|
11 aprel
- O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan "Ramazon hayiti" dam olish kuni deb e'lon
qilindi.
14 iyun - O'zbekiston Respublikasining "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida"gi qonuni qabul
qilindi.
20 iyun
- O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan
"Qurbon hayiti" dam olish kuni deb e'lon qilindi.
Iyul
- Buyuk yurtdoshimiz, muhaddislar sultoni Abu Abdulloh Muhammad
ibn Ismoil al-Buxoriyning
Islomda Qur'ondan keyingi ikkinchi kitob hisoblangan
"Al-Jomi' as-sahih" (Ishonarli to'plam) asarlarining birinchi jildi ilk bor Zokirjon
Ismoil tomonidan o'zbek tiliga o'giriddi va Krmuslar Bosh tahririyati tomonidan 200 ming nusxada chop etildi.
Sentabr - O'zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi "Ko'kaldosh" (Toshkent shahri), "Mulla qirg'iz" (Namangan shahri) va "Faxriddin ar-Roziy" (Urganch shahri) Islom o'rta maxsus bilim yurtlari faoliyat ko'rsata boshladi.
Noyabr - O'zbekiston televideniyesida birinchi diniy-ma'rifiy ko'rsatuv - "Ma'rifatnoma" namoyish etila boshlandi.
18 dekabr - Vazirlar Mahkamasining "Diniy tashkilotlar ustavlarini ro'yxatga olish haqidagi arizalarni ko'rib chiqish qoidalarini, ro'yxatga olinganlik uchun yig'imlarni olish tartibini va ularning miqdorini tasdiqlash to'g'risida" 313-son qarori qabul qilindi.
350 O'zbekiston fuqarosi haj ibodatini ado etishga muvaffaq bo'ldi.
4 yanvar
- Mustaqil O'zbekiston tarixida birinchi bor Respublika Prezidenti
innauguratsiyasi (qasamyodi)da
Konstitutsiya va
Qur'oni karim bilan qasam ichish an'anasi joriy qilindi.
25-26 fevral - Toshkent shahrida O'rta Osiyo (O'zbekiston, Qirg'iziston, Tojikiston,
Turkmaniston) va
Qozog'iston musulmonlarining navbatdan
tashqari beshinchi qurultoyi bo'lib o'tdi.
Qurultoy qaroriga binoan O'rta Osiyo va
Qozog'iston musulmonlari idorasi "Movarounnahr musulmonlari idorasi" deb atala
boshlandi.
7 mart - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi huzurida Din ishlari bo'yicha qo'mita tashkil qilish to'g'risida" PF-359 Farmoni qabul qilindi.
27 mart
- O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ro'za hayitini dam olish kuni deb e'lon qilish to'g'risida" Farmoni chiqdi. Ushbu Farmonga muvofiq keyingi yillarda ham
"Ro'za
hayiti"ning birinchi kuni dam olish kuni deb e'lon qilindi.
2 aprel - Vazirlar Mahkamasining "O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Din ishlari bo'yicha qo'mita tashkil etish to'g'risida"gi 159-son qarori qabul qilindi.
3 aprel - Toshkentdagi mashinasozlik loyiha byurosi
muhandislari (konstruktorlik byurosi rahbari, O'zbekiston Fanlar akademiyasining muxbir a'zosi Shavkat Vohidov) yordamida Movarounnahr musulmonlari boshqarmasining tashabbusi bilan Saudiya Arabistonining Makka shahridagi eng qutlug' dargoh - katta masjidda
"Ramazon
hayiti" namozi o'qilish marosimi O'zbekiston televideniyesi orqali namoyish etildi.
9-10 may
- Turkmaniston poytaxti Ashgabatda O'rta Osiyo respublikalari,
Qozog'iston, Eron, Turkiya va Pokiston davlat va hukumatlari rahbarlarining uchrashuvi bo'lib o'tdi.
11-17 may - Toshkentda "O'rta Osiyo va jahon sivilizasiyasi" mavzuida xalqaro
konferentsiya bo'lib o'tdi.
16-23 iyun - O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov Koreya, Malayziya va Indoneziya respublikalariga tashrif buyurdi.
24 iyun - Turkiston shaxrida Islom Karimov bilan Nursulton Nazarboyev Yassaviy maqbarasini ziyorat
qildilar.
27- iyun - O'zbekiston va Pokiston Islom Respublikasi o'rtasida davlatlararo munosabatlar va hamkorlik
printsiplari to'g'risidagi Shartnoma va boshqa hujjatlar imzolandi.
28 iyun
- Toshkentda Pokiston Islom Respublikasining elchixonasi ochildi.
11-14 aprel - Prezident Islom Karimov boshchiligidagi
O'zbekiston Respublikasi
delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Saudiya Arabistoni Podshohligida bo'ldi. Podshoh Fahd bin Abdulaziz al-Saudning
delegatsiya a'zolariga ko'rsatgan ehtiromi o'laroq, ular
Ka'batulloh - Allohning uyiga kirib ziyorat qilishga musharraf bo'ldilar.
29-30 aprel
- Toshkent shahrida Rus pravoslav cherkovi Toshkent va O'rta Osiyo Yeparxiyasining ikkinchi yeparxial qurultoyi bo'lib o'tdi.
Iyul - Buyuk yurtdoshimiz muhaddislar sultoni Abu Abdulloh Muhammad
ibn Ismoil al-Buxoriyning "Al-Jomi' as-sahih" (Ishonarli to'plam) asarlarining to'rtinchi jildi Abdulg'ani
Abdulloh tomonidan o'zbek tiliga o'girildi va qomuslar Bosh
tahririyatida 200 ming nusxada chop
etildi.
Avgust -
Qur'oni karim ma'nolarining birinchi o'zbek tilidagi tarjimasi
Alouddin Mansur tomonidan tayyorlandi hamda "Cho'lpon" nashriyotida 100 ming nusxada chop
etildi.
8 sentabr - Toshkentdagi nemis Yevangellyuteran cherkovi Adliya vazirligida rasmiy ro'yxatdan o'tkazildi.
Sentabr - O'zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi "Jo'ybori Kalon" (Buxoro shahri), "Xoja Buxoriy"
(Qashqadaryo viloyati), "Sayyid Muhiddin Maxdum" (Andijon viloyati) va "Muhammad ibn Ahmad
al-Beruniy" (Nukus shahri) Islom o'rta maxsus bilim yurtlari faoliyat ko'rsata boshladi.
17 oktabr
- Toshkentda O'zbekiston Respublikasi va Vatikan o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatilishi to'g'risida qo'shma axborot qabul qilindi.
28 oktabr - Vazirlar Mahkamasining "Bahouddin Naqshband tavalludining 675 yilligiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish haqida"gi 497-sonli qarori qabul qilindi.
Qarorga binoan, barcha tadbirlar uchun Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg'armasidan yigirma besh million so'm ajratildi.
24-25 noyabr - O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Eron Islom Jumhuriyatiga rasman tashrif buyurdi.
28 noyabr - Islomoboddagi iqtisodiy hamkorlik tashkiloti mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdan tashqari sessiyasida O'zbekiston Pokiston, Eron va Turkiya tomonidan ilgari asos solingan ushbu mintaqaviy tashkilotga rasman a'zo bo'lib kirdi.
16 dekabr - O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga
Qohiradagi (Misr Arab Respublikasi) "Al-Azhar" universitetining faxriy doktori unvoni berildi. Universitet
ilmiy kengashi ushbu unvonni I.Karimovga
"Islom dinining himoyasi hamda musulmon oliy o'quv yurtlari o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlash borasidagi xizmatlari
uchun"
berdi.
Yanvar - Toshkentda zamonaviy
Islom san'ati ko'rgazmasi o'tkazildi. Unda besh o'zbek rassomining asarlari namoyish etildi.
2 mart - O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Navro'z umumxalq bayramini nishonlash to'g'risida" qarori e'lon qilindi.
3 may - Vazirlar Mahkamasining "O'zbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi nemislarning diniy ehtiyojlarini to'liq
ta'minlash maqsadida nemis Yevangel-lyuteran cherkovi Kirxasini
"Vidergeburt" Nemis madaniyat markaziga maqsadga muvofiq tarzda ishlatish uchun berish" haqidagi 138-F sonli Farmoyishi qabul qilindi.
16 avgust - O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov mamlakatda mehmon bo'lib turgan Turkiya Respublikasining Diyonat ishlari vaziri Mehmet Nuri Yilmaz boshchiligidagi
delegatsiyani qabul qildi.
Avgust - Buyuk yurtdoshimiz, mashhur muhaddis Abu Iso at-Termiziyning "Sahihi Termiziy" ("Tanlangan hadislar") asarlari ilk bor Abdulg'ani Abdulloh tomonidan o'zbek tiliga o'girildi va 50 ming nusxada chop etildi.
16-18 sentabr - Buxoro viloyatidagi Bahouddin Naqshband
masjidi majmuasini ta'mirlash ishlari yakunlandi va alloma tavalludining 675 yillik tantanalari nishonlandi.
23-24 oktabr - O'zbekiston Respublikasi hukumati qarori va Buyuk Britaniya Oksford universiteti ishtirokida
"Imom al-Buxoriy hayoti va
davri" mavzuida xalqaro ilmiy anjuman
Samarqand shahrida bo'lib o'tdi.
30 oktabr - Toshkentda "Abadiy qadriyatlar va Ahmad
Yassaviy" mavzuidagi xalqaro ilmiy-ma'rifiy
konferentsiya ochildi.
22 noyabr - O'zbekiston musulmonlari idorasining 96-qarori bilan "Hadichai Kubro" (Toshkent shahri) nomli ayol-qizlar
Islom o'rta maxsus bilim yurti faoliyat ko'rsata boshladi.
Noyabr - O'zbekiston musulmonlari idorasining
"Nonni aziz tutish
haqida"gi Fatvosi qabul
qilindi.
1500 O'zbekiston fuqarosi haj ibodatini ado etishga
muvaffaq bo'ldi.
4 yanvar - Ma'naviyatni tiklashga ko'maklashish "Ruhoniyat" xalqaro
assosiatsiyasi Kengashi tomonidan O'zbekiston Prezidenti
Islom Karimovga "Xalqlar o'rtasida tinchlik va totuvlik
uchun" mukofoti berilganligi to'g'risida xabar e'lon qilindi. Respublikamiz rahbari Markaziy Osiyo
xalqlari o'rtasida yaxshi qo'shnichilik
aloqalarini o'rnatishdagi katta hissasi uchun ushbu mukofotga sazovor bo'ldi.
20 yanvar - O'zbekiston Fanlar akademiyasining Prezidenti Mahmud Salohiddinov matematika fanlarini
rivojlantirishdagi shaxsiy hissasi uchun Iordaniya Islom Fanlar akademiyasi a'zosi etib saylangani e'lon qilindi.
1-11 fevral - Texronda XII Xalqaro kinofestivali bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston filmlari ilk bor namoyish etildi. Festivalda o'zbek kinematografchilaridan
rejissiyor
M.Qayumovning "Ismoil Buxoriy", N.Mahmudovning "Bahouddin Naqshband" hujjatli filmlari va 1945 yilda
N.G'aniyev suratga olgan "Tohir va
Zuhra" badiiy filmi ko'rsatildi.
10 fevral-11 mart - Misr Arab Respublikasi (MAR)ning Teleradiokompaniyasi, MARning Toshkentdagi elchixonasi
Matbuot sho'basi tomonidan "Ramazon tuhfasi" sifatida taqsim
etilgan Misr kinoustalarining "Muhammadun Rasululloh" ko'p
seriyali badiiy filmining birinchi fasli o'zbek tiliga tarjima
qilinib, O'zbekiston televideniyesining Birinchi kanali orqali namoyish etildi.
29 mart - Vazirlar Mahkamasining "Muborak haj safariga boruvchilarga yordam ko'rsatish haqida"gi 172-sonli qarori qabul qilindi.
7-31 may - 3000 O'zbekiston fuqarosi haj ibodatini ado etishga muvaffaq bo'ldi.
Iyun - Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda Xalqaro Islom madaniyati festivali bo'lib o'tdi. Shu festival doirasida
Malayziyada O'zbekiston kunlari o'tkazildi. Istambulda Mirzo Ulug'bek tavalludining 660 yilligiga hamda Kandil rasadxonasining 125 yilligiga bag'ishlangan Turkiya va Islom dunyosida fan va
texnologiya rivoji bo'yicha xalqaro Simpozium bo'lib o'tdi.
10 iyun - O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov
muborak haj safari ishtirokchilari - Vazirlar Mahkamasi
huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mita raisi Abdulg'ani Abdullayev va Movarounnahr musulmonlari idorasi raisi, muftiyni qabul qildi. Suhbat ishtirokchilari bu yilgi haj safaridan
o'zbekistonlik barcha ziyoratchilar benihoya mamnun ekanini izhor
etdilar.
Sentabr - Buxoroda Bahouddin Naqshband xotirasi kunlari o'tkazildi.
27 oktabr - Pokistonda bo'lib o'tgan Islom mamlakatlari xalq amaliy san'ati ko'rgazmasida o'zbek misgar ustalari Shokir
Komilov va Baxishullo Jumayev,
yog'och o'ymakor ustasi Ortiq
Fayzullayevlar sovrinlar bilan
taqdirlangani to'g'risida xabar e'lon qilindi.
18 noyabr - Samarqand shahrida Xoja Ahror Valiy
tavalludining 590 yilligiga bag'ishlangan ilmiy-amaliy anjuman
o'tkazildi.
Dekabr - Buyuk yurtdoshimiz, muhaddislar sultoni Abu
Abdulloh Muhammad Ibn Ismoil al-Buxoriyning
"Al-Jomi' as-sahih" (Ishonarli to'plam) asarlarining uchinchi jildi Rahmatulloh qori
Qosim o'g'li tomonidan o'zbek tiliga o'giriddi va qomuslar Bosh tahririyati tomonidan 200 ming nusxada chop etildi.
31 yanvar-29 fevral
- Misr Arab Respublikasi (MAR)ning teleradiokompaniyasi, MARning Toshkentdagi elchixonasi Matbuot sho''basi tomonidan "Ramazon tuhfasi" sifatida taqdim etilgan Misr kinoustalarining "Muhammadun Rasululloh" ko'p seriyali badiiy filmining ikkinchi fasli o'zbek tiliga tarjima qilinib, O'zbekiston televideniyesining Birinchi kanali orqali namoyish etildi.
Fevral - O'zbekiston televideniyesining Toshkent studiyasi orqali "Juma o'gitlari" ko'rsatuvi namoyish etila boshlandi.
1 mart - O'zbekiston musulmonlari idorasining "Musibat yetgan xonadon
ahliga ta'ziya bildirish va ba'zi marosimlar odobi" haqidagi Fatvosi qabul qilindi.
15 mart - O'zbekiston Yevangellyuteran jamoalari Yeparxiyasi Adliya vazirligida rasmiy ro'yxatdan o'tkazildi.
22 mart - O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov mamlakatda mehmon bo'lib turgan Misr Arab Respublikasining Vaqf ishlari vaziri Muhammad Ali Mahjubni qabul qildi.
13 aprel - Vazirlar Mahkamasining "Muborak haj ziyoratiga boruvchilarga davlat tomonidan yordam ko'rsatish haqida"gi 132-sonli qarori qabul qilindi.
26 aprel - Vazirlar Mahkamasining "Jahon fani va madaniyati ravnaqiga, ayniqsa, Markaziy Osiyo xalqlarining ma'naviy taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shgan allomalar
Az-Zamaxshariy tavallud topganiga 920 yil va Najmiddin Kubro tavalludiga 850 yil to'lishi munosabati bilan" 128-F farmoyishi
chiqdi.
26 aprel - 23 may - 3000 O'zbekiston fuqarosi haj ibodatini ado etishga muvaffaq bo'ldi.
19 may - Vazirlar Mahkamasining "Toshkent shahrida Xalqaro Islom tadqiqot markazini tashkil etish to'g'risida"gi 175-sonli qarori qabul qilindi.
9 iyun - Vazirlar Mahkamasining "Bir samo ostida" nomi bilan musulmon-xristian muloqotini o'tkazish haqida"gi 190-F
sonli farmoyishi qabul qilindi.
21 iyul - Samarqandda Islom dunyosining buyuk ma'rifatchisi muhaddis Imom al-Buxoriy merosini o'rganish va keng targ'ib
qilish uchun maxsus jamg'arma tashkil etish bo'yicha ta'sis
konferentsiyasi bo'lib o'tdi.
16 avgust - Toshkent shahrida "Quvayt xalqaro xayriya jamg'armasi (Osiyo musulmonlari qo'mitasi)ning O'zbekiston bo'limi" hamda "Saudiya Arabistoni xalqaro xayriya tashkiloti (Ig'osa)ning O'zbekiston bo'limi" ta'sis
etildi.
10-12 oktabr - Rus pravoslav cherkovi Toshkent va O'rta Osiyo Yeparxiyasining tashabbusi bilan "Bir samo ostida" nomi bilan musulmon-xristian muloqoti Toshkent shahrida o'tkazildi.
16-22 oktabr - Respublikamizga
Quvayt Vaqf va Islom ishlari vaziri o'rinbosari, "Osiyo musulmonlari qo'mitasi" boshqaruvi raisi Odil Abdulloh al-Falah tashrif buyurdi. O'zbekiston Fanlar akademiyasidagi uchrashuv chog'ida Odil al-Falah "Imom al-Buxoriy avlodlari uchun xalqaro al-Babtin mukofoti" ta'sis etilganini e'lon
qildi.
Noyabr -
Az-Zamaxshariyning 920 yilligi va Najmiddin Kubroning 850 yilligiga bag'ishlangan tadbirlar
o'tkazildi.
6 noyabr - O'zbekiston musulmonlari idorasining "Qabrlar haqida"gi Fatvosi qabul qilindi.
4 dekabr - Toshkent shahrida Movarounnahr musulmonlari
ulamolar kengashining majlisi bo'lib o'tdi. Majlis qaroriga binoan Movarounnahr musulmonlari idorasi "O'zbekiston musulmonlari idorasi" deb atala boshlandi va uning yangi Nizomi tasdiqlandi.
20 yanvar-18 fevral
- Misr Arab Respublikasi (MAR)ning teleradiokompaniyasi, MARning Toshkentdagi elchixonasi Matbuot sho''basi tomonidan "Ramazon tuhfasi" sifatida taqsim etilgan Misr kinoustalarining "Muhammadun Rasululloh" ko'p seriyali badiiy filmining uchinchi fasli o'zbek tiliga tarjima qilinib, O'zbekiston televideniyesining Birinchi kanali orqali namoyish etildi.
19 fevral - Vazirlar Mahkamasining "Muborak haj safariga boruvchilarga davlat tomonidan yordam ko'rsatish haqida"gi 67-sonli qarori e'lon qilindi.
30 mart - Quvaytdagi Osiyo Musulmonlar
qo'mitasi tomonidan mintaqadagi musulmon xalqlar tillariga, ularning bir-biri bilan, shuningdek, rus va arab tillari bilan hamda mintaqada tarqalgan barcha turdagi san'atlar, ularning bir-biri bilan hamda tashqi dunyo bilan o'zaro ta'siriga bag'ishlangan tadqiqotlar uchun Imom al-Buxoriy mukofoti ta'sis etilgani to'g'risida O'zbekiston Fanlar akademiyasining axboroti e'lon qilindi.
14 aprel-13 may - 3675 O'zbekiston fuqarosi haj ibodatini ado etishga muvaffaq
bo'ldi.
21 may - Vazirlar Mahkamasining "Pravoslav cherkovining Toshkent va O'rta Osiyo Yeparxiyasiga beriladigan soliq imtiyozlari to'g'risida"gi 138-sonli qarori qabul qilindi.
22 may - Vazirlar Mahkamasining "Kalon masjidini ta'mirlash va O'MI tasarrufiga o'tkazish haqida"gi 207-sonli
Farmoyishi qabul qilindi. Farmoyishga muvofiq mazkur tadbir uchun O'MI tomonidan 20 mln. so'm, Madaniyat ishlari vazirligidan 40 mln. so'm, Buxoro viloyati hokimligi, korxonalari, muassasalari, tashkilotlari hamda xususiy shaxslar tomonidan 46 mln. so'm - jami 106 mln. so'm sarflandi.
May - O'zbekiston olimlari Saudiya Arabistoni podsholigi poytaxti - Ar-Riyodda "Arab olamining Markaziy Osiyodagi
musulmon respublikalar bilan munosabatlarining istiqbollari" mavzuida bo'lib o'tgan ilmiy-amaliy seminar ishida
qatnashdilar.
11 iyun - O'zbekiston musulmonlari idorasining "Shar'iy nikohdan o'tish odoblari" haqidagi Fatvosi qabul qilindi.
Avgust - Buyuk yurtdoshimiz, muhaddislar sultoni Abu Abdulloh Muhammad Ibn Ismoil al-Buxoriyning "Al-Jomi' as-sahih" (Ishonarli to'plam) asarlarining ikkinchi jildi Baxtiyor hoji Nabixon o'g'li tomonidan o'zbek tiliga o'girildi va qomuslar Bosh tahririyati tomonidan 200 ming nusxada chop etildi.
9-12 noyabr - Rus pravoslav cherkovi Toshkent va O'rta Osiyo Yeparxiyasining 125 yilligi tantanalari Toshkent va Samarqand shaharlarida o'tkazildi.
Noyabr - Toshkentdagi Yevangel-xristian cherkovining 100 yilligi nishonlandi.
Dekabr - Nemis Yevangel-lyuteranlar cherkovining O'zbekistondagi ilk cherkovi (Kirxasi)ning 100 yilligi Toshkent shahrida nishonlandi.
18 dekabr - Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mita va O'zbekiston musulmonlari idorasi muassisligida "Haj va Umra muassasasi" tashkil
etildi.
30 dekabr-28 yanvar - Misr Arab Respublikasi (MAR)ning teleradiokompaniyasi, MARning Toshkentdagi elchixonasi Matbuot sho''basi tomonidan "Ramazon tuhfasi" sifatida taqdim etilgan Misr kinoustalarining "Muhammadun Rasululloh" ko'p seriyali badiiy filmining to'rtinchi fasli o'zbek tiliga tarjima qilinib, O'zbekiston televideniyesining Birinchi kanali orqali namoyish etildi.
18 fevral
- Vazirlar Mahkamasining "Muborak haj safariga boruvchilarga yordam ko'rsatish haqida"gi 86-sonli qarori qabul qilindi.
3 aprel-3 may - 3670 O'zbekiston fuqarosi haj ibodatini ado etishga muvaffaq bo'ldi.
29 aprel - Vazirlar Mahkamasining "Imom al-Buxoriy tavalludining hijriy-qamariy taqvim bo'yicha 1225 yilligini nishonlash to'g'risida"gi 217-sonli qarori qabul qilindi.
May - "O'zbekiston" nashriyoti I.A.Karimovning "O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" asarini o'zbek va rus tillarida nashrdan chiqardi.
6 iyun - O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Saudiya Arabistoni qirolligi Favqulodda va muxtor elchisi Abu Bakr Abbos Rafia timsolida Saudiya Arabistonining birinchi elchisi ishonch yorlig'i bilan faoliyat boshlanganligidan mamnun ekanligini izhor qildi va minnatdorchilik bildirdi.
27 iyun - Toshkent shahrida O'zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashining majlisi bo'lib o'tdi. Majlis qaroriga binoan
Abdurashid
Baxromov
O'zbekiston musulmoilari idorasi raisi, muftiy etib saylandi.
Iyul - O'zbekiston televideniyesi Birinchi kanali orqali "Hidoyat sari" haftalik diniy-ma'rifiy ko'rsatuvi namoyish etila boshlandi.
30 avgust - O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining "Din yoki e'tiqodlar zamirida murosasizlik va kamsitishlarning barcha shakllarini bartaraf etish to'g'risidagi
deklaratsiyani ma'qullash haqida"gi 505-qarori qabul qilindi.
Oktabr - O'zbekiston musulmonlari idorasining "Pirga qo'l berishdagi ba'zi noto'g'ri aqidalar" haqidagi Fatvosi qabul qilindi.
7 oktabr - Toshkentda "O'rta Osiyo
Islom davri qo'lyozma asarlarini yaratish
traditsiyalari mavzuida 2 haftalik xalqaro seminar ish boshladi. Unda Tojikiston, Turkmaniston,
Frantsiya, Germaniya, Niderlandiyadan kelgan olimlar ham ishtirok etishdi.
5 oktabr - O'zbekiston Respublikasidan Umra ziyoratiga boruvchi fuqarolarning birinchi guruhi Saudiya Arabistoniga jo'nab ketdi. 1998 yil 25 yanvargacha bo'lgan muddat ichida 3670 kishi Umra ziyoratini ado etishga muvaffaq bo'ldi.
3-4 dekabr - "Jamiyatdagi millatlararo va dinlararo totuvlikni barqarorlashtirishda O'zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining ahamiyati" mavzuidagi ilmiy-amaliy anjuman Toshkent shahrida bo'lib o'tdi.
19 oktabr - Buxoroda Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligiga bag'ishlangan "Insoniyatning ilmiy va madaniy merosi uchinchi ming yillikka" mavzuida xalqaro simpozium o'tkazildi.
19 oktabr - Buxoroning 2500 yilligiga bag'ishlangan badiiy-sahnalashtirilgan katta bayram o'tkazildi. Poyi Kalon maydonida hozir bo'lganlar oldida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tabrik nutqi so'zladi.
20 oktabr - 19 oktabrda o'z ishini Buxoroda boshlagan "Insoniyatning ilmiy va madaniy merosi uchinchi ming yillikka" mavzuidagi xalqaro simpoziumning yakuniy majlisi bo'lib o'tdi. "Xiva va uning dunyo tarixidagi o'rni" mavzuida xalqaro
konferenåtsiya o'tkazildi. Shu kuni Xivaning 2500 yilligiga bag'ishlab Ark maydonida uyushtirilgan tantanada O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov to'planganlarni bayram bilan muborakbod
etdi.
Oktabr oyida "Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati
Assambleyasi" - xalqaro ijtimoiy harakatining Toshkentda o'zbek, qozoq, qirg'iz, tojik, rus tillarida "Markaziy Osiyo madaniyati" nomli gazetasi chiqa boshladi.
5 noyabr - Qashqadaryo viloyatining Kitob
tumanidagi Hazrati Bashir qishlog'ida bundan olti asr oldin yashab Naqshbandiy ta'limotini keng ko'lamda targ'ib qilishda tanilgan Hazrati Sulton Said Ahmad Bashirning me'moriy kompleksi
ochildi.
31 dekabr - Vazirlar Mahkamasining "Muborak haj ziyoratiga boruvchilarga yordam ko'rsatish haqida"gi 582-qarori qabul qilindi.
3 fevral
- O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Toshkent va O'rta Osiyo yeparxiyasi arxiyepiskopi Vladimirni qabul qildi. Arxiyepiskop Vladimir O'zbekiston Respublikasi
Prezidenti tinchlikni mustahkamlashdagi xizmatlari va 60 yillik yubileyi munosabati bilan Rus pravoslav cherkovining birinchi darajali "Muruvvatli iymoni but Moskvaning knyazi Daniil" ordeni bilan
taqdirlanganligini bildirdi va Prezident I.A.Karimovga bu ordenni topshirdi.
Mart - Tarix fanlari doktori Ashraf Ahmedov boshchiligidagi ilmiy
ekspeditsiya a'zolari uch hafta davomida Imom al-Buxoriyning 1225 yilligi va Ahmad al-Farg'oniyning 1200 yilligiga bag'ishlangan safarda bo'ldilar va Turkiya, Suriya, Iordaniya va Misrda buyuk allomalarimiz hayoti va faoliyatiga doir izlanishlar, traktatlar, kitoblar, ular haqidagi mikrofilmlar, foto-nusxalarni o'rgandilar, olimlar bilan muloqotda bo'ldilar va izlanishlar sohasida hamkorlik qilishga kelishib oldilar.
24 mart - 21 aprel - 3850 O'zbekiston fuqarosi haj ibodatini ado etishga muvaffaq bo'ldi.
26 mart - Vazirlar
Mahkamasining "Ijtimoiy-ma'naviy muhitni yanada sog'lomlashtirish, diniy aqidaparastlikning oldini olish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 130-sonli qarori qabul qilindi.
9 aprel - Toshkentdagi buyuk bobokalonimiz nomi bilan atalgan xiyobonda, Temuriylar tarixi davlat muzeyi oldida, Samarqandda Go'ri Amir mavzoleyi hovlisida Amir Temur ruhiga ta'zim va ehtirom bajo keltirildi.
21 aprel - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Diniy jamoalar, oqimlar va
guruhlar faoliyatining qonuniyligini o'rganish bo'yicha idoralararo
muvofiqlashtiruvchi komissiyani tashkil etish to'g'risida"gi PF-1989-sonli farmoyishi qabul qilindi.
24 aprel - Toshkent madaniyat institutida "Imom Ismoil al-Buxoriyning ob'yektiv dunyoqarashni rivojlantirishdagi o'rni va roli" mavzuida ilmiy
konferentsiya o'tkazildi.
1 may - O'zbekiston Respublikasining "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida"gi qonunning yangi tahriri Oliy Majlisning o'n birinchi sessiyasida qabul qilindi.
Iyun - Samarqanddagi tarixi ming yillik "Chokarzida" qabristonidan buyuk
fiqhshunos olim Shayx
Burxonuddin
Marg'inoniy va kalom ilmining piri Abu Mansur Moturidiy qabrlari topildi.
20 iyun - Vazirlar Mahkamasining "O'zbekiston Respublikasida diniy tashkilotlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibi to'g'risida"gi 263-sonli qarori qabul qilindi.
25 avgust - O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov tashabbusi va O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy
A.Baxromov buyrug'i bilan Haj va Umra safariga otlangan fuqarolarning, avvalo, yurtimizdagi tabarruk joylarni ziyorat qilishi an'anasi joriy qilindi. Umra safariga boruvchilarning birinchi guruhi bilan birga Toshkent shahridagi mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarining Samarqand viloyatiga xayriya safarlari "qanoat" muvofiqlashtirish markazi tomonidan uyushtirildi.
13 sentabr - O'zbekiston Respublikasidan Umra ziyoratiga boruvchi fuqarolarning birinchi guruhi Saudiya Arabistoniga jo'nab ketdi. 20 dekabrga qadar muddat ichida 2822 kishi Umra ziyoratini ado etishga muvaffaq bo'ldi.
23 sentabr - Muftiy Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon tavalludining 90 yilligiga bag'ishlangan ilmiy-amaliy anjuman Toshkentda bo'lib o'tdi.
23 oktabr - Imom al-Buxoriyning 1225 yilligi tantanalari va xalqaro anjuman Samarqand shahrida bo'lib o'tdi.
28 oktabr - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "To'y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va
marosimlar, marhumlar xotiralariga bag'ishlangan tadbirlar o'tkazilishini tartibga solish to'g'risida"gi PF-2100-sonli Farmoni qabul qilindi.
3 noyabr - O'zbekiston musulmonlari idorasining "To'y, marosimlar va ma'rakalarni me'yorida o'tkazish" haqidagi Fatvosi qabul qilindi.
16 noyabr - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Imom al-Buxoriy xalqaro jamg'armasini qo'llab-quvvatlash to'g'risida" PF-2110-sonli farmoyishi chiqdi va shu yili Imom al-Buxoriy nomli xalqaro jamg'arma tashkil
etildi.
8 sentabr - Vazirlar Mahkamasining "Muborak haj ziyoratiga boruvchilarga yordam ko'rsatish haqida"gi 9-sonli qarori qabul qilindi.
6-13 yanvar - Pokiston Islom Respublikasining Lahor
shahrida bo'lib o'tgan Ikkinchi xalqaro islomiy xattotlik san'ati
musobaqasida O'zbekiston Respublikasi
vakili xattot Habibullo Solih ishtirok etdi va ikkinchi o'rinni egalladi.
2 mart - Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mita hamda O'zbekiston musulmonlar idorasi tomonidan tashkil etilgan "Millatlararo hamjihatlik-barqarorlik omili" mavzuidagi ilmiy-amaliy anjuman Toshkent shahrida bo'lib o'tdi.
Mart - O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning "Alloh qalbimizda, yuragimizda" risolasi o'zbek va arab tillarida chop etildi.
12 mart - 3870 O'zbekiston fuqarosi haj ibodatini ado etishga muvaffaq bo'ldi.
7 aprel - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining
"Toshkent
Islom universitetini tashkil etish
to'g'risida" PF-2282-sonli Farmoni qabul qilindi.
May - Rishton tumanida
"Burxonuddin al-Marg'inoniy ar-Roshidoniy huquqiy merosining ilmiy-amaliy ahamiyati" mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo'lib o'tdi.
Mamlakatimizning turli viloyatlari, O'rta Osiyo mamlakatlari xalqaro Islom tadqiqot markazlari,
Frantsiya, Afg'onistondan tashrif buyurgan olimlar buyuk hamyurtimizning ramziy maqbarasini ziyorat qildilar. Ilmiy anjumanda 10 ga yaqin ma'ruzalar tinglandi. Anjumanda buyuk yurtdoshimizning 2000 yilda o'tadigan 900 yillik to'yini YUNESKO dasturiga kiritish bo'yicha takliflar bildirildi.
6 may - O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Toshkent
Islom universiteti faoliyatini tashkil etish
to'g'risida"gi 224-qarori qabul qilindi.
16-24 may - Islom Olami Ligasi Bosh kotibi doktor Abdullo bin Solih al-Ubayd boshchiligidagi
delegatsiya O'zbekistonga tashrif buyurdi.
21 may - AKD1 Davlat kotibining diniy masalalar bo'yicha maslahatchisi Robert Saypl O'zbekiston musulmonlari idorasida qabul qilindi.
27 may - O'zbekiston musulmonlari idorasi Oliy hay'atining 1999 yil 16 fevralda Toshkent shahrida bo'lib o'tgan terrorchilik harakatlariga nisbatan murojaatnomasi e'lon qilindi.
7 iyun - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Toshkent
Islom universiteti Maslahat kengashini tuzish to'g'risida"gi 1015-F-sonli farmoyishi qabul qilindi.
16 iyun - O'zbekiston musulmonlari idorasining "Din niqobi ostida dinbuzarlar haqida"gi Fatvosi qabul qilindi.
22-25 iyun - Misr Arab Respublikasining
Qohira shahrida Islom ishlari bo'yicha Oliy Kengash tomonidan o'tkazilgan "Islom olami taraqqiyotining zamonaviy loyihasi
yo'lida" mavzuidagi o'n birinchi
konferentsiyada O'zbekiston musulmonlari idorasining raisi muftiy
A.Baxromov ishtirok etdi.
22 iyul - O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Toshkent
Islom universiteti Maslahat kengashi Nizomini
tasdiqlash to'g'risida"gi 359-sonli qarori qabul qilindi.
19 avgust - Saudiya Arabistoni Podshohligi Islom va Vaqf ishlari vazirligining bosh kotibi Saad bin Muhammad as-Saad va haj ishlari vazirining Jidda shahri bo'limi mudiri Jalil bin Ahmad Abul-Xamoil O'zbekiston musulmonlari idorasida qabul qilindi.
3 sentabr - Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent
Islom universitetining ochilish marosimida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ishtirok etdi.
17 sentabr - O'zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashining Botken voqealari munosabati bilan murojaati e'lon qilindi.
2 oktabr - Birlashgan Arab Amirliklari Vaqf ishlari vaziri Shayx Muhammad bin Halifa al-Maktum boshchiligidagi
delegatsiya Toshkent Islom universitetiga 100 ming Aqsh dollari miqdoridagi chekni topshirdi. Shuningdek,
delegatsiya mazkur ilm maskaniga bunday xayriya yordami har yili ajratilishini ma'lum qildi.
24 oktabr - O'zbekiston Respublikasidan Umra ziyoratiga boruvchi fuqarolarning birinchi guruhi Saudiya Arabistoniga jo'nab ketdi. 2000 yil 2 yanvargacha bo'lgan muddat ichida 2136 kishi Umra ziyoratini ado etishga muvaffaq
bo'ldi.
2-5 noyabr - O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida O'zbekiston Imom al-Buxoriy xalqaro jamg'armasi, Shtudgart Xalqaro aloqalar instituti (Germaniya), Konrad Adenauer nomli fond, Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi tashabbusi bilan "Din va demokratiya" xalqaro dinlararo va siyosiy anjuman o'tkazildi. Anjuman
ishtirokchilari diniy-siyosiy terrorizm va ekstremizmga qarshi Toshkent rezolyusiyasini qabul qildilar hamda 2002 yilni "Xalqaro terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashda dinlararo birdamlik yili" deb e'lon qilishni so'rab Birlashgan Millatlar Tashkilotiga murojaat qildilar.
Noyabr - Parijda bo'lib o'tgan YUNESKO Bosh
konferentsiyasining 30-sessiyasida Zardo'shtiylikning muqaddas kitobi - Avestoning 2700 yilligini nishonlash haqidagi qaror qabul qilindi.
19-20 noyabr - Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent
Islom universitetida O'zbekiston Fanlar akademiyasi, "Ijtimoiy fikr" jamoatchilik fikrini o'rganish markazi, Fridrix Ebert nomidagi jamg'arma (Germaniya) tomonidan tashkil qilingan "Imom al-Moturidiy merosi va uning Markaziy Osiyo xalqlari
madaniyatida tutgan o'rni" mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo'lib o'tdi.
28 noyabr-4 dekabr - Vashington shahrida
AQSHning Oliy Islom kengashi va Amerika-yahudiy komiteti tomonidan tashkil etilgan "Hozirgi Markaziy Osiyoda
Islom" mavzuidagi xalqaro
konferentsiyada O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy
A.Baxromov, Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti rektori, akademik N.Ibrohimov ishtirok etdilar.
3 dekabr - Vazirlar Mahkamasining "Imom Abu Mansur al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligini nishonlash
to'g'risida"gi 517-sonli qarori qabul qilindi.
3-6 dekabr - O'zbekiston Respublikasi hukumati taklifiga binoan Misr Arab Respublikasi "Al-Azhar" majmui shayxi doktor Muhammad Sayyid Tantoviy O'zbekistonga tashrif buyurdi. Tashrif chog'ida doktor Muhammad Sayyid Tantoviyni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov qabul qildi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent
Islom universitetining ilmiy kengashi tarafidan Muhammad Tantoviyga
Toshkent
Islom universitetining faxriy doktori unvoni berildi.
7 dekabr - Vazirlar Mahkamasining "Muborak haj ziyoratiga boruvchilarga yordam ko'rsatish haqida"gi 523-sonli qarori qabul qilindi.
Yanvar - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan Ramazon oyining oxirgi 10 kunligi "Muruvvat va saxovat kunlari" deb e'lon qilindi.
10 yanvar - Vazirlar Mahkamasining
"Burxonuddin al-Marg'inoniy tavalludining hijriy sana bo'yicha 910 yilligini nishonlash to'g'risida"gi qarori qabul qilindi.
31 yanvar - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan Toshkent va O'rta Osiyo Arxiyepiskopi Vladimir (Ikim Vasiliy Zaxarovich) "Do'stlik" ordeni bilan mukofotlandi.
Yanvar - Abu Iso Muhammad at-Termiziyning "Sunani Termiziy" nomli hadislar to'plamining o'zbek tilidagi tarjimasi "Adolat" nashriyoti tomonidan chop etildi.
Yanvar - AQSH Oliy Islom kengashi raisi Mirahmadiy boshchiligidagi
delegatsiya O'zbekistonga tashrif buyurdi hamda O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Abdurashid
Baxromov bilan uchrashdi.
17 fevral - O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning tuhfasi - Saudiya Arabistoni
Podshohligining Qur'on nashr etish majmuasi tomonidan chop etilgan
Musnaf hamda Madinadagi muborak Masjidi nabaviy imomi, mashhur qori Ibrohim al-Ahsar
al-Kdyyim tilovati tushirilgan magnit tasmalari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent
Islom universitetiga taqdim etildi.
2-29 mart - 3841 O'zbekiston fuqarosi haj ibodatini ado etishga muvaffaq bo'ldi.
19 may - Rossiya
Federatsiyasining Prezidenti Vladimir Putin o'zining O'zbekistonga rasmiy tashrifi chog'ida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent
Islom universitetini ziyorat qildi hamda universitetning faxrli talabasi safiga qabul qilindi.
20 mart - O'zbekiston musulmonlari idorasining "Davra haqida"gi Fatvosi qabul qilindi.
29 mart - Vazirlar Mahkamasining "Avesto" yaratilganining 2700 yilligini nishonlash to'g'risida"gi 110-sonli qarori qabul qilindi.
27-28 may - Islomning Rossiyada tarqalishining 1400 yilligi nishonlanishi munosabati bilan Moskva shahri Meri YU.M. Lujkov rahnamoligida, Rossiya muftiylari kengashi tashkilotchiligida o'tkazilgan "Yangi ming
yillikda Rossiya musulmonlarining kelajagi" nomli xalqaro Islom forumida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mitaning mas'ul xodimi
S.G'ulomov ishtirok etdi.
6-9 iyun - Quvayt Xalqaro xayriya jamg'armasi raisi Odil Abdulloh al-Falah boshchiligidagi rasmiy
delegatsiya O'zbekistonga tashrif buyurdi.
11-14 iyun - Misr Arab Respublikasining
Qohira shahrida bo'lib o'tgan Islom olami Kengashining xalqaro
konferentsiyasida O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Abdurashid qori
Baxromov ishtirok etib, "Asrlar osha diniy ulamolarning ilm-fan rivojiga qo'shgan hissasi" mavzuida ma'ruza qildi.
15 iyun - O'zbekiston Respublikasi Baynalmilal madaniyat markazida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mita, Toshkent shaxri va viloyati hokimiyatlari tomonidan tashkil etilgan "Hamjihatlik va bag'rikenglik - taraqqiyot omili" mavzuidagi amaliy seminar bo'lib o'tdi.
19-20 iyun - Vena shahri (Avstriya)da bo'lib o'tgan "Markaziy Osiyo va
Islom" nomli xalqaro anjumanda O'zbekiston musulmonlari idorasi raisining o'rinbosari Abdurazzoq Yunusov "Mustaqil O'zbekiston: islomiy qadriyatlarning tiklanishi" mavzuidagi ma'ruza bilan qatnashdi.
4 iyul - O'zbekiston musulmonlari idorasining
"Qabrlarni ziyorat qilish odobi" haqidagi Fatvosi qabul qilindi.
20-21 iyul - Imom al-Buxoriy xalqaro jamg'armasi tomonidan Imom al-Buxoriy kunlari doirasida "Milliy mafkura va diniy qadriyatlar" mavzuidagi ilmiy-amaliy anjuman Samarqand va Toshkent shaharlarida o'tkazildi.
23 iyul - O'zbekiston musulmonlari idorasining "Juma va ehtiyoti peshin haqida"gi Fatvosi qabul qilindi.
25 iyul - O'zbekiston musulmonlari idorasining
"Qarindoshlik tufayli nikohi joiz bo'lmagan holatlar" haqidagi, "Taloqqa oid ayrim masalalar haqida"gi Fatvolari qabul qilindi.
4 avgust - Toshkent Islom universiteti qoshida ochilgan "Ziyo" studiyasining ilk "E'tiqod mustaqilligi yo'lida" ko'rsatuvi O'zbekiston televideniyesining Birinchi kanali orqali namoyish etildi.
18 avgust - Toshkent
shahrining Yangiobod mahalla guzarida (Hamza tumani) imom-xatiblar va
shoir-adiblarning "Adabiyot va din - tinchlik va barqarorlik xizmatida" mavzuida "Bir piyola choy ustida"gi davra suhbati bo'lib o'tdi.
25-30 avgust - Nyu-York shahrida bo'lib o'tgan diniy va ruhoniy liderlarning tinchlik masalalari bo'yicha ming yillik sammitida O'zbekiston din arboblari - O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy
A.Baxromov hamda Rus pravoslav cherkovi Toshkent va O'rta Osiyo yeparxiyasining protoiyereyi V.Kondratenko ishtirok etdilar.
14-16 sentabr - YUNESKO "Jahon dinlari: tinchlik madaniyati yo'lida" xalqaro
konferentsiyasi Toshkentda bo'lib o'tdi.
29 noyabr - Vazirlar Mahkamasining "Muborak haj ziyoratiga boruvchilarga yordam ko'rsatish haqida"gi 463-sonli qarori qabul qilindi.
bo'lsa,
fikrmedia@list.ru,
fikrmedia@yahoo.com
larga murojaat qiling!
|