ob'yektiv sabablarga ko'ra, qarzdor shaxs yoki tashkilot olingan mablag'ni qaytara olmasa, bank uni zakot fondi hisobidan qoplab berishi
mumkin.
Shunday qilib,
Islom banklari o'z mijozlariga yuqoridagi
operatsiyalarni amalga oshirish uchun uch xil foizsiz hisob (schyot)ni taklif qiladi:
1. Joriy hisob. Bu foiz stavkasi qo'yilmaydigan chek va jamg'arma hisobi bo'lib, bunda bank mijozlardan qo'yilma va depozitlar bo'yicha xizmat ko'rsatgani uchun muayyan to'lov olishga
haqlidir. Agar mamlakatda
inflyatsiya jarayoni kuzatilayotgan
bo'lsa, hisob raqamidagi pul mablag'lariga
indeksatsiya asosida muayyan miqdordagi pul
kompepsatsiya sifatida to'lanadi.
2. Investision hisob. Ushbu hisob turi bo'yicha mijozlar turli
operatsiyalar vositasida o'z
mablag'larini istiqbolli
loyihalarga investisiya qilishlari mumkin. Albatga, bunda foyda
va zarar, yuqorida aytib o'tilgandek, bank va mijoz o'rtasida shartnomaga ko'ra taqsimlanadi.
3. Kredit
hisobi. Islom banklari mazkur hisob orqali talabgor tadbirkorlarga hamda aholining muhtoj qatlamlariga foizsiz qisqa muddatli yoki uzoq muddatli qarz (kredit)
beradi.
Bunda davlatmand musulmonlar o'z ehtiyojlaridan
holi bo'lgan bo'sh mablag'larini bankning kredit hisobiga qisqa yoki uzoq muddatli depozit sifatida qo'yadilar. Bank ushbu
mablag'larni kelishilgan muddatda to'lig'icha qaytarishni kafolatlaydi.
Islomda inson huquqlari
Muqqaddas Islom dini barcha sohalar singari inson huquqlari borasida ham o'z me'yorlariga ega.
Quyida bir necha misollar keltirib o'tamizki, ular Islomning adolatli qonunlardan iborat din ekanligini o'zida mujassam
etgan: Islomda har bir shaxsning hayoti va mulki, uning diniy mansubligidan qat'iy nazar muqaddas hisoblanib, ehtirom etiladi. Allohning dini hatto insonning or-nomusini ham himoya etib, o'zgalarni kamsitish, tahqirlash, ular ustidan kulish va shu kabilardan qat'iyan qaytaradi. Ayniqsa, ba'zi qit'alarda keng tarqalgan va doimiy urush-janjallarning o'chog'iga aylanib ketgan irqiy kamsitish kabi illat Islom nuqtai nazariga va mohiyatiga umuman to'g'ri kelmaydi. Alloh azza va jalla o'zining kalomida bu
xususda: "Ey insonlar, darhaqiqat Biz sizlarni bir erkak (Odam) va bir ayol (Havvo)dan yaratdik hamda bir-birlaringiz bilan tanishinglar (do'st-birodar bo'lishinglar) uchun sizlarni (turli-tuman) xalqlar va qabila-elatlar qilib qo'ydik. Albatta sizlarning Alloh nazdidagi eng hurmatlirog'ingiz taqvodorrog'ingizdir. Albatta Alloh bilguvchi va ogohdir" (49:13).
Islom ma'lum bir shaxslarni yoki butun bir millatni boyligi, kuch-qudrati, irqiy kelib chiqishi yoki shunga o'xshashliklar bilan faxrlanishdan qaytaradi. Alloh barcha insonlarni teng qilib
yaratgan, ularning bir-biridan afzalligini belgilab beruvchi mezon esa yuqoridagi oyatda zikr etilgandir. Bu xususda Payg'ambar (s.a.v.)dan quyidagicha hadis rivoyat etilgan: "Ey insonlar, Rabbingiz yagonadir va sizlarning otangiz (Odam a.s.) ham birdir. Arab arab bo'lmagan kishidan, arab bo'lmagan kishi arabdan, oq rangli qora rangli kishidan yoki qora rangli oq rangli kishidan afzal, ustun emasdir, afzallik taqvodorlik bilan bo'ladi".
Bugungi kunda insoniyat yuzlashayotgan asosiy muammolardan
biri - bu irqchilikdir. Shunday taraqqiy etgan dunyo oyga o'nlab fazo yo'ldoshlari, boshqa sayyoralarga raketalar uchirishga qodir-u, lekin bir insonni o'zgani tahqirlashidan, kamsitishidan qaytarib qola olmayapti. Bunga yechim sifatida Islom dini biz insoniyatga bir necha ajoyib yo'llarni Payg'ambar (s.a.v.) darvlaridan buyon ko'rsatib keladi. Shulardan biri har yili butun
Islom ahlining haj va umra ziyoratini amalga oshirishidir. Ziyorat davomida oqu qora, boy-kambag'al musulmonlar bir safda turib Allohga aslida ham, mohiyatan ham o'z tengligini tan olishadi.
Qanday go'zal holat, qanday birodarchilik!
Islom
- bu adolat dini. Alloh
deydiki: "Albatta Alloh sizlarni…va odamlar orasida hukm qilganingizda adolat bilan hukm qilishga buyuradi"
(4:58).
Biz musulmonlar o'zimiz nafsimiz uchun yomon ko'radigan odamlar bilan ham, o'zga din vakillari bilan ham bo'ladigan munosabatlarimizda adolatli bo'lishimiz shart. Alloh buyuradiki:
"Ey mo'minlar, Allohning o'zi uchun haq yo'lni tutguvchi, adolat bilan shahodat berguvchi bo'lingiz! Biron qavmni yomon ko'rishingiz sizlarni adolat qilmaslikka togrtmasin! Adolat qilingiz!"
(5:8)
Payg'ambar (s.a.v.)dan quyidagicha hadis rivoyat qilinganki:
"Ey odamlar, adolatsizlik qilmang! Adolatsizlik uchun qiyomatda qorong'ulik bo'lur".
|