|
Jigar xastaliklarini davolash
Me'da kasalliklarini davolash
Buyrak xastaliklarini davolash
Bo'g'im og'rishlarini davolash
Bel og'rig'i davolari
Yurak xastaliklarini davolash
Chechak kasalliklarini davolash
Nafas qisishini davolash
Burundan qon ketishini to'xtatish
Ich ketishini davolash
G'amginlikdan
qutilish davolari
Grippni davolash
Qandli diabetni davolash
Asabni davolash
Jigar xastaliklarini davolash
Qizil bodrezak mevasining sharbatini asal bilan aralashtirib ichsangiz, jigar xastaligiga davo bo'ladi.
Issiqlikdan bo'lgan jigar xastaliklariga qoqigul, bog' va cho'l saratqisi juda foydalidir.
Jigar kuchsizligini davolashda za'faron, anor doni va mayizni urug'i bilan chaynab yeyish qo'l keladi.
G'ozpanja o'tini suvda qaynatib, ovqatdan oldin kuniga 3-4 martadan ichsangiz, jigaringizga davo bo'ladi.
Har kuni 3,5 gr. zira iste'mol qilib yurilsa, jigarni mustahkamlaydi.
Jigarni tozalash uchun har kuni 5 grammdan kungaboqar ildizining suvidan ichib yurish kerak.
Tol bargi va novdalarini yoyib ustida yotilsa, jigar issig'ini daf qiladi.
Shirin anor
suvi muntazam iste'mol qilib yurilsa, jigar tozalanadi va quvvati ortadi.
Muntazam shakar iste'mol qilish bilan jigarni kuchlantirish mumkin.
Qoncho'p o'tining gulini yoki ildizini suvda qaynatib ozginadan ichib yursangiz, jigaringiz musaffo bo'ladi.
Baliq olovda kabob qilib yeyilsa, zaiflashgan jigarga juda foydali.
Kuniga uch donadan achchiq
bodom asalga qo'shib yeb yurilsa, jigar xastaliklariga davodir.
Har kuni 7 gr. dasht sabzisi
giyohi quritib yanchilgach, choy va asalga aralashtirib ichilsa, sovuq jigarga issiqlik baxsh etadi.
O'n besh gramm qovun
urug'i yanchib yeyilsa, jigardagi tiqinlarni ochadi.
Qurutni suvda ezib ichilsa (qurtob) jigar haroratini pasaytiradi.
Limon suvini shakarli choyga aralashtirib ichilsa, jigarga quvvat bag'ishlaydi.
Kuniga 80-100 gramm shavel yeb yurilsa, jigarni mustahkamlaydi.
Yigirma gramm semizo't urug'ini yanchib elakdan o'tqazib, shakarli suv bilan ichilsa, jigar haroratini pasaytiradi.
Shirin olma sharbati va anjir jigarni quvvatli qiladi.
Xom xondon pista mag'zi jigar sovuqligiga davo.
Bodring va olvali jigar tiqinlarini ochadi.
Oshqovoq suvda qaynatib yeyilsa, jigar haroratini pasaytiradi.
1,5-2 gr. qalampirmunchoqni yanchib, yangi sog'ilgan sigir suti bilan
nahorda ichilsa, jigarga quvvat beradi.
Me'da kasalliklarini davolash
Quruq yalpiz, qalampirmunchoqni qaynatib ichish bilan me'dadagi sovuq xiltni yo'qotish mumkin.
Me'da va jigar oralig'ida qattiqlik va ozg'inlik bo'lsa, arpa suvi foydali, uning miqdorini kun sayin ko'paytirib 300 grammgacha yetkazish mumkin.
Yetti-sakkiz gr. achchiq shuvoq (erman) suvda qaynatib ichilsa, me'daga quvvat bag'ishlaydi.
Kuniga 7 gr. sariq bedani suvda qaynatib ichilsa, ko'pgina me'da xastaliklariga davodir.
Quritilgan o'rikni suvda qaynatib, bir kundan so'ng ichilsa, me'da haroratining ortishiga davo
bo'ladi.
Har kuni 3-4 gr. sarimsoq iste'mol qilib yurilsa, me'dani tozalab, kuchga kirgizadi.
Ituzum poyasini yanchib tashidan me'daga qo'yib bog'lansa, me'da shishini qaytaradi.
Har kuni 15-18 gr. rayhonni yanchib yoki qiymalab yesangiz, me'da zaifligidan
qutilasiz.
Limon, shakar (oqqand) choyga solib ichilsa, qizigan me'daga quvvat bag'ishlaydi.
Me'dangizni quvvatli qilmoqchi bo'lsangiz, shirin bodomni hidi chiqquncha qizdirib, mag'zini yeng.
Muntazam behi yeb yurilsa, me'da qizishi va boshqa xastaliklariga davodir.
Bug'doy kepagidan non yopib yeyilsa, me'da namliligini bartaraf qiladi, bug'doy noni esa - me'daga quvvat.
Kuniga 3-4 gr. dasht yalpizi (hulva)ni yanchib, suv yoki choy bilan ichilsa, me'dadan turli chiqindilarni haydaydi.
Har kuni 5-7 gr.
zanjabil yanchilib yeyilsa, me'dadagi namlik va g'aliz bodlarni yo'qotadi.
Kuniga 7 gr. oshko'k (kashnich) urug'ini yanchib, sovuq suv bilan iste'mol qilinsa, haroratli me'da me'yoriga tushadi.
Xondon pistaning xom mag'zi, sabzi, shirin olma sharbati me'daga quvvat
beradi.
Buyrak xastaliklarini davolash
Oshqovoqdan olingan sharbat buyrak xastaliklariga davodir.
No'xat suvi, turp yaprog'ining suvi, turpning ingichka va so'limagani buyrakdagi tosh va chiqitlarni haydab tushirishda eng yaxshi vositadir.
Chumchuq go'shti va chayonning kuli buyrak va qovuqdagi toshni tushiradi.
Maymunjon va beda ildizlari, gulxayri urug'i, olcha mevasi, do'lana yelimi buyrakdagi toshni maydalab chiqaradi.
Xirsquloq yaprog'ining 10 gr.ni suvda 15 daqiqa qaynatib, tindirib ichsangiz, buyrak kasalliklariga shifo bo'ladi.
Xina ildizi, tog' petrushkasi, yalpiz, erman, dasht bodringining urug'i va ildizi, shirin ajriq ildizi ham buyrak va qovuqdagi toshlarni maydalab haydaydi.
Har kuni 3 gr. qalampirmunchoqni choy yoki dog' suv bilan ichilsa, buyrakdagi sovuqlikni ketkizadi.
Sariq choy (dalachoy) o'tini suvda qaynatib, tindirib ichsangiz, buyrak xastaliklaridan xalos bo'lasiz.
Sarimsoq sirka bilan qo'shib yeyilsa, buyrakdagi shishni daf
qiladi.
Yong'oq mag'zi bilan asaldan murabbo tayyorlab yeb yurilsa, buyrakni semirtiradi.
Oq tut buyrak yog'ini mustahkamlashda eng yaxshi davodir.
Har kuni 2-3 gr. dan zig'ir urug'ini yanchib yeb yursangiz, buyrak yarasi va jarohatlaridan forig' bo'lasiz.
Uzumning yangi sharbati buyrakdagi toshlarni yo'qotishda foyda beradi.
Sigir suti, gurunch va yong'oq mag'zidan pishirilgan shirgurunch buyrak va badanni semirtiradi.
Urug'i olingan mayiz, baliq kabob, mosh buyrak xastaliklariga davodir.
Achchiq bodom mevasi va ildizi, shirin bodomning shakar solib tayyorlangan murabbosi, shirin pishgan qovun buyrakni turli xastaliklardan xalos qiladi.
Pishgan uzumni po'sti va urug'idan tozalab yeb yurish buyrak g'ini ko'paytiradi.
Zig'ir urug'ining qaynatmasini kuniga 5-6 martadan ikki hafta mobaynida ichish buyrak toshlariga davodir.
Kuniga 7-8 gr. yalpizni ezib, shakar va asal aralashtirib ichilsa, zaiflashgan buyrakka davo bo'ladi.
Bo'g'im og'riqlarini davolash
Gulxayri barglarini yanchib, shishgan va og'riq bo'g'imlarga bog'lansa, shifo bo'ladi.
Bug'doy uni kepagini zaytun
yog'i va sirka bilan aralashtirib bo'g'imlarga bog'lansa, ularning lo'qillab og'rishini daf qiladi.
Qulon va bedana go'shti bo'g'im xastaliklariga davodir.
O'rdak
yog'ini surtish bilan bo'g'imdagi og'riqlarni davolasa bo'ladi.
Kuniga 7-8 gr. achchiq shuvoq (erman)ni qaynatib ichilsa, bo'g'im og'riqlariga shifodir.
Sariq bedani suvda qaynatib ichilsa, bo'g'imlar shishini qaytaradi.
Dasht sabzisi urug'idan 4 gr. ni yanchib, muntazam yeb yurilsa zaiflashgan bo'g'imlarga davo.
Javdar ildizini quritib, unga bir necha dona qora murchni yanchib qo'shgach, shishgan bo'g'imlarga bog'lansa, shishni qaytaradi.
Bel og'rig'i davolari
Shotut bargini suvda qaynatib ichsangiz, bel og'rig'idan
qutilasiz.
Kuniga 7-8 gr. yalpiz bargini yanchib suv bilan ichilsa, bel og'rig'iga davo bo'ladi.
4 gr. daraxt po'kagini yanchib va elakdan o'tkazib, asal bilan qorishtirib ichilsa, bel og'rig'ini daf qiladi.
Yurak xastaliklarini davolash
Govchashm (sigirko'z) shirasi, govzabon shirasi, gulob yurakka quvvat bag'ishlaydi.
Ovqatlanishda kraxmal, sut mahsulotlari, qand-shakardan tiyilish ham bu kasallikda foyda beradi.
Anbar (kashalot balig'idan olinadigan xushbo'y modda) keksalarning yuragiga quvvat beradi.
Binafsha
yog'i, shirin olma sharbati, shirin anor sharbati yurakni quvvatlantiradi.
Kapalakgulning gullaridan choy damlab ichish ham yurak xastaligiga davo.
Sakkiz gr. pillani suvda qaynatib oq qand bilan qiyomga keltirib yeyilsa, yurakni quvvatli qiladi.
Tol bargi va novdalarini yoyib, ustiga yotilsa, yurak haroratini daf qiladi.
Sariq choy (dalachoy) ning quruq o'tini suvda qaynatib tindirgach, bir osh qoshiqda kuniga 2-4 marta ovqatdan keyin ichish ham foyda beradi.
Quritilgan kashnich, behi iste'mol qilish, oq atirgul hidlash bilan yurakni quvvatlantirish mumkin.
Besh gr. kungaboqar ildizining suvini ichilsa, sovuqlikdan zaiflashgan yurakka shifodir.
Kuniga bir kosa yangi sog'ilgan sigir sutini issig'ida ichilsa, yurakka kuch bag'ishlaydi.
Nok, xondon pista, anjir yurak zaifligi va xastaliklarini davolashda yaxshi shifodir.
Tuxum sarig'ini chala pishirib, muntazam yeb yurilsa ham, yurakka kuch bag'ishlaydi.
Dasht yalpizi, suv yalpizini yanchib suv bilan yutilsa, yurakning behuzur bo'lishiga shifodir.
Har kuni 2 gr. qalampirmunchoqni yanchib suv bilan yutilsa, yurak behuzurligini daf qiladi.
Olvali va barcha turdagi behi yurak behuzurligini davolashda yaxshi vositalardir.
Limon shakarli choy bilan ichilsa, yurak behuzurligini ketkizadi.
Sovuq mizojli odamlar 8 gr. va issiq mizojli odamlar 2 gr. sedana yeb yurishsa, yurak behuzurligidan forig' bo'lishadi.
Ichak xastaliklarini davolash
Kuniga 3 gr.dan zig'ir
urug'i yanchib yeyilsa, ichak og'riqlarini daf qiladi.
O'rdak go'shti ichak og'rig'i va achishishiga shifodir.
Har kuni 10-12 gr.dan qovun
urug'i yanchib yeyilsa, ichakni begona moddalardan tozalaydi.
Kuniga 7-8 gr. yalpiz urug'ini qaynatib, asal bilan ichgan odam ichakdagi begona moddalardan xalos
bo'ladi.
Yong'oq mag'zini asal bilan qo'shib murabbo qilib yeyilsa, ko'richak mustahkamlanadi.
Shirin bodom
mag'zi muntazam yeb yurilsa, ichakdagi yaralarni tuzatadi.
Har kuni 15 gr. gulxayri ildizi po'stini qaynatib, suvini ichilsa, ichakdagi shishlar yo'qoladi.
Shohtut, oshqovoq urug'i va yanchilgan zira ichaklardagi kasalliklarga shifodir.
Nafas qisishini davolash
10 gr. sariq bedani suvda qaynatib, suvi asal bilan iste'mol qilinsa, nafas tangligiga davodir.
Archa mevasidan 30 gr. yanchib va elakdan o'tkazib, 15 gr. mol
yog'i qo'shib eziladi va ko'pigi olingan asal bilan xamir qilib bir hafta yalab yurilsa, balg'amdan hosil bo'lgan nafas qisishiga davo bo'ladi.
2 gr. gorchisa urug'ini ezib, asal bilan iste'mol qilinsa, nafas tangligidan xalos bo'lasiz.
Har kuni 8-10 donadan chilonjiyda mevasi yeb yurilsa, nafas qisishi daf bo'ladi.
Kuniga 8-9 gr. rayhon suvini asal bilan qo'shib ichgan odam nafas tangligidan xalos bo'ladi.
Bug'doy kepagi qaynatilgan suvga shakar, asal, shirin bodom
yog'i qo'shib iste'mol qilinsa, nafas tangligiga davodir.
Murch va anjir ham nafas tangligiga shifo.
Burundan qon ketishini to'xtatish
90 gr. bargizub suvini iste'mol qilish bilan burundan oqayotgan qonni to'xtatish mumkin.
Mo'miyoni suvda ivitib burunga tomizilsa, qon to'xtaydi.
Qog'ozni kuydirib naycha orqali kulini burunga yuborilsa, qon ketishi to'xtaydi.
Surmani peshona va boshning yarmiga qo'yib bog'lansa, burun qonini to'xtatadi.
Tuxum po'chog'ini mayin maydalab burunga qo'yilsa, undan kelayotgan qonni to'xtatadi.
Ich ketishini davolash
Qorag'at mevasini suvda yarim soat qaynatib kuniga 3 mahal ichilsa, ich ketishini to'xtatadi.
Gurunchdan qilingan non va balut non ich ketishini davolaydi.
10-12 gr. kashnich (oshko'k urug'i)ni yanchib, sovuq suv bilan ichilsa, ich ketishini to'xtatadi.
Shirin anor suvidan 300 gr.ni 100 gr. shakar bilan aralashtirib yeyilsa, safrodan bo'lgan ich ketishiga shifo bo'ladi.
Qovurilgan ziraning yanchilgani, zirk urug'ining mayin tuyilgani ham ich ketishidan xalos qiladi.
Sariq choy o'tini suvda qaynatib yarim stakandan kuniga 3 mahal ichilsa, foyda beradi.
7 gr. sabir (aloe)ni issiq suv bilan ichilsa, ich ketishiga davo bo'ladi.
Shohtut mayizini asal bilan yeyilsa, ich ketishiga da'vo bo'ladi.
G'amginlikdan qutilish davolari
Har kuni 9-10 gr. tog' yalpizini suvda qaynatib ichilsa, g'amginlikdan xalos bo'lasiz.
Kuniga 9-10 gr. quruq choqula bargi yoki ildizini suvda qaynatib ichilsa, me'daga bog'liq g'amginlik yo'qoladi.
Oshqovoqni suvda pishirib yeyish esa safrodan paydo bo'ladigan g'amginlikni yo'qotadi.
Grippni davolash
Buning uchun yarim litr xom sutni asta-sekin isitib, tovuq tuxumi bilan aralashtirasiz va unga bir choy qoshig'ida asal va shuncha sariyog' solasiz. Hammasini yaxshilab aralashtirib, yotish oldidan ichasiz. Saharga borib grippdan asar ham qolmaydi.
Qandli diabetni davolash
Yog'li quruq nonni mayin ezib, toza shakar bilan aralashtirib, har kuni nahorga ikki kaftdan iste'mol qilish qandli diabetga foydali.
Bir kilo chigit yaxshilab tuyiladi, uch litr suvda bir kecha-kunduz ivitib qo'yiladi, keyin aralashtirib donadan o'tkaziladi. Olingan suvga novvotni yanchib qo'shiladi. Keyin uni toza qozonga solib, sekin biroz qaynatiladi. Har kuni saharda nahorga 150 gr. dan ichib, uch soat yuriladi. Dori tugagach, bir hafta dam olib yangitdan tayyorlanadi va ichiladi.
Muntazam xom karam yeb yurish ham qandli diabetda foydali.
Siren gulining bahordagi g'uddasini qaynatib, kuniga ovqatdan oldin bir osh qoshiqda uch martadan ichish ham qandli diabetga davodir.
Suv
yoqasidagi tol bargidan yuz donasini suvda qaynatib, sovugach ichiladi, bu muolaja 10 kun davom etadi.
Asabni davolash
Asalari mumidan varaq yasab qotgan asablarga qo'yib bog'lansa, ularni yumshatadi.
20-25 gr. shirinmiya ildizi po'stini shilib tashlab, bir kecha-kunduz suvda ivitib ichilsa, asab kasalliklariga davodir.
Murch, shakar, mosh yeb yurilsa, asab xastaliklarini davolaydi.
Har kuni 3-4 gr. daraxt po'kini elakdan o'tqazib, aloe bilan yeyilsa, asab kasalliklariga shifo bo'ladi.
5 gr. xina gulini yanchib choy yoki suv bilan ichilsa, asab xastaliklaridan forig' bo'lasiz. Uni yanchib, bosh va peshonaga bog'lash ham mumkin.
Chuvalchangni yanchib, uzilgan asablarga bog'lansa, ularni payvand qiladi (uch kun bog'liq holda turishi shart).
Kunjutni tuyib yo'g'onlashgan asablarga bog'lansa, asablarni davolaydi.
Kungaboqar guli suvidan 7-8 gr. ichilsa, asab illatlariga shifodir.
Faqih
(rahimahulloh) aytadilar: "Kishiga badaniga zarar
beradigan narsalardan saqlana
oladigan miqdorda tabobat ilmini
o'rganish mustahabdir.
Hukamolarning aytishicha, ilm
ikki xil bo'ladi: din ilmi,
badan ilmi. Kishiga din
ishlarini isloh qila oladigan
miqdorda ta'lim olish zarur
bo'lgani kabi, badanini salomat
saqlab oladigan darajada
tabobatni bilmog'i va zarar
beradigan narsalardan
chetlashmog'i lozim. Tabiblar
tabobatda parhezdan foydaliroq
narsa yo'q, degan so'zga ittifoq
qilishgan. Bir sahobiy bir
kishiga: Senga tabiblar
suyanadigan tabobatni, olimlar
suyanaditan ilmni, hakimlar
suyanadigan hikmatni o'rgataymi?
dedi. U: Ha, dedi. Tabiblar
suyanadigan tabobat -
dasturxonga qorning och bo'lgan
vaqtda o'tirish va ishtahang
bo'lsa ham (to'ymasdan) turish.
Ulamolar suyanadigan ilm shuki,
bilmaydigan narsa haqida
so'rashganda, Alloh
biluvchiroq, deyish. Hakimlar
suyanadigan hikmat - agar sen
bir qavmning yig'inida o'tirsang,
sukut qil, ular yaxshilik haqida
gapirsalar, ular bilan gaplash,
agar yomon narsa haqida
gapirsalar, turib ket, dedi
sahobiy".
Qadimda
uzoq umr ko'rgan bir kishiga
"Umring nima sababli uzun
bo'ldi?" deyilganda, "Taom
pishirsak, yaxshilab pishiramiz,
chaynasak, yaxshilab
chaynaymiz va qornimizni
to'ldirib yubormaymiz, uni bo'sh
ham qoldirmaymiz", dedi.
Kishi
kunduzgi taomdan so'ng
cho'zilishi, kechki taomdan
so'ng yurishi
foydaliroq, deyiladi. Masalda
aytiladiki, agar kunduzgi taomni
yeb bo'lib cho'zilsa, badaniga
yuqadi, kechki taomdan so'ng
yursa, singadi.
Zuhriy
rivoyat qiladipar: Ibn Abbos (roziyallohu
anhu):
Beshta narsa xotirani
susaytiradi: nordon olma yeyish,
suvga bavl qilish, sun'iy
yo'l bilan bo'yindan qon
oldirish, bitni tuproqqa
tashlash, sichqon tekkan suvni
ichish, dedilar.
Aytiladiki,
qabr toshlardagi lahvni o'qish,
kashnich yeyish, oldin-ketin boshangan ikki tuyaning
o'rtasida yurish va ikkita ayolning
orasida yurish ham xotirani
susaytiradi.
Zahhoq
Ibn Abbosdan rivoyat qiladilar:
Nabiy (sollallohu alayhi
vasallam): Misvokni ko'p
ishlatinglar, chunki unda o'nta xislat
bor: tishning pokligi, Rabbning
rizoligi, farishtalarga xursandchilik,
ko'zga jilo, tishga oqlik,
milkni mustahkamlash, tishdan
chirish va toshlarni ketkazish,
taomni hazm qilish, balg'amni
kesish, farishtalar uning oldida
hozir bo'lishi,
namozning savobi ikki barobar
bo'lishi, shaytonni xorlash,
dedilar". Aytiladiki, sariq
poyabzal kiygan kishi Alloh
taoloning: U zotning
aytishicha, u ochiq-mallarang
sigir bo'lib, ko'rganlarning
ko'ngli chog' bo'ladi (Baqara,
69), degani sababli
huzur-halovatda bo'ladi.
Nabiy
(sollallohu alayhi vasallam): Kim
aqiq ko'zli uzuk taqib yursa,
doimo barakot va xursandchidikda
bo'ladi, deganlar.
Aytishlaricha,
kim uyni latta bilan supursa,
xamirturush ishlatmasa,
o'rgimchak to'ridan uyini
tozalamasa, faqir bo'ladi. Kim
oxurni o'rgimchak to'ridan
tozalamasa, hayvonlari
semirmaydi, degan gap ham bor.
Yana aytiladi: "Yashil
rangga,
oqar suvga, chiroyli chehraga,
ota-onaning yuziga, namozda
sajda o'rniga, shirin limonga,
qizil kabutarga qarash ko'zni
ravshanlashtiradi".
qishda
olovga
qarashda beshta xislat bor:
sovuqni ketkazadi, yuzni
chiroyli qiladi, taomni hazm
etadi, adashish va qiyinchilikni
ketkazadi, qo'rqinchdan
chalg'itadi.
Ali
ibn Abu Tolib (roziyallohu anhu):
Kim uzun umr ko'rishni xohlasa,
erta nonushta qilsin, kechki
ovqatni kechiktirsin, ridoni
yengillatsin, ayollar bilan
jinsiy aloqani kamaytirsin",
deganlar. Ridoni yengillatish
nima? deyilganda, Qarzni kamaytirish,
dedilar. Ozuqalardan
badanga zarar beradigan
narsalardan chetlanish haqida
Faqih Abu Lays (Alloh rozi
bo'lsin) aytadilar: "Badan kuz va
qish kunlarida quvvatli bo'ladi,
taomni ko'taradi, chunki
oshqozon bu vaqtda qiziydi va
taomni hazm qiladi. Yoz va
bahorda oshqozon soviydi,
sovuqliga sababli taomni
ko'tarishga zaiflik qiladi".
Yoz
kunlari sovuq suvni ko'p
ichishning zarari kam, qish
kunlari zarari ko'p. Kishi qish
kunlarida suv ichishni
kamaytirishi lozim. Shuningdek,
kechasi ham ko'p suv ichmaslik
kerak, chunki bu vaqtda oshqozon
soviydi, unga zarari yetishi va
kasallanish xavfi bor, lekin
issiqlik g'olib kelsa yoki
isitmasi bo'lsa, ichaverishi
mumkin. Uxlamoqchi bo'lgan odam
qorni to'q bo'lsa, sunnatga
muvofiq birinchi o'ng tomoni
bilan yotishi lozim bo'ladi,
so'ng chap tomonga buriladi,
chunki bu hol taom hazm
bo'lishini osonlanshtiradi. Ammo
oshqozon to'la holda uxlash
qalbni qattiq qiladi. Nabiy (sollallohu
alayhi vasallam): Taomlaringni
namoz bilan parchalanglar, u
bilan uxlamanglar, aks holda
qalblaring qattiqlashadi,
deganlar. Kishi uzrsiz qorni
bilan yotishi durust emas. Nabiy
(sollallohu alayhi vasallam) bir
kishi qorni bilan yotganini
ko'rib, uni turtganlar va: Bunday
yotma, chunki bu yotishdan Alloh
g'azablanadi, deganlar. Agar
qorni to'q bo'lsa va qorni
og'rishdan qo'rqib, yostiqni
qornining ostiga qo'yib uxlasa,
zarari yo'q, chunki bu uzrlidir,
zarurat man etilgan ishlarni
muboh qiladi, so'ng ko'p yegani
uchun tavba qilishi lozim.
Taomdan oldin sovuq suv ichish
oshqozon olovini o'chiradi, uni
taomdan so'ng ichish oshqozonni
qizdiradi va badanni yog'laydi.
Agar kishi olma, o'rik, uzum va
shunga o'xshash ho'l mevalardan
yesa, uning orqasidan suv
ichishi durust emas, chunki bu
ish oshqozonni buzadi. Bir-ikki
soatdan so'ng ichishi durust.
Agar issiq gurunch yoki holva
yesa, ustidan hech qachon sovuq
suv ichmasin, chunki tishlarga
zarar qiladi, juda ichgisi kelsa,
avval bir-ikki luqma non
yesin, so'ng ichsin,
shunda zarari kamroq bo'ladi.
Issiq non bilan tut yeyish
qorinda qurt paydo qiladi. Ibn
Muqfa' aytadilar: Kim qirq kun
tinmay piyoz yesa, so'ng yuzida
dog' paydo bo'lsa, faqat o'zini
malomat qilsin. Agar kamaytirsa
va uning (piyozning) ortidan
sho'r yesa, so'ng unda qichima
paydo bo'lsa, faqat o'zini
malomat qilsin. Kim baliq bilan
tuxumni aralashtirib yesa, so'ng
falaj bo'lsa, faqat o'zini
malomat qilsin, kim shira bilan
sutni aralashgarsa, pes
kasalligi bilan balolansa, fakat
o'zini malomat qilsin.
Kishi
taom yeyayotganda taomning
hammasini yeb bo'lmaguncha, suv
ichmasin, shunda zarari kamroq.
Baliq ko'p yeyish ko'zga ziyon
qiladi, qorinda sut bilan
nordon narsa yoki ko'katni
jamlash durust emas. Taomdan
oldin ho'l meva yeyishning
zarari kam,
undan keyin
yeyishning zarari ko'proq. Sut
bilan ho'l mevani birga yeyish
durust emas, shuningdek, quduq
suvi bilan daryo suvini birga
ichish ham noma'qul. To'rtta
narsa o'tib ketgunicha
maqtalmaydi: taom hazm
bo'lgunicha, jangchi qaytib
kelgunicha, ekin yig'ib
olingunicha, ayol o'lgunicha.
Kun
isiganda (kunning o'rtasida)
go'shtni ko'p yeyish kasallikni qayta
qo'zgaydi. Nonning badanga eng
zararlisi issiq bo'lgani,
badanga zarari kamrog'i bir kun
turgani. Go'shtning badanga
zararlisi orqa yarmi, zarari
kamrog'i boshga yaqinrog'i.
To'yib ho'l xurmo yeyish
oshqozon kasalligani keltiradi.
Danakni non bilan yoki yolg'iz
o'zini yeyish hazmni
og'irlashtiradi. Patir non va
shunga o'xshashlarning hazmi ham
sekin. Tut mevasi va o'rikni
saharda yeyishning zarari yo'q.
Taomdan so'ng yeyilsa, og'riqni
paydo qiladi. Yaxshi pishmagan
o'rik oshqozonni zaiflashtiradi.
Quritilgan
xurmoni ko'p yeyish milkka foyda.
Mayiz va boshqa shirinliklar ham.
Anjirni ko'p yeyishning ziyoni
bor. Sho'r narsani ko'paytirish
ko'zga zarar qiladi. Agar bir
kishi safar qilsa va bir
shaharga kirsa, avval achchiq
narsa bilan piyoz yesin, shunda
shaharning suvi unga zarar
bermaydi. Piyozni ko'p yeyish
balg'amni paydo qiladi va ko'zga
qorong'ilik keltiradi.
Aytiladiki, achchiq va nordonni
ko'paytirish tez qaritadi. Kishi
yog' yeyishni tark qilishi lozim
emas, chunki u aqlni to'ldiradi,
shirinlik halimlikni ziyoda
qiladi, ammo buni ko'paytirish
tishga zarar beradi. Mosh qalbni
yumshatadi, qonni tozalaydi,
ammo ko'p yeyish tishga ziyon
qiladi. Qovoq dimog'ni
(nafas olishni)
yaxshilaydi.
Ali
ibn Abu Tolib (roziyallohu anhu)
aytadilar: Kim ovqatlanishni
tuz bilan boshlab, tuz bilan
tugatsa, Alloh undan yetmish
baloni ketkazadi. Va yana
aytganlarki: Kim har kuni
yettita xurmo yesa, qornidagi
qurtlarning hammasi o'ladi. Kim
har kuni qizil mayiz yesa,
jasadida biron yomon narsa
qolmaydi, magar o'lim
kasalligidan boshqa.
Aytishlaricha,
go'sht go'shtni ko'paytiradi,
xamir ovqat va holvaytar
qorinni kattalashtiradi va
orqani bo'shatadi. Sigir go'shti
dard, suti shifo va yog'i
davodir. Baliq jasadni eritadi.
Bularning hammasi Alidan (roziyallohu
anhu) rivoyat qilingan. Ayollarga
ho'l xurmodan ortiq shifo yo'q.
Xushbo'ylik dimog'ni ochadi,
ko'zni o'tkirlashtiradi. Kofur
va atirgul suvidan boshqa
xushbo'ylikni ishlatish
quruqlikni keltiradi. Aytiladiki,
atirgul suvi qarilikni
tezlashtiradi, muloyim libos
qonni yurishtiradi, qalin,
dag'al libos uni quritadi. Yana
aytiladiki, qattiq xursandchilik
xafachilikka nisbatan halokatni
tezlashtiradi, chunki
xursandchilikning tabiati
sovuqlik, sovuqlik esa
issiqlikka nisbatan halokatga
yaqinroq, xafalikning tabiati
esa issiqlik, chunki u jigardan
paydo bo'ladi.
|