|
"Islomdagi yo'nalishlar, mazhablar, oqimlar "
Insoniyat murakkab ijtimoiy-siyosiy jarayonni boshidan kechirmoqda. XXI asr mafkuralar
to'qnashuvi asri bo'lishini idrok etmoq zarur, bunda
prezidentimiz I.Karimovning "XXI asrda yadro poligonlaridan emas, balki mafkuraviy poligonlardan
ehtiyot bo'lishimiz, mafkuraviy immunitet
hosil qilishimiz lozim", degan fikrlari nihoyatda muhim. Shuningdek, ''G'oyaga qarshi faqat g'oya, fikrga qarshi fikr, jaholatga qarshi ma'rifat bilan bahsga kirishmog'imiz,
kurashmog'imiz kerak", degan
so'zlarini alohida esda tutishimiz darkor. Mustabid tuzum, jaholat va mutaassiblikka chorlovchi g'oyalarga qarshi milliy istiqlol g'oyasini qo'ya bilishimiz zarur. Milliy istiqlol g'oyasi qanday mazmun kasb
etadi? Avvalo, milliy istiqlol g'oyasi millatidan qat'i
nazar O'zbekiston Respublikasting fuqarolarini tashkil etuvchi
O'zbekiston xalqi (Konstitutsiya, 8-modda) manfaatini ifoda etishini anglamog'imiz kerak.
Milliy istiqlol g'oyasinint bosh maqsadi: yurt tinchligi,
xalq farovonligi va kelajagi buyuk bo'lgan davlatni qurish. Bu maqsadni amalga oshirish uchun asosiy shart barqaror vaziyat. Barqarorlikka qarshi bo'layotgan tahdidlar ichida eng xavflisi — mafkuraviy tahdid, uning sinashta bo'lgan uslubi, ayniqsa, bizning xalqimizga qarshi
qo'llaydiganlari — diniy omil hisoblanadi.
Ana shunday sharoitda
mintaqada, xususan,
O'zbekistonda, o'z ta'sirini o'tkazishga uringan kuchlar millatimiz tabiatini hisobga olgan
holda Islom omilidan g'arazli maqsadlarda foydalanish harakatida bo'ldilar. Islom dinining sof g'oyalari niqobi ostida siyosiy hokimiyatni egallashga intildilar. Ya'ni, Alloh,
Islom kabi so'zlarni qo'shib nomlangan, eshitilishi jarangdor partiya, tashkilotlar — "Islom uyg'onish partiyasi", "Hizbulloh" (Alloh partiyasi), "Hizb at-tahrir al-islomiy" (Islom ozodlik partiyasi) kabilarni tuzib, mavjud
konstitutsiyaviy tuzumni ag'darib tashlab, yaxlit jug'rofiy hududda
Islom davlati qurish, xalifalikni qayta tiklashga harakat qildilar.
Bu borada
"Islom ta'limoti nima deydi?" degan o'rinli savol tug'iladi.
Har qanday ta'limotni uning asl manbalari orqali tushunish, o'rganish maqsadga muvofiqdir. Ana shu
yo'ldan borib, Islom dinida fiqhiy va aqdsaviy
jihatdan qanday bo'linish, ajralishlar bo'lgani, uning sabablarini ilmiy, qiyosiy jihatdan o'rganish mazkur kursning bosh maqsadi hisoblanadi.
Manba va atamalar lug'aviy va istilohiy sharhlari,
sunniylik yo'nalishi
Islomning lug'aviy ma'nosi "Buyuruvchining farmoni va taqiqiga e'tirozsiz bo'ysunish hamda uni buyurilgandek
bajarish", demakdir. Islomning istilohniy
ma'nosi Alloh tarafidan yuborilgan barcha payg'ambarlar insonlarga
Islom dinidan ta'lim berganlar. Alloh taologa,
Uning sifatlariga, oxirat kuniga payg'ambar
yo'llagandek ishonish, kitoblarini tasdiqlab, ular ravshanlantirib bergan to'g'ri yo'ldan borish, Yaratganni yagona bilib,
Undan boshqasiga ibodat qilmaslikdir.
Shariat — to'g'ri
yo'lga solmoq, qonunchilik yo'naltirmoq, ibodat
yo'llari, hayotiy va ijtimoiy qoidalar, kishilar orasidagi munosabat va muammolar, halol bilan haromni ajratib
bermoqdir.
Qur'on va sunnatning hukmlaridan olingan mana shu
qonunlar fiqh ilmi, deyiladi.
Istilovda "fiqh" "Alloh taolo o'z payg'ambari Muhammad (S.A.V.) orqali nozil qilgan shariatni teran
fahmlamoq" ma'nosini
bildiradi. "Fiqh"ning shariat istilohidagi boshqa
ta'rifida "Shar'iy dalillardan
qar'iy hukmlar chiqarishdir", deyiladi. Bu ta'rifdagi "shar'iy dalil"
Qur'oni karim va hadisi
sharifdir. "Shar'iy hukm" esa umumiy hukmdan kelib chiqadigan xususiy fikrdir. Shariatda
shar'iy hukmlar asosan ibodat va muomalotlarda namoyon
bo'ladi. Zamonlar o'tishi bilan, Al-istinbat — chiqarib olish, sug'urib olish uslublari shakllana bordi. Ijtihod qilish natijasida
qat'iy dalolat qilib berilmagan hukmlar, fikrlar xususida ijmo — ya'ni, yetuk ulamolarning o'zaro kengashib bir fikrga kelishlari taomilga kira boshladi. Shu tariqa qiyoslash orqali va yuqorida aytilganlar bilan birga yangi bir fan — usuli fiqh — ya'ni, musulmon
huquqshunosligi vujudga keddi.
Mazhab so'zi arabcha "yo'nalish" ma'nosini bildirib,
Islom atamashunosligida biror diniy masala, muammo bo'yicha muayyan ulamo fikriga ergashish, "uning yurgan
yo'nalishidan borish" (arabcha — zaxaba 'ala mazhabixi)ni bildiradi.
Islomda asosan ikki
yo'nalish: sunniylik (ahli sunna
val jamoa — sunnat va jamoat
ahli) va shialik (shiat Ali — Ali tarafdorlari) mavjud bo'lib, ularning har birida turli masalalar bo'yicha bir qancha mazhablar
mavjuddir. Uchinchi yo'nalish xorijiylar (xavorij —
ajralib chiqqanlar) VII asrning
ikkinchi yarmida deyarli
bo'linib ketgan.
Sunniylik yo'nalishi "axri sunna val
jamoa", deb ataladi va 4
ta fiqhiy mazhabdan iborat:
Hanafiy; Shofe'iy; Molikiy;
Hanbaliy.
2
ta aqidaviy Ash'ariy; Moturidiy
ta'limotiga amal qiladi.
Islom fiqhi asoslori va sunniylikdagi fiqhiy mazhablarning manbalari
Quyidagi manbalarga asoslanibgina hukm chiqarish shart:
1. Qur'oni karim. Agar faqih
Islomda biror narsaning hukmi qanday ekanligini bilmoqchi bo'lsa, avvalo Qur'onga murojaat qiladi. Unda nima hukm bo'lsa,
hech ikkilanmasdan uni qabul qiladi.
2. Sunnat — Muhammad (S.A.V.) qilgan ishlari va aytgan so'zlari. Hadislarga asosan hukm chiqarilganda, ularni nihoyatda
ehtiyotkorlik bilan tanlab olinishi zarurdir.
3. Ijmo — bir davrning ijtihod (diniy manbalardan mustaqil hukm chiqarish) darajasiga yetgan ulamolarining yakdillik bilan biror masalani qabul
qilishlaridir.
4. Qiyos - ya'ni, hukmi vorid bo'lmagan masalani
Qur'on va hadisda, shunga o'xshash va hukmi kelgan narsaga qiyoslab fatvo chiqarish.
1. Hanafiylikdagi mashhur kitoblar: Muhammad bin al-Xasan ash-Shayboniyning (vafoti 805 yil) "Kutub Zaxirurrivoya" nomli kitobi. Keyinroq uning muhim
qismlarini Abul Fodi al-Marvazi "Al-Kofiy" asarida yanada tartibga soldi. Unga Shamsuddin as-Saraxsi (vafoti 1090 yil)
"Al-Mabsut" nomli sharh yozdi.
2. Molikiylikda Molik ibn Anasning
"Al-Muvatta" ("Ommaviy", ya'ni "Barchaga tushunarli") kitobi asosiy asardir. Undan tashqari Abdussalom Saxnumning (vafoti 854
yil) "Al-Mudavvana al-Kubra" asari alohida o'rin tutadi.
3. Shofe'iylikda «Al-Umm»
kitobi asosiy manbadir.
4. Hanbaliylikda Ahmad ibn Hanbalning «Al-Musnad» asari bosh manba sifatida qaraladi.
Hanafiylik, No'mon ibn Sobit al-Kufiy Abu Hanifa hayoti va
faoliyati
VII va IX asrning birinchi yarmida fiqhda o'ziga xos tushunchalar,
ifoda - til va uslubiyat shakllandi. Fikh paydo bo'lishining ilk
davridayoq, ikki yo'nalish maydonga
chiqa boshladi. Ulardan biri Iroq maktabi
bo'lib, u yana "mustaqil fikr yuritish tarafdorlari" (ashob-ar-ra'y), ikkinchi — Madina
maktabi esa "hadis tarafdorlari"
(ashobul-hadis), deb yuritiladi. Ular orasidagi farq — maktablar
o'z aqidalarini rivojlantirgan moddiy va madaniy sharoit xususiyatlari hamda ularga meros bo'lib qolgan
huquqiy an'analar bilan belgilanadi.
"Ashob ar-ra'y"ning yorqin vakili, hanafiy mazhabi asoschisi Imom A'zam Abu Hanifa (r.a.) hisoblanadi.
Hanafiya
Islomdagi eng ko'p tarqalgan mazhabdir. Uning asoschisi Abu Hanifa 699-767 yillarda yashagan. Ma'lumki, huquqshunoslik markazlaridan biri Iroqdagi Kufa shahri bo'lgan, Payg'ambarimizning
sahobalari Abdulloh ibn Mas'ud (vaf. 653 y.) u yerga faqih va muallim sifatida Xalifa Umar tomonidan yuborilgan edi. Uning talabalari fuqaho sifatida tan olindi va ularning eng mashhurlaridan biri Hammod ibn
Abu Sulaymon (738 y.) mazkur mazhabga nom bergan Abu Hanifaning ustozi bo'lgan.
Abu Hanifa kufalik bo'lib, o'zining ismi
No'mon ibn Sobit edi. O'ziga to'q ipak sotuvchi xonadonida tavallud topgan.
A'lo ta'lim olib, yoshligida so'nggi sahobalarning suhbatini olgan. 22 yoshida mashhur huquqshunos Hammod
ibn Abu Sulaymonning shogirdi va uning davrasida 18 yil tahsilda bo'ladi. Ustoz vafotidan so'ng 10 yil davomida ushbu to'garakka rahbarlik qiladi. U Kufa va Basraning eng obro'li
faqihi hisoblangan. 747-748 yili uni davlat xizmatiga chorlagan Iroq hokimining zulmidan qochib, Makkaga ko'chib o'tadi. Hokimiyatga Abbosiylar kelgach, Iroqqa
qaytadi va boy tojir hamda nufuzli olim sifatida
hayot kechiradi. Xalifa Mansur (754-775) Bag'dodda unga qozi yoki boshqa yuksak martabani egallashni taklif etganida
qat'iyan rad javobini beradi. Xalifa uning irodasini bo'ysundirish uchun yoshi va obro'siga ham qaramay, qamoqqa tashlaydi, hatto savalashga buyuradi. Oradan ko'p
o'tmay, Abu Hanifa olamdan o'tadi.
Imom Abu Hanifaning bugun umri mobaynida ellik besh marta
haj qilganligi ma'lum. Olim sifatidagi bilimlarini savdo ishlarida kundalik hayotga amaliy jihatdan tatbiq etish imkoniga ega bo'lib, qoida-qonunlarni
qiyos va istihsonni ishlatish orqali boyitadi.
Hanafiy mazhabi ta'limoti, ilmiy merosi, mazhab izdoshlari
Abu Hanifaning huquqiy nazariyasi shaxs erkinligini hurmatlagan va shu bilan o'zga huquqshunoslardan farq qiladi. U birinchi bo'lib bitimlarga oid qoidalarni ishlab chiqqan. Ular salam va murobaha bitimlarida o'z aksini topgan. Salam bitimi keyinchalik yetkazib beriladigan
mol-mahsulotga darhol pul to'lashni ruxsat etgan. Ilgarigi qonunlar tovarni pulga bir paytning o'zida ayirboshlashni nazarda tutardi. Murobaha bitimi esa bir
savdogar ikkinchisiga biron narsani sotishda oldingi, o'zi olgan narx ustiga shartlangan foyda bilan sotishni ruxsat etgan va shu tariqa
sudxo'rlikning oldi olingan. Shaxsiy huquq doirasida Abu Hanifa erkin qizcha vositachisiz turmushga
chiqishini ruxsat berdi, biroq keyinchalik hanafiy mazhabi bu huquqni faqat ilgari erga tekkan ayolga kafolatladi. Abu Hanifa fikricha, balog'at yoshiga yetgan inson mustaqil bo'lib, o'z mulkini o'zi xohlagan tarzda tasarruf etishi mumkindir.
Uning shogirdlaridan
“Assohibon”, deb nomlangan Abu Yusuf va Muhammad ibn Hasan ash-Shayboniylar mazhab ta'sirini
o'z asarlari va Abbosiylar davlatidagi yuksak maqomlari tufayli keng masofalarga yoyishga erishdilar. Abu Yusuf (731-798) Bag'dodda qozi etib tayinlangan, keyinchalik birinchi Qoziu al-quzot (bosh qozi) sifatida xalifalik hududlarida qozilar tayinlash huquqiga ega bo'lgan. Uning "Kitob al-Xaroj" asari xalifa Xorun ar-Rashid uchun soliqlar to'plash va davlatniyg moliyaviy masalalari bo'yicha qarorlar to'plami vazifasini o'tagan. Muhammad ibn al-Hasan ash-Shayboniy (749-804) hanafiy
mazhabining huquqiy nazariyasini yozib
qoldirgan allomadir. U hanafiy fiqhi hamda Madinada Molik ibn Anas qo'lida ta'lim olgan. Muhammad ash-Shayboniy qisqa muddat qozi bo'lgan, so'ngra xalifa Xorun ar-Rashid bilan Xurosonga borib, o'sha yerda vafot etgan. U yozgan oltita kitob ("Al-Mabsut", "Al-jomi al-kabir", "Al-jomi as-sag'ir", "As-siyar al-kabir", "As-siyar as-sag'ir" va "Az-ziyodot") X asrda Abu-l-Fadl al-Marvaziy (Al-Hokim
ash-Shahid nomi bilan ma'lum alloma) tomonidan "Al-Kofiy" unvoni bilan bir jildga to'planadi.
Molikiy mazhabi
Bu mazhab Arabiston yarim orolida rivoj topib, dastlab Hijoz yoki Madina mazhabi sifatida nomlangan va uning aqoidi ko'pinchalik Umar ibn Xattob, Abdulloh ibn Umar, Zayd ibn Sobit,
Payg'ambarimiz (s.a.v.)
amakilari Abbos va umr
yo'ldoshlari Oisha faoliyatlari bilan bog'lanadi. Mashhur
namoyondalar orasida Ja'far as-Sodiq (vaf. 765
y.) ham bo'lib, keyinchalik u shialikning ja'fariya mazhabiga nom bergan.
Molik ibn Anas al-Asbaxiy 713 yili Madinada kamon o'qlari yasovchi oilasida tavallud topib, o'zi
ipak matolari savdosi bilan shug'ullangan, bolaligidan qarindoshlari qo'lida islomiy ilmlarni o'rgangan. Shu yerda 795 yili vafotiga qadar yashagan va uni faqat Makkaga hajga borish uchungina tark etgan. Shu tufayli u Madina
ahlining ramziga aylangan. Madina imomi sifatida tan olingan Molik
hech bir siyosiy oqimlarga aralashmagan va biron rasmiy mansabni egallashga rozi bo'lmagan.
Bahsar va ilmiy munozaralarda qatnashmagan, chunki "Ilm — xo'rozlar va qo'chqorlar orasidagi urush emas", deb hisoblagan. Paygambar, sahobalar va
tobe'inlarning fiqhga oid qarashlari, qarorlari va qavllarini o'zining "Al-Muvatta'" kitobida jamlagan. Aytishlaricha, bu asar bir nechta matnlarda tarqalgan ekan, biroq bizlargacha ikki
varianti: "Hanafiy ash-Shayboniy" va
Yaxyo al-Laysiy (vaf. 848 y.) asarlari hamda ularga yozilgan izohlar yetib kelgan hamda tunislik Ali ibn Ziyod (800
y.) talqinidagi nusxaning qismlari saqlanib qolgan.
Huquqshunoslik sohasida
molikiy mazhabi o'z yo'nalishiga ko'ra, alalxusus, ayolning jamiyatdagi o'rniga munosabatiga ko'ra, hanbaliy mazhabiga yaqin turadi. Shuningdek, molikiy mazhabida ota yoki otaning otasiga o'z bokira qizi yoki nevarasini, uning roziligisiz, ayrim hollarda esa uning xohishiga qarshi ravishda ham erga berish huquqi berilgan edi. Hanafiy mazhabi bunday holatga yo'l bermaydi.
Molikiy mazhabining vatani Madina bo'lgani uchun uning Hijozda
tarqalishi tabiiy edi. Har yili haj mavsumida Shimoliy Afrika va Andalusiya olimlari Madina ulamolari bilan aloqa qilgani tufayli bu mazhab u yerlarga ham yoyilib, Andalusiyada zohiriy mazhabini
siqib chiqardi. Molikiy mazhabi hozirgi kunlarda ham Marokash, Jazoir, Tunis, Liviyada yetakchi mazhab sifatida saqlanib kelmoqda. Shuningdek, u yuqori Misr va Sudan hamda Baxrayn, Birlashgan Arab Amirliklari va Quvaytga o'z nufuzini yoydi. Boshqa qator mamlakatlarda ham muayyan miqdorda molikiy mazhabining izdoshlari mavjud.
Shofe'iy mazhabi
Bu mazhab jug'rofiy mintaqa mahsuli bo'lmasdan, ikki o'zga mazhab bilan yaqindan tanish, Payg'ambar ajdodi Hoshimning akasi
Al-Muttalib avlodidan bo'lgan Muhammad ibn Idris ibn al-Abbos ibn Usmon ibn Shofe'iy uning asoschisi bo'ldi. Shofe'iy 767 yili Falastin (G'azza)da tug'ilib, 820 yili Misrda vafot etdi.
Shofe'iy "Al-Umm" nomli kitobni yozib [ba'zi ma'lumotlarga ko'ra, kitobni uning shogirdi
Ar-Rabiy ibn Sulaymon (884 y.) yozgan], unda nafaqat shofe'iy mazhabi nazariyasini ifodalagan, balki o'zga mazhablar orasidagi ko'plab
farqlarni ham izohlab bergan. Mazkur
yetti jildlik kitobda turli huquqiy masalalar, Ali va Ibn Mas'ud orasidagi ixtilof, Shofe'iy va Molik qarashlari orasidagi farq
Ash-Shayboniy tomonidan Madinaga xos ayrim nazariyalarining rad etilishi
o'z aksini toptan.
Misr mazkur yangi mazhabning vatani bo'lgani uchun u yerda bu ta'limot chuqur ildiz otgani tabiiydir. 1517 yili Usmoniy turklar tomonidan Misrga hanafiy mazhabi kiritiladi. Hozirgi kunda sud mahkamalarida shaxsiy maqom borasida hanafiy mazhabi tatbiq
etilsa-da, ko'p misrliklar, ayniqsa, qishloq joylarda o'z diniy urf-odatlarida shofe'iy an'analariga sodiq qolganlar. Falastin va Iordaniyaning aksariyat musulmonlari, Suriya, Iroq, Hijoz, Pokiston, Hindiston, Indoneziya hamda Eron va Yamandagi sunniy musulmonlar ham shunday qiladilar.
Hanbaliy mazhabi
Bu shaxsiy mazhab, chunki asosan bir shaxs — Ahmad ibn Hanbalning huquqiy qarashlari, qavl va fatvolarini namoyon etadi. Ibn Hanbal 780 yili Bag'dodda tug'ilib, shu yerda 855 yili vafot etgan. Hadis to'plash niyatida Suriya, Hijoz, Yaman, Kufa va Basraga ko'p sayohat qilgan va
40 000 dan ortiq hadisni jam etgan olti jildlik "Musnad al-Imom Ahmad" asarini yaratgan.
Bu mazhabning o'zgalarga nisbatan ko'proq hadislarga tayanishi qonun asoslari jihatidan farq qiladi. Ular hadislar mohiyatini Qur'on oyatlari martabasigacha ko'tarishgan. Hadislarga "qanday?" deb savol bermasdan (bilo kayfa) to'g'ridan-to'g'ri ishonish zarur, deganlar. Hanbaliylarga binoan (Ibn Qayyim al-Javziya
- 1350 y.) fiqh asoslari beshta: 1. Qur'on va sunnat matnlari; 2. Sahobalarning fatvolari; 3. Qur'on va sunnatga muvofiq bo'lgan ayrim sahobalarning
qavllari; 4. Isnodi zaif yoki xabar beruvchilar soni kam bo'lgan hadislar; 5. Mutlaqo ilojsiz qolganda, qiyos
bo'yicha hukm chiqarish.
Ibn Abd ul-Vahhob keyingi asrlar ulamolari emas, balki Qur'on va sunnatga tayangan boshlang'ich
Islomning sarchashmalariga qaytishga da'vat etadi. Vahobiylarning muvaffaqiyati va XX asr
Sa'id oilasining hukumat tepasiga qaytishi Saudiya Arabistonida hanbaliy mazhabini rasmiy mazhab sifatida ta'sis etilishiga olib keldi. Shuningdek,
hanbaliylik Qatarda rasmiy mazhab va Falastin, Suriya, Iroq va yana boshqa joylarda o'z izdoshlariga ega.
Shialik
yo'nalishidagi mazhablar
Ismoiliy mazhabi
Shia yo'nalishining Ismoiliy mazhabi
X-XI asrlarda Yaqin va O'rta Sharqda keng tarqalgan. Mazkur mazhabning vujudga kelishi arab
xalifaligida sinfiy ziddiyatlarning hamda feodal
guruhlar o'rtasida kurash va xalq
qo'zg'olonlarining kuchayishi bilan bog'liq. Abbosiylarga qarshi kurashni davom ettirish tarafdori bo'lgan bir guruh shialar oltinchi imom Ja'far as-Sodiqning katta o'g'li Ismoil atrofiga jipslashdilar. IX asr oxirlariga kelib, ismoiliy oqimi
mustaqil mazhab sifatida tashkil topdi. Ularning ta'limoti avvalo ikkiga: zoxiriy (ochiq) va botiniy (maxfiy) ta'limotlarga bo'lindi.
Hozirgi davrda nizoriy mazhabi Suriya, Eron, Pokiston, Afg'oniston shimolida, Pomirda, musta'liy mazhabi esa Yaman, Hindiston, Pokiston, Misrda, druzlar Suriya
va Livanda saqlanib qolgan.
Qaramatiy mazhabi
Qaramatiy (ko'pligi qaromatiy)lar
shia mazhabidagi ismoiliylarning asosiy shohobchalaridan biri bo'lib, IX asr oxirida Iroqda vujudga kelgan, Suriya va Yamanda tarqalgan. Ular asosan dehqonlar, ko'chmanchi badaviylar va hunarmandlardan tashkil topgan. Ular
Islom qonun-qoidalariga itoat etmaganlar, ularda masjid bo'lmagan, musulmonlar ziyoratgohi Qora tosh (Ka'ba)ga ziyoratni, unga sig'anishni bid'at, budparastlik, deb hisoblaganlar. 899 yili Baxraynni bosib olib,
Al-Axso (Sharqiy Arabiston)da o'z davlatlarini tuzganlar. Ularning rahnamosi Hamadon ibn al-Ash'asshshg o'g'li Abu Tohir Sulaymon (914-943) davrida qaramatiylar 930 yili haj vaqtida Makkaga bostirib kirib, shaharni talon-taroj qilganlar, bir necha ming hojilarni va Makka aholisini qatl etib, asirga olganlar. Ka'bani vayron qilib, qora toshni ikkiga bo'lib, Baxraynga olib ketganlar, faqat 20 yildan keyin katta to'lov evaziga u Makkaga
qaytarib berilgan.
Rofiziy mazhabi
Rofiziylar (ko'pligi ravofiza) shialarga, ayniqsa, imomiylarga mansub laqab bo'lib, "inkor etuvchilar", "tan olmovchilar" ma'nolariga ega. Bular Muhammad (s.a.v.)dan keyingi chahoryor xalifalardan Abu Bakr va Umar hokimiyatini tan olmaydilar, payg'ambar o'zidan keyin Hazrati Alini voris qilib qoldirgan, deb da'vo
qiladilar. Ali avlodlaridan bo'lmish, hazrati Alining nabirasi Zayd ibn Ali (699-740) davrida rofiziylarning uning nomi bilan bog'liq zaydiya shia harakati paydo bo'ldi. Zayd 739 yili Kufada Umaviylarga qarshi
qo'zg'olon ko'tardi, shialar uning atrofiga yig'ilib, uni imom deb e'lon qildilar. 10 oydan keyin Zayd qo'zg'oloni bostirilib, Zayd 740 yili 6 yanvar kuni jangda halok bo'ldi, tanasini butga tortib mixladilar, boshini qirqib, Damashqqa, xalifa Hishomga (724-743) yuborishdi. Zaydiya oqimi paydo bo'lgandan keyin rofiziylar nafaqat Abu Bakr va Umar, balki Umaviy va Abbosiylar xalifaliklarini ham inkor etib, faqat imomiylarnigana tan oldilar.
Zaydiy mazhabi
Zaydiy mazhabi VIII asr o'rtalarida shialikda vujudga kelgan oqim bo'lib, u shialarning 5-imomi Muhammad al-Bokirning ukasi Zayd
ibn Ali nomi bilan atalgan.
Muhammad al-Bokirning sustligidan norozi bo'lgan shialar ichidan Zayd o'z tarafdorlarini to'plab, 739 yilda Umaviy hokimiyatiga qarshi isyon ko'targan, 740 yilda xalifa Hishom qo'shinlari bilan bo'lgan jangda halok bo'lgan. Uning tarafdorlari keyin ham oliy hokimiyatni Ali avlodiga berishni talab qilib, Eron, Yaman va boshqa davlatlarda isyon ko'targanlar.
Ular Zaydni 5-imom hisoblab, undan keyingi shia imomlarini tan olmaydilar. Zaydiylar o'z aqida va marosimlari jihatidan shialar va sunniylar o'rtasida turib,
har ikkala oqimga nisbatan murosasozlik yo'lini tutadilar. Ular yashiringan imom Mahdiyga ishonmasliklari, Alidan oldingi uch xalifa (Abu Bakr, Umar, Usmon)ni la'natlamasliklari, muta nikohini inkor etishlari bilan shialardan, avliyolar va mozorlarga sig'inishni hamda darveshlik va zohidlikni inkor etishlari bilan sunniylardan ajralib turadilar.
Ja'fariy mazhabi
Ja'fariy mazhabi shia
yo'nalishidagi diniy-huquqiy tizimga kirib, 12 imomga e'tiqod qiluvchi imomiylarning asosiy oqimidir. Imomiylar 6-imom Ja'far as-Sodiq (vafoti 765 yil)ni shialik fiqh tizimining asoschisi deb biladilar. Aslida bu tizim bir qator mujtahid va ilohiyotchilar tomonidan IX-X asrlarda ijtihod
qilingan bo'lib, bunda imom Ja'farning deyarli roli bo'lmagan, undan fiqh va ilohiyotga oid hech qanday asar qolmagan. Shunga qaramay, shialik diniy-huquq majmuasi hozirgacha ham ja'fariya, deb nomlanadi.
Ja'fariya XVI asr boshlarida Eronda hukmron diniy-huquq tizimiga aylangan. Eron va Iroqdagi shialar o'rtasida bu mazhab hozirda ham kuchli ta'sirga ega.
Xorijiylar
"Xaraja"
- "fe'lidan chiqmoq" mazmunida bo'lib,
"xorijiylar ajralib chiqqanlar",
"isyonchilar" ma'nosida keladi. Islomdagi ilk diniy-siyosiy oqim hisoblanib, xalifa Ali ibn Abu Tolib va Muaviya tarafdorlari bilan xalifalikda hukmronlik uchun kurash ketayotgan bir davrda vujudga keldi. Siffin yaqinida 657 yili xalifa Ali Muaviya tarafdorlari (umaviylar) bilan muzokara olib borishga ko'nishi uni haqiqiy vorislik huquqiga ega deb hisoblagan tarafdorlarning o'rtasida norozilik tug'irgan. Qo'shinning bir qismi (12 ming kishi) xalifa Alini kelishuvchilikda ayblab, undan ajralib Kufadan Harura degan
qishloqqa ketadilar. Shuning uchun ba'zi ilk manbalarda
ular haruriylar, deb ham yuritiladi.
Yo'nalish ta'limoti:
xalifa diniy jamoa tomonidan saylanadi va unga bo'ysunadi,
har qanday taqvodor musulmon (hatto qul yoki habash bo'lsa ham) xalifa bo'lib saylanishi mumkin, agar xalifa jamoa manfaatlarini himoya qilmasa, vazifasidan bo'shatiladi va hatto qatl qilinadi.
E'tiqod amaliy faoliyat bilan mustahkamlanishi lozim. E'tiqodsiz va gunohkor kishilarni jazolashda murjiiylar tarafdorlari (jazo muddatini kechiktirish)ga qarshi turganlar.
E'tirof etilmagan mazhablar
Murjiiylar
Murjiiylar alohida bir yo'nalish bo'lib emas, balki mazhablar ichida tarkib topganlar. Ular asosida yana bir qancha kichik-kichik oqimlar, ya'ni firqalar vujudga keldi. Ular bu dunyodagi inson holatini muhokama
qilishni "orqaga surib" (irja’), ya'ni insonning xatti-harakatini, uning imonini yolg'iz Allohning
O'zigina biladi va faqat Uning
O'zi inson ustidan hukm qilishi xos deb hisoblaydilar. An-Naubaxtiy murjiiylarni 4 xil toifaga bo'ladi:
1) jahmiylar yoki xurosonliklar;
2) g'aylaniylar yoki suriyaliklar;
3) masiriylar yoki iroqliklar (Abu Hanifa ham);
4) shukkak (shubhalanuvchilar), bug'riylar, an'anaviy xashviylar. .
Bunday jug'rofiy bo'linish oqibatida (ya'ni Xuroson, Iroq, Suriya) oliy hukmronlik masalasida ham asta-sekin fikrlarning tafriqalanishi boshlanadi. Shunday qilib, VIII asrning 1-yarmida u yoki bu g'oya tarafdorlari
o'z yo'nalishlarini yanada aniqroq belgilab, xorijiylar, jabariylar, qadariylar qatoriga qo'shiladilar. Bu toifadagilar
iymon masalasida bir to'xtamga kelmaganlar. Al-Ash'ariy fikriga ko'ra, bu haqda 12 xil toifa bo'lganligi qayd qilinadi.
Mo'taziliylar
Kalomda birinchi yirik yo'nalish vakillari hisoblanib, Damashq va Bag'dod xalifaligi hayotida, VII-IX asrlarda muhim o'rin tutganlar. Al-Hasan al-Basriy (vafoti 728 yil) davrasidan shogirdlari Vosil
ibn Ato (vafoti 728 yil) va Amr
ibn Ubayd (vafoti 761 yil)larning ajralib, alohida bo'lib chiqishlaridan bu nom qolgan. Ularning boshqa: al-adliyyun, al-adliyia, ahl al-adl, ahd ad-adl vat-tavhid kabi nomlari
mo'taziliylarning manbalariga binoan besh asosning birinchi ikkitasi tufaylidir. Bu besh asos Abul Xuzayl al-Allaf (vafoti 841 yoki 849 yil) tomonidan
quyidagi so'nggi holiga keltiriladi:
1. Al-adl (adolat) — ilohiy adolat insonning irodasini
aniqlaydi va Allohning faqat yaxshilik (al-aslah) qilish qobiliyati va asrlar davomida tarkib toptan narsalar tartibining buzilishiga
yo'l qo'ymaslik sifati.
2. At-tavhid —
qat'iy Allohning yagonaligiga sig'inish,
politeizm va atropoforfizmni inkor etadi.
3. Al-va'd val-vaid — xorijiylar bilan ajratilgan xususiyatlari, ya'ni
Xudo mo'minlarga jannat, kofirlarga do'zax va'da qilgan bo'lsa, o'z va'dasida turishi lozim, ya'ni Payg'ambar (S.A.V.)
shafoatlari-yu, Allohning Rahmon, Rahim sifatlari ham yordam bermasligi kerak. Chunki inson
xatti-harakati uchun to'liq javob berishi lozim.
4. Al-manzila baynal-manzilatayn (Oraliq holat) — gunohi kabira qilgan musulmon mo'minlar qatoridan chiqariladi (murjiiylar fikriga qarshi), kofir bo'lib qolmaydi (xorijiylar fikriga ko'ra), balki oraliq
hayotda bo'ladi. Shu fikrda bo'lganliklari uchun birinchi
mo'taziliylar Xasan al-Basriy davrasidan chiqadilar, chunki ularni munofiq, deb hisoblaydilar.
5. Al-amr bil-ma'ruf van-nahiy
anil-munkar («Yaxshilikka da'vat, yomonlikdan qaytarish»)
- barcha usulda, hatto qilich bilan bu hukmning bajarilishi lozim.
Jabariylar
Arabcha «jabr»dan olingan bo'lib, bu fikr tarafdorlari VII asr oxiri VIII asr boshida
Islom ilohiyotida paydo bo'lgan ilk oqimlardan hisoblanadi. Jabariylar inson taqdirini
Xudo mutlaq oldindan belgilab qo'ygan,
hech qanday iroda va faoliyat erkinligi yo'l, bular faqat
Xudoda mavjud, inson esa ana shu
faoliyatni o'zlashtirib olish imkoniyatigagina ega, degan ta'limotni ilgari surgan. Iroda erkinligi tarafdorlari bo'lgan qadariylarga qarshi kurash olib borgan. Muhammad (S.A.V.)ning payg'ambarliklari, xalifalarni ilohiy va qonuniy deb asoslashda, jihoddagi o'limning taqdir bilan bog'lanishida bu ta'limot katta o'rin tutadi. Shuning uchun hokimiyatni boshqargan umaviylar jabariylarni qo'llab-quvvatlaganlar, ularga qarshilarni
ta'qib ostita olganlar.
Jahmiylar
Abu Muxriz Jahm
ibn Safvonning izdoshlari. O'rta asr ilohiyoti olimlari ularni murjiiylarga, ba'zan jabariylarga mansub qiladilar. Bu ta'limot Jahm
ibn Safvon olamdan o'tgandan so'ng uning nomi bilan ataluvchi tarixga kirdi. Jahm
ibn Safvon Abu Muxriz — mashhur ilohiyot olimi Xuroson murjiiy -
jaxmiylarining sardori Al-Xoris
ibn Surayjshshg kotibi, Xurosondagi Umaviy hokimi Nasr
ibn Sayyarga qarshi qo'zg'olonda qatnashib asir tushadi va qatl (745 yil) qilinadi. U
Al-Ja'd ibn Dirhamning shogirdi bo'lgan.
Qadariylar
Taqdir so'zining inson o'z xatti-harakati, taqdirining hukmdori deb talqin qilishlik. Bu ilk ilohiyot oqimlaridan biridir. Bu
yo'nalish taqdir va iroda erkinligi masalasida o'ziga xos ta'limotni ilgari suradi,
ya'ni jabariylar ta'limotiga qarshi ravishda, inson o'z
xatti-harakatining yaratuvchisi (xoliqi), deb tushuntiradi. Ular odillik
Xudoning asosiy sifatlaridan biri, degan fikrga borib, gunohni u oldindan belgilab qo'ygan bo'lishi mumkin emas,
Xudodan faqat adolatli ishni kutish mumkin, gunoh ishlar esa inson faoliyati bilan bog'liq, demak, inson iroda va faoliyat erkinligiga ega, shuning uchun u gunoh qiladi, degan xulosaga keladilar.
Mushabbihalar yoki ahli at-tashbih
Arabcha "o'xshatuvchilar, o'xshatish tarafdorlari" yoki antropomorfistlar. Turli xil aqidaviy ta'limotlarning hosila nomi bo'lib, bu
yo'nalish vakillari Allohni inson qiyofasi shaklida tasavvur qiladilar.
As-sifatiya
Sifat (arabcha — belgisi, xususiyati, tabiati) atamasi, Allohning xususiyatlarini ifoda etishning biri bo'lib,
mo'taziliylar tomonidan qo'llangan. Kalom ilmi rivojlanishining ilk bosqichida "Sifat" bilan bir qatorda "maani" (ma'nosi,
mazmuni, g'oyasi) atamasi ham qo'llanilgan. Ba'zi mutakallimlar (mo'taziliy Abu Shaxsim al-Jubboiya,
Ash'ariy al-Boqilloniy,
Al-Juvayniy va Faxriddin Roziy) "Sifat" o'rnida "ahvol" atamasini ishlatganlar. Allohdagi insonlar nazdida ijobiy hisoblangan sifatlarni tan olish "isbat", degan nom oldi va bu g'oya
tarafdorlari "sifatiya", deb ataldi.
ZAMONAVIY DINIY-SIYOSIY PARTIYA VA OQIMLAR
Salafiya
XX asr boshida Jamol ad-Din al-Afg'oniy va Muhammad Abdu asos solgan
ilohiy harakat Salafiya diniy, madaniy, ijtimoiy va siyosiy mohiyatlarga ega. U musulmonlar hayotini yangilashga qaratilgan bo'lib,
Islom dunyosi uzra ko'plab musulmon mutafakkirlari va harakatlariga shakllovchi ta'sir o'tkazgan.
"Salafiya" termini ko'pincha
isloh, (reforma) va tajaddud (yangilanish) bilan sinonim sifatida ishlatilib, Islom dunyoqarashining asosiy fundamental
konseptsiyalari tushunchalaridan birini tashkil etadi. Biroq Qur'on va
sunnatga urg'u berishi va o'tmishni
qo'msashi tufayli ayrimlar nazdida
reaktsiya va fundamentalizm sifatida quriladi.
Vahhobiylik
Vahhobiylik — diniy-siyosiy oqim bo'lib, XVIII asrda Markaziy Arabistonning Najd vohasida yuzaga kelgan.
Vahhobiylar bevosita din nomidan ish ko'rgan va uni "tozalash", go'yoki
Payg'ambar davridagi asl holatiga
qaytarish, barcha arablarni yashil bayroq ostida birlashtirish kabi g'oyalarni ilgari surgan. Ingliz mustamlakachiligi bu vaziyatdan o'z maqsadida foydalangan: g'oya tarafdorlarini qurollantirib, Usmonli turklarga qarshi jangga tashlagan. Shuning uchun ham ular Usmonlilar mansub bo'lmish hanafiy mazhabini kofir mazhabi, deb e'lon
qilishgan. Qandaydir doiralar manfaati
yo'lida Islomdagi o'z birodarlarini kofirga chiqarishgacha borib yetishgan.
Ahmadiya harakati
Ahmadiya harakati IX asrning oxirida Panjob (Pokiston)da xristian-protestant diniy oqimining
Islomga qarshi faoliyatining faollashuvi hamda ahli hadis maktabi bilan hanafiya vakillarining Qur'on va
sunnatning asosiy masalalari haqidagi munoqashalari natijasida vujudga keldi. Ahmadiya harakatining paydo bo'lishi barcha
Islomga oid oqimlarning shggilishlarini birlashtirish va ularning asosiy platformasini tashkil qilish bilan bog'liqdir. Shuningdek, boshqa din vakillarining tinch-totuv yashashlari ham bu harakatning paydo bo'lishiga turtki bo'ldi. Ahmadiya harakatining fikricha, jamoaning asoschisi xudo tomonidan insoniyatga yuborilgan so'nggi ilohiyotlarni ochuvchi oxirgi payg'ambar bo'lib, unda musulmonlarning maxdiysi, xristianlarning ta'limoti va induslarning Krishnasi mujassamlashgan bo'ladi.
"HIZBUT-TAHRIR AL-ISLOMIY" diniy tashkiloti
"Hizbut-tahrir al-islomiy" norasmiy siyosiylashgan diniy partiya 1953 yilda Isroilda paydo bo'ldi. Partiya piramida shaklida, tarkibiy
tuzilma ko'rinishida tashkil toptan.
"Hizbut-tahrir al-islomiy" diniy
tashkilotining kurash bosqichlari:
1.
Tasqif - tushuntirish ishlari. Ongi to'liq shakllanmagan yoshlarni o'z tuzog'iga ilintirish. Fikri zaif, ta'sirga beriluvchan huquq-tartibot organlari, hokimiyatlardagi mas'ul shaxslarni o'z tarafiga
og'dirish;
2.Tafoul - birgalikda harakat qilish, fikriy kurash orqali "Ummatning oyoqqa turishi, fikriy ongliligi va kelajak masalalarini idrok qilishga erishishi"
yo'lida fikriy inqilobga yetishish;
3. Inqilob
- to'ntarish, hukumatni yaratilgan ummat orqali qo'lga kiritish.
"TABLIG'CHI"lar jamoasi
"Tablig" — arabcha yetkazish ma'nosida, tom ma'noda Allohning kalomini odamlarga yetkazishni anglatadi. Bu oqimga XX asrning 20-yillarida Hindistonda Muhammad Ilyos tomonidan asos solingan. Oqimning maqsadi kishilarni
ommaviy Islomga chorlash, musulmonlarga
Islom arkonlariga to'liq amal qilishlari lozim ekanligini yetkazish va ularning Alloh oldidagi mas'uliyatini oshirish. Har o'n "tablig"chi uchun bir amir saylanadi, amirga
bo'ysunishlik vojib hisoblanadi.
Akromiylar
Taxminan 1997-1999 yilda Fargona vodiysida vujudga kelgan ushbu diniy-siyosiy harakat vakillari yolgiz Allohga e'tiqod qilib, Payg'ambarga imon keltirmaydilar.
"Akromiylar" bugungi mavjud barcha tuzumlarni tan olmaydi, davlatga,
qonun-qoidalarga ham, ota-onaga ham emas, faqat oqim sardorlariga
bo'ysunish lozim, deb hisoblaydilar. Uning asoschisi 1960 yilda Andijon shahrida tug'ilgan Yo'ldoshev Akrom Sotvoldiyevich hanbaliy mazhabi
vahhobiylik oqimi ta'limotiga tayanib, 1992 yilda 12 darsdan iborat "Imonga
yo'l", deb nomlangan dasturni ishlab chiqqan. Ushbu dasturda oqimning pirovard
maqsadi Islom davlatini barpo etishdan iborat ekani
ta'kidlangan. O'z harakatlariga nomzodlarni tanlab olish va ularni tayyorlashni besh bosqichdagi maqsadli dastur orqali amalga oshiradilar.
"NUR"chilar jamoasi
Asoschisi turkiyalik Sayd Nursiy bo'lib, asl maqsadi mavjud hokimiyat uchun qarshi chiquvchi o'ta diniy — mutaassib kishilarni tarbiyalash.
"Nur" jamoasi Allohing kitobi va Rasulullohning (S.A.V.) sunnatlarini hidoyatga boshlovchi dasturulamal qilib olgan. Bu harakat o'ziga ergashgan kishilar qalbida islomiy aqidani uyg'otib, bu bilan
Islomga e'tiqod qilish qonun tarafidan jazolanadigan tartibga qarshi kurashishni da'vat etadi. Harakatning asoschisi Badiuzzamon taqvodor, shubhali narsalardan saqlanuvchi shaxs bo'lib, "Seni shubhalantiruvchi narsalarni tark et, shubhasiz narsaga qo'l ur!" degan aqidaga amal qilgan. Mazkur harakat faoliyatining asosiy
yo'nalishlaridan yana biri ma'rifat tarqtuvchi —
maktab, litsey va kollejlar tizimini faqat Turkiyada emas, xorijiy davlatlarda ham rivojlantirishdir.
"Tavba"
Ekstremistik ruhdagi harakat bo'lib, uning maqsadi "vahhobiychilik"ni
qo'llab-quvvatlash, aholi orasida mavjud
konstitutsion tuzumga qarshi targ'ibot-tashviqot ishlarini olib borish, jangarilarni o'qitish, ularni moddiy rag'batlantirib turish, respublikada
Islom davlatini tiklash shiori ostida hokimiyatni hatto terror
yo'li bilan egallashdan iborat. Harakatni xorijdagi katta terroristik
guruhlar mablag' bilan ta'minlashi tabiiy, ammo bundan tashqari ular turli talon-taroj va terror yo'li bilan topilgan mablag'lar bilan ham o'zlarining moddiy ehtiyojlarini qondiradilar.
Islom uyg'onish partiyasi
1989-1991 yillari Tojikistondagi tartibsizliklar aynan shu partiya tomonidan vujudga keltirildi. Bu partiyani tuzish diniy mutaassib jamoalar tomonidan
qo'llab-quvvatlandi. Ularning asosiy shiori esa — dunyoviy hokimiyat barcha ishlarini dindorlar bilan muvofiqlashtirishi va qilgan ishlariga hisobot berishi, qilajak ishlaridan xabardor etib, ruxsat olishi kerak. Ya'ni,
Islom davlati barpo etish bosh
maqsad
hisoblanadi.
"Islom
Lashkarlari", ''Adolat"
1990-1992 yillari Namangan shahridagi "Otavalixon" jome masjidida 100-200 kishidan iborat 60 dan ziyod guruhlar tashkil etilgan edi. O'sha payt "Adolat" harakati faollari drujinalar tuzib, kechki payt o'z
mahallasidan tashqarida yurgan erkak-ayollarni to'xtatdi, ichkilikka qarshi kurash uchun aybdorlarni masjid oldida ustunlarga bog'lab qo'yishdi. 1992 yil 17 martdan aprel oyi oxirlarigacha ularning faoliyati
tugatildi.
|