|
ITB moliya vazirining safari
Islom Taraqqiyot Bankining prezidenti dok. Ahmad Muhammad Ali Jiddadagi bank qarorgohida Bruney sultonligidan tashrif buyurgan va ayni vaqtda ITB ning moliya ishlari bo`yicha vaziri Behin Datu Abdirohman boshchligidagi
delegatsiyani qabul qildi. Safar davomida vazir bankning moliyalashtirish tarmoqlari haqida
delegatsiya takliflarini taqdim etdi.
Ibrohim janoblari Bruney rivojiga qaratilgan
tadbirlarni kuchaytirishni ko`zda tutuvchi va sultonlikni xalqaro savdo-sotiq markaziga aylantirishga bankning qo`shayotgan hissasini alohida ta`kidlab o`tdi. Shu bilan birga sultonlikning ITB bilan aloqalarini har tomonlama mustahkamlashga tayyor ekanligini eslab o`tdi. ITB prez. Ahmad janoblari mehmonlar va ularni kuzatib
yurgan hamrohlariga o`zining samimiy salomlarini yo`llab, mazkur uchrashuv Islom Konferensiyasi Tashkiloti bilan sultonlik o`rtasidagi
hamkorlikning gullab-yashnashi uchun muhim omil ekanligini va Bruneyning bunday markazga aylanishi uchun bankning harakatlari ham shunga qaratilganligini ta`kidladi. Keyingi oyda ikki taraf o`rtasidagi hamkorlik yo`llarini mustahkamlash maqsadida Bruney sultonligiga ITB ning vakillari tashrif buyurishini e`lon qildi. Safar so`ngida ITB prezidenti va moliya vaziri o`rtasida Bruney Universitetiga qarashli Islom Banki Tadqiqotlari markazini qurish uchun
5 000 000 mln. AQSH dollariga bitim imzolashdi.
Zakot to`lashga chaqiruv
Rossiyadagi Dog`iston muftiysi shayx Ahmad Abdulloh imomlarni va
Islom jamiyatlari raislarini musulmonlarning zakot to`lash burchlariga nisbatan
e`tiborliroq bo`lishlariga chaqirdi. Zakot
- Islom ruknlaridan biri bo`lib, uning mamlakat umumiqtisodiy holatini yaxshilash, ijtimoiy adolatning barpo bo`lishi, muhtoj va faqirlarga yordam berishi va boshqa foydalari borligini musulmonlar ommasiga yana bir bor eslatib o`tdi.
Moskvada "Islom ta`limi" kengashi
Xalqaro Islom Axborot Agentligining xabar berishicha,
Rossiyadagi islomiy ta`lim muassasalari va boshqarmalari direktorlari o`rtasida poytaxt Moskvada bo`lib o`tgan majlisda "Islom ta`limi" kengashini tuzish borasida qaror qabul qilingan. Mazkur kengash vazifasi islomiy kitoblar va mav`izalar nashr
qilish, imomlarni tayyorlash va o`quv kurslarining faoliyatlarini tartibga solishdir. Rossiya muftiylari kengashi bayonotida mazkur qadam islomiy ta`limning ahamiyatini oshiribgina qolmay, balki mamlakatning turli mintaqalarida faoliyat olib borayorgan ko`plab islom markazlarini ham nazorat qilishi belgilab qo`yilgan. Eslatib o`tish kerakki, mazkur majlisga hukumat rasmiylaridan bir necha vakillar va islom oliy madrasalari direktorlari tashrif buyurishdi.
Islom banklari sistemasi jahonga yoyilmoqda
27 ta musulmon davlatlaridan tashqari dunyoning AQSH, Kanada, Shveysariya, Angliya va Avstraliya kabi rivojlangan davlatlaridan 15 tasi islom banklari sistemasidan o`rnak
olishib faoliyatlarida qo`llashmoqda. Standart Charter Bankining
Islom banklari bo`yicha bo`lim boshlig`i Muhammad Imron fikrlariga ko`ra, islomiy banklar bugungi kunda keyingi 30 yil ichida ilk bor ulkan muvaffaqiyatlarga erishib turibdi. Bunday banklar nizomi Xalqaro
valyuta fondi va Jahon Banki tomonidan ham qabul qilindi.
Arxiv
|