Savol:
Yaqinda Qur'on o'qishni
o'rganib oldim. Uni xatm
qilish muddatlari, uni
tilovat qilish maqbul
bo'lgan o'rinlar haqida
bilmoqchi edim.
Javob:
Qur'on
o'quvchi kishi tilovatni tark
qilmasligi, bu ishda bardavom
bo'lishi lozim. Salaf
ulamolarimizning Qur'onni xatm
qilish odatlari turlicha edi.
Ba'zilari ikki oyda, ba'zilari
har oyda, boshqalari har o'n,
sakkiz yoki yetti kunda
Qur'onni xatm qilib turishardi.
Ko'pchilikning odati shu edi.
Olti, besh, to'rt yoki uch
kunda xatm qiluvchi ulamolar
ham bo'lgan.
Qur'on
o'qishni qachon boshlab qachon
xatm qilish vaqti qorining
ixtiyoridadir. Masalan, Usmon
roziyallohu anhu bir haftalik
xatmlarida juma kechasi
boshlab, payshanba kechasi
tugatar edilar. Abu Homid
G'azzoliy лIhyou ulumid-din╗
kitoblarida: лXatmlarning
afzali tungi xatm va kunduzgi
xatm. Kunduzgi xatm dushanba
kuni bomdod namozining ikki
rakatida yoki undan keyin
tugatiladi. Tungi xatm juma
kuni shom namozining ikki
rakatida yoki undan keyin
tugatiladi╗, deb aytganlar.
Qur'on
qiroati uchun eng yaxshi vaqt
namozdagi vaqtdir. Namozdan
tashqari qiroat esa, kechasi
bo'lgani yaxshiroq. Kechaning
ikkinchi yarmida bo'lgani
avvalida bo'lganidan yaxshiroq.
Shom va xufton orasidagi
tilovat ham suyuklidir. Ammo
kunduzgi tilovatlarning eng
yaxshisi bomdod namozidan
keyingisidir. Qaysi vaqt
bo'lmasin, Qur'on tilovat
qilishning karohiyati yo'q.
Hatto namoz o'qish man
qilingan paytlarda ham tilovat
qilinaveradi.
Yolg'iz
xatm qiluvchi qori xatmni
namozda tugatishi mustahabdir.
Ammo namozdan tashqarida
ko'pchilik bo'lib xatm qilish
kecha yoki kunduzning avvalida
bo'lgani yaxshi. Xatm kunida
ro'za tutish ham mustahab.
Faqat man qilingan kunlarda
ro'za tutilmaydi. Tobeinlardan
Talha ibn Musarraf, Musayyib
ibn Rofi' va Habib ibn Abu
Sog'itlar Qur'onni xatm
qiladigan kunlari ro'zador
bo'lur edilar. Xatm
majlislarida Qur'on o'qishni
biladiganlar ham,
bilmaydiganlar ham hozir
bo'lishi mustahabdir.
Qatoda,
rahmatullohi alayh, aytadilar:
лAnas ibn Molik roziyallohu
anhu qachon xatm qilsalar (ya'ni,
Qur'oni karimni o'qib
tugatsalar), ahli ayollarini
to'plab, duo qilardilar╗.
Hakim ibn Utbadan qilingan
sahih rivoyatda u kishi
aytadilar: лMenga Mujohid
bilan Abda ibn Abu Lubobani
yuborishibdi. Ular, biz
Qur'onni xatm qilishni
xohlaymiz, chunki Qur'on xatm
qilinganida duolar ijobat
bo'ladi, deb aytishdi╗ (Ibn
Abu Dovud rivoyati).
Ba'zi
sahih rivoyatlarda: Qur'on
xatm qilinganida rahmat ╕g'ilib
turadi, deb aytilgan.
Qur'on
xatm qilinganida tazarru' va
iltijo bilan, qabul bo'lishiga
ishongan holda duo qilish
mustahabdur.
Humayd
A'raj roziyallohu anhu
aytadilar: лKim Qur'on o'qib,
so'ngra duo qilsa, uning
duosiga to'rt ming farishta
omin, deb turadi╗ (Doramiy
rivoyati).
Abu
Muso Ash'ariydan, roziyallohu
anhu, rivoyat qilinadi.
Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: лQur'onni
yodlaganingizdan keyin mahkam
tutinglar. Allohga qasamki,
Qur'on arqoni yechilgan
tuyadan ham tezroq qochadi╗,
dedilar (Buxoriy va Muslim
rivoyatlari).
Anasdan,
roziyallohu anhu, rivoyat
qilinadi. Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam: лMenga
ummatimning savoblari
ko'rsatildi. Ular orasida
kishi masjiddan chiqarib
tashlagan axlat (uchun
berilgan savob) ham bor edi.
Yana menga ummatimning
gunohlari ko'rsatildi. Bir
kishiga Qur'ondan biror sura
yoki oyatni yodlash nasib
etgach, so'ng uni unutib
yuborganidan kattaroq gunohni
ko'rmadim╗, dedilar (Abu
Dovud va Termiziy rivoyatlari).
Savol:
Qur'on tilovat qilishning
ham alohida odoblari
borligini eshitdim. Ular
qaysilar?
Javob:
Qur'on
o'quvchi tilovat odoblariga
ahamiyat berishi lozim.
Avvalo, qiroatda ixlosli
bo'lish va bu bilan faqat
Allohning roziligini talab
qilish, Qur'on xulqi bilan
xulqlanish, zehnni bir joyga
qo'yib, undagi ma'nolarni
tadabbur qilish talab
etiladi. Qur'on
o'qiyotganida Allohga qullik
qilayotganini bilishi va Uni
ko'rib turgandek o'zini his
qilishi, Alloh uni ko'rib
turganini zehniga joylashi
lozim.
Qur'on
tilovat qilishni xohlagan
kishi og'zini misvok va shunga
o'xshash narsalar bilan
tozalashi yaxshi bo'ladi.
Misvok arak daraxti shoxidan
bo'lgani yaxshiroq. Boshqa
narsalar bilan tozalashning
zarari yo'q.
Qur'onni
xushu-xuzu' va tadabbur bilan
o'qish lozim. Shunda qalb
yumshab, nurga to'ladi. Salaf
ulamolarimiz ichida tadabbur
qilib bir oyatni tun bo'yi
o'qib chiqqanlar bor.
Qur'on
o'quvchi tilovat chog'i
yig'lashi, agar yig'lay olmasa,
o'zini yig'lashga majburlashi
mustahabdir. Bunday qilish
oriflar sifati va solih
bandalarning shioridir. Bunga
Qur'oni karimda: лUlar
yig'lagan hollarida yuzlari
bilan yiqilurlar va bu (Qur'on)
ularning xushu'larini (xokisorliklarini)
ziyoda qilur╗ (Al-Isro, 109),
degan dalil bor.
Qur'on
tilovat qiluvchining Qur'onni
kitobdan o'qishi yoddan
o'qiganidan afzaldir. Salaf
ulamolarimiz shunday deyishgan.
Ammo kimning tadabburi,
fikrlashi, qalbini jamlashi
Qur'ondan o'qiganidan ko'ra
yoddan o'qiganida ziyodroq
bo'lsa, yoddan o'qigani
afzaldir.
Baland
ovozda yoki ovoz chiqarmay
tilovat qilish haqida ham
ulamolarning so'zlari bor.
Riyodan qo'rqqan kishi ovozini
chiqarmay o'qigani afzal. Agar
qo'rqmasa, baland ovoz bilan
o'qigani yaxshi. Shu shart
bilanki, atrofidagilar namoz
o'qiyotgan bo'lmasligi kerak.
Baland ovoz bilan o'qiganida
boshqalarga ham foyda bor.
Chiroyli
ovoz bilan, tajvid bilan
tilovat qilinadi. Juda cho'zib
yuborilmaydi. Biror harf
ziyoda qilinishi yoki tushirib
qoldirilishi harom.
Tilovat
qiluvchi kishi suraning
o'rtasidan o'qimoqchi bo'lsa,
bir-biriga bog'liq oyatlarning
avvalidan boshlashi kerak.
To'xtatganida ham bir-biriga
bog'liq oyatlarda to'xtaydi.
Boshlanishi, vaqf, juz', hizb,
o'ndan biri deb e'tibor
qilmaydi. Shuning uchun
ulamolar: лBir suraning
hammasini o'qishi uzun suradan
bir miqdor o'qiganidan afzal╗,
deyishgan.
Anasdan,
roziyallohu anhu, rivoyat
qilinadi. Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam: лBir
kecha va kunduzda ellik oyat
o'qigan odam g'ofillar
qatorida yozilmaydi, yuz oyat
o'qigan kishi kechani ihyo
qilib, Allohning ibodatida
uzoq turuvchi, deb yoziladi,
ikki yuz oyat o'qigan kishi
bilan Qur'on qiyomat kuni
hujjat talashmaydi, besh yuz
oyat o'qigan odamga esa, bir
necha qintor ajr yoziladi╗,
dedilar (Ibn Sunniy rivoyati).
Savol:
Qur'on suralarining qanday
fazilati va xosiyati bor?
Javob:
Abu
Hurayradan, roziyallohu anhu,
rivoyat qilinadi: Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam:
лKim bir kecha-kunduzda
Allohning roziligini talab
qilib, Yosin surasini o'qisa,
gunohlari kechiriladi╗,
dedilar.
Boshqa
bir rivoyatda: лKim kechasi
Duxon surasini o'qisa,
gunohlari kechirilgan holatda
tong ottiradi╗, deyilgan.
Ibn
Mas'uddan, roziyallohu anhu,
qilingan rivoyatda esa,
Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: лKim har kecha
Voqea surasini o'qisa, unga
kambag'allik yetmaydi╗,
deganlar.
Abu
Hurayradan, roziyallohu anhu,
rivoyat qilinadi.
Payg'ambarimiz alayhissalom:
лKim kechasi лIza zulzilatil
arzu...╗ surasini o'qisa,
Qur'onning yarmini o'qigandek
bo'ladi, kim лQul ya ayyuhul
kafirun╗ni o'qisa, Qur'onning
to'rtdan birini o'qigandek
bo'ladi, kim лQul huvallohu
ahad╗ni o'qisa, Qur'onning
uchdan birini o'qigandek
bo'ladi╗, dedilar.
Savol:
Qur'on xatm qilingach,
qorilar Oyatul kursiyni,
Baqara surasining oxirgi
oyatlarini va boshqa
oyatlarni qayta o'qishadi.
Buning shar'iy asosi bormi?
Javob:
Bunday
qilishga shar'iy asos yo'q.
Aksincha, лItqon╗ kitobida
bunday qilish odobsizlik,
deyilgan.
Payg'ambarimiz
sollallohu alayhi vasallam
hazrati Bilolni, roziyallohu
anhu, Qur'oni karim oyatlarini
terib o'qishdan qaytarganlar (Abu
Dovud). лNaf'ul muftiy╗
kitobida bu odat makruh
deyilgan.
Savol:
Hofizi Qur'on va homili
Qur'on o'rtasida qanday
farq bor?
Javob:
Xalq
orasida лQur'onni yodlagan╗
va лQur'onni ko'targan╗
iboralari bir xil, ya'ni, лQur'onni
kitobga qaramasdan yoddan
o'qiy oladi╗, degan ma'noda
qo'llanadi. Ammo hadis
istilohida va salafi
solihinlar so'zlarida
yodlagan (hofiz) bilan
ko'targan (homil) o'rtasida
katta farq bor. Ular hofiz
deb Qur'on oyatlarini yoddan
o'qiguvchini aytsalar, homil
deb Qur'onni yoddan o'qish
bilan birga, ma'nolarini
tushunib, uni hayotiga
tatbiq etgan, unga amal
qilgan kishini nazarda
tutadilar.
Savol:
Qur'on oyatlari ma'nosini
bilmasdan yodlasa
bo'ladimi?
Javob:
Bo'ladi.
Chunki yodlashga
kirishayotganlar ko'pincha
yosh bolalar bo'lib, ularga
oyat ma'nolarini anglatish
ancha mushkul. Biroq Qur'on
tajvidini mukammal o'rgatmoq
lozim. Chunki tajvidsiz
Qur'on o'qish gunoh. Bundan
tashqari, arabcha talaffuzga
yoshlikda tilni yaxshi
o'rgatib olish kerak. Yosh
ulg'aygach, har qancha
urinsa ham harflarni
maxrajidan chiqarish qiyin
bo'ladi.
Qur'on
yodlatuvchi ustoz talabalarga
ilm o'rganish farz amali
ekanini, Qur'on ma'nolarini
bilib, hayotda unga amal
qilish zarurligini tinimsiz
uqtirib bormog'i lozim.
Savol:
Mushaf bilan fol ko'rish
mumkinmi?
Javob:
лJomiur-rumuz╗
kitobida лMushaf (Qur'on)
bilan fol ko'rish makruh╗,
deyilgan. Ali al-Qori esa bu
ishdan man' qilganlar.
Savol:
Qur'oni karimni tahoratsiz
ushlasa bo'ladimi?
Javob:
Islom
shariati Allohning kalomi,
ilohiy dastur hisoblangan
Qur'oni karimni nihoyatda
hurmatlashni, hatto uning
oyatlari yozilgan
qog'ozlarni ham nojoiz
joylarga tashlamaslikni
buyuradi.
Qur'oni
karimni shuning uchun
betahorat kishilar, musulmon
bo'lmagan kishilar, hayz va
nifos ko'rayotgan ayollarga
ushlashga ruxsat etilmaydi.
Ammo Qur'oni karim yoki uning
oyatlari oyoq ostida bo'lsa,
tahoratingiz yo'q bo'lsa ham
olib qo'yishlikka ijozat
berilgan. Imom Buxoriy
Qur'onni faqat mo'minlargina
ushlaydilar, deb tafsir
qilganlar. Lekin Qur'oni karim
tafsirlari (ma'nosi, sharhi)
va tarjimalarini betahorat
ushlashga ruxsat etilgan.
Kitoblar
taxlanganda Qur'oni karim,
uning ma'lum qism va poralari
barcha kitoblarning eng ustida
turadi. Undan keyin Qur'on
tafsirlari, hadis kitoblari,
fiqh kitoblari va boshqalar
joylanadi.
Qur'oni
karim va tafsirlarini
foydalanib bo'lish bilanoq
tokchalarga va kitob
javonlariga olib qo'yish kerak.
Qur'on, fiqh kitoblari turgan
tomonga oyoq uzatib yotish
mumkin emas, makruh
hisoblanadi. Qur'onga
behurmatlik ko'rsatgan, ya'ni
uni tepkilagan, hukmlarini
yolg'onga chiqargan yoki
masxaralagan kishilar kofir,
deb hukm qilinadi.
Savol:
Alloh taoloni лhaqiqiy
tanish╗ni sharhlab
berishingizni iltimos
qilaman.
Javob:
Alloh
taoloning sherigi yo'q. U
barcha aybu nuqsondan pok va
ushbu komil sifatlarga ega
zotdir:
1.
Hayot - Alloh taolo azalu abad
tirikdir. Tirikligi biz kabi
emas.
2.
Qudrat - Alloh taolo xohlagan
narsasiga qodirdir.
3.
Ilm - Alloh taolo har bir
narsani bilguchidir, Hech
narsa uning ilmidan tashqarida
emas.
4.
Sam' - Alloh taolo
eshitguchidir, eshitishi
maxluqlar kabi quloq bilan
emas.
5.
Basar - Alloh taolo barcha
narsani ko'rguvchidir.
Ko'rishi bizning
tasavvurimizdagi ko'z bilan
emas.
6.
Kalom - Alloh taolo
so'zlaguvchidir. So'zlashi
insonlarning so'zlashiga
o'xshamas.
7.
Iroda - Alloh taolo xohlagani
bo'ladi. Nimaning bo'lishini
xohlasa, bo'ladi. Nimaning
bo'lmasligini xohlasa,
bo'lmaydi.
8.
Takvin - Alloh taolo yo'qdan
bor qilguvchidir.
Shunday
e'tiqodda bo'lish Alloh
taoloni haqiqiy tanishdir (лAqoidi
Nasafiya╗ kitobi asosida
tayyorlandi).
Savol:
лAlloh╗ o'rniga лTangri╗
desa bo'ladimi?
Javob:
Bizning
ota-bobolarimiz musulmon
bo'lishlaridan avval ham
yaratuvchi zot borligiga
ishonib yashar edilar. Har
qavmning o'ziga xos diniy
e'tiqodi mavjud bo'lgan.
Turkiy xalqlar yaratuvchi
zot sifatida лTangri╗ga
ishonar edi. Bu so'z лibodat
qilinadigan zot╗ ma'nosida
bo'lib, arab tilidagi лIloh╗,
fransuzchadagi лDieu╗,
fors tilidagi лXudo╗ va
inglizchadagi лGod╗ bilan
ayni ma'noni ifoda qiladi.
Ammo bu so'z Yaratuvchining
butun asmoul husnasini (go'zal
ismlarini) o'z ichiga olgan
va ismi zot bo'lgan лAlloh╗
so'zining ma'nosini bera
olmaydi. лAlloh╗ deganda
qudrati butun koinotda aks
etgan benazir bir zot
tushuniladi. Ya'ni, u zot
ma'budi mutlaq, xoliqi
mutlaq, maqsudi mutlaq,
razzoqi mutlaq bo'lgan
Allohning xos ismidir.
лTangri╗
deyilganda yunonliklar Zevsni,
misrliklar Anis buqasini va
hindlar o'zlarining
sigirlarini tushunadilar.
Shuning uchun ham bir inson лAlloh╗
o'rniga лTangri╗ni ishlatsa
xato qilgan bo'ladi. Zero,
bizning tangrimiz Alloh, ammo
ilohimiz Tangri emas. Shu
tufayli лLa ilaha illalloh╗
deymiz, ammo лLa Alloha
illalloh╗ deya olmaymiz.
Ko'rib turganimizdek, avvalo
butun лilohlar, tangrilar╗
inkor qilinib, so'ngra ma'budi
mutlaq bo'lgan Alloh bordir,
deyilmoqda.
лMavludi
sharif╗ muallifi Sulaymon
Chalabiy bu ikki kalima
orasidagi farqni quyidagi
baytlarida juda chiroyli ifoda
qilganlar:
лBirdir
Alloh, undan boshqa Tangri
yo'q╗.
Savol:
Musulmon kishi dinining
sakkiz usulini o'zida
mujassam qilishi kerak
ekan. Ular qaysilar?
Javob:
дzini
musulmon deb bilgan har bir
kishi quyidagi sakkiz asosga
ega bo'lishi shart. Kimki bu
asoslarni o'zida mujassam
qilsa, bilingki, uning
iymoni but, e'tiqodi
mustahkamdir.
Birinchi,
Tavhid usuli. Alloh taoloni
yagona bilish va bu e'tiqodda
mustahkam turish.
Ikkinchi,
Adl usuli. Dunyoviy ishlarda
va shariat ahkomlarida doimo
to'g'ri yo'lda turmoq, doimo
rost so'zlamoq.
Uchinchi,
Imomat usuli. Din va dunyo
ishlari bir kelib qolganda
avval diniy ishlarni bajarmoq.
To'rtinchi,
Nubuvvat usuli. Payg'ambarimiz
Muhammad mustafo (s.a.v.) va
ul zotdan avval o'tgan barcha
anbiyo va payg'ambarlarga
iqror bo'lmoq.
Beshinchi,
Amru ma'ruf usuli. Alloh taolo
Muhammad (s.a.v.) ummatiga amr
etgan (farzu sunnat qilgan)
narsalarga amal qilmoq.
Oltinchi,
Nahyi munkar usuli. Alloh
taolo man qilgan ishlardan
saqlanish.
Yettinchi,
Tavallo usuli. Allohning
do'stlarini do'st tutmoq.
Payg'ambarlar, sahobalar, Haq
yo'ldagi e'tiqodi sof, iymoni
mukammal bo'lgan barcha
ulamolar, namoz va ro'zasini
qazo qilmovchi, Uning amriga
itoat etuvchi kishilar
Allohning do'stlaridir.
Sakkizinchi,
Tabarro usuli. Alloh taoloning
dushmanlarini dushman tutmoq.
Savol:
Imomimiz mav'iza chog'ida
лIymon bir necha xil
bo'ladi╗, dedilar. Shu
haqda batafsilroq
tushuntirish berolmaysizmi?
Javob:
Iymon
turlari quyidagicha:
Iymon:
Ishonish. Istilohda: qalb
bilan iqror qilib, til bilan
tasdiqlashdir. Ya'ni, лLa
ilaha illallohu Muhammadur
rasululloh╗ni yoxud лAshhadu
alla ilaha illallohu va
ashhadu anna Muhammadan 'abduhu
va rosuluh╗ kalimalarini
yurakdan tasdiqlab aytish
bilan kishi iymonga musharraf
bo'ladi.
Iymoni
ijmoliy: Ijmoliy iymon. Ya'ni,
Rasululloh (s.a.v.) tablig'
etgan narsalarning hammasiga
ishonish. Ya'ni, лNima tablig'
qilingan bo'lsa, jumlasi (hammasi)
haqdir╗, deb tasdiq etish.
Iymoni
mufassal: Ishonish lozim
bo'lgan narsalarning har
birini alohida-alohida sanab
tasdiqlash. Ya'ni: лAmantu
billahi va malaikatihi va
kutubihi va rusulihi
val-yavmil axiri val-qodari
xoyrihi va sharrihi min Allohi
ta'ala val ba'si ba'dal-mavt╗
- лAllohga, farishtalariga,
kitoblariga va
payg'ambarlariga, oxirat
kuniga va yaxshilik ham,
yomonlik ham Allohdan ekaniga
va o'lgandan so'ng qayta
tirilishga ishondim╗.
Iymoni
taqlidiy: Salgina shubhaga ham
mag'lub bo'lib qoladigan,
boshqalarga taqlid qilib
keltirilgan iymon. Johillarga
xos iymon ham deyiladi.
Iymoni
tahqiqiy: Iymonga oid butun
masalalarni yaqiyniy suratda
tadqiq bilan bilish va yashash:
Haqiqatini bilib va his qilib
iymon keltirish: Tahqiqiy
iymondan dars beruvchi
asarlarni sadoqat bilan o'qish
natijasida taqlidiy iymon
tahqiqiy iymonga aylanadi.
Iymoni
ya's: Chorasiz qolgan,
hayotidan umidsiz bo'lgan bir
kimsaning iymoni.
Iymoni
bi-l-oxirot: Oxiratga,
o'lgandan so'ng tirilishga,
hashr va nashrga, jannat va
jahannamga ishonish.
Iymoni
billah: Allohga va Uning
sifatlariga ishonish.
Savol:
Shukr nima? Uning ma'nosi
va ado etilishi qanday
bo'ladi?
Javob:
Yaxshilik
qiluvchining yaxshiligini
mamnunlik ila e'tirof
etishni ulamolar лshukr╗
deyishgan. Ular shukrning
uch qismdan, ya'ni, qalb
shukri, til bilan shukr va
amaliy shukrdan iboratligini
ham bayon qilishgan.
Har
bir inson o'zining barcha holi,
kuch-quvvati, sog'-omonligi,
boyligi, mansabi Allohdan
ekanligini bilib, iqror
bo'lishi qalb shukridir.
Shukrning bu turi barchaga
farzdir. Qur'oni karimda
shunday marhamat qilinadi:лSizlar
erishgan barcha ne'matlar
Alloh taolodandir╗ (Nahl,
53).
Til
bilan shukr minnatdorlikda
bo'lish va sano aytish bilan
ado etiladi. Vaz-Zuho surasi
oxirgi oyatining taqozosi
shunday.
Toatlarni
davomli ado etish va
gunohlardan saqlanish amaliy
shukrdir. Rasuli Akram (s.a.v.)
namozda uzoq turishlari
sababli muborak oyoqlari
shishib ketardi. Buni ko'rgan
sahobiylar: лYO Rasulalloh!
Parvardigor sizni yorlaqagani
shubhasiz. Shunday ekan, bu
hol nechun?╗ deb
so'raganlarida, Rasuli Akram (s.a.v.):
лShukrli banda bo'lmayinmi?╗
deb javob berdilar. (Imom
Buxoriy). Bu va Oli Imron
surasining 123-oyati mazmuniga
binoan Allohdan qo'rqish,
uning amru nahyilariga rioya
etish bilan Alloh bergan
ne'matlarning amaliy shukri
keltiriladi.
Insonlarning
o'zaro munosabatidagi shukr
yaxshiliklarni ╕qlash,
ezgu ishda amaliy yordam
ko'rsatish bilan ado etiladi.
Savol:
Majusiylar kimlar, ular
ham ahli kitob sanaladimi?
Javob:
Avvalo
ahli kitob kimlar ekanligini
bilish zarur.
Shariatimizda
Alloh taolo nozil etgan
kitoblarga amal qilganlar лAhli
kitoblar╗ deb aytiladi.
Binobarin, yahudiylar va
nasroniylar ahli kitobdir.
Yahudiylar лTavrot╗ga,
nasorolar esa лInjil╗ga amal
qiladilar.
Qur'oni
karim oyatlarida yahudiylar va
nasroniylar ahli kitob, deb
zikr etilgan. Qur'oni karimdan
muqaddam Injil, Tavrot va
Zabur nozil qilingandir. Ammo,
hozir yer yuzida Zabur
ta'limotiga ergashadigan xalq
yo'q.
Majusiylarga
kelsak, ular otashparast,
butparast, sanamparast va
jussaparast kishilardir (лHidoya╗).
Majusiylarning
samoviy kitoblari yo'q.
Shuning uchun ular olov,
quyosh, oy, ba'zi bir
hayvonlar va yulduzlarni iloh
deyishib, ularga sig'inishadi.
Demak, majusiylar ilohiy
kitoblarga ergashmaydigan
qavmlardandir.
Ja'far
ibn Muhammad rivoyat qiladilar.
Umar ibn Xattob (r.a.)
Payg'ambarimiz (s.a.v)
sahobalarining oldilaridan
o'tayotganlarida ularning
ichida Abdurahmon ibn Avf (r.a)
ham bor edi. Shunday dedilar:
лMana bu qavmlar bilan, ya'ni,
majusiylar bilan nima qilishni
bilmay turibman, bular
arablardan ham va ahli
kitoblardan ham emas╗ (Tafsiri
Qurtubiy).
Majusiylar
to'g'risida ulamolarimiz
quyidagi hukmda yakdillar: лMajusiylar
so'ygan hayvonlarning go'shti
yeyilmaydi va ularning
ayollariga uylanilmaydi,
chunki ular ahli kitob emasdir╗.
Savol:
Ba'zi kishilar haqida
odamlarning: лfalonchi
jannatiy inson...╗, deb
gapirganlarini (yoki
do'zaxiy deb so'kkanlarini)
eshitamiz. Shunday deyish
to'g'rimi?
Javob:
Bunday
deyish noto'g'ri. Biz
payg'ambarlarni,
alayhimussalom va
payg'ambarlar jannatiy deb
bashorat qilgan mo'min
odamlarnigina jannatiylar
deya olamiz, xolos (Imomi
A'zam, лAl-'alim val
mutaallim╗).
Savol:
Shariatimizda guvohlik
beruvchi kimsa лodil╗
bo'lishi kerak, deyiladi.
Qanday sifatli kishi лodil╗
hisoblanadi?
Javob:
Sudxo'rlik
va o'zganing molini yeyish (o'g'rilik,
poraxo'rlik) kabi yo'llar
bilan og'zi bulg'anmagan,
zino va unga boshlovchi
ishlarga mubtalo bo'lmagan
kishi shariatimizda лodil╗
hisoblanadi va guvohligi
qabul etiladi. Bir so'z
bilan aytganda odillik
sifatiga ega bo'lish uchun
qorin va jinsiy a'zoni
haromdan saqlamoq lozim.
Savol:
Yaqinda sobiq
ulfatlarimdan bittasi
betimga: лKechagina men
bilan aroq ichib yurgan
odam bugun endi taqvodor
bo'lib qoldingmi?! дg'ri
qarisa, so'fi bo'larkan-da?!╗
dedi. Dabdurustdan unga
nima deb javob qilishni
bilmay qoldim. Allohni men
singari kech tanigan har
bir odamning boshidan
shunaqa savdo o'tsa kerak.
Bunday paytlarda qanday
muomala qilganimiz ma'qul?
Javob:
Sobiq
ulfatingizga o'xshash
kimsalarning ta'na -
dashnomlariga parvo qilmang.
Aqlli kishi iymonga kirgan
odamning o'tmishiga emas,
buguniga e'tibor qiladi.
Ya'ni, kecha uning aroq
ichib yurganiga yoki
buzuqchiliklar qilganiga
emas, balki shunday buzuq va
gunohkor odamning bugun
iymon tufayli yaxshi tomonga
o'zgarib qolganiga e'tibor
beradi va bunda Allohning
qudratini ko'rib qoyil
qoladi.
Sobiq
ulfatingiz kabi kimsalarni
Allohning o'zi o'nglamasa,
bandasi bas kelolmaydi. Chunki
ularga gap uqtirib bo'lmaydi.
Bizlarning qo'limizdan
keladigani - ularga ham insof,
tavfiq va iymon tilashdir.
Shoyad Alloh taolo unday
kimsalarning ham qalbini
o'ziga moyil qilsa.
Iymonli
kishi gapini uqadiganlarga
gapirib, o'zini har qanaqa
ta'nalardan baland tutib,
toat-ibodatini qilib
yuraverishi kerak. Chunki
banda o'ziga o'xshagan
bandalarning malomatidan emas,
Alloh taoloning malomatidan
qo'rqishi lozim. Shunda murod
hosil bo'ladi.
Savol:
Ba'zi joylarda лBibi
seshanba╗ degan marosim
o'tkaziladi. Shu Islomda
bor narsami?
Javob:
Shariatimiz
buyurgan marosimlar ichida
лBibi seshanba╗ degani
yo'q. Ammo ayrim joylardagi
лotinlar╗ surpa yozib,
Bibi seshanbadan
tilaklaringizni so'ranglar,
deb buyurishadi. Bu mutlaqo
dinimizga zid. Sababi -
tilak va iltijo Bibi
seshanbaga emas, Allohga
qilinadi. Faqat Allohgina
gunohlarni kechadi,
hojatlarni ravo qiladi.
Tabaroniyning
лAl-muj'amul kabir╗
kitoblarida shunday yozilgan:
Rasululloh (s.a.v.)
zamonlarida mo'minlarga ozor
berish bilan mashhur bir
munofiq bor edi. Abu Bakr
Siddiq (r.a.) bir kuni: лTuringlar,
Rasululloh (s.a.v.)dan bizni
bu munofiqdan qutqarishlarini
so'raylik╗, deganlarida
Rasululloh (s.a.v.): лMendan
madad so'ralmaydi, madad
Allohdan so'raladi╗, dedilar.
Agar Payg'ambardek zoti
bobarokot shunday desalar,
Bibi seshanbadan yordam kutish
qandoq bo'libdi. Fatvolarda
aytilishicha, лKim Allohdan
boshqalarga Allohga xos
narsani joiz ko'rsa kofirdir╗.
Abu Yazid Bastomiy esa, лMaxluqning
maxluqdan panoh so'rashi go'yo
g'arq bo'layotgan odamning
ikkinchi g'arq bo'layotgan
odamdan madad so'rashiga
o'xshaydi╗, deganlar.
Har
kuni besh vaqt namozimizda
Alloh taologa лSengagina
ibodat qilib, Sendangina madad
so'raymiz╗ deb yolborsagu
yana ana shunday bid'at
marosimlarni o'tkazib yursak,
bu - aqidamiz to'g'ri
emasligini ko'rsatadi.
Savol:
Xalq orasida har xil
irim-sirimlar yuradi.
Shariatimizning ularga
munosaati qanday?
Javob:
Xalq
orasida qadimdan kelayotgan
yoki boshqa xalqlardan o'tib
qolgan turli
irim-sirimlarning borligi
to'g'ri. Masalan, qorong'ida
yoki juma kuni tirnoq olib
bo'lmaydi, yo'lingdan mushuk
kesib o'tsa orqaga qaytish
kerak, supurgini tiklab
bo'lmaydi, 13 raqami -
baxtsiz, ostona hatlab
so'rashib bo'lmaydi, falon
kunda falon ishni qilib
bo'lmaydi va hokazo. Bu
irimlarda mutlaqo asos yo'q.
Rasulullohdan
(s.a.v.) rivoyat qilingan
hadislarda лfolchilik,
irim-sirimlar butparastlik
bilan barobardir╗, лIrim
qiluvchi yoki irim qildiruvchi
bizlardan emas╗, deyilgan.
Tirnoq
olish. Avvalo shuni alohida
ta'kidlash joizki, shariatda
tirnoq olish uchun maxsus
belgilab qo'yilgan kun va vaqt
yo'q. Garchi shu mavzuga doir
ko'pgina hadislar mavjud
bo'lsa-da, ular tadqiqot
asnosida mavzu' hadislar
ekanligi aniqlangan. Tirnoq
o'sgan ekan, qaysi kun va
qaysi vaqtdan qat'iy nazar
olinaveradi.
Xalifa
Xorun ar-Rashid imom Abu
Yusufdan лKechasi tirnoq olsa
bo'ladimi?╗ deb
so'raganlarida лBo'ladi╗,
deya javob berganlar. Xalifa
dalil so'raganida, Abu Yusuf
лXayrli ishlar
kechiktirilmaydi╗, degan
asosli javobni berganlar.
Qaysi kuni tirnoq olishga ham
yuqoridagi dalillar kifoya.
Mushuk
kesib o'tishi. Bizningcha,
qadimda xalqimiz orasida
bunday irim bo'lmagan. Ruslar
orqali kirib kelgan, shekilli.
Qarg'ani qag'illashini eshitib
yo'lidan qaytgan kimsa,
tovushqon (quyon) yo'lidan
kesib o'tganda yo'lidan qolgan
kishi ham kufrga ketgan, deb
hisoblanadi. Aslida musulmon
kishi har bir ish Alloh taolo
irodasi bilan bo'lishiga iymon
keltiradi.Shu sababli
yuqoridagi kabi holatlarni
baxtsizlikdan ogohlantirish
tarzida qabul etish mutlaqo
mumkin emas. Bu islomiy
e'tiqodga aslo to'g'ri
kelmaydi. Rasululloh (s.a.v.):
лKasallik yuqmaydi (hech
qaysi kasallik Allohning
irodasisiz o'zicha yuqmaydi),
irim-sirim bema'nilik, boyqush
baxtsizlik keltirmaydi va
safar oyi bexosiyat emas╗,
deganlar╗.
Xuddi
shuningdek, sana va kunlarning
ham baxtsiz yoki baxtlisi
bo'lmaydi. Allohning barcha
kunlari bir xil. Uning irodasi
va hukmisiz hech narsa sodir
bo'lmaydi, biror maxluq
taqdiri ilohiydan qochib
qutula olmaydi.
Savol:
G'uslni lozim qiladigan
holatlarni bilaman, ammo
g'usl hisobga o'tishi
uchun qaysi tartibda
olinishini yaxshi
bilmayman. Shu haqda
ma'lumot berolmaysizlarmi?
Javob:
Islom
tom ma'noda poklik dinidir.
U insonning botini va
zohirining pokligiga birday
e'tibor beradi. Poklikni
imonning teng yarmi deb qayd
etib, iflosliklardan
tozalanishni barcha
mo'minlarga farz qilgan.
Ig'vo, hasad, tuhmat,
yolg'onchilik, fitna,
g'iybat kabi ichki (botiniy)
iflosliklardan poklanishning
sharti tavbai nasux (gunohga
aslo qaytmaslikka jazm)
bo'lsa, tashqi (zohiriy)
iflosliklardan poklanish
g'usl (cho'milish) bilan
bo'ladi. Uzrli hollarda
tayammum ham g'usl o'rniga
o'tadi.
Besh
holdan so'ng:
1)
jinsiy aloqa; 2) shahvat bilan
maniy (urug') chiqishi; 3)
ehtilom (uyquda bulg'anish);
4) hayz va 5) nifosdan so'ng
g'usl qilish farzdir.
Juma,
arafa hamda ikki hayit uchun,
shuningdek, haj yo umraga
ehrom bog'lash oldidan g'usl
qilish sunnatdir (лMajmaul
fatovo╗).
G'usl
komil bo'lishi uchun uning
farz va sunnatlarini bilish
muhimdir. G'uslning uch farzi
bor: 1) og'izni g'arg'ara
qilib yuvish; 2) burunni
dimoqqacha (dimoq achishgulik
darajada) chayish va 3) butun
badanni qoldirmay yuvish.
Ayollarning sochi o'rilgan
bo'lsa, uni to'la yuvishga
hojat yo'q, soch taglari
ho'llansa kifoya qiladi. Soch
o'rimlarini ho'llash ham lozim
emas (лHidoya╗).
Savol:
Ko'pchilik namozxonlar
tahorat oldidan
tayyorgarlik ko'rishmaydi.
Masalan, oyoqlarni yuvish
navbati kelgandagina
paypoqlarini yechishadi.
Bir oyoqdagi paypoq
yechilib, oyoq yuvilgach,
yana paypoqni kiyib,
so'ngra ikkinchi oyoqning
paypog'i yechiladi va
yuviladi. Ba'zilar o'rtada
bir artinib olib, so'ngra
oyoqni yuvishga
kirishadilar.
Javob:
Bunday
qilish makruh. Tahoratga
tegishli amallar orasiga
boshqa amallarni qo'shish
sunnatga xilofdir. Sunnatga
ko'ra tahorat amallari
orasiga begona amal
kirmasligi kerak. (лHazonatul-fiqh╗).
Savol:
Kishiga qachon g'usl
qilish vojib bo'ladi?
Javob:
Islom
dini musulmon erkak va
ayollarga jimo'dan so'ng,
ehtilom bo'lish (bulg'anib
qolish)dan so'ng, ayollarga
esa hayz va nifos
(chilla)dan so'ng g'usl
(gavda tahorati)ni vojib
qilgan. G'usl qilmaguncha
inson junublikdan chiqmaydi.
Rasululloh (s.a.v.)
aytganlar: лAllohning har
bir mo'mindagi haqqi yetti
kunda bir marta butun
a'zosini yuvib, g'usl
qilishligidir╗. Payg'ambar
alayhissalom mo'minlarga
juma kuni g'usl qilishni
buyurganlar. Amaliy va
tibbiy tajribalardan
ma'lumki, g'usl kishilarni
turli nopokliklardan
tozalabgina qolmay, jimo'
tufayli yo'qotilgan
kuch-quvvatni tiklash va
tanani tetiklashtirish uchun
ham xizmat qiladi.
Savol:
G'usl qilmay turib
so'zlashsa yoki ovqatlansa
bo'ladimi?
Javob:
Rasulullohning
zavjalari Oisha onamiz
rivoyat qiladilarki,
Rasululloh ramazon kunlarida
saharlikda vaqt ziq bo'lib
qolsa, yuz-qo'llarini yuvib,
og'izlarini chayib
ovqatlanaverardilar.
Saharlik taomini tugatib
bo'lganlaridan so'ng subhdan
keyin ustlaridan suv quyib
olardilar. Demak bundan
xulosa chiqadiki, g'usldan
oldin so'zlashsa yoki ovqat
yesa, zarari yo'q ekan.
Savol:
Mahsi kiyish va mash
tortish odoblari qanday?
Javob:
Mahsi
kiyish va mash tortishning
uchta sharti bor:
a)
Tahoratli oyoqqa mahsi kiysa,
unga mash tortish joiz.
Payg'ambarimiz alayhissalom
Mug'iyra ibn Sho''baga,
(r.a.), u Nabiyning (s.a.v.)
mahsilarini yechmoqchi
bo'lganida: лUlarni qo'y, men
ularni tahoratli oyoqqa
kiyganman╗, deb aytganlar.
b)
Faqat tahorat olishda mash
joiz. Junub kishi mash
tortishi mumkin emas.
v)
Mash muddatiga rioya qilish.
Muqim uchun bir kecha- kunduz.
Musofir uchun uch
kecha-kunduz. Savfon ibn Assal
(r.a.) shunday deganlar: лRasululloh
(s.a.v.), safarda bo'lsak,
bizlarga mahsilarimizni uch
kecha-kunduz yechmaslikni
buyurar edilar╗. Ali ibn Abu
Tolibdan (r.a.) rivoyat
qilinadi: лNabiy (s.a.v.),
mash muddatini musofir uchun
uch kecha-kunduz va muqim
uchun bir kecha-kunduz qilib
belgilaganlar. Ba'zi insonlar
bu muddatni besh vaqt namoz
uchun deb xato o'ylashadi.
Balki bu yigirma to'rt soat
muqim uchun, yetmish ikki soat
musofir uchun. Bu muddat
tahoratni sindirganidan so'ng
birinchi tortilgan mashdan
boshlanadi va inson bu
muddatda besh vaqtdan ko'p
namoz o'qishi mumkin.
Savol:
Kishi tayammum qilib,
mahsi kiydi. U agar suv
topsa, mahsisiga mash
tortishi joizmi?
Javob:
Unga
mash tortmaydi.
Rasulullohning, (s.a.v.), л...men
ularni tahoratli oyoqqa
kiyganman╗, degan
so'zlariga binoan, u
tayammum emas, tahorat olgan
bo'lishi kerak. Agar
tayammum qilgan bo'lsa,
so'ngra suv topsa, mash
tortmaydi.
Savol:
Tahoratda yuviladigan
a'zolarda yara yoki
kasallik bo'lganida qanday
tahorat olinadi?
Javob:
Tahoratda
yuviladigan a'zolarining
birida yara yoki kasallik
bo'lganida issiq suv bilan
yuvish ham kishining
sog'ligiga zararli bo'lsa,
yuvilmaydi, balki ho'l qo'l
bilan ustiga mash tortiladi.
Agar mash tortish ham zarar
yetkazadigan bo'lsa, bu amal
ham tark etiladi. Agar
bunday kasallik tahoratda
(g'uslda) yuviladigan
a'zolarning ko'p qismini
qamrab olgan bo'lsa, tahorat
yoki g'usl o'rniga tayammum
qilinadi.
Savol:
лG'assol murdani
yuvgandan so'ng o'zi ham
yuvinib olmasa, janoza
namozini o'qishi mumkin
emas╗ degan tushuncha
asoslimi yo xatomi?
Javob:
лG'assol
murdani yuvgach, o'zi ham
yuvinishi vojib╗, deyilgan
hukm fiqhiy kitoblarimizda
yo'q. Ammo yuvinishi
mustahab, deyilgan. Demak,
g'assol janoza namozidan
oldin imkonini topsa, g'usl
qilib olishi maqbul
ishlardan, lekin shart emas,
ya'ni, imkoni bo'lmasa,
yuvinmasdan janoza namoziga
qo'shilishi mumkin. Zero,
janoza namozida hozir
bo'lish uning zimmasidagi va
marhum birodari oldidagi
burchidir. Demak, siz
yo'llagan savoldagi
tushuncha xato.
Savol:
Ayollardan doimiy kelib
turadigan sarg'imtil
sizinti tahoratni
sindiradimi-yo'qmi?
Javob:
Rasuli
Akramdan (s.a.v.): лTahoratni
nima buzadi?╗ deb
so'raganlarida Nabiy
alayhissalom: лIkki yo'ldan
chiquvchi narsa╗, deb bayon
qildilar. Binobirin, ikki
yo'ldan chiquvchi har qanday
narsa tahoratni sindiradi.
Ammo fuqaholar erkak va
ayolning oldi a'zolaridan
chiquvchi hidsiz yelni
bundan istisno etib, лtahoratni
sindirmaydi╗, deyishgan
(Muhiyt).
Savol:
Hayz kunlari faqat toq -
uch, besh, yetti, to'qqiz
kun bo'ladimi, hech juft
bo'lmaydimi?
Javob:
Payg'ambarimiz
(s.a.v.) hadisi
muboraklarida shunday
deydilar:
лBokira
va beva ayol hayzining eng oz
muddati uch kecha-kunduz
bo'lib, ko'pining muddati o'n
kecha-kunduzdir╗ (лHidoya╗).
Binobarin, hayz kunlari toq
yoki juft bo'lishi mumkin. Bu
har bir ayolning o'z odatiga
qarab kechadigan jarayondir.
Savol:
Hayzli ayolga nimalar
harom?
Javob:
Hayz
va nifosli ayolga quyidagi
ishlar harom:
1.
Namoz o'qish.
2.
Ro'za tutish.
3.
Qur'oni karim o'qish.
4.
Eri bilan jinsiy aloqa.
5.
Masjidga kirish.
6.
Qur'oni karimni ushlash.
7.
Ka'bani tavof qilish.
Savol:
Najasli kiyimni kiygan
kishi terlasa, badani
najas bo'ladimi?
Javob:
Ha,
kiyimi najas bo'lgan kishi
terlasa, uning ho'l badaniga
najas kiyimning tegishi
sababli badani najas
bo'ladi. Shuning uchun
badanini yuvishi yo
cho'milishi kerak.
Savol:
Ba'zi hollarda badan
qashilganida
bo'rtmachalardan qon
chiqib ketadi, yuvish
noqulay bo'lgan joylarda
ana shunday o'rinlar
qanday poklanadi?
Javob:
Badanning
yuvish noqulay bo'lgan
o'rinlari najas bo'lganida
alohida uchta namlangan
latta bilan yoki bitta
lattaning uch joyi bilan va
yo paxta bilan uch bor
artilsa, toza bo'ladi.
Savol:
Namoz o'qiyotgan kishining
tahorati sinsa, o'zini
qanday tutadi?
Javob:
Namoz
o'qiyotgan kishining
tahorati sinsa, qayta
boshdan o'qish fazilatlidir.
Shunday bo'lsa-da, quyidagi
shartlar topilganida
yangidan tahorat olib,
namozini davom ettirish
mumkin: birinchidan,
tahoratning sinishida va
sababida uning (bandaning)
ixtiyori bo'lmasin;
ikkinchidan, tahoratni
sindirgan narsa g'uslni
vojib etuvchi bo'lmasin;
uchinchidan, kam uchraydigan
(masalan, hushdan ketish
kabi) holat bo'lmasin;
to'rtinchidan, tahorati
singan holda namoz
ruknlaridan birini ado
etmasin; beshinchidan,
tahorat qilishga ketayotgan
holda ham namozning biror
ruknini bajarmasin;
oltinchidan, mazkur holda
tahorati singandan so'ng
yana o'z ixtiyori bilan
tahorat sindirmasin;
yettinchidan, zarurati
bo'lmagan ishga qo'l
urmasin; sakkizinchidan,
tahorati singach, zudlik
bilan tahorat qilishga
ketsin, uzrsiz turib
qolmasin; to'qqizinchidan,
tahorat qilguncha mashining
muddati o'tib qolmasin yo
tayammum bilan o'qiyotgan
bo'lsa, suv topilib
qolmasin; o'ninchidan,
unutib o'qimagan namozi
yodiga tushib qolmasin; o'n
birinchidan, jamoat bilan
o'qiyotgan bo'lsa, jamoat
namozni tugatmagan bo'lsa,
jamoatdan qolmasin.
Bu
shartlar topilmaganida namoz
o'qiyotgan kishining tahorati
sinsa, tahorat qilib, namozni
qayta boshdan o'qishi kerak
bo'ladi. Jamoat namozida
tahorati singan kishi burnini
ushlagan holda namozdan
chiqishi mustahab bo'ladi.
Savol:
Namoz o'qiyotgan kishining
oldidan kesib o'tish
mumkinmi?
Javob:
Kichik
masjidda namoz o'qiyotgan
kishining oldidan kesib
o'tish gunohdir. Imom
Buxoriy лSahih╗larida
Payg'ambarimizdan (s.a.v.)
shunday rivoyat qiladilar:
лNamoz o'qiyotgan kishining
oldidan kesib o'tuvchi
qancha gunohkor bo'lishini
bilganida edi, uning oldidan
kesib o'tmay, qirq yil kutib
turardi va bu yaxshi
bo'lardi╗. Katta masjidda
yo ochiq joyda sutra qo'ymay
namoz o'qiyotgan kishining
oldidan sajda o'rniga qarab
turganida nigohi tushadigan
joydan kesib o'tish gunoh
bo'ladi.
Savol:
Yakka holda namoz
o'qilganida jahriy
namozlar qanday ado
etiladi?
Javob:
Yakka
odam jahriy namozlarni o'z
vaqtida ado etsa, ovoz
chiqarib yo chiqarmay
o'qishi ixtiyoriy. Ammo
vaqtidan o'tkazib (qazo
qilib) ado etayotgan bo'lsa,
faqat ichida o'qiydi.
Savol:
Namozning farzlari
sanalganida farz
namozining istalgan ikki
rakatida qiroat qilish
farz, deyilgan. Vojiblari
sanalganida лuch va to'rt
rakatli farz namozlarining
oldingi ikki rakatida
qiroat qilish vojib╗,
deyilgan. Masalan, farz
hukmiga rioya etgan holda
istalgan ikki rakatda
(deylik, birinchi va
uchinchi yoki yana
boshqacha) qiroat
qilinsayu boshqalarida
qiroat qilinmasa, tarki
vojib hisoblanadimi?
Bunday namozning hukmi
nima bo'ladi?
Javob:
Ha,
tarki vojib bo'ladi. Agar
adashib shunday o'qilsa,
sajdai sahv bilan
o'nglanadi, ammo ataylab
tark qilsa, namozi haromlik
bilan ado etilgan bo'ladi.
Zero, har qanday vojibni
ataylab tark qilish
haromdir.
Savol:
Namozda Fotiha surasidan
so'ng o'qiladigan suralar
belgilanganmi?
Javob:
Namozda
Fotiha surasidan so'ng
muayyan surani muayyan
namozda o'qish belgilab
qo'yilmagan. Ammo namozlarda
Fotiha surasidan so'ng
sunnatga muvofiq o'qiladigan
suralarning kalta-uzunligi
ko'rsatilgan. Binobarin,
fursat keng bo'lganida,
bomdod va peshin namozlarida
Buruj surasidan oldingi
suralarni, asr va xufton
namozlarida Bayyina
surasidan oldingi suralarni
o'qish sunnatdir. Fursat oz
bo'lsa, shundan kelib chiqib
o'qiladi (лSharhi viqoya╗).
Savol:
Sajdada burun yerga
tegmasa, sajda joiz
bo'ladimi? Peshonada
jarohat bo'lsa va uni
yerga tekkizish mumkin
bo'lmasa, nima qilinadi?
Javob:
Sajdada
burunni yerga uzrsiz
tekkizmaslik makruh bo'ladi.
Peshonada jarohat bo'lib,
uni yerga tekkizish mumkin
bo'lmaganida, burunni yerga
tekkizib sajda qilinadi. Bu
ham mumkin bo'lmasa, namoz
o'tirib o'qiladi va ruku,
sujudga imo qilinadi (лHalabi
Kabir╗).
Savol:
Namozimizni komil qilish
uchun uni buzuvchi
narsalarni ham bilishimiz
kerak. Ular qaysilar?
Javob:
Quyidagilar
namozni buzuvchi
narsalardir:
Namozga
niyat qilib, takbiri tahrima
aytib, namozga kirgach, namoz
amallaridan boshqa amallarni
qilish mumkin bo'lmaydi.
Namozga kirgach, quyidagilarni
qilish namozni buzadi:
1.
Gapirish (qasddan yo adashib
bo'lsa-da).
2.
Kishiga salom berish.
3.
Salomga alik olish.
4.
Uzrsiz tomoqni qirish.
5.
Ah, oh, uf deb ovoz chiqarish.
6.
Og'riq yoki musibatga ovoz
chiqarib yig'lash.
7.
дzi eshitadigan darajada
kulish.
8.
Aksa urganda javob berish (лYarhamukalloh╗
deyish).
9.
Savolga va xabarga oyatlar
bilan bo'lsa-da, javob berish.
10.
Biror narsani yeb-ichish.
11.
Namozni jamoat bilan
o'qiganida yoniga turgan
odamga joy berish uchun
surilish.
12.
Qiroatni Qur'oni karimga qarab
qilish.
13.
Amali kasir (ko'rgan odam лnamoz
o'qimayapti╗ degan o'yga
boradigan darajadagi biror
ishni) qilish.
14.
Najas ustiga sajda qilish.
15.
Ko'krakni qibladan burish.
16.
To'xtamay bir saf miqdoridan
ko'p yurish.
17.
Sajda holida oyoq panjalarini
yerdan ko'tarish.
!8.
Qiroatni ma'no o'zgaradigan
darajada buzish.
19.
Namoz farzlaridan birortasini
uzrsiz qoldirish.
20.
Namozning to'la bir ruknida
avratning ochiq bo'lishi.
21.
Tahoratning ketishi.
Savol:
Bomdod namozini kamdan-kam
holda o'z vaqtida
o'qiyman. Goho quyosh
chiqib bo'lganidan keyin
yo uni jamoat o'qib
bo'lgach, uyg'onaman.
Qanday qilsam, bomdod
namozini vaqtida va jamoat
bilan o'qiyman? Maslahat
bering.
Javob:
Avvalo,
bomdod namozi fazilatini
bilib, unga erishishni
maqsad qilish kerak.
Imom
Muslim va Termiziy
Rasulullohdan (s.a.v.) shunday
rivoyat qiladilar: лKim
bomdod namozini jamoat bilan
o'qisa, butun kecha namoz
o'qiganlik savobiga erishadi╗.
Rasululoh
(s.a.v.) marhamat qiladilar:
лBomdod namozini o'qigan
mo'min Allohning hifzu
himoyasida bo'ladi╗ (Imom
Buxoriy va Tabaroniy
rivoyatlari).
Imom
Buxoriy rivoyat qilgan sahih
hadisda: лKim ikki bardni
o'qisa, jannatga kiradi╗,
deyilgan. Ikki bard - bomdod
va asr namozlaridir.
Ikkinchidan,
musulmon odam bomdod namozini
qoldirish qanchalar og'ir
ekanini bilmog'i lozim.
Rasululloh (s.a.v.): лMunofiqlar
uchun eng og'ir namoz - xufton
va bomdod namozidir╗,
deganlar.
Bu
aytilganlarga qanoat qilgan
mo'min bomdod namozini vaqtida
o'qish uchun yana: erta
yotishi; bomdod namoziga
turmoq uchun niyat va qaror
qilishi; uxlashdan oldin
tahorat olishi va Allohni
yodlab uyquga ketishi; uyqudan
uyg'ongan zahotiyoq Alloh
taoloni zikr etishi; namozga
turmoq uchun ahli oilasidan va
solih kishilardan yordam
so'rashi; Parvardigorga iltijo
qilib, bomdod namozini jamoat
bilan ado etishga muvaffaq
qilishini so'rashi;
qo'ng'iroqli soatdan
foydalanishi kerak.
Savol:
Imom juma mav'izasini
qilib turgan paytda nafl
namoz o'qisa bo'ladimi?
Umuman, masjidga kirganda
o'qiladigan nafl namoz
haqida ma'lumot bersangiz.
Javob:
Masjidga
kirganda o'qiladigan nafl
namozni Tahiyyatul masjid (лtahiyyat╗
salomlashish, so'rashish
ma'nosidadir) namozi,
deyiladi. Ushbu ikki rakatli
namozni ado etish sunnat.
Chunki Payg'ambarimiz
alayhissalom: лQaysi
biringiz masjidga kirsa,
ikki rakat nafl namoz
o'qimay o'tirmasin╗,
deganlar.
Hanafiy
mazhabi bo'yicha, mazkur namoz
farz namoz o'qilmayotgan va
namoz o'qish makruh bo'lmagan
vaqtlarda ado etiladi.
лTahiyyat╗
o'qishga tahoratsizlik yoki
boshqa narsa sababidan
imkoniyat bo'lmasa, лSubhanalloh,
alhamdulillah, va lailaha
illallohu vallohu akbar╗
deyilishi sunnatdir.
Savol:
Peshin vaqtida azon
aytilmagan bo'lsa-da,
peshin namozining to'rt
rakat sunnatini o'qisa
bo'ladimi?
Javob:
Ha,
azon sunnat namoz uchun
emas, farz namoz uchun
aytiladi. (лHidoya╗)
Savol:
дtirib namoz o'qiganda
ruku holati qanday
bo'ladi?
Javob:
Gavdani
sal bukish bilan ruku ado
etiladi.
Savol:
Rasululloh (s.a.v.)
erkaklarni ma'qus (ya'ni,
sochni tepaga yiqqan)
holda namoz o'qishdan
qaytarganlar. Bu qaytariq
ayollarga ham tegishlimi?
Ya'ni, ayollar namozda va
namozdan tashqarida
sochini turmaklab
yurishlari mumkinmi?
Javob:
Janobi
Rasulullohdan (s.a.v.) bir
hadis borki, unda er kishi
'aqsdan - sochini tepaga
yig'ishtirib namoz o'qishdan
qaytarilgandir.
лAl-'aqs╗
deb, lug'atda sochni muloyim
qilib, atrofini boshning
tepasiga
yig'ishtirib-to'plashga
aytiladi.
Birinchidan,
mazkur hadis erkaklarni
namozda sochlarini to'plab
o'qishdan qaytargan. Demak,
xotinlar bundan
mustasnodirlar.
Ikkinchidan,
bu nahiy namoz o'quvchi er
kishiga nisbatan aytiladi.
Demak, namozdan tashqarida
yig'ishtirib yurishi mumkin.
Uchinchidan, fuqaholar bu
nahiyni makruhi tanzih, ya'ni,
mubohga yaqinroq nahiy
deyishgan. (лMaslakul
muttaqiyn╗, лTashilu zaruriy╗,
лMajmuatul fatovo╗ kitoblari
asosida tayyorlandi).
Savol:
Ba'zi namozxonlar sajdaga
borishda yerga avval
qo'llarini, so'ng
tizzalarini qo'yadilar.
Sajdadan qiyomga turishda
esa, aksincha, oldin
tizzalarini ko'tarib,
so'ng qo'llarini
ko'taradilar.
Javob:
Bunday
holda sajdaga borish va
sajdadan qaytish makruh
hisoblanadi. Sajdaga
borishda tizzalar yerga
tekkuncha tik tushiladi,
so'ng engashilib qo'llar
yerga qo'yiladi. Sajdadan
qaytishda esa avval bosh va
qo'llar ko'tarilib, so'ng
tizzaga tayangan holda
turiladi.
Savol:
Ba'zilarning namoz
o'qiyotganda
og'irliklarini bir
oyog'idan ikkinchisiga
solib, chayqalib turganini
ko'ramiz.
Javob:
Bunday
qilish sunnatga xilofdir.
Namoz o'qishda og'irlikni
ikki oyoqqa birday solib,
chayqalmasdan tik turiladi.
Savol:
Sajda qilayotganda
oyoqlarning panjalarini
yerdan ko'tarsa, namozga
xalal yetadimi?
Javob:
Sajda
holida ikkala oyoqlarining
ham panjalarini yerdan
ko'targan kishining namozi
buziladi (лHidoya╗).
Savol:
Ayollarning qadami (oyoq
tagi) avratmi? Ular
namozni paypoq kiyib
o'qishlari kerakmi?
Javob:
Ayollarning
qadami namozda yopish lozim
bo'lgan avrat emas. Shuning
uchun paypoq kiymay namoz
o'qishlari joiz. Unga
nomahram erkaklarning
qarashi haromdir (лSirojiya╗).
Savol:
Ba'zilar sajdaga borishdan
oldin shimining
poychalarini bir ko'tarib
olishadi. Yoki sajdadan
tik bo'lishda chopon yo
yaktagining etaklarini
to'g'rilab, keyin
qo'llarini bog'laydi.
Javob:
Bunday
qilish makruhdir. Agar
bunday ish bir ruknda uch
bora takror qilinsa, namoz
buziladi (лRadd ul-muxtor╗).
Savol:
Qiyomdan sajdaga borishda
ko'plar rukuga o'xshatib,
oldinga egilib so'ng sajda
qilishadi.
Javob:
Bu
hol xatodir. Bir rakatda
ikki bor ruku qilish bo'lib,
sajdai sahvni lozim qiladi.
Aslida tizzalar yerga
tekkuncha tik tushib, so'ng
sajdaga borish kerak (лRadd
ul-muxtor╗).
Savol:
Suv ham, tayammum uchun
pok narsa ham topolmagan
kishi namozini qanday ado
etadi?
Javob:
Namoz
payti kirganida joynamoz
ustida huddi namozga
o'tirgandek o'tiradi. So'ng
suv yoki tayammum uchun pok
narsa topilsa, qazo niyati
bilan namozini o'qiydi. (лRadd
ul-muxtor╗)
Savol:
Namozda farzi xilofiya ham
bor, deb eshitdim. Farzi
xilofiya nima va u nechta?
Javob:
Farzligi
masalasida mazhabimiz
mujtahidlari yakdil
bo'lmagan amal farzi
xilofiya, deyiladi. Namozda
ikkita farzi xilofiya bor.
Ular namozdan ixtiyor bilan
chiqish va ta'dili arkondir.
Namozning
barcha arkonlarini ado etgan
kishi undan o'z ixtiyori bilan
salom berib chiqishi kerak.
Shunga asosan, namozning
barcha arkonlarini ado etib
bo'lgach, salom bermasdan
oldin o'ziga bog'liq bo'lmagan
holda tahorati sinib qolsa,
namozi buzilgan bo'ladi.
Ta'dili
arkon deyilganda ruku, sujud,
qiyom va jalsalarni maromida
ado etish tushuniladi. Mazkur
ijtihodga muvofiq, ta'dili
arkon etmagan kishining namozi
ham nomaqbuldir.
Savol:
Fiqh kitoblarida namozdagi
vojiblardan biri tumoniya,
deb yozilganini o'qidim.
лTumoniya╗ nima ekanini
tushuntirib bersangiz.
Javob:
Namozning
ruku va sajda holatlarida
tana a'zolarining to'la
qarorlanishi лtumoniya╗
deyiladi. Tumoniya vojibdir.
Payg'ambarimizning (s.a.v.)
namozni shoshib o'qigan
a'robiyga: лNamozingni
qayta o'qi. Eng o'g'ri odam
namozning ruku va sujudini
shoshib, chala ado qilgan
kishidir╗, ma'nosida tanbeh
berganlari vorid bo'lgan (лHadiyyatus-su'luk╗).
Savol:
Masjidga har kuni boramiz,
ammo uning odoblarini
bilmaymiz. Bu haqda qanday
ko'rsatmalar bor?
Javob:
Masjid
musulmonlar e'tiqodining
ko'zgusidir. Payg'ambarimiz
(s.a.v.) shunday deydilar:лMasjidga
(ko'ngli) bog'langan kishini
ko'rsangiz, uning imoniga
guvohlik bering╗.
Parvardigori
Olam Kalomi majidida marhamat
qiladi:лAllohning
masjidlarini Allohga va oxirat
kuniga imon keltirganlargina
obod etadi╗.
Mufassirlar
masjidni obod etishni uning
nuragan joylarini tuzatish,
supurib-sidirish, pok tutish,
yoritish, ibodatlarni unda ado
etish va uni noloyiq
narsalardan asrash, deb
tushuntiradilar.
Masjidlar
pok va muborak makondir.
Binobarin, uning qadrini
pasaytiruvchi va pokligiga
putur yetkazuvchi har qanday
ish va harakat makruhdir.
Masjidga ╕qimsiz
hidli narsalarni iste'mol
qilib kirish, ichkarida
dunyoviy so'zlarni so'zlash,
ovoz ko'tarish, savdo-sotiq
qilish, yo'qolgan narsalarni
surishtirib jar solish,
zaruratsiz masjid hovlisidan
o'tish kabi
hatti-harakatlardan saqlanish
lozim.
Masjid
ichida faqat unga taalluqli
narsalargina saqlanishi mumkin
(лHalabi Kabir╗).
Masjid
fanosi (masjidga tutash, yo'l
bilan undan ajralmagan hovli)
masjid hukmidadir (лRadd
ul-muxtor╗).
Masjid
uchun berilgan yer xolis Alloh
mulkiga aylanadi. Banda o'z
yerini masjid uchun ajratgach,
yer o'zining haqiqiy egasiga
qaytadi. Barcha narsaning
haqiqiy moliki Alloh taolodir
(лHidoya╗)
Masjid
yeriga ekilgan daraxt masjid
haqqidir (лHulosatul fatovo╗).
Yer daromadidan, avvalo,
masjid imorati ta'miriga
sarflanadi. Ortgan mablag'
uning ma'naviy imorati - imom
va boshqa xodimlarga
belgilangan miqdorda
taqsimlanadi (лRadd ul-muxtor╗).
Savol:
Azon aytilganidan so'ng
namoz o'qimay masjiddan
chiqib ketish mumkinmi?
Javob:
Azon
aytilgan masjiddan shu vaqt
namozini o'qimagan kishining
chiqib ketishi makruhdir.
Ammo boshqa masjid jamoat
namozi sizga bog'liq bo'lsa
yo azon aytilgan vaqt
namozini o'qib olgan
bo'lsangiz, chiqib
ketishingiz makruh
bo'lmaydi. Peshin va xufton
namozlarini o'zingiz o'qib
masjidga borgan bo'lsangiz,
ularga iqomat aytilganida
masjiddan chiqishingiz
makruhdir. Bomdod, asr va
shom namozlarini o'zingiz
o'qib masjidga borganingizda
ularga iqomat aytilganida
masjiddan chiqib ketishingiz
makruh bo'lmaydi.
Savol:
Masjid hovlisida janoza
o'qiyotganimda bir gal
yonimdagi kishi tuflisini
yechib, ustiga turib
o'qidi. Sababini so'ray
olmadim. Odatda ko'pchilik
oyoq kiyimida
o'qiyveradi-ku? Bunda
jiddiy farq bormi?
Javob:
Janoza
namozini ham boshqa namozlar
kabi pok joyda ado etish
shartdir. Najas ustida turib
o'qilgan namoz durust
bo'lmaydi. Odatda oyoq
kiyimlar bilan har xil joyda
yurilganidan ularning
najasdan xoli bo'lishi
ehtimoldan yiroq. Shuning
uchun janoza namozida
imomdan boshqa odamlar
joynamozda turmaganliklari
uchun oyoq kiyimlarini
yechib, uning ustiga
oyoqlarini bosib turishlari
kerak. Bunda oyoq kiyimi
ikki qavat kiyim hukmiga
o'tadi. Qavilmagan ikki
qavat kiyimning bir qavati
nopok bo'lsa, ikkinchi pok
qavatida namoz o'qish
joizdir (лMuxtasar
ul-viqoya╗ va лHadiyyatus
su'luk╗ kitoblari asosida
tayyorlandi).
Savol:
Kunlar isib qoldi.
Ko'chada yurib yo ishlab
badan terlaydi, hidlanadi.
Shu holda, umuman, yomon
hid bilan masjidga kirish
mumkinmi?
Javob:
Islom
tom ma'noda poklik dinidir.
Shuning uchun ham tahorat va
g'usl farz qilingan. Maqsad:
musulmon kishidan hech kim
ozorlanmasin. Payg'ambarimiz
(s.a.v.) shunday ta'lim
berganlar: лKim sarimsoq,
piyoz va ko'k piyoz yegan
bo'lsa, masjidimizga
yaqinlashmasin, chunki
farishtalar odam bolasi
ozorlanadigan narsadan
ozorlanadi╗ (Imom Muslim
rivoyatlari). Bu gap terlab,
badanlari yoki kiyimlarida
badbo'y hid bilan masjidga
kiruvchilarga ham
tegishlidir. Ammo tamaki va
nosvoyga kelsak, ularni
chekish haromdir. Tamaki va
nosvoyning hidi esa yuqorida
aytilganlardan ham
jirkanchdir. Uning badbo'y
hididan insonlar va
farishtalar ozorlanadi.
Shuning uchun chekadigan va
nos otadigan kishi bu
illatlardan tezda qutilishi
zarur.
Savol:
Ba'zi hollarda masjid
gilamlarini qaytarib,
tagiga tupugini
tashlaganlarni ko'rib
qolamiz.
Javob:
Bunday
qilish mumkin emas. Bu
ishlari masjidni
tahqirlashdir. Tupukni
tashlamaslikning iloji
bo'lmasa, uni dastro'molga
yoki kiyimning etagiga artib
olish kerak.
Savol:
Havo issiq kunlari juma
namoziga kelganlar qayerda
bir soya joy ko'rishsa,
darhol joynamoz tashlab,
namozga saf tortib
olaverishadi. Natijada bir
masjid hovlisida odamlar
bir necha guruhlarga
bo'linib juma namozini
o'qiydilar.
Javob:
Bu
hol makruhdir. Masjidga
soyalanish uchun emas,
Allohga qullik qilish uchun
keladilar. Shunday ekan,
Alloh rozi bo'lgan tartibda
namozni ado etish zarur.
Saflarning to'g'ri holatda
bir-biriga ulashuvi esa,
Alloh rozi bo'ladigan
amallardan hisoblanadi.
Savol:
Masjidlarimizda namozni
o'qib, duo qilib bo'lingan
zahoti bemalol hol-ahvol
so'rashishlar va boshqa
mavzularda gaplashishlar
odat tusiga kirib qoldi...
Javob:
Bu
ish noto'g'ri. Shar'an
makruhdir. Zero , masjid
xonaqohi Allohni ulug'lash
uchun bunyod qilinadi.
Shuning uchun namozxonlar
xonaqoh ichida emas,
tashqarisida
salomlashishlari va dunyoviy
masalalarini hal etishlari
kerak. (лHalabi Kabir╗)
Savol:
Ayollar masjidga borsa
bo'ladimi?
Javob:
Xotin-qizlarning
masjidga borishlari umuman
man etilmaydi. Ammo Hanafiya
mazhabimiz ko'rsatmalariga
binoan ayollarning masjidga
borishlari
rag'batlantirilmaydi. Bu
haqda Payg'ambarimiz
Muhammad alayhissalomdan
shunday hadisi sharif bor:
лAyol kishining yolg'iz
o'qigan namozining savobi
masjidda o'qigan namozning
savobidan yigirma besh marta
ko'pdir╗ (Muslim va Abu
Dovud rivoyati).
Rasululloh
(s.a.v.) davrlarida
ayollarning masjidga
borishlariga ruxsat berilgan
edi. Lekin turli
fitna-fasodlar ko'payib
ketgach, bu cheklab qo'yildi.
Oisha onamiz: лAgar
Rasululloh (s.a.v.) hayot
bo'lib ayollarda paydo bo'lgan
ushbu zebu-ziynatlarni
ko'rganlarida edi, Bani Isroil
kabi ularning masjidlarga
bormoqliklarini albatta man
qilgan bo'lur edilar╗
deganlar. (Imom Buxoriy
rivoyati).
Savol:
E'tikof qanday amal va qay
tartibda bajariladi?
Javob:
E'tikof
Qur'oni karim va sunnati
nabaviya bilan sobit bo'lgan
shar'iy amaldir. Rasululloh
(s.a.v.) e'tikofni vafot
qilgunlaricha aslo tark
etmaganlar.
Ulamolarimiz
bu amalga shunday o'xshatish
qiladilar: e'tikofdagi kishi
ulug' martabali kishiga hojati
tushib лishimni bitirib
bermaguningizcha eshigingizdan
jilmayman╗ deb turib olgan
hojatmand kishiga o'xshaydi.
Mo''takif (e'tikof o'tiruvchi)
ham masjidda o'tirib лgunohimni
kechmaguningcha jilmayman╗
deb Allohga iltijo qiluvchi
kishidir.
Imom
Abu Hanifa (r.a.) e'tikofning
eng oz miqdori bir kun
desalar, imom Abu Yusuf (r.a.)
bir soat o'tirilsa ham e'tikof
hosil bo'ladi, deganlar.
Ayollar
o'z uylarida namoz o'qish
uchun ajratilgan joyda e'tikof
o'tiradilar.
Mo''takif
masjiddan faqat tabiiy
hojatlarini ushatish, tahorat,
g'usl va juma namoziga
(bevosita uning vaqtida yo
unga ulgura oladigan vaqtda)
borish uchun chiqadi. Hojatini
ushatgach, bir soat masjidga
kirmay ushlanib qolsa,
e'tikofi buziladi. Mo''takif
masjidda uxlaydi, ovqatlanadi,
faqat xayrli so'zlarni
so'zlaydi. дz hojatiga zarur
narsalarni savdo qilishi
mumkin.
Savol:
Namozni masjidda jamoat
bilan o'qish nima bilan
sobit bo'lgan?
Javob:
Sog'lom,
balog'atga yetgan, aqlli
erkaklarga besh vaqtdagi
farz namozlarini jamoat
bilan o'qish sunnat bilan
sobit bo'lgan vojibdir.
Munofiqlargina jamoatdan
o'zini tortadi. Jamoatga
bormay, namozni doimo tanho
o'qiydigan kishining
guvohligi shar'an qabul
qilinmaydi.
Jamoat
namozida farz namozi bir
kishiga (imomga) ergashib
o'qiladi. Imom oldinda,
qolganlar uning ortida saf
tortib o'qiydilar. Dinimizda
barcha musulmonlarning ilmli,
ma'rifatli bo'lishlari farz
bo'lganidan, har bir musulmon
imom bo'lishi mumkin.
Savol:
Imom bo'lishga kim
haqliroq?
Javob:
Imom
bo'lishga birinchi haqdor
namoz masalalarini puxta
bilgan kishidir. Bu darajaga
yetganlar ko'pchilik bo'lsa,
ulardan qiroat ilmiga
mohirrog'i imomlikka o'tadi.
Bu sohada ham teng
bo'lishsa, yoshi ulug'i imom
bo'ladi.
Imomlikka
haqli odam turganida
boshqaning imom bo'lishi
makruhdir. Jamoat ╕qtirmagan
kishining imom bo'lishi ham
makruh. Ammo jamoat orasida
imomlikka undan boshqa haqdor
bo'lmasa, makruh bo'lmaydi.
Tayammum
qilish, mahsiga yo jarohatga
mash tortish, shuningdek,
o'tirib ruku' va sajda qilish
darajasidagi zaiflik kishining
imomlikka haqdorligini
ketkazmaydi.
Nafl
namozni farz namozni
o'qiyotgan kishiga iqtido
qilib o'qish mumkin. Yosh bola
hech bir namozda balog'atga
yetganlarga imom bo'lishi
mumkin emas. Uzrli kishi ham
uzri yo'q odamlarga imom
bo'laolmaydi.
Savol:
Imom qanday niyat qiladi?
Javob:
Tanho
namoz o'quvchi qanday niyat
qilsa, imom ham shunday
niyat qiladi. Qavmlar esa,
jamoat namozida imomga
ergashayotganini ham
ko'ngildan o'tkazishlari
kerak.
Savol:
Imom qanday qiroat qiladi?
Javob:
Imom
bomdodning farz namozida,
shom va xuftonda farz
namozlarining oldingi ikki
rakatida ovoz chiqarib
qiroat qiladi. Peshin va asr
namozida ichida qiroat
qiladi. Imom barcha namozda
birinchi rakatda ikkinchi
rakatga ko'ra uzunroq qiroat
qiladi. Imomga iqtido qilgan
kishi qiroat qilmaydi.
Savol:
Kitoblarda лmasbuq╗, лlohiq╗
va лmudrik╗ kabi
so'zlarga duch
keldim.Ularning ma'nosini
tushuntirib berolmaysizmi?
Javob:
Jamoat
farz namozini o'qiyotganda
bir va undan ortiq rakatga
kechikib qo'shilgan kishi
masbuq deyiladi.
Namozga
birinchi rakatdan qo'shilib,
tahorati singani yo uxlab
qolgani sababidan namozni
jamoat bilan tugatolmagan
kishi lohiqdir.
Jamoat
namozini boshdan oxirigacha
imom bilan o'qigan shaxs
mudrik hisoblanadi. Masbuq
qoldirgan rakatlarida qiroat
qilib namozini tugal qiladi.
Lohiq qoldirgan rakatlarida
qiroat qilmaydi.
Savol:
Jamoat namozi
boshlanganida, o'qib
turgan namozini oxiriga
yetkazmay jamoatga
qo'shilish kerak, deb
eshitdim. Shu to'g'rimi?
Javob:
Bu
masala siz qanday namozni
o'qiyotganingizga va
nechanchi rakatda
ekaningizga qarab hal
etiladi. Avvalo, bu o'rinda
jamoat namozining
boshlanishi, deyilganida
muazzinning iqomatini emas,
balki imomning takbiri
tahrima aytishini tushunmoq
kerak. Agar siz nafl namoz,
yo peshin va jumaning to'rt
rakat sunnat namozlarini
o'qiyotganingizda imom farz
namozini boshlab, takbiri
tahrima aytsa ham,
o'qiyotgan namozlaringizni
oxirigacha o'qib tamom
qilasiz. (лMuhiti Saraxsiy╗).
So'ng imomga iqtido qilasiz.
Agar bomdod yo shomning farz
namozlarini boshlaganingizda
yo bir rakat o'qib, ikkinchi
rakatga turganingizda,
jamoat hozir bo'lib, imom
takbiri tahrima aytsa,
turgan holingizda salom
berib, o'qiyotgan
namozingizni to'xtatasizda,
jamoatga qo'shilasiz.
Peshin, asr va xuftonning
farz namozlarida, mazkur
holatda, ikki rakatni to'la
o'qib, salom berasiz. So'ng
imomga ergashasiz. Bu uch
vaqt farzining uch rakatini
o'qigan bo'lsangiz, ularni
oxirigacha o'qiysiz, ya'ni,
to'rt rakatni to'la ado
etasiz. Keyin peshin va
xuftonda nafl namoziga niyat
qilib, imomga ergashasiz.
Asr farzidan so'ng nafl
namoz o'qish makruhligidan
bu paytda imomga iqtido
qilmaysiz.
Savol:
Ba'zan masjidlarda jamoat
namozi tugaganidan so'ng,
garchi kechikib kelganlar
hali namoz o'qiyotgan
bo'lsalar-da, ularga
yuzlangan holda duo
qilinadi.
Javob:
Bu
hol makruhdir. Namoz
o'qiyotgan kishiga, u qaysi
safda bo'lsa-da, yuzlanib
o'tirish makruh bo'ladi. (лRadd
ul-muxtor╗).
Savol:
Bomdod namozining farziga
iqomat aytilgandan so'ng
imomlikka mustahiq odam
kelib qolsa, jamoat uni
sunnat namozi o'qigunicha
kutishi kerakmi? Agar
kutsa, iqomat qayta
aytiladimi?
Javob:
Ha,
jamoat imomlikka mustahiq
odamni kutib turishi kerak.
Ammo iqomat qayta
aytilmaydi. (лRadd
ul-muxtor╗).
Savol:
Ko'pincha jamoat namozi
o'qilayotganida oldingi
safda bo'sh joy bo'lsa-da,
uni to'ldirmay, orqa safda
turib namoz
o'qiyotganlarni ko'ramiz.
Javob:
Bu
holat jamoat namozi
sunnatiga xilof. Oldingi
safda bo'sh joy bo'lgan
holda orqa safda turib namoz
o'qish makruh bo'ladi. Shu
boisdan oldingi safdagi
bo'sh joylarni darhol
to'ldirib olish kerak.
Savol:
Jamoat namozida qa'dada
tashahhud o'qimay uxlab
qolgan kishi imom bilan
qo'shilib salom beradimi?
Javob:
Yo'q.
U uyg'ongach, tashahhud
o'qishi va so'ng salom
berishi zarur. Agar mazkur
holda imom bilan qo'shilib
salom bersa, namozi
buziladi. (лHalabi kabir╗).
Savol:
Muazzin azon jumlalarining
tartibida yanglishib,
keyingi jumlani oldin
aytib qo'ysa, nima
bo'ladi?
Javob:
Muazzin
azon jumlalarining tartibida
yanglishib, keyingi jumlani
oldin aytib qo'ysa,
qoldirgan jumlani aytgach,
oldin aytgan jumlani o'z
o'rnida yana qayta aytadi.
Ammo azon boshdan qayta
aytilmaydi (лHalabi Kabir╗).
Savol:
Muazzindan boshqa kishi
iqomat aytsa bo'ladimi?
Javob:
Muazzin
hozir bo'lganda, uning
ruxsatisiz o'zganing iqomat
aytishi makruhdir. Ammo
muazzinning o'zi ruxsat
etsa, karohatsiz joiz
bo'ladi (лMajmuatul-fatovo╗).
Savol:
Hayz va nifosdagi ayol
hamda junub kishi azonga
javob qaytarishlari
lozimmi?
Javob:
Hayz
va nifosdagi ayol azonga
javob qaytarmaydi. Ammo
junub kishi azonga javob
qaytarishi lozim (лRadd
ul-muxtor╗).
Savol:
Iqomatdan oldin лQomat╗
deyishning shar'iy asosi
bormi? Balog'atga
yetmaganning azon aytishi
durustmi?
Javob:
Iqomatdan
oldin лqomat╗ deyishning
shar'iy asosi yo'q.
Binobarin, лqomat╗ deyish
nojoizdir (лNihoya╗).
Balog'atga yetmagan aqlli
o'spirinning azon aytishi
joiz. Ammo aqlsiz bola
chaqirgan azon qayta
aytilishi kerak (лRadd
ul-muxtor╗).
Savol:
Qo'qonda bir qori
akamizdan: лYolg'iz namoz
o'qiganda ham azon va
takbir aytib namoz o'qing.
Shunday qilsangiz behisob
farishtalarga imom
bo'lasiz╗, deb eshitgan
edim. Shu asoslimi?
Javob:
Ha,
Saraxsiyning лMabsut╗
kitobida bu haqda hadis
keltirilgan. Uning mazmuni
shunday: лKim ochiq yerda
azon va iqomat aytib namoz
o'qisa, mag'rib va mashriq
orasidagi farishtalar u
bilan qo'shilib namoz
o'qiydilar. Azon va iqomat
aytmay namoz o'qigan kishi
bilan esa, faqat ikki
farishta birga namoz o'qiydi╗,
Savol:
Ba'zi muazzinlar iqomatni
yurib turib aytishadi,
namozxonlar ham iqomat
aytila boshlangandayoq
turib ketishadi...
Javob:
Bu
hol sunnatga xilofdir.
Iqomat azon kabi bir joyda
turib aytiladi. Namozni
kutayotgan jamoat esa,
iqomatning лHayya
'alassolah!╗ lafzlari
aytilgandagina turishlari
kerak. (лHidoya╗).
Savol:
Begona joyda qiblaning
qaysi tomondaligini
topolmagan kishi nima
qiladi?
Javob:
Bizning
diyorimizda qibla (Ka'ba)
quyosh botar tarafdadir.
Aniqrog'i, quyosh yozda qish
faslidagidan ko'ra o'ngroq
tomonda botishidan, quyosh
botish chizig'i uchga taqsim
qilinadi va ikki hissasi
o'ngda qoldiriladi, chapda
qolgan bir hissa Ka'ba
tomoni, deb qabul qilingan.
Kimki
dushmandan, yirtqich hayvondan
yoki o'g'ridan xavf qilgani
uchun qiblaga qarab o'qishdan
qo'rqsa, qodir bo'lgan
tarafiga qarab namoz o'qishi
joiz.
Kemada
(poyezdda) farz yoki nafl
namozni o'qimoqchi bo'lgan
odamga yuzini qiblaga qilish
vojib bo'ladi.
Hatto
namoz boshlangandan keyin kema
boshqa tomonga qarab burilsa,
namoz o'quvchi ham namoz
o'qigan holda yuzini qiblaga
to'g'rilashi kerak.
Qiblaning
qayoqdaligini bilmagan kishi,
oldida so'raydigan odam
bo'lmasa, o'zi qasd qilib bir
tomonga qarab o'qiydi. Agar
namoz o'qib bo'lganidan keyin
qibladan boshqa tarafga qarab
o'qiganini bilib qolsa,
namozni qayta o'qimaydi.
Bordiyu namozning ichida
qiblani aniq bilib qolsa,
namozda turgan holda qiblaga
qarab buriladi.
Qiblani
qalban qasd qilmay namoz
o'qilsa, qiblaga qaragan
bo'lsa ham, namoz durust
bo'lmaydi. Zero qibla noaniq
va so'raydigan kimsa bo'lmagan
holda qalban bir tarafni
qiblaning tarafi deb qasd
etish farz bo'ladi.
Savol:
Qiblaga oyoq uzatib
yotsam, kattalar tanbeh
berishdi. Nima, bu mumkin
emasmi?
Javob:
Qibla
dunyodaga barcha musulmonlar
namoz va boshqa ibodatlarda
yuzlanib turadigan taraf,
Saudiya Arabistonining Makka
shahridagi Masjidul Haramda
joylashgan - Ka'ba
(Baytulloh)dir. Hijratning
ikkinchi yilida Alloh
musulmonlarga o'sha tomonga
yuzlanib namoz o'qishni
buyurgan. Bungacha ular
Quddusdagi Aqso masjidiga
qarab ibodat qilishardi. Haj
va Umra qiluvchilar Ka'bani
yetti marta aylanib, tavof
(ziyorat) etishadi.
Shuning
uchun qibla tarafga oyoq
uzatib yotish, o'tirish, u
tomonga qarab yoki orqa qilib
yozilishlik, yosh bolalarni u
tarafga qaratib to'sish makruh
hisoblanadi, mumkin emas. Bu
bilan qiblaga nisbatan tarki
hurmat qilingan bo'ladi.
Marhumlarga
janoza o'qilayotganda va
qabrga qo'yilganda o'ng tomoni
qiblaga qaratib qo'yiladi.
Savol:
Alloh qodir qildi, bu yil
zakot bermoqchiman. Buning
shar'iy talablari qanday?
Javob:
лZakot╗
so'zi lug'atda poklanish,
orttirish, rivojlanish
ma'nolarini ifodalaydi.
Istilohda esa, belgilangan
miqdordagi molning ma'lum
qismini, shartlarga binoan,
uni olishga haqdor bo'lgan
kishiga berishdir.
Zakot
dinimizning besh asosiy
ruknidan biridir. Zakot
hijratning ikkinchi yili farz
qilindi. Uning yuksak va
beqiyos hikmatlaridan
asosiylari quyidagilardir:
1.
Boylarning oxirat azobidan
najot topishlari, baxillik
kasalidan poklanishlariga
sabab bo'ladi.
2.
Faqir va ojiz kishilarga
yordam berish, muhtoj
kishilarning dardlariga darmon
bo'lish, ularning g'am va
qayg'ularini yengillatish
hissini tarbiyalaydi.
3.
Tilanchilar, ishsizlar sonini
kamaytiradi, u tufayli
jamiyatdagi jinoyatlar,
qabihliklar va tartibsizliklar
yo'qoladi.
4.
Zakot boylarning juda katta
mablag'lar yig'ib,
kambag'allarning iqtisodiy
mahrum bo'lishlari natijasida
yuzaga keladigan to'ntarish
kabi tartibsizliklardan
jamiyatni himoya qiladi.
5.
Zakot ne'matning
shukronasidir. Chunki Alloh
taolo bandalariga badaniy,
moliyaviy ne'matlar bergan.
Shunday ekan, boy-badavlat
kishi kambag'alligi va
daromadi ozligi tufayli
boshqalarga muhtoj odamlarga
qarab, o'zini tilanchilikdan,
boshqalarga muhtoj bo'lishdan
qutqargan Alloh taologa shukr
etmasa, mulkidan juda ham oz
qismini faqirlarga bermasa, u
naqadar xasisdir.
Zakotning
rukni unga haqdorni zakot
moliga ega qilishdir. Zakot
beruvchi kishi zakot niyatida
bir faqir yoki yetimning
qornini to'ydirsa, bu xarajati
zakot o'rniga o'tmaydi.
Zakot
balog'atga yetgan, aqlli,
ehtiyoj va qarzlaridan
tashqari bir qamariy yil
to'lgan nisob miqdoridagi,
hukman bo'lsa ham, ko'payuvchi
mulkka ega musulmonga farzdir.
Zakotni
ado etish farz bo'lishi uchun
nisobning yil boshida va
oxirida mavjud bo'lishi
kifoyadir. Yil o'rtasida nisob
miqdori kamaysa ham, zakot
beriladi.
Zakotni
berayotganida yoki mulkidan
ajratayotganida uning zakot
ekanini niyat qilish lozim.
Faqir olayotgan moli zakot
ekanini bilishi shart emas.
Molidan
zakotini ajratmasdan zakot
beruvchi kishi vaqti-vaqti
bilan kambag'allarga mulkidan
ehsonlar ulashib tursa, har
safar berayotganida zakot, deb
niyat qilmasa, bular zakot
o'rniga o'tmaydi. Keyinchilik:
лMana shu muddat ichida
bergan sadaqalarim zakot
o'rniga o'tsin╗, deb niyat
qilsa ham, zakot o'rniga
o'tmaydi.
Savol:
Chorva hayvonlaridan ham
zakot beriladi, deb
eshitdim. Shu gapda jon
bormi?
Javob:
Yilning
aksariyat qismini dalalarda
o'tlab o'tkazadigan qo'y,
sigir va tuyaga o'xshash
to'rt oyoqli hayvolardan
zakot berish farzdir.
Tijorat
maqsadidagi otlardan ham zakot
beriladi. Yuk tashish va
minish maqsadida qo'llanilgan
otlardan, yem berib
boqiladigan otlardan zakot
berilmaydi. дtlaydigan otlar
suti uchun yoki ko'paytirish
uchun boqilayotgan bo'lsa,
agar ular sof arab otlaridan
bo'lsa, egasi hohlasa, ot
boshiga bir dinor, hohlasa,
otlarning jami qiymatini
hisoblab, ikki yuz dirhami
uchun besh dirham (2,5 foiz
miqdorida) zakot beriladi.
Agarda
suti uchun yoki ko'paytirish
maqsadida boqilayotgan otlar
arab otlaridan bo'lmasa,
faqatgina qiymati hisoblanib,
har ikki yuz dirhamidan besh
dirham zakot beriladi.
дttiz
boshdan kam bo'lgan
sigirlardan zakot berilmaydi.
Sigirlar soni o'ttiztaga
yetgach, ulardan ikki yoshga
o'tgan bir dona urg'ochi yo
erkak buzoq zakotga beriladi.
Sigirlar soni qirqtaga
yetgach, ulardan uch yoshga
o'tgan bitta urg'ochi yoki
erkak buzoq zakot beriladi.
Oltmishta sigir uchun ikki
yoshga o'tgan ikkita erkak
yoki urg'ochi buzoq zakotga
beriladi. Yetmishta sigir
uchun ikki yoshga o'tgan erkak
buzoq bilan uch yoshga o'tgan
urg'ochi buzoq zakotga
beriladi.
Bundan
oshgan har o'n besh sigir
uchun umumiy sonlariga ko'ra,
bitta ikki yoshga o'tgan erkak
buzoq yo uch yoshga o'tgan
urg'ochi buzoq qo'shib zakot
beriladi. Qo'toslardan zakot
berish sigirlardan zakot
berish kabidir.
Qirqtadan
oz bo'lgan qo'ylardan zakot
berilmaydi. Qirqtadan bir yuz
yigirmatagacha bo'lgan
qo'ylardan bitta qo'y zakot
beriladi. Bir yuz yigirma
bittadan ikki yuztagacha
qo'ylardan ikkita qo'y zakotga
beriladi. 201 tadan 400
tagacha qo'ylardan uchta qo'y
zakotga beriladi.
Savol:
Dehqonchilik mahsulotlari
va mevalardan ham zakot
beriladimi?
Javob:
Yerlar
ikkiga ajratiladi:
1.
Ushr berilishi lozim bo'lgan
yerlar. Xalqi o'z xohishi
bilan musulmon bo'lgan yoki
davlat rahbari tomonidan yerni
fath qilgan askarlarga bo'lib
berilgan yoki ushr berishi
hadis bilan (Hijoz kabi) va
sahobalarning ijmosi bilan
(Basra kabi) sobit bo'lgan
joylar.
2.
Xiroj berishi lozim bo'lgan
joylar . Musulmonlar tomonidan
fath qilingan yoki sulh bilan
qo'lga kiritilgan va mahaliy
xalqning ixtiyorida
qoldirilgan yerlar.
Yilning
aksar qismida yomg'ir va
shunga o'xshash suvlar bilan
sug'orilgan yerlar
mahsulotidan ushr beriladi.
Paqir va shunga o'xshash
narsalar vositasida
sug'orilgan yerlar hosilidan
yigirmadan biri zakot qilib
beriladi.
Ushr
berishda yerning xarajatlari
chiqarib tashlanmaydi.
Shuningdek, mahsulotlar
olinganidan so'ng bir yil
o'tishi, nisob miqdori shart
emas. Yerdan olingan hosil
qancha bo'lishidan qat'i
nazar, undan ushr beriladi.
Savol:
Dehqonchilik qilaman, ammo
ushr berilishi haqida
hozirgacha bilmagan
ekanman. Ushrni qancha va
kimga berishim kerak?
Javob:
лUshr╗
molning, hosilning o'ndan
bir bo'lagi, demakdir. Islom
shariatiga ko'ra yomg'ir
suvi va jilg'a, soy suvi
bilan o'sgan g'alla, beda,
mevalarning hamda ana
shunday yerlardan yig'ib
olingan asalning o'ndan bir
qismini, ya'ni ushrini
berish farz (majburiy)
hisoblanadi. Hosil olgan
odam xoh boy yoki kambag'al,
xoh balog'atga yetgan yoki
yosh bola bo'lsin, baribir
ushr beraveradi. Ushr ham
zakot oluvchilar, ya'ni
faqir kishilarga beriladi.
Bordiyu
yomg'ir ╕g'maydigan
yerlarga charxpalak yoki nasos
kabi asboblar bilan suv
chiqarib ekilgan bo'lsa, bunda
ushr to'liq berilmaydi, balki
yigirmadan bir qismi beriladi.
Ijaraga olingan yerga ekilgan
ekindan ushrni o'sha ijaraga
olib ekkan kishi beradi, ammo
ba'zi ulamolar yer egasi
beradi, deyishadi.
Savol:
Qo'ldagi oltin va
kumushdan ham zakot
beriladimi?
Javob:
Nisob
miqdoriga yetganidan so'ng
oradan bir qamariy yil
o'tgach, tanga holiga
keltirilmagan bo'lsa ham,
oltin va kumush uchun zakot
berish farzdir.
Kumushning
nisobi 200 dirhamdir.
Bu
140 misqol og'irlikdagi
kumushdir. 1 misqol 4 gr.ga
teng.
140
m. 4 q 560 gr. bo'ladi.
Har
10 dirham 7 misqolga, 1 dirham
2,8 gr.ga tengdir.
Oltinning
nisobi 20 misqoldir.
Nisob
miqdoriga yetgan kumush, oltin
qiymatiga teng pulga ega
bo'lgan kishi bu pulning
qirqdan birini zakot qilib
berishi lozim.
Savol:
Bir birodarim mendan
kattagina miqdorda qarz
olgan. Shunga ham zakot
to'laymanmi?
Javob:
Qarzlar
uch turlidir: 1. Kuchli
qarz. 2. дrtacha qarz. 3.
Zaif qarz.
Qarzdorligini
yo molni olib, pulini
to'lamagani haqidagi hujjatni
inkor etmagan kishilardagi
qarz kuchli qarzdir. Bularning
miqdori nisobga yetgan bo'lsa,
bir yil o'tgach, zakoti
beriladi. Agar nisob miqdorida
bo'lmasa, qo'lidagi mablag'ga
qo'shiladi, jami nisob
miqdoriga yetsa, zakoti
chiqariladi.
Tijorat
maqsadida bo'lmagan mollar
ehtiyoj uchun sotilganida
olinishi lozim bo'lgan, ammo
hali olinmagan mablag'
o'rtacha qarz hisoblanadi. Bu
tur qarzdan u olinmaguncha
zakot berilmaydi. Ammo
olingach, miqdori nisobga
yetsa, sotilgan kundan
e'tiboran hisoblanib zakoti
beriladi. Nisob miqdorida
bo'lmasa, qo'lidagi mablag'ga
qo'shib hisoblanadi.
Mahr,
vasiyat qilingan pul va
olinmagan tovon pullari zaif
qarz bo'ladi. Bunday pullar
nisob miqdorida bo'lsa,
olinganidan e'tiboran bir yil
o'tgach, zakoti chiqariladi.
Agar nisob miqdorida bo'lmasa,
qo'lidagi mablag'ga qo'shib
hisob qilinadi.
Savol:
Zakotni duch kelgan
kishiga berib bo'lmaydi,
deb eshitdim. Buning
shartlari qanday bo'ladi?
Javob:
Zakot
quyidagilarga beriladi: лAlbatta,
sadaqalar (ya'ni, zakotlar)
Alloh tomonidan farz bo'lgan
holda faqat faqirlarga,
miskinlarga, sadaqa
yig'uvchilarga, ko'ngillari
(Islomga) oshno qilinuvchi
kishilarga, bo'yinlarni
(qullarni) ozod qilishga,
qarzdor kishilarga va Alloh
yo'lida (ya'ni, jihod yoki
hajga ketayotganlarga) hamda
yo'lovchi musofirlarga
berilur. Alloh bilim va
hikmat sohibidir╗ (Tavba
surasi, 60-oyat).
1.
Faqirlar. Nisob miqdoridan kam
mablag'i bor yo nisob
miqdoricha mablag'i zaruriy
ehtiyojlariga sarflangan
kishilar.
2.
Kambag'allar. Hech narsasi
yo'q, faqirdan ham muhtoj
kishilar.
3.
Sadaqa to'plovchi kishilar.
Ular davlat rahbari tomonidan
zakot va sadaqalarni (xalqdan)
yig'ish topshirig'i berilgan
kishilardir. Badavlat
bo'lsalar ham, vazifalari
sababli ularga zakot
mollaridan bir miqdor
beriladi.
4.
Qalblari (Islomga)
og'dirilishi zarur bo'lganlar.
Bular Payg'ambarimizning
(s.a.v.):
a)
musulmonlikni tanlab, Allohga
imon keltirishlarini;
b)
dinga zarar berishlarining
oldini olishni;
v)
imonlarini kuchaytirib,
haqiqiy musulmon bo'lishlarini
xohlagan kishilardir.
5.
Mukotablar, ya'ni ma'lum
miqdorda mol evaziga ozod
bo'lishlari xususida
xo'jayinlari bilan shartnoma
tuzgan qullar.
6.
Qarzdorlar, ya'ni qarzini
to'lashdan ojiz bo'lgan
kishilar.
7.
Alloh yo'lidagilar. Bular
hayotlarini Alloh yo'lida
kurashga bag'ishlab, Islom
dini shuhrati yuksalishi uchun
xizmat qilgan faqir askarlar.
8.
дz diyoridan (va u yerdagi
mulkidan) uzoqqa ketgan
(ularni keltirishdan ojiz
bo'lgan) musofirlar.
Badavlat
kishining faqir katta
o'g'liga, badavlat kishining
faqir xotiniga, farzandi boy
bo'lsa-da, uning faqir otasiga
zakot berishi joiz.
дz
qishlog'i va shahrida faqir
kishilar bo'laturib, zakotni
boshqa qishloq-shahardagi
muhtoj kishilarga yuborish
makruhdir.
Savol:
Alloh qodir qilib,
qurbonlik amalini bajarish
nasib etdi. Ammo uning
shartlarini bilmayman.
Qurbonlikning qanday
shar'iy talablari bor?
Javob:
Qurbonlik
qilish zakot, sadaqai fitr
kabi moliyaviy ibodatdir.
Zulhijja
oyining o'ninchi kuni hayit
namozi o'qilganidan boshlab,
to o'n ikkinchi kunining
shomigacha qurbonlik so'yish
vaqtidir.
Kumush
zakotining nisobidagi
mablag'ga yo zaruriy
ehtiyojidan ortiqcha, qiymati
kumush nisobi miqdoriga
yetadigan mulkka ega bo'lgan
muqim musulmonga qurbonlik
qilish vojib bo'ladi.
Yashayotgan
turar joyi, kerakli (uy
ichida, ishda va hayitda
kiyish uchun) kiyimlari, uy
anjomlari, mehnat qurollari
zaruriy ehtiyojga kiradi.
Musofirga
qurbonlik so'yish vojib emas.
Qurbonlik
so'yish vaqtining oxiridagi
boylik holati qurbonlikning
vojib bo'lishi uchun hisobga
olinadi. Ya'ni, kambag'al
kishi qurbonlik so'yish
vaqtining oxiriga kelib kumush
nisobi miqdoricha boylikka ega
bo'lsa, unga qurbonlik qilish
vojib bo'ladi, agar boy kishi
shu vaqtda kambag'al bo'lib
qolsa, unga qurbonlik so'yish
vojib bo'lmaydi.
Qiymati
kumush zakoti nisobiga
yetadigan yeri bo'lgan, ammo
o'zi ijarada yashayotgan
musulmonga qurbonlik so'yish
vojibdir (лMuxtasar-ul viqoya╗).
Savol:
Mening xususiy uyim yo'q,
ijarada o'tiraman. Ammo
nisob miqdoridagi pulim
bor. Menga qurbonlik vojib
bo'ladimi?
Javob:
Ha,
vojib bo'ladi. Zero,
qurbonlik qilish kunlari
nisob miqdoridagi pulga yo
qiymati shunga yetadigan
hojatidan oshiqcha molga ega
har bir ozod, muqim
musulmonga qurbonlik qilish
vojib bo'ladi (лRadd-ul
muxtor╗).
Savol:
Qurbonlik so'yishi vojib
bo'lmagan kishi qurbonlik
qilsa bo'ladimi? Agar
mumkin bo'lsa, qanday
niyatda qurbonlik qilishi
kerak?
Javob:
Ha,
qurbonlik so'yishi vojib
bo'lmagan kishi qurbonlik
qilishi mumkin. Ammo
qurbonlikka so'yiladigan
hayvonni vojib qurbonlik
niyatida emas, sunnat
qurbonlik niyatida sotib
olishi kerak bo'ladi. Agar
uni vojib qurbonlik niyatida
sotib olsa, nazr qilingan
mol kabi go'shtidan o'zi va
boylar yeyishi mumkin emas.
Uni kambag'allarga sadaqa
qilishi lozim (лRadd-ul
muxtor╗).
Savol:
Qurbonlikka qanday
hayvonlar yaraydi-yu,
qandaylari nojoiz?
Javob:
Qurbonlik
uchun besh yoshga to'lgan
tuya, ikki yoshga to'lgan
qoramol, olti oyga to'lgan
qo'y, bir yoshli echki
yaraydi.
Qurbonlik
niyatida tovuq, kurka
kabilarni so'yish makruhdir.
Tuya
va qoramollarni yetti kishi yo
bundan kam kishi birlashib
qurbonlikka so'yishlari joiz.
Ammo ulardan birining niyati
go'sht olish bo'lsa,
barchalarining qurbonligi
bekor bo'ladi. Zero,
qurbonlikning rukni go'sht
olish emas, mol so'yishdir.
Yetti kishi bir bo'lib so'ygan
qurbonlik go'shtini kilolab
tortib, teng taqsimlab
olishlari lozim bo'ladi.
Ko'zi
ko'r, qulog'i, shoxi, dumining
uchdan bir qismidan ko'pi
kesib tashlangan hayvonlar
qurbonlikka yaramaydi.
Qurbonlikka so'yilgan
hayvonning terisini qassobga
xizmat haqi sifatida berish
mumkin emas.
Qurbonlik
so'yishi vojib bo'lgan kishi
qurbonlikni vaqtida so'ymasa,
keyin uning qiymatini sadaqa
qilishi vojibdir.
So'yilgan
qurbonlikning uchdan birini
sadaqa qilish, uchdan birini
yedirish, uchdan birini keyin
yeyishga olib qo'yish
mustahab.
Serfarzand
bo'lsa, hammasini o'z
farzandlari uchun qoldirishi
mustahabdir.
Qurbonlik
qiluvchi so'yishni bilsa, o'zi
so'yadi, bilmasa, birovga
buyurib, o'zi uning oldida
turadi.
Qurbonlik
terisi nimaga ishlatiladi?
Qurbonlik
molining terisi sadaqa
qilinadi yo ro'zg'orda
ishlatiladigan kigiz, palos
kabi narsalarga
almashtiriladi. Agar sotib
yuborilsa, puli sadaqa
qilinadi (лMuxtasar-ul viqoya╗).
Savol:
Umra va haj uchun ehromga
kirish tartibi qanday?
Qachondan ehromga kirilgan
hisoblanadi? Ehromga
kirgan insonga nimalar
taqiqlanadi?
Javob:
Umra
yo haj ehromsiz ado
qilinmaydi. Ehromning umra
va haj amallaridagi o'rni
takbiri tahrimaning
namozdagi o'rniga teng.
Ehromga
kirmoqchi bo'lgan kishi
tahorat yo g'usl qiladi. G'usl
qilish yaxshiroqdir. Tirnoq va
mo'ylablarini qisqartiradi.
Badanni olinishi lozim bo'lgan
tuklardan tozalaydi.
Erkaklar
tikilgan kiyimlarini yechib,
beldan pastini tizza bilan
qo'shib toza oq choyshab bilan
o'raydi. Ikki rakat namozdan
so'ng лIlohim, men hajni
(umrani) qasd qildim, uni
menga oson et va qabul ayla╗,
deb niyat qilgan holda talbiya
(лLabbaykallohumma labbayk...╗ni)
aytish bilan ehromga kirgan
hisoblanadi. Talbiya aytmasa,
ehromga kirgan bo'lmaydi.
Ehromga
kirgan inson jufti bilan
jinsiy yaqinlikdan,
gunohlarning barcha turidan,
yo'ldoshlari bilan
tortishuvdan saqlanishi lozim.
Shuningdek, jonivorlarni
o'ldirmaydi, tikilgan kiyimni
mutlaq kiymaydi, badanini
yog'lamaydi yo xushbo'y narsa
surtmaydi, soch, mo'ylab va
tirnoqlarini olmaydi. Imkoni
boricha talbiyani ko'p aytadi
(лHidoya╗).
Ehromdagi
inson haj yo umrani ado
etayotib, bu qaytarilgan
ishlarga qo'l ursa,
tegishlicha jonliq so'yib yo
sadaqa berish bilan
jinoyatining kafforatini
o'tashi kerak.
Savol:
лHajji mabrur╗
birikmasidagi лmabrur╗
so'zini qanday tushunmoq
kerak? Hajji mabrur qanday
haj?
Javob:
лMabrur╗
so'zi лyaxshi╗, лrioya
etilgan╗ ma'nolarini
bildiradi. Hajning
talablariga to'la-to'kis
rioya etgan hamda ado etish
davomida gunoh qilmagan
kishining haji лhajji
mabrur╗, deyiladi. Hadisi
sharifda shunday kelgan: лHajji
mabrurning mukofoti
jannatdir╗ (лMinhojus-solihin╗).
Savol:
Baytullohni tavof qilishda
ayollar uchun qaysi afzal:
toshni o'pishmi yoki
odamlar tiqilinch joydan
uzoq bo'lishmi?
Javob:
Ba'zi
kishilarning farz namozida
salom berishdan oldin
shoshilib toshni o'pish
uchun shiddat bilan
yugurishganini ko'ramiz.
Bunday holda sunnat bir
amalni bajaraman, deb Islom
ruknlaridan bo'lgan farz
namozini buzadi.
Agar
toshni o'pish tavof bilan
tenglashtirilsa, bilimsizlik
alomatidir. Aslida, toshni
o'pish yo toshga ishora qilish
faqat tavofning ichidagina
sunnatdir. Chunki tavofdan
boshqa paytda toshga ishora
qilish sunnat emas. Bu tavof
ham agar o'ziga yoki boshqaga
ozor berish bilan bajarilsa,
sunnat bo'lmaydi. Shunda biz
Rasululloh (s.a.v.) ko'rsatgan
ikkinchi usulga o'tamiz.
Ya'ni, inson qo'lini o'pib,
toshga ishora qiladi. Agar-da
bu ham ozor yoki mashaqqatga
sabab bo'lsa, u holda uchinchi
yo'lni tutamiz. Bu yo'l toshga
uzoqdan qo'lni o'pmay, o'ng
qo'l bilan ishora qilishdir.
Rasulullohning (s.a.v.)
sunnatlari shunday edi.
Shuning uchun ayollar bundan
qaytariladi, chunki ayol
homilador, qari yoki yosh qiz
bo'lishi mumkin va bularning
barchasi munkar ishlardir,
chunki ayolga zarar yetishi
mumkin. Ayolning erkaklardan
iborat tiqilinch joyda qolishi
harom va makruh ishlardandir.
Savol:
Har yili minglab
yurtdoshlarimiz haj
qilishadi. Ana shu
mashaqqatli ibodatning
maqbul bo'lish shartlari
qanday?
Javob:
Haj
ibodati davomida biror gunoh
qilmagan, buzuq so'zlar
aytmagan hoji onadan yangi
tug'ilganidek gunohlaridan
pok bo'ladi. Bu Rasuli
akramning (s.a.v.)
bashoratlaridir.
Buning
uchun hoji:
-
haj arkonlari va amallarini
to'la bajarishi, eng avvalo,
niyatni xolis qilishi kerak.
Zero, amallar natijasi niyatga
bog'liq. Har bir kishiga niyat
qilgani bo'ladi;
-
musulmon uchun eng muhim
ishlardan yana biri topgan va
to'plagan moli, mablag'ining
halol, pok bo'lishidir. Bu
uning barcha yaxshi amallari,
jumladan, haj ibodatining ham
maqbul bo'lish
shartlaridandir. Alloh taolo
pokdir. Faqat pok amalni qabul
qiladi;
-
agar zimmasida qarzi bo'lsa,
ularni uzishi, olgan omonatini
qaytarishi, undan
ranjiganlarning ko'nglini
olishi, qaytib kelgunicha
qaramog'idagilarga yetadigan
nafaqani hozirlashi kerak.
Bandaning boshqa bir banda
zimmasidagi haqqini o'sha odam
kechmagunicha Alloh taolo
kechmaydi;
-
haj yo'liga tushgan mo'min
o'tgan gunohlariga chin dildan
tavba qilishi, o'zini go'yo
dunyodan oxiratga
o'tayotganday his etishi,
solih amallar qilishga
shoshilishi lozim. Alloh
taoloning roziligidan boshqa
o'y-xayollarni qalbidan
chiqarishi kerak;
-
muborak haj safarida hoji
yo'ldoshlari bilan go'zal
munosabatda bo'lish lozim.
Ular bilan tortishmasligi,
ularning e'tiroziga bois
bo'luvchi ishlarni qilmasligi,
ularga ozor yetkazmasligi,
ozorlariga sabr qilishi kerak;
-
safari davomida gunohdan,
behuda ishlardan va buzuq
so'zlardan yiroq bo'lishi va
qolgan hayotida ham bunga
doimo qat'iy amal qilishi
lozim;
-
ehromda bo'lganida birinchi
Aqobada tosh otgunicha har
namozidan so'ng tepalik joyga
chiqqanida, pastlik yerga
tushganida, hojilar guruhiga
yo'liqqanida talbiya aytmog'i
kerak;
-
Haram hurmatini toptamasligi,
undagi giyohlarni yulmasligi,
daraxt shoxlarini
sindirmasligi, hayvonlarni
ovlamasligi, o'ldirmasligi
kerak;
-
Zam-zam suvidan to'yib-to'yib
ichishi kerak. Boshi va tanasi
ustidan uni quyishi zarur.
Zam-zam suvidan to'yib ichish
nifoqdan qutilishdir. Janobi
Rasululloh (s.a.v.): лZam-zam
suvi va do'zax o'ti kishining
ichida jam bo'lmaydi╗, deb
marhamat qilganlar. Bu zam-zam
suvi haqidagi
bashoratlardandir;
-
Madinai Munavvarani ham Makkai
Mukarrama kabi e'zozlashi
lozim;
-
Rasulullohning (s.a.v.)
qabrlarini ziyorat etishni
g'animat bilishi zarur. Zero,
bu ishi Rasulullohni tirik
chog'larida ziyorat qilish
kabidir. Rasulullohni ziyorat
qilish u zotning shafoatlariga
yetishuvga sabab bo'ladi.
Savol:
Yurtchilik ekan,
qishlog'imizda bir qariya
vafot etdi. Farzandlar to
odamlar to'plangunicha
nima qilishni bilolmay,
dovdirab qolishibdi.
Shunday holatda nima
qilish kerak?
Javob:
Kishining
o'limi yaqinlashgani
sezilsa, yuzini qiblaga
qaratib, o'ng yonboshi ila
yotqizib qo'yish sunnatdir.
Bizning o'lkalarda
chalqancha yotqizib qo'yish
ham ixtiyor qilingan.
So'ngra xastaning oldida
kalimai shahodat aytib
turiladi. Xasta ham aytsa,
boshqa takrorlanmaydi,
aytmasa, aytishga
majburlanmaydi. Joni
chiqqach, iyagi bog'lanadi.
Qo'llari yonga qilinib,
oyoqlari juftlab qo'yiladi.
Ko'zi yumiladi. Qorni
shishib ketmasligi uchun
oyna, pichoq yoki shunga
o'xshash narsa bilan
bostirib qo'yiladi.
Kiyimlarini yechib, ustini
yopib qo'yish mustahab.
So'ng boshqalarga xabar
qilinadi. Xush bo'y taratish
uchun atrofida isiriq
tutatiladi yoki rayhon
qo'yiladi.
Mayitni
avvalo g'assol qo'lqop kiyib
istinjo qildiradi, keyin
tahorat qildiradi: yuzi,
so'ngra ikki qo'li tirsagi
bilan qo'shib, yuviladi, so'ng
boshi mash qilinadi, keyin
ikki oyog'i oshig'i bilan
qo'shib yuviladi. Shundan
so'ng, avvalo, o'ng tomoni,
keyin chap tomoni, yuviladi.
Norasida bola bo'lsa, g'usl
qilish kifoyadir.
дlik
yuvilayotganda og'ziga,
burniga suv yuborilmaydi,
tirnog'i olinmaydi, sochlari
taralmaydi.
Erkaklarning
kafani uch qavat bo'ladi: 1)
izor, ya'ni boshidan
oyog'igacha; 2) qamiys -
bo'ynidan oyog'igacha; 3)
lifofa - yana boshidan
oyog'igacha. Ayollarning
kafani ham shu uchalasidan va
yana himor (yuziga yopiladi)
va xirqa - ko'krakdan
tizzasigacha bo'lgan enli
matodan iborat bo'ladi.
Shu
tariqa kafanlashga mato
yetmasa, erkaklarga izor va
lifofa, ayollarga izor, lifofa
va himor kifoyadir.
Kafan
yechilib ketishi xavfi bo'lsa,
bog'lab qo'yiladi, bog'ichlar
mayyit lahadga qo'yilganda
yechib yuboriladi.
Kafanlanib
bo'lgach, janoza namozi
o'qiladi.
Savol:
Janoza namozini o'qishga
kim haqli? Janoza
namozining ba'zi takbiriga
ulgurmagan kishi qanday
qo'shiladi va o'qiydi?
Javob:
Janoza
namozini o'qishga eng
birinchi sulton haqlidir.
Sultondan so'ng uning noibi,
qozi, jamoat imomi va mayyit
asabalari (ota, o'g'il,
nabira) keltirilgan tartibda
haqdordirlar. Binobarin,
agar marhum boshqa odamga
vasiyat qilgan bo'lsa ham,
inobatga olinmaydi. Shu
jumladan, mayyit egalari ham
bu tartibga daxl qila
olmaydilar.
Janoza
namozining ba'zi takbiridan
kechikkan kishi hazrat Abu
Yusuf (r.a.) qavllariga ko'ra,
kelgan zahoti takbir aytib
janoza namoziga qo'shiladi.
Imom salom berganidan so'ng
tobut yerdan ko'tarilguncha
qoldirgan takbirlarini aytadi.
Bunda hech narsa o'qimaydi (лHadiyyatus-su'luk╗).
Savol:
Janoza namozini o'qish
tartiblari qanday?
Javob:
Mayyit
kafanlangach, unga janoza
namozi o'qiladi. Janoza
namozi farzi kifoya - ya'ni,
biror musulmon o'qisa,
barchadan soqit bo'ladi. Aks
holda barcha gunohkor
bo'ladi.
Janoza
namozining takbiri to'rt
takbir bo'lib, o'qilinadigan
sano, durud va duolar
sunnatdir. Demak, mazkurlarni
bilmagan kishi ham komil
tahorat qilib, mayyit ko'kragi
to'g'risida turib niyat qilib,
to'rt takbir (лAllohu akbar╗)
aytsa, janoza namozi joiz
bo'ladi.
Janoza
namozi uchun avval niyat qilib
bo'lgach, qo'llarining bosh
barmog'ini quloq yumshog'iga
tekkizgan holda takbir aytadi.
So'ng sano o'qib, yana takbir
aytadi, ammo qo'llarini
ko'tarmaydi. Uchinchi
takbirdan oldin durud
(salovot), to'rtinchi
takbirdan oldin esa duo
o'qiladi. Takbir aytilganda
boshlar ko'tarilmaydi. Shuni
unutmaslik kerakki, besh vaqt
namozga nimalar shart qilingan
bo'lsa, janoza namoziga ham
shartdir. Mazkur shartlar
ichida namozni pok joyda ado
etish shartiga to'xtalsak.
Oyoq kiyimi najasotdan xoli
bo'lmasligi isbot talab
qilinmaganligidan лHadiyyatus-su'luk╗
kitobida zikr qilinganidek,
janoza namozini ado etishda
oyoqni oyoq kiyimidan
chiqarib, uning ustiga, agar
yer quruq bo'lsa, yerga qo'yib
turishi zarurdir.
Tug'ilgandan
so'ng ovoz chiqarib uzilgan
go'dakka nom qo'yiladi,
yuviladi va janoza o'qiladi.
Agar o'lik tug'ilsa, nom
qo'yilib, yuvilib, janozasiz
dafn qilinadi. Tushik esa
lattaga o'rab ko'miladi,
xolos.
Savol:
Marhumni dafn etishning
ham qoidalari bormi?
Javob:
Mayyitni
qabrga qo'yayotgan kishi лBismillahi
va 'alo millati rasulillahi╗,
deb aytishi kerak. Mayyit
qabrga qo'yilgach, uning
boshi qiblaga moyil qilib
qo'yiladi.
Tobutni
to'rt kishidan ziyod kishi
ko'tarmasligi kerak.
Qabristonda tobut yerga
qo'yilmaguncha o'tirish
makruh. Tobut qo'yilgach esa,
ishga mashg'ul bo'lmagan
barcha o'tirishi darkor.
Savol:
Vafot etgan kishining
janozasida imom-xatib
vorislarning biridan лShu
kishining qarzini
to'lashni bo'yningizga
olasizmi?╗ deb so'raydi.
Qariyb hamma (ba'zan
jamoatdan uyalib bo'lsa
kerak): лHa, to'layman╗,
deb javob beradi. Shunda
va'da berib yuborgan
odamning bo'yniga qarz
qoladimi? бki
qarzlarni olgan shaxs
to'layolmay vafot etib
qolsa, unda nima bo'ladi?
Javob:
Ma'lumki,
zimmadagi qarz uni ado
etmaguncha yoki kechilmaguncha
yo qarz sababi bekor
qilinmaguncha soqit bo'lmaydi.
Binobarin, qarzini uzmay vafot
etgan qarzdor oxiratda javob
beradi. Uni oxirat azoblaridan
xalos qilish uchun
yaqinlaridan biri marhumning
qarzini ado etishni zimmasiga
olar ekan, bu narsa kafilning
o'z molidan marhum qarzini
to'lashini anglatmaydi. Zero,
kafillik haq talab qilinishida
qarzdor bilan birga javobgar
bo'lishdir (лMuxtasar-ul
viqoya╗).
Marhum
qoldirgan mol, avvalo, uni
kafanlash va ko'mish ishlariga
sarflangach, vorislar haqqini
olishidan oldin qarzni ado
etish muhim bo'lgani uchun
uning qarzi uziladi. Aynan shu
ishda kafil bosh bo'lishi
lozim. Binobarin, kafil marhum
qarzlarini u qoldirgan moldan
uzishni zimmasiga olgan
shaxsdir.
Savol:
дlgan erkakning xotinidan
лMahringizdan
o'tdingizmi?╗ deb
so'raladi. Xotin o'tdim,
deydi. Shunda mahr eridan
soqit bo'ladimi?
Javob:
Mahr
nikoh aqdi bilan ayol
mustahiq bo'lgan mol bo'lib,
naqd yo nasiya etib
belgilanishi ma'lum. Mahr
naqd ado etilganda o'lgan
erning xotinidan mahridan
kechishni so'rash
o'rinsizdir. Ammo mahr
nasiya bo'lsa, er vafot
etsa, u er zimmasida qarz
bo'lib qoladi. Bu holda
xotin o'z mahridan kechsa,
marhum eri qarzidan
qutilishi muqarrar.
Savol:
Bir o'rtog'im kesak
yeyishini, shusiz yomon
ahvolga tushib
qolayotganini gapirdi, men
uni bu ishdan qaytardim.
лInson tuproqdan
yaralgan, shuning uchun
Islomda kesak yeyish
haromdir╗, dedim. Men
to'g'ri qildimmi? Balki
o'rtog'im tibbiy jihatdan
bemorligi tufayli shunga
ehtiyoj sezayotgandir?
Javob:
Inson
ozuqa yo davo sifatida
iste'mol qiladigan barcha
narsa uning ruhi va jismiga
ta'sir etishi muqarrar.
Shuning uchun ham Islom
yeb-ichish masalasiga jiddiy
e'tibor beradi. Islom xalqum
pokligini, halol yeb, halol
kasb etishni insonga eng
ulug' farz etib, jism va
ruhga zarar beruvchi barcha
narsa iste'molini harom deb
e'lon etgan. Toha surasining
81-oyatida shunday deyiladi:
лSizlarni bahramand
qilgan pok rizqlarimizdan
yenglar va ularga (shukr
qilmaslik bilan) haddan
oshmanglarki, u holda
ustingizga Mening g'azabim
tushar. Mening g'azabim
kimning ustiga tushar ekan,
u muhaqqaq halok bo'lur╗.
Mujtahid
ulamolarimiz tuproq yeyishni
man qilganlar.
лJung╗
kitobida лTutun (chekish)
tuproq yeyish kabi harom╗,
deyilsa, лFatovoi Qozixon╗
asarida лTuproq yeyish
karihdir. Zero, uning
iste'moli zararlidir. Zararli
narsani iste'mol qiluvchi
o'zining qotilidir╗,
deyiladi. Shuningdek, лMajmu'-ul
fatovo╗ va лFatovoi Sirojiya╗larda
ham tuproq yeyish nojoizligi
ta'kidlangan. Demak, tuproq
yeyishning nojoizligi sababi
uning inson jismiga zararidir.
Shar'an
harom narsalar iste'molining,
jumladan, tuproq yeyishning
tibbiy zarurati bo'lsa, buni
faqat xoziq tabiblar tavsiya
qilganlarida va shunda ham
uning evazi bo'lmasa, shar'an
joiz, deyiladi. Payg'ambarimiz
(s.a.v.) marhamat qiladilar:
лAlloh taolo dardlaringiz
shifosini sizlarga harom
qilgan narsalarda qilmagan╗.
Siz
o'rtog'ingizni tuproq
yeyishdan qaytarish bilan
dinimiz asoslaridan biriga -
nahiy munkarga amal qilish
darajasiga noil bo'lgansiz.
Savol:
Ba'zan kasal qo'y va
mollarni so'yishga to'g'ri
keladi. Qo'y va mollar
bo'g'ilib qolgani,
kaltaklangani, tepalikdan
yiqilgani yo mashina urib
ketgani oqibatida oyoqqa
turolmaydi va so'yiladi.
Ularning go'shti halol
bo'ladimi?
Javob:
Kasal
qo'y va molni bo'g'izlash
paytida tirikligi ma'lum
bo'lsa, bo'g'izlangach,
go'shti halol bo'ladi. Ammo
pichoq tortilayotgan paytda
u tirik yo o'likligiga
shubha uyg'onsa, qaraladi:
so'yilganda tanasi
qimirlasa, og'zini yo
ko'zini yumsa, oyoqlarini
yig'ib olsa yoki junlari
tikkaysa, go'shti yeyiladi.
Aksincha, so'yilganda
og'zini yo ko'zini ochsa,
oyoqlarini cho'zib yuborsa
yoki junlari yotib qolsa,
go'shti yeyilmaydi.
Bo'g'ilib qolgan,
kaltaklangan, tepalikdan
yiqilgan yo mashina urib
ketgan qo'y va mol hali
o'lmagan bo'lsa,
bo'g'izlangach, go'shti
halol bo'ladi (лHadiyyatus-su'luk╗).
Savol:
Ma'lumki, dinimizda har
bir muammoga javob bor.
So'yilgan qo'y kallasining
qay tarzda tozalanishi
haqida shariatimiz nima
degan?
Javob:
лFatavoi
Astitoniy╗da sizni
qiziqtirgan masala haqida
shunday deyilgan: лQo'y
kallasini tozalashdan oldin
uning jag'i ajratilib, tish
oralari tozalanadi, so'ng
issiq suv quyilib junlari
yulinadi╗.
Bu
masaladan ogoh birodarlarimiz
kalla tishlari orasini
tozalashdan ularni butunlay
olib tashlash qulayligi uchun
kallani issiq suvga solib
ivitishdan oldin ularni
butunlay sug'urib
tashlaydilar. Bu albatta taom
pokligi uchun muhimdir.
лFatavoi
Astitoniy╗da tovuq, g'oz kabi
parrandalarning ham ichini
yormay, qaynoq suvga solib,
so'ng patlari yulinsa,
ularning go'shti shar'iy
nuqtai nazardan pok
bo'lmasligi qayd etilgan.
Savol:
Taom yeyishda ham farz
bor, deb eshitdim. Shuni
tushuntirib berolmaysizmi?
Javob:
Darhaqiqat,
taom yeyishda ham farz bor.
Ularni bilish va amal qilish
dunyo hamda din saodatining
muhim omili hisoblanadi. лFarzi
ayn╗ kitobida taom yeyishda
to'rt farz borligi qayd
qilingan. Ulardan birinchisi
xalqum pokligidir. Ya'ni,
tanovul qilinayotgan taom
dinimiz nuqtai nazaridan
halol bo'lishi va halol
yo'llar bilan topilishi
lozim. Xalqum pokligining bu
ikki qanotini asrash imon
taqozosidir.
Rizqning
Alloh taolodan ekaniga iqror
bo'lish taom yemoqning
ikkinchi farzidir. Har bir
mo'minning e'tiqodi shunday
bo'lishi kerak. Zotan, Alloh
taolodan o'zga rizq berguvchi
yo'qdir.
Nasibaga
rozi bo'lish taom yemoqning
uchinchi farzidir. Rizqni
Alloh taolo berar ekan, kimga
qancha berishni ham дzi
biladi. Alloh taoloning
berganiga rozi bo'lib, uni
ziyoda etishni so'rash
mo'minning xislatidir.
Taom
yemoqning so'nggi farzi taom
quvvatini gunohga
sarflamaslikdir. Yeyilgan
narsadan tanaga quvvat
bo'lishi Alloh marhamatidir.
Bu quvvatni gunohga emas,
toatga sarflash ayni ubudiyat
bo'lishi bilan birga
nasibaning farovon bo'lishi
garovidir. Zero, shukr etish
ne'mat ziyoda bo'lishiga
boisdir.
Savol:
Kuzatishimcha, ovqatlanish
oldidan qo'llar yuvilgach,
ba'zilar sochiqqa artadi,
ba'zilar artmaydi. Qaysi
biri to'g'ri?
Javob:
лXizona╗
kitobida bayon qilinishicha,
ovqatlanishdan oldin qo'llar
yuvilganida, yuvilganlik
asarini ketkizmaslik uchun
sochiqqa artilmagani yaxshi.
(Bu tibbiy nuqtai nazardan
ham to'g'ridir. Chunki
qo'llar yuvilganida tuk
ostilaridagi mikroblar
tushib ketadi. Ko'plar
foydalangan sochiqqa
artilsa, darhaqiqat,
yuvilganlik asari qolmaydi.)
Savol:
Ba'zilarimiz taomni chap
qo'l bilan yeymiz
(ichamiz). Chap qo'lda
narsa uzatib, chap qo'lda
olamiz...
Javob:
Bu
hol sunnatga xilofdir.
Payg'ambarimiz (s.a.v.)
bizlarga o'ng qo'l bilan
taom yeyishni, narsani o'ng
qo'l bilan olib, o'ng qo'l
bilan uzatishni buyurganlar.
Savol:
Xalqda лuvuz suti╗ deb
ataladigan sutning bir
turi bor. Ba'zilar uni
ichsa bo'ladi, deydi,
boshqalar ichish mumkin
emas, deyishadi. Bu haqda
dinimizda nima deyilgan?
Javob:
Yangi
tuqqan sigir, qo'y va shu
kabi hayvonlarning sutlarini
oqarmasdan ichish joiz
emasdir, haromdir. Sababi
shuki, unga qon aralashgan
bo'ladi. Bunday sutning toza
bo'lish muddatini
ulamolarimiz uch kun deb
ko'rsatishgan. Bu sut
pishirilganda o'zgarishsiz
pishsa, irib qolmasa, toza
bo'lgan hisoblanadi (лFatovoi
Jung╗, лMabsuti Saraxsiy╗dan
naql).
Savol:
Qozonda qaynab turgan
sho'rvaga piyoz
to'g'rayotganimda qo'limga
pichoq tegib, bir-ikki
tomchi qon qozonga tushdi.
Nima qilishni bilmay
qoldim. Shuning hukmini
tushuntirsangiz.
Javob:
Bunday
holda agar qozondagi go'sht
pishgan bo'lsa, sho'rvasi
to'kib tashlanadi, go'shtini
esa uch bor yuvib yeyish
joizdir. Ammo qozondagi
go'sht hali pishmagan
bo'lsa, sho'rva bilan
qo'shib tashlab yuboriladi (лNaf'ul
mufti vas-soil╗).
Savol:
лSalla mo'min
bandalarning toji╗,
deyishadi. Sizlardan
iltimos, salla o'rashning
shariatimizdagi hukmi va
unga taalluqli masalalarni
yoritsangiz.
Javob:
лSahihi Buxoriy╗ning
Badriddin Abu Muhammad Ayniy
sharhida (10-juzi) salla
haqida vorid bo'lgan hadislar
keltirilgan. Jumladan, Abu
Muso rivoyat qilgan hadisda
salla o'rash sunnat ekanligi
ta'kidlanadi.
Fuqaholar
salla borasidagi masalalarni
yoritib, bu borada
quyidagilarga rioya etish
sunnat, deydilar: sallaning
matosi oq bo'lishi, uzunligi
yetti gazdan kam bo'lmasligi
(5 metr), tahorat bilan tik
turib qiblaga yuzlanib o'rash,
salla o'rayotganda salovot
aytib turish, salla pechini
uning pastki qismidan
chiqarish, sallani o'rab
bo'lgach, ko'zguda tekshirish.
Shuningdek,
sallani tarqatishda (yozishda)
uni bir yo'la tarqatib
yubormay, o'ramlarni
aylantirib tarqatish ham
sunnat, deydilar fuqaholar.
Sallaning
qora matodan bo'lishi
mustahabdir. Chunki
Payg'ambarimiz umrlarida bir
bor qora salla kiygan ekanlar.
Mazkur
kitobda quyidagi hadisi sharif
vorid bo'lgan: лHazrat
Alining o'g'illari Hasan
(Alloh ikkovlaridan ham rozi
bo'lsin): лMen Rasulullohning
(s.a.v.) minbarda qora salla
kiyib, pechini ikki yelkalari
o'rtasidan tushirganlarini
ko'rdim╗, deb aytdilar╗.
Sallaning
pechi chap kiftga emas, balki
ortga, ikki yelka o'rtasiga
tashlanadi. Bu sunnatdir. Pech
miqdori uch tutam bo'lishi
kerak.
Salla
bilan o'qilgan ikki rakat
namoz sallasiz o'qilgan
yetmish rakat namozdan
a'lodir.
Savol:
Sotish niyatida xarid
qilingan molning ustiga
qancha narx qo'yib sotish
mumkin?
Javob:
Savdo
molga belgilanadigan narxga
qarab to'rt xildir:
1.
Musovama.
2.
Vazia.
3.
Murobaha.
4.
Tavliya.
Musovama
savdosida molning oldingi
bahosi e'tiborga olinmaydi.
Xaridor sotuvchi bilan o'zaro
tortishib, molni kelishuv
asosida baholab oladi.
Vazia
molni o'z bahosidan past
narxda sotishdir.
Murobaha
molni kelib tushish narxi
ustiga ma'lum bir foyda qo'yib
sotishdir. Bunda qo'yilgan
foyda aniq aytiladi.
Tavliya
molni kelib tushish narxida
sotishdir.
Murobaha
va tavliya savdolarida
oldi-sotdi sohasida tajribaga
ega bo'lmaganlar malaka hosil
qiladi va savdo yo'llari bilan
oshno bo'ladilar.
Shuni
unutmasligimiz lozimki, mol
ustiga qo'yiladigan foyda
miqdori muayyan qilib
ko'rsatilmagan. Ammo ba'zi
xaridorlarning g'o'rligidan
foydalanib molni sotilayotgan
qiymatidan oshirib sotish yoki
sotuvchining soddaligi tufayli
molni o'z qiymatidan arzonga
olish (g'abni fohish) savdoni
buzish huquqini beradi (лRadd
ul-muxtor╗).
Kundalik
xarid mollarda besh foiz,
hayvonlarda o'n foiz va
ko'chmas mollarda yigirma
foizdan ortiq bahoga bay'
berish g'abni fohish
hisoblanadi (лSharhi Ilyos╗).
Savol:
Kishini mast qiluvchi
giyohlar yoki aroq bilan
oldi-sotdi qiluvchi
musulmonga shariatimizda
qanaqa hukm bor? дzi
musulmon bo'laturib
spirtli ichimliklar ishlab
chiqarish bilan
shug'ullanishning hukmi
nima?
Javob:
Islomda
aroq, yana shariat yo'l
qo'ymagan narsalar bilan
oldi-sotdi qilish va ularni
ishlab chiqarish bilan
shug'ullanish man qilingan.
Alloh taolo shunday marhamat
qiladi: лBir-biringizga
ezgulik va taqvolik yo'lida
yordam beringiz, gunoh va
zulm uzra hamkorlik
qilmangiz!╗
Shubha
yo'qki, aroqni, narkotik
moddalarni sotish - zulmga
sabab bo'lish va gunohli
ishlarda birovga hamkorlik
qilishdir. Bu borada
Payg'ambarimiz Muhammadning
(s.a.v.) quyidagi hadislari
bor: лAllohga va qiyomat
kuniga ishongan kishi aroq
ichmasin, Allohga va qiyomat
kuniga ishongan kishi aroq
ichilayotgan dasturxon oldida
o'tirmasin╗.
лAlloh
taolo aroqni, uni ichuvchini,
quyib berganni, sotganni va
olganni, uni tayyorlovchini,
olib kelganni va buyurganni
la'natlaydi╗.
Savol:
Bemor ko'rishning ham
o'ziga xos tartiblari bor,
deb eshitdik. Shu haqda
ma'lumot berolmaysizmi?
Javob:
Rasulullohdan (s.a.v.)
rivoyat qilingan hadisda
aytilishicha, mo'minlarning
bir-birlarida haqlari oltita
bo'lib, shulardan biri betob
bo'lganida yo'qlashdir.
Alloh taolo Qiyomat kuni
aytadi: лEy inson farzandi,
betob bo'ldim, meni kelib
ko'rmading╗. U odam aytadi:
лEy Rabbim, Sen butun
olamning Parvardigori
bo'laturib, men Seni qanday
ko'rishim mumkin edi?╗
Alloh aytadiki: лFalonchi
odamni betobligida borib
ko'rmading-ku, agar
borganingda uning oldida
Meni topgan bo'larding!╗
Qarindosh,
qo'shni yoki do'stlaringizdan
birovining xasta bo'lganini
eshitganingiz zahoti uni
yo'qlab ko'rgani boring.
Bordi-yu, uning xastaligi
og'ir bo'lsa yoki tabiblar
uning yoniga kirishni man
qilgan bo'lishsa yoxud bu uni
bezovta qiladigan bo'lsa, u
holda hol-ahvolini
uyidagilardan so'rash bilan
qanoatlanavering.
Kasal
ko'rgani borganingizda kasal
yonida uzoq o'tirmang,
ko'ngliga og'ir keladigan,
qayg'uli so'zlarni gapirmang,
xastaligiga sabab bo'lgan
narsalardan saqlanmagani uchun
tanbeh bermang, kasallikning
og'irlashuvi yoki o'lim bilan
qo'rqitmang.
Uning
shikoyatlarini iloji boricha
erinmay eshiting, peshonasiga
qo'lingizni qo'ying, chiroyli
so'zlar va sabrga da'vat etish
bilan ko'nglini ko'taring, oz
kunlarda shifo topib, bardam
bo'lib ketishiga tilak
bildiring. Alloh taolodan
uning salomatligini tiklashni
so'rab duolar qiling.
Savol:
G'iybat dinimizda man
etilgan narsalardan
ekanligi ma'lum. Ammo
do'stlarimizdan biri
g'iybat qilsa ham bo'ladi,
deb aytib qoldi. Shu
to'g'rimi?
Javob:
Faqih
Abu Lays Samarqandiy g'iybat
haqida shunday deydilar: лG'iybat
to'rt turlidur: kufr, nifoq,
gunoh va muboh. Birodarini
g'iybat qilayotgan kimsaga
g'iybat qilma, deyilganida,
kimsa: лBu g'iybat emas,
haqiqatni aytyapman╗, desa,
Alloh taolo harom etgan
narsani halol hisoblagan
bo'ladi. Haromni halol
hisoblash kufrdir.
Munofiqlik
hisoblangan g'iybat - shaxs
nomini tilga olmay, o'zini
yaxshi ko'rsatib kishilar
huzurida g'iybat qilish.
Vaholanki, ular kimni nazarda
tutayotganini bilishadi.
G'iybat
qilish mumkin emasligini
bilaturib muayyan shaxsni
tilga olib g'iybat qilish
gunohdir. Bunga mubtalo
bo'lgan kimsa istig'for
aytishi zarur.
Fosiqni
yo bid'atchini kishilar bilib
qo'ysin, deb gapirish muboh
bo'lgan g'iybatdir. Bu holda
kishilarni ogoh qilgani uchun
лg'iybatchi╗ ajr ham oladi╗.
Sizning
do'stingiz g'iybatning bu
turini nazarga olganligi
muqarrardir.
Savol:
Kiyinish, ovqatlanish kabi
ishlarda erkaklarga ayrim
narsalar taqiqlangan, deb
eshitdim. Ular nimalardan
qaytarilgan?
Javob:
Islom shariati kiyinish,
ovqatlanish va
xoli-hayotning boshqa
sohalarida erkaklarga bir
qancha ishlarni man etgan.
Masalan, Rasuli akramdan
(s.a.v.) shunday hadis vorid
bo'lgan: лKerilib pochasini
(shimini) sudrab yuruvchiga
Alloh taolo nazar qilmaydi╗.
Erkaklarning
shim, ishton, ko'ylak va
boshqa kiyimlarini oshiqdan
pastga tushirib kiymoqlari
nojoiz.
Erkaklarga
ipak kiyim kiyish ham
taqiqlangan, oxiratdan
nasibasi yo'qlargina ipak
kiyim kiyadilar. Lekin arqog'i
ip bo'lsa, mumkin, deyishadi
ba'zi ulamolar.
Tilla
asboblar (masalan, uzuk)
taqish ham, tilla idishlarda
ovqat yeyish ham man etilgan.
Lekin kumush bilan
ziynatlangan idishda ichimlik
ichish, u bilan ziynatlangan
egar yoki kursida o'tirish
mumkin. Erkaklarning misqolga
yetmagan kumush uzuk
taqmoqliklari zararsiz.
Ayollarga ipakli kiyim kiyish
va tillo asboblar taqish
mumkin.
лRasululloh
(s.a.v.) ayol kiyimini kiygan
erkakni va erkak kiyimini
kiygan ayolni la'natlaganlar╗.
Demak, erkaklarning ayollar
kiyimini kiyishlari
shariatimizga mutlaqo zid
ekan. Shuningdek, ularning
kofirlar kiyinishiga taqlid
qilishi, qizil va sariq
rangli, xarir, yupqa kiyimlar
kiyishi, shuhrat niyati bilan
yasanishi, isrofgarchilikka
yo'l qo'yishi ham yaramaydi.
Shuningdek,
Rasululloh (s.a.v.) erkaklarni
zino qilishdan,
ichkilikbozlikdan, qimor va
nard o'ynashdan,
kaptarvozlikdan,
bangichilikdan va boshqa gunoh
bo'ladigan yomon amallardan
qaytarganlar.
Savol:
Bir do'stimiz: лAksirish
yaxshi-yu esnash yomon╗,
deb qoldi. Shu gapda jon
bormi?
Javob:
Payg'ambar
alayhissalomdan rivoyat
qilinishicha: лAlbatta
Alloh taolo aksirganlarni
yaxshi ko'radi va
esnaganlarni yomon ko'radi.
Bironta musulmon aksirib
Allohga hamd aytganda, buni
eshitgan har bir
musulmonning лYarhamukalloh╗,
deb javob qaytarishi uning
gardanidagi burchidir.
Esnash esa shaytondandir.
Birontangiz esnamoqchi
bo'lsangiz, toqatingiz
yetguncha qaytaring, chunki
esnasangiz, shayton
ustingizdan kuladi╗.
Demak,
musulmonlar aksirsalar, лAlhamdulillah╗,
deya Allohga hamd
(shukr-maqtov) aytishlari,
bunga javoban esa boshqalar лYarhamukalloh╗
(лAlloh rahm-shafqat qilsin╗),
deyishlari kerak. Bunga
javoban esa aksirgan kishi лYahdikumullohu
va yuslih bolakum╗ (лAlloh
hidoyatga boshlasin va
qalbingizni isloh qilsin╗),
deydi. Chunki aksa urish
bemorlik alomati emas, tani
sog'lik belgisidir. Boshqa
dindagilar esa kasallik
alomati, deb лSog' bo'ling╗,
deydi. Biror musulmon aksa
urib Allohga shukr aytsa, unga
uch martagacha javob qilinadi,
ortig'iga javob yo'q, chunki
ortig'i tumov belgisi bo'lishi
mumkin.
Payg'ambarimiz
alayhissalom aksirganlarida
qo'l yoki etaklari bilan
og'izlarini berkitardilar. Bu
yaxshi odat. Chunki aksirganda
og'izdan tupuk sachrashi yoki
ovoz qattiq chiqib,
atrofdagilarni cho'chitishi
mumkin.
Rasulullohdan
(s.a.v.) shunday rivoyat
qilingan: лOralaringizdan
bironta kishi esnasa, qo'li
bilan og'zini berkitsin,
chunki shayton og'ziga kiradi╗.
Shuning uchun esnoq kelganda,
iloji boricha qaytarish kerak.
Qaytarmasangiz, chap qo'l
bilan og'zingizni yoping.
Esnaganda aslo uvillamang,
ovozingizni ko'tarmang, chunki
shayton ustingizdan kuladi.
Savol:
Keyingi paytlarda pulni
foiz bilan qarzga berish
(sudxo'rlik) avj olyapti.
Buning shar'iy hukmi
qanday bo'ladi?
Javob:
Sudxo'rlik Qur'oni karim
hukmi bilan qaytarilgan
amallardan bo'lib, u bilan
shug'ullanish ulkan
gunohdir. Sudxo'rlik (ribo)
- bir kishi ikkinchi kishiga
ishlatish uchun qarzga pul
berib, uni oshig'i, foizi
bilan qaytarib olishidir.
Masalan, ming so'm pul
berib, bir ming bir yuz
qilib qaytarasan, deyish.
Har qanday pul mehnat bilan
topilishi kerak, shuning
uchun ribo eng katta gunoh
va Alloh ribo yemaslikni
buyurgan. Qur'oni karimda
ochiq-oydin: лEy mo'minlar,
(bergan qarzlaringizni) bir
necha barobar qilib olish
bilan sudxo'rlik qilmangiz.
Allohdan qo'rqingiz!
(Shunda) shoyadki, najot
topgaysiz!╗ deyilgan. Yana
Qur'oni karimda bay'
(oldi-sotdi)ni
sudxo'rlikning o'zi, deb
da'vo qilganlar Qiyomat kuni
jin chalgan majnun kabi
turishlari haqida
ogohlantiriladi. Chunki
Alloh bayni halol,
sudxo'rlikni harom qilgan.
Payg'ambarimiz
(s.a.v.) ribo yeydigan va
shuni yeyishga sabab bo'lgan
kishilarning hammasiga la'nat
aytganlar. Imom Termiziyning
rivoyatlarida esa sudxo'rlikka
guvoh bo'lgan kishilarga,
ya'ni лFalonchi pistonchidan
shuncha qarz oldi, falon
muddatga ustiga shuncha qilib
qaytarishi lozim╗, deb
hujjatlashtirib bergan kishiga
ham la'nat aytiladi.
Savol:
Oilada er va xotinning
vazifalari nimalardan
iborat?
Javob:
Erning
vazifalari quyidagilar:
1.
Ayolning mahrini berish. Nikoh
aqdi tuzilayotganda mahr
unutilsa ham, ayol unga haqli
bo'laveradi.
2.
Nafaqa. Sahih uylanish bitimi
erni xotinning asosiy
ehtiyojlarini qondirishga
burchli qiladi.
3.
Birdan ziyod uyli bo'lsa,
o'rtalarida adolat qilish.
4.
Tinch-totuv yashash, yaxshi
muomalada bo'lish.
Xotinning
vazifalari quyidagilar:
1.
Turmushga chiqqan xotin eridan
boshqaga haromdir. Boshqa
bilan nikohdan o'tmaydi.
2.
Xotin eridan shartlashgan
mahrni olsa, uning uyiga
boradi va unga bo'ysunib, tobe
bo'ladi.
3.
Islom joiz ko'rgan holatlardan
boshqasida faqat er izni-la
tashqariga chiqishi mumkin.
4.
Erining Islomga zid bo'lmagan
istaklarini ado etadi.
5.
Erining Islom doirasidagi
tarbiya haqqini qabul qiladi.
Savol:
Kimlar bilan nikohlanish
harom?
Javob:
1.
Nasl-nasab va avlod jihatidan
nikohi harom bo'lgan ayollar:
a)
ona, ota-onaning onalari,
buva-buvilarning onalari va
hokazo;
b)
qizlar, o'g'il-qizlarning
qizlari va barcha qiz
nabiralar;
v)
opa-singillar, aka-uka va
opa-singillarning qizlari, qiz
nabiralari;
g)
ammalar, xolalar, ota-onaning
amma-xolalari. Ularning
qizlariga uylanish mumkin.
2.
Nasl-nasab va avlod jihatidan
nikohi harom bo'lgan erkaklar:
a)
ota, ota-onaning otalari,
buva-buvilarning otalari va
hokazo;
b)
o'g'illar, o'g'il-qizlarning
o'g'illari va barcha o'g'il
nabira-chevaralar;
v)
aka-ukalar, aka-uka va
opa-singillarning o'g'illari,
o'g'il nabiralari;
g)
amakilar, tog'alar,
ota-onaning amaki-tog'alari.
Ularning o'g'illariga
nikohlanish harom emas.
Savol:
Bola qancha emiziladi?
Javob:
Bolani
emizish muddati Imomi
A'zamning fikrlari ko'ra,
ikki yarim yildir.
Allohning
rasuli (s.a.v.): лBola sutdan
ayrilgach, emikdoshlik sobit
bo'lmaydi╗, deganlar.
Hadisdagi лsutdan ayrilish╗dan
murod muddatdir. Ya'ni, ikki
yarim yoshga yetmagan bola
sutdan ayrilgan bo'lsa-da,
emikdoshlik sobitdir. Ammo
ikki yarim yoshdan oshganidan
keyin boshqa onani emsa,
emikdoshlik sobit bo'lmaydi (лHidoya╗).
Savol:
Qarindoshga uylanishning
noqulay tomonlari bormi?
Javob:
Amma,
tog'a, xola va amakilar
mahram, ammo ularning
farzandlari nomahram
bo'ladi. Demak, xolavachcha,
amakivachchalar o'zaro
nikohlanishlari shar'an
haloldir.
Ammo
begonalarga qaraganda
qarindoshlarga uylanishning
ba'zi xavfli va noqulay
tomonlari bor. Ma'lumki,
farzandning sog'lom va
baquvvat tug'ilishida
er-xotinning bir-biriga
mehr-muhabbatli va kuchli
jinsiy istakda bo'lishlari
g'oyat ahamiyatlidir. Zero,
Payg'ambarimiz ham erkaklarga
jinsiy aloqa chog'i
shoshilmaslikni, xotinlarini
qondirishga harakat qilishni
tavsiya etganlar. Ba'zan
shunday bo'ladiki,
amakivachchalar bir hovlida
voyaga yetishadi,
bir-birlarini juda yaqin his
qilishadi, binobarin, ularda
bir-birlariga nisbatan jinsiy
mayl ba'zan umuman bo'lmaydi.
Shuningdek, qarindoshlar
orasida emikdoshlik ko'p
uchraydi. Mana shu ikki jihat
farzandlarning nogiron
tug'ilishiga sabablardan
asosiylaridir.
Bugungi
ilm-fan bolaning nuqsonli,
nogiron tug'ilishiga asosiy
sabab qilib qarindoshlarga,
ya'ni amakivachcha,
xolavachcha, tog'avachchalarga
nikohlanishni ko'rsatmoqda.
Qon o'xshashligi tufayli
tug'ilgan kelishmovchilik
qarindoshlar orasida ko'proq
uchrashi do'xtirlarning
shunday xulosaga kelishlariga
sabab bo'lgandir. Ammo ular
emikdoshlik masalasini yoddan
chiqarmoqdalar. Bu xususga
noxolis yondoshayotganlar
Islomning fikrini ham bir
o'ylab ko'rsalar, haqiqatga
yaqinlashgan bo'lar edilar. (лAyollar
fiqhi╗ kitobi asosida
tayyorlandi.)
Savol:
Uylanish uchun kerak
bo'lgan imkoniyat
chegarasi nima?
Javob:
Yigit uchun daromadi va
mavqeiga yarasha o'ziga
munosib uyga ega bo'lishga
yetarli mol bo'lishi
kifoyadir. Ammo mahr va
toqatdan ortiqcha uy
anjomlarini ko'paytirish
hamda qiynab qo'yadigan
narsalarni o'ziga yuklashi
ma'qul emas va unda
yaxshilik yo'qdir.
Savol:
Yigit va qizga turmush
qurishga shoshmaslik uchun
yordam berishga hadisi
sharifda zikr qilingan
ro'zadan boshqa yo'llar
bormi?
Javob:
Ha,
bir qancha yo'llar bor.
Begona ayollarga nazar
qilishdan ko'zni to'sish,
Qur'oni karimni ko'p tilovat
qilish, buzuq kinolarni
ko'rmaslik, jinslar haqidagi
kitob va qissalarni
o'qimaslik shular
jumlasidandir.
Savol:
Qizni ota-onasi berishni
istamasa, olib qochsa
bo'ladimi?
Javob:
Yo'q.
Bu biror holda ham mumkin
emas. Bu sharafga nomunosib
va shariat hukmiga zid
ishdir.
Savol:
Yigit bir qizni yoqtirib
qolsa, unga лMenga yoqib
qolding╗, лMen seni
yaxshi ko'raman╗, лSenga
sovchi yuboraman╗,
deyishi mumkinmi?
Javob:
Ha,
mumkin. Qiz ham yigitga
shunday desa bo'ladi.
Savol:
Unashganlik belgisi
sifatida mashhur bo'lgan
uzuk taqishning hukmi
nima?
Javob:
Yigit va qizning
unashtirilganligi yo turmush
qurganligi alomati sifatida
taqiladigan uzukni
musulmonlar oldin
bilmaganlar. Ammo u tilladan
yo kumushdan bo'ladimi,
ayollar uchun ziynat va
bezak niyatida joiz. Erkakka
esa tilla uzuk taqish mutlaq
mumkin emas. U kumush uzuk
taqsa bo'ladi. Lekin
taqmasligi munosibdir.
Savol:
Kelinga beriladigan mahr
bilan qalin pulining nima
farqi bor?
Javob:
Islomda qalin umuman yo'q,
balki qalindan tubdan farq
qiladigan лmahr╗ bor. Mahr
- o'zi rozi bo'lib oila
qurishga ixtiyor qilgan
qizga kuyovning ko'nglidan
chiqarib beradigan hadyasi,
sovg'asi. Ehtimol, u tilla
taqinchoqlar bo'lar, balki
chiroyli ko'ylaklar yoki
javon bo'lar - buni
kelin-kuyovning o'zlari
belgilashadi. Bu - kelinning
shaxsiy daxlsiz haqi, mulki
bo'ladi. Ota-onasi,
yaqinlari bunga aslo
aralasholmaydi yoki egalik
qilolmaydi ham. Mahr
belgilashdan maqsad -
bo'lajak kelinlarimizni
hurmatlash, e'zozlash, ular
shunday sovg'alarga,
xursandchilikka sazovor
shaxslar ekanini
tasdiqlashdir. Shuningdek,
bu - nikohdan o'tib halol
turmushga qadam qo'ygan
baxtli kunlaridan bir
yodgorlik hamdir. Qolaversa,
mahr - kelinning o'z
ota-onasi uyini tark etib,
bo'lajak oilasiga ko'chib
borishga, o'zi nikohdan
o'tayotgan kishi bilan ahli
ayol sifatida yashashga rozi
bo'lgani uchun chin
ko'ngildan beriladigan
sovg'adir. Alloh taolo
Qur'oni karimda shunday
buyuradi: лXotinlaringizga
mahrlarini hadya kabi
(ya'ni, chin ko'ngildan,
mamnunlik bilan) beringiz!╗
(Niso surasi, 4-oyat).
Lekin
bugungi kunda Islomning ana
shu ajoyib an'anasiga rioya
qilinmayapti. Ba'zi joylarda
лsut puli╗, ba'zi yerlarda
лqalin puli╗ deb nomlangan,
aslida o'zi bid'atdan iborat
bo'lgan oldi-berdilarning
Islom dini belgilab bergan
mahrga hech qanday aloqasi
yo'q.
Mahr
ham me'yordan, haddidan
oshmasligi kerak. Rasululloh
(s.a.v.): лMahri oz kelinning
barakoti ko'p bo'ladi╗,
deganlar. Mahrning yuqorisi
yo'q - kuyovning imkoniga,
ko'nglidan chiqqaniga qarab
belgilanadi. Qizimizni лqimmatroqqa
sotish╗ni o'ylamay, buning
o'rniga unga Allohdan
baxt-saodat, qo'sha-qo'sha
farzand, oilasiga qut-baraka
so'rab, duoda bo'lishimiz a'lo
emasmi?!
Yana
bir noto'g'ri holat borki,
nikoh paytida qizning mahrini
aniq belgilamay, лMahriga
bitta uy va ayvon, sigiri
bilan╗, deb qo'yish odatga
kirgan. Buni kelin-kuyov
tushunmaydi ham. Oqibatda
kelinlarimizning haqqi poymol
qilinadi. Nikoh paytida
guvohlar ishtirokida mahrni
aniq belgilab, kuyovga uni
esdan chiqarmaslikni ta'kidlab
qo'yish kerak.
Savol:
Shariatimizda qaysi
hollarda ayolini taloq
qilishga ruxsat berilgan?
Javob:
лTaloq╗
so'zi lug'atda лbiror
narsani bo'shatib qo'yish╗
ma'nosini anglatadi.
Shariatda esa eru xotinlik
bog'lanishini ochiq yoki
kinoya iboralari (лSen
taloqsan╗ yoki лSen menga
haromsan╗ kabi) bilan
bo'shatishga aytiladi.
Er-xotin
nikoh bilan bog'lanib oila
quradi. Lekin fe'l-atvorlari
bir-biriga to'g'ri kelmaslik,
farzand ko'rmaslik kabi
sabablar tufayli ajralishga
to'g'ri kelib qolishi mumkin.
Taloqqa ruxsat bermaslik inson
tabiatiga qarshi hukmdir.
Islom shariati shuning uchun
ayolni qiynamaslik uchun
erkakka лtaloq╗, ayni choqda
ayolga лxulu'╗ haqqini
berdi. Ya'ni, ayol kishi eri
bilan yashashni xohlamasa,
qoziga ariza berib ajrab keta
oladi.
Ammo
taloq eng oxirgi choradir,
noiloj nuqtadir. Payg'ambar
alayhissalom: лдzi halol-u,
lekin Alloh eng yomon ko'rgan
narsa taloqdir╗, deganlar.
Biror joyda taloq sodir
bo'lsa, Allohning arshi
larzaga keladi. Demak,
ayolingiz bilan g'ijillashib
qolganda, jahlingiz chiqqanda
yoki sarxushlikda
bo'lar-bo'lmasga лtaloq╗
so'zini tilga olish yaramaydi.
Chunki mazhabimiz talabiga
ko'ra uch marta taloqdan so'ng
er-xotin nikohi butunlay
ajratib yuboriladi.
Ayol
uch hayz ko'rishi miqdorida
idda o'tirgandan so'nggina
boshqa kishiga turmushga
chiqishi mumkin. Taloq
qilingandan keyin er ayolning
iddasi chiqquncha taom, kiyim,
maskan ko'rinishida unga
nafaqa qilib turadi: taloq
qilingan ayol agar homilador
bo'lsa, er u to tuqqunicha
nafaqa bilan ta'minlab turadi.
Agar ayol taloq qilgan eridan
bo'lgan bolani emizsa, agar
xohlasa, ana shu emizgani
uchun haq oladi.
Alloh
taolo amr qilib aytadiki,
taloq qilingan ayollaringizni
o'zingiz yashab turgan
maskanda yashashiga imkon
yarating, ya'ni лtaloq bo'ldi╗,
deb maskaningizdan chiqarib
yubormang. Shariatimizda
ajralayotgan ayolga er
tomonidan sovg'alar berish ham
joriy qilingan.
Savol:
Yangi tug'ilgan
chaqaloqning qulog'iga
azon aytilishi haqida
shariatimiz nima deydi?
Javob:
Musulmonlar o'z
farzandlariga chiroyli ism
qo'yishlari, xatna
qilishlari kabi azon aytib
лquloq╗larini ochish
sunnat amallardan
hisoblanadi.
Azon
aytishdan murod chaqaloqning
qulog'ida ilk bor Alloh va
Uning rasuli nomlari
yangrashi, qolaversa,
musulmonchilikda zurriyotlar
tarbiyasiga alohida e'tibor
berish, bunda uni islomiy
axloq ruhida tarbiyalash
kerakligiga ishorat bor.
Hadisi
sharifda qulog'iga azon va
iqomat (takbir) aytilgan
bolaga jin zarar yetkaza
olmaydi, deyiladi. Imom
Termiziy va boshqa muhaddislar
Rasulullohning (s.a.v.)
nabiralari Hasan ibn Aliga
(r.a.) azon aytganlarini
rivoyat qilishgan.
Chaqaloqqa
aytiladigan azon va iqomat
namozniki kabi bo'ladi. Azon
aytuvchi qiblaga yuzlangan
holda chaqaloqning avval o'ng
qulog'iga azon, chap qulog'iga
esa iqomat aytadi. So'ng yangi
farzand haqqiga duolar
qilinadi.
Savol:
Yaqinda farzand ko'rdik.
дg'limizga qanday ism
qo'ysak, islomiy yo'l
tutgan bo'lamiz?
Javob:
Sir
emaski, hozirgi kunda
farzandlariga urfdagi,
zamonaviy ismlar qo'yishga
intiladigan ota-onalar ham
yo'q emas. Shuning oqibatida
Shavkat (sanchqi), Diyor
(o'lka), Toshpo'lat,
Sherzod, Gulrang kabi
tumtaroq ismlar ko'payib
boryapti. Vaholanki, dinimiz
ko'rsatmasiga ko'ra
farzandiga chiroyli ism
qo'yish ota-ona uchun
sunnatdir.
Ular
farzandlariga Alloh taologa
qulchilikni ifodalovchi,
Rasululoh, ulug' sahobiylar,
allomalar, solih kishilarning
ismlarini qo'yishsa, g'oyat
maqbul bo'lardi. лAbdu╗, лMuhammad╗
qo'shilgan ismlar eng yaxshi
ismlar hisoblanadi.
Farzandiga
chiroyli islomiy ismlar
qo'yish har bir ota-onaning
bolalari oldidagi burchidir.
Rasululoh (s.a.v.): лSiz
qiyomat kuni o'z ismingiz va
otalaringizning ismi bilan
chaqirilasiz, shunday ekan,
bolalaringizga chiroyli ismlar
qo'yinglar╗, deya marhamat
qilganlar.
Agar-da
bolaga islomiy bo'lmagan ism
qo'yilgan bo'lsa, uni
o'zgartirish mumkin. Islomga
mos kelmaydigan ismlarni
Rasululloh (s.a.v.) ham
o'zgartirganlar.
Savol:
Bolaga Abdurasul yo
Abdunabi deb ism qo'yish
mumkinmi?
Javob:
Yo'q, mumkin emas. лAbdu╗,
лqul╗ so'zlarini лAlloh╗
ismidan boshqa so'zga
qo'shib ism qo'yib
bo'lmaydi. Shuning uchun
bolaga Abdurasul, Xo'jaqul,
Eshonqul kabi ismlar berish
durust emas (лSharhi fiqhul
akbar╗, Ali al-Qori).
Savol:
Bir kitobda Jabroil va
Azroil ismli farishtalar
haqida o'qidim.
Farishtalar o'zi kimlar?
Javob:
Allohning
farishtalari (malaklar)ga
imon keltirish imonning
asosiy shartlaridan biridir.
Farishtalarni Alloh taolo
ko'zga ko'rinmaydigan qilib
jismlarini nurdan yaratgan.
Ular qiyomatga qadar Allohga
ibodat qiladilar, buyurilgan
har xil xizmatlarini ado
etib turadilar, keyin o'lim
sharbatini totadilar. Ular
hech gunoh ishlarni
qilishmaydi, ularda bizdagi
kabi yemoq-ichmoq, uxlamoq,
so'zlashmoq, zerikish kabi
narsalar, erkaklik va
xotinlik ham yo'q. Ular har
xil suratda yaratilgan va
turli suratga ham kira
oladilar.
Farishtalardan
ulug'lari Jabroil, Azroil,
Mikoil, Isrofildir. Hazrati
Jabroil Allohning kalomini
payg'ambarlarga yetkazishda
vositachilik qiladi. Azroil
ajali yetgan bandalarning
jonini oladi. Mikoil - rizq
ulashtirguvchi, Isrofil esa -
Qiyomat boshlanganidan darak
berib sur chalguvchi
farishtadir.
Farishtalar
son-sanoqsiz bo'lib, yerda,
osmonda va har ikkovining
o'rtasida yurishadi. Ularning
sonini Allohdan boshqa hech
kim bilmaydi. Islom shariatiga
ko'ra, insonni farishtalar
qo'riqlab va nazorat qilib
turadilar. Alloh taolo Ra'd
surasining 11-oyatida
aytadiki: лUning oldida ham,
ortida ham ta'qib qiluvchilar
bor. Ular uni Allohning amri
ila hifz qilib turadilar╗.
Ya'ni, bandaning har tarafida
kuzatib yuruvchi farishtalar
mavjud. Ular ikki ishni
bajarishadi, ya'ni bandani
turli yomonliklardan saqlab
turadilar hamda gunoh va savob
amallarini yozib boradilar.
Savol:
Tushda noxush narsa
ko'rsa, nima qilish kerak?
Javob:
Abdurahmon
ibn Sa'iddan shunday rivoyat
etiladi: лYaxshi tush Alloh
taolodandur, kimki yaxshi
tush ko'rsa, uni faqat o'zi
yaxshi ko'rgan odamlarga
aytsin, basharti yomon tush
ko'rsa, uning va shaytonning
yomonliklaridan Alloh
taolodan panoh tilab, uch
bora (chap tarafiga) tupurib
qo'ysin hamda ko'rgan
tushini hech kimga aytmasin.
Shunday qilsa, tushi zarar
keltirmagaydir!╗
Abu
Sa'id al-Xudriy rivoyat
qiladilar: лRasululloh
sollallohu alayhi vasallam: лQaysi
biringiz yaxshi tush
ko'rsangiz, u Alloh taolo
tarafidan sizga marhamat
qilingan bo'lib, darhol turib
Rabbingizga munosib hamdu
sanolar aytingiz va
tushingizni (o'zingiz sevgan
kishiga) so'ylangiz! Basharti
yomon tush ko'rsangiz,
bilingkim, ul shaytondan sodir
bo'lgandir. Darhol turib
shaytonning yomonligidan Alloh
taolodan panoh tilangiz va uni
birovga aytmangiz! Shunday
qilsangiz, tushingiz zarar
keltira olmaydur!╗ deydilar╗.
Imom Buxoriy rivoyatlari.
Tush
haqida aytilganki, u go'yo
parrandaning oyog'iga yopishib
qolgan loyga o'xshaydi. Qush
tepaga ko'tarilganida o'sha
yopishgan loylar tushib
ketadi. Shu kabi tush ham
birovga aytilmasa, hech qanday
zarari tegmay, o'tib ketadi.
Yaxshi
va yomon tushlar
bo'ladimi?
Masjid-madrasalarda
yurish, havoda uchish, suvda
suzish rahmoniy (yaxshi)
tushlardir. Qabrlar, o'tlar
orasida, so'yilgan go'shtlar-u
iflos joylarda yurish
shaytoniy (yomon) tushlardir.
Ba'zi rivoyatlarda bog'u
bo'stonlarda yurish, do'stlar
davrasida suhbat qurish, inson
xursand bo'ladigan narsalarni
ko'rish ziyoda umrdan hisob
qilinadi, deyilgan. Abu Sa'id
al-Xudriyning rivoyat
qilishicha, Rasululloh
(s.a.v.): лEng rost tush
sahar vaqtida ko'rilgan
tushdir╗, deganlar.
Savol:
Ayrim kishilar uylariga
isiriq, mashinalariga
tumor va ko'zmunchoq osib
qo'yishadi. Ularning
foydasi bormi?
Javob:
Xalqimizning
ayrim qatlamlari orasida
ishining rivoj topishi yoki
savdosining yurishi uchun
isiriq tutatish,
balo-qazolardan va
ofat-falokatlardan
himoyalanish uchun
kiyimlariga, uloviga tumor
va ko'zmunchoq osish,
uylariga isiriq,
hayvonlarning shoxini ilib
qo'yish kabi irim-sirimlar
bor. Bularning barchasi
Islomda yo'q narsalar
bo'lib, ularga ixlos qo'yish
va amal qilish shirkdan
boshqa narsa emas.
Islom
aqidasi boshga keladigan
barcha yaxshilik-mushkulotlar
faqat Allohdan bo'lishini,
balo-qazo va
ofat-falokatlardan faqat
yolg'iz Alloh taoloning дzigina
asrashga qodirligini, har bir
inson taqdiri ilohiysida nima
yozilgan bo'lsa, shuni albatta
ko'rajagini uqtiradi.
Demak,
nima ishga kirishmoqchi
bo'lsangiz, лBismilloh╗
bilan boshlab, Alloh taolodan
uning rivojini, barakotini,
oxiri xayrli tugashini
so'rang. Ko'chaga yoki safarga
ketayotib, Uning дzidan panoh
va omonlik-ofiyat tilang. Har
xil balo-qazo,
ofat-falokatlardan, turli
kasalliklardan panohida
asrashni faqat Allohning дzidan
so'rang. Buning uchun Qur'oni
karim oyatlari va hadisi
shariflar orqali juda ko'p
duolar kelganki, ana shularni
muntazam o'qib yursangiz,
kifoya. Yana qaytarib aytamiz,
isiriq, tumor va ko'zmunchoq
kabi narsalar sizni hech
narsadan asramaydi, hech
narsada sizga yordam
berolmaydi.
Rasulullohdan
(s.a.v.) rivoyat qilingan
hadislarda quyidagicha
aytiladi: лAllohga suyanish
o'rniga boshqa sehru jodu,
tumorlarga ixlos qo'ygan
kishini Alloh o'z holiga
tashlab qo'yadi (ya'ni, yordam
bermaydi)╗, лAzayimxonlik,
tumor taqmoqlik va sehr-jodu
bilan shug'ullanmoqlik Allohga
shirk keltirish bilan
barobardir╗.
Savol:
Gohida лFalonchiga ko'z
tegibdi╗, degan gaplarni
eshitib qolamiz. Ko'z
tegishi bor narsami?
Javob:
Islom
dini ko'z tegishini bor, deb
hisoblaydi. Chunki bu haqda
Rasuli akramdan (s.a.v.) bir
necha hadisi shariflar vorid
bo'lgan. Imron ibn
Husaynning aytishicha,
Rasululloh (s.a.v.): лKo'z
tekkan va chayon chaqqandan
boshqaga dam solish yo'q╗,
deganlar. Ubayd ibn Rifoat
az-Zuraqiyning rivoyat
qilishicha, Asmo' binti
Umays unga shularni aytgan:
л(Men) лYO Rasululloh!
Ja'farning bolalariga
tez-tez ko'z tegadi, ularga
dam solaymi?╗ dedim.
Rasululloh: лHa, agar
taqdirdan oldin biron narsa
keladigan bo'lsa, o'sha ko'z
tegishidir╗, dedilar╗.
Haqiqatan
o'tmishda (hozirda ham) yurib
ketayotgan odamni лyiqita
oladigan╗, soppa-sog'
odamning mazasini bir pasda
qochirib qo'yadigan, hayvonlar
o'limiga sabab bo'ladigan,
hattoki toshni ham yora
oladigan лko'zli╗ odamlar
bo'lgani sir emas. Zamonaviy
fan buni kishida manfiy
bioquvvatning kuchliligi bilan
izohlaydi.
Xo'sh,
ko'z tegishi bor narsa ekan,
undan qaysi yo'l bilan najot
topish mumkin? Ayrimlar
qilayotganday ko'zmunchoqlar,
tumorlar osib olish, isiriq
tutatish, ko'z tikanni ilib
qo'yish bilan ko'z tegishdan
panoh topib bo'lmaydi. Ko'z
tegishning лmuolajasi╗
haqida Rasulullohdan rivoyat
qilingan hadislar borki,
bularni bilib qo'yish zarur.
Anas ibn Molikning rivoyat
qilishlaricha, Rasululloh
(s.a.v.) chayon chaqqanda,
ko'z tekkanda va yonboshga
mayda yarachalar toshganda dam
solishga ruxsat berganlar. Abu
Sa'id al-Xudriyning rivoyat
qilishlaricha, Rasuli akram
(s.a.v.) jinlardan qo'rqishda
va ko'z tekkanda dam
solardilar, Falaq va An-nos
suralari nozil bo'lgach,
shularni o'qib dam solganlar.
Ibn Abbosning aytishlaricha,
Payg'ambarimiz (s.a.v.)
shunday deganlar: лAgar biron
narsa taqdirdan oldin
keladigan bo'lsa, o'sha narsa
ko'z tegishidir va agar sizdan
лg'usl qiling╗, deb talab
qilsalar, g'usl qiling╗.
(G'usl qilganda tekkan ko'z
bekor bo'ladi).
Savol:
Jinlar bor narsami?
Javob:
Jinlar
inson ko'ziga ko'rinmaydigan
g'aybiy narsa bo'lib, u
haqiqatan mavjud maxluqdir.
Alloh taolo va Uning
payg'ambari xabar bergan,
ammo bizga ko'rinmaydigan
narsalar g'aybiy sanalib,
ularga imon keltirish
islomiy aqidaning asosi
hisoblanadi va har bir
musulmon bunga imon
keltirishi lozim.
Jinlarning
mavjudligiga Qur'oni karimda
dalillar ko'p: лEy Muhammad,
eslang, Biz sizning oldingizga
bir guruh jinlarni Qur'on
tinglasinlar, deb yuborgan
edik╗ (Ahkof surasi,
29-oyat); лEy jin va ins
jamoasi! Agar sizlar
(Allohning jazosidan qochib)
osmonlar va yer chegarasidan
o'tib ketishga qodir
bo'lsangizlar, u holda o'tib
ketaveringlar╗ (Ar-Rahmon
surasi, 33-oyat); лAlbatta
insdan bo'lgan (ayrim)
kishilar jindan bo'lgan
kimsalardan panoh tilashib,
ularga yanada haddan oshishini
- muttahamlikni ziyoda qilur
edilar╗ (Jin surasi, 6-oyat).
Jinlarning
mavjudligi va ularning tabiati
haqida Payg'ambarimiz
Muhammaddan (a.s.) ham bir
necha hadislar rivoyat
qilingan. Imom Muslim ibn
Mas'uddan (r.a.) ushbu hadisni
rivoyat qiladilar: лBiz bir
tun Rasululloh (s.a.v.) bilan
birga edik, u kishini yo'qotib
qo'ydik... Tong otganda esa u
zot Xiro tomondan keldilar.
Biz: лey Rasululloh, biz
sizni yo'qotib qo'yib izladik,
lekin topa olmadik va eng
yomon tunimizni o'tkazdik╗,
dedik. Shunda Rasululloh: лMenga
jinlarning da'vatchisi keldi,
u bilan jinlarning oldiga
bordik. Men ularga Qur'on
o'qidim╗, dedilar╗.
|