Shiorimiz:   Fikr - yaxshilik va yomonliklarni ko'rsatadigan oynadir                                 

Yangiliklar 
Qur'oni karim
Hadisi sharif
Fiqh 
Islom tarixi
Tahlil
Iqtisod va huquq 
Juma mav'izalari 
Jannat qushchalari 
Islom va ilm 
Davolaninglar
Odam va Havvo 
Mazhablar 
Dinda savolim bor... 
Kutubxona 
Sharq bozori
Imîm Buõîriy
Statistika 
G'arbda Islom
O'zbekiston va Islom
Yilnoma 
Taklif  va munosabat 
Islomiy saytlar
Tanishuv
Namoz vaqti 
Mehmonxona 
Valyuta kursi 
 

 

                    Bir olimning 7 sabab tufayli iymonga kelganligi

      Nyu-York fanlar akademiyasining sobiq prezidenti A.Kressi Morison aytadi: "Biz hali ham ilm-fan asrining tongida turibmiz. Ko'tarilgan har bir nur Yaratuvchining ijodlarini yoritib, atrofga namoyon qiladi. Biz esa ahmoqona kashfiyotlar bilan ovvoramiz. Menimcha, mening iymonga kelishimga 7 narsa sabab bo'lgan: birinchisi, biz mustahkam, o'ta ishonchli matematik qonun-qoidalar orqali koinot ijod etilganligini va u buyuk bir muxandislik qobiliyati asosida yuzaga kelganligini isbotlab bera olamiz. 
Faraz qilingki, siz hamyoningizga tartib bilan 1dan 10 gacha raqamlangan 10 dona tangani soldingiz va ularni yaxshilab aralashtirdingiz. Endi ularni tartib bilan, ya'ni 1,2,3... usulida chiqarib olishga urining. Birinchisi o'xshamagach, yana joyiga qo'ying va aralashtiring. Matematik usullardan biz bilamizki, sizning birinchi raqamingiz 10 lik orasidan 1 chiqishi mumkin. Bir va ikki tartib bilan ham chiqishi mumkin, endi bu - omad. Lekin 100 lik orasidan 1 ning chiqishichi, mayli, omad juda chopsa, 1,2, va 3 lar ham chiqishi mumkin, lekin 1000 ning orasidan 1ni chiqarishingiz mumkinmi?! Urinib ko'ravering, mayli, 1 dan 10 gacha borishi mumkin omad tufayli, lekin 1 dan 10 milliardga qarab tartib bilan chiqarishga kim kafolat beradi? 
      Tushunarliroq bo'lishi uchun bir fikr yuritaylik: yerda mavjud, ayni chog'da hayot uchun muhim bo'lgan ko'plab sharoitlar borki, ular hech qachon o'zaro uyg'un munosabat mexanizmi asosida tasodifan paydo bo'lib qolishi mumkin emas. Yer kurrasi ekvator bo'ylab o'z o'qi atrofida 1 soatda 1000 mil aylanadi. Agar shu aylanish 100 milga tushsa, bizning kun va tunlarimiz hozirgidan 10 baravariga uzayib ketib, har bir uzun kunda quyosh bizning hatto dala hovlimizdagi bor narsalarni kuydirib, yo'q qilib yuboradi, har bir uzun tunda esa tirik qolgan yoki endi o'sib chiqqan kurtakchalar shubhasiz muzlab qoladi. 
      HAYOT manbai bo'lgan quyosh yuza qismining harorati 10 000 daraja ko'rsatkich bo'lib, bizning bu "abadiy dunyo"miz undan yetarli daraja uzoqlashtirilganki, issiqlik ham, sovuqlik ham o'z me'yorida. Agar quyoshning hozirgi nuridan 1% i kamaytirilsa, biz muzlab qolamiz, agar undan ko'paytirilsa qovurilib ketishimiz turgan gap. Yer kurrasining qiya chiqqan joyi 23 darajaga qiyshayib turishi tufayli fasllar almashadi. Agar u shunday bo'lmasa, Yer okean bug'larini shimol va janubga tashib, ustimizda muzli tog'larni hosil qiladi. Agar oy hozir o'z faoliyati doirasidan 50 000 mil uzoqlashib ketsa, suvlarning ko'tarilishi va pasayishi izidan chiqib, deyarli bir kunda ikki marta barcha qit'alar suvga botib oladi. Hatto tog'lar yemirilib ketadi. Agar Yer sharining qobig'i atiga 10 qadamgagina qalinlashsa, hayotni usiz tasavvur qilib bo'lmaydigan omil - kisloroddan darak ham qolmaydi. Agar okean bir necha metrgagina chuqurlashib ketsa, nabotot olami usiz yashay olmaydigan karbonat kislotasi va kislorod okean tubiga mavh bo'ladi. 
Yuqoridagi rad etib bo'lmaydigan dalillar va sayyoramiz uzra jonli va jonsiz mavjudotlar o'rtasidagi "tuzilgan shartnoma" Kimdir tarafidan amalga oshirilganligi mantiqandir. 
      Ikkinchisi, o'z maqsadiga erishish yo'lidagi hayotning bunday yo'l topuvchanligi albatta yuksak bir Aqlning namoyishidir. 
      Hayot nima o'zi? Biron insonning aqli yetmaydi. Uning na og'irligi, na o'lchami bor. Lekin unda harakat mavjud: o'sayotgan ildiz qoyani yorib sirtga chiqishi mumkin. 
Hayot go'zal bir haykaltaroshmidiki, u barcha jonli narsalarga shakl bersa? U rassommidiki, har daraxt bargiga naqsh solsa, barcha gullarga rang bersa? Musiqachimidiki, har bir qushga maftun qilguvchi kuylarni o'rgatsa, yoki ajoyib kimyogarmidiki, meva-chevalarga ta'm, atirgulga hid berib, suvlarni o'zgartiradi, shakarga esa karbonat kislotasini qo'shadi? Tirik organizm hujayralaridagi hayotiy prosesslar uchun eng kerakli moddalar - protoplazmadagi deyarli ko'rinmaydigan tomchi-nuqtalar, ularning yaqqol harakati, quyoshdan keluvchi energiyaga nazar tashlamaysizmi?! Birgina tumansimon tomchi hujayra o'zida hayot kurtaklarini tashib yuradi va bu hayot ruhini atrofda mavjud har bir katta-yu kichik narsalarga ulashadi. Mana shu tomchining qudrati bizning nabotot, hayvonot olamimizdan va bizning o'zimizdan ham kuchliroq bo'lib, jamiki tirik mavjudot uchun hayot shundan boshlanadi. Tabiat hech qachon hayot yarata olmaydi. Bu chaqmoq toshli qoyalar va tuzsiz daryolar hech qachon talablarimizni qondira olmaydi". 

All Rights Reserved © Copyright 2005   by  www.fikr.uz   

Hosted by uCoz