|
11 ìart
yangiliklari
Qur`on Universitetida
bayramona kayfiyat
Sudanning
Ummu Durmon mintaqasida
joylashgan Qur`on Universiteti
o`zining faoliyati davomida
mazkur dargohni tugallab,
doktorlik, magisrt va
bakalavrlik darajalarini10 000
talaba qo`lga kiritganligini
rasman nishonladi. Mamlakat
prezidenti maslahatchisi prof.
Imom Ahmad Ali al-Imom janoblari
talabalarni tabriklab, Allohning
kalomini dunyoga keng yoyishda
mazkur universitetning faol
rolini faxr bilan tilga oldi.
Talabalarning burchlarini, ilm
va jamiyat oldidagi ularning
mas`ul ekanliklarini zikr qildi.
Ayni vaqtda universitetning 8 ta
kolleji va mamlakatning turli
mintaqalarida joylashgan13 ta
maxsus shaxobchalari mavjud
bo`lib,
20 000 talaba va 400 ta
o`qituvchi faoliyat
ko`rsatadi.
Muqaddas
diyorda Umra mavsumi
Hijriy
1526 ( milodiy 2005) safar
oyining birinchi kunidan joriy yil
uchun Umra ibodati boshlanadi.
Dunyodagi barcha Saudiya
elchixonalari mazkur ibodatga
hozirlanayotganlarga vizalar
berishni boshlab yubordilar. O`tgan
yili Umra ibodatiga 3 mln.
ziyoratchilar kelishgan,
ularning aksariyati Saudiya
Arabistoni, Misr, Eron va
Pokiston davlatlaridan tashrif
buyurishgan.
Yaponiyadagi Islom
Institutida bitiruv kechasi
Saudiya
Arabistonidagi Muhammad ibn Saud
Islom Universitetiga qarashli
Yaponiya poytaxti Tokio shahrida
faoliyat ko`rsatayotgan Arab
Islom Institutida arab tili
kurslarini tamomlagan beshinchi
va oltinchi guruh talabalarining
diplom olishiga bag`ishlangan
bitiruv kechasi bo`lib o`tdi.
Bitiruvchilarning aksariyati
Yaponiyaning boshqa
universitetlarida ta`lim
olayotgan yaponiyalik
talabalardan iborat. Mazkur
kechaga imom Muhammad
Universitetining rektori dok.
Muhammad as-Salim, Tokio shahri
hokimligining noibi va bir qator
Yaponiya rasmiylari ishtirok
etishdi. Eslatib o`tish kerakki,
o`quv
kursi hattotlik, notiqlik,
she`riyat va yozuv bo`yicha
musobaqalardan iborat edi.
Nigeriyada Islom Agentligi
tashkil etildi
Xalqaro
Islom Axborot Agentligining
xabar berishicha, Abudjada
ko`chmas mulk bo`yicha brirnchi
insonparvarlik Islom Agenligi
tashkil etildi. Avvalambor, bu
agentlik mahalliy musulmonlarga,
jumladan, nafaqaxo`rlarning
turmush sharoitlarini
yaxshilashni o`z oldiga maqsad
qilib qo`ygan.
Bevosita
bu tashkilotning qurilishida
ishtirok etgan “Qurilish
jamiyati” kompaniyasining
prezidenti Shuayb Solis
agentlikning tantanali ochilish
marosimida bozordan 4 baravar
arzon va imtiyozli narxda
sotilayotgan ko`chmas mulkka ega
bo`lish uchun 66 ta musulmon
oilalaridan arizalar kelib
tushgan. Uning so`zlariga ko`ra,
mazkur loyiha tijorat
maqsadlarida yo`lga qo`yilmagan
bo`lib, balki uni amalga
oshirish uchun bir necha Islom
tashkilotlari va musilmonlardan
iborat Nigeriya muassasalari
birlashishgan.
Saudiya tomonidan beg`araz
yordam
Yaman,
Afg`oniston, Jibuti, Efiyopiya,
Iordaniya va Suriya davlatlariga
beg`araz yordam tariqasida
Saudiya Arabistonidan 3000 tonna
xurmo jo`natilgan. Saudiya
qishloq xo`jaligi vaziri dok.
Fahd al-G`anim yuqoridagi Islom
davlatlarida istiqomat
qilayotgan muhtojlarga mazkur
hadya ko`mak sifatida
berilganligini ta`kidlab o`tdi.
9 mart yangiliklari
Qor ofati
So`nggi 50 yil ichida Kashmirda kuzatilmagan qalin qor yog`ishi oqibatida 2000 atrofida uylar vayron bo`lib, 300 kishi olamdan ko`z yumgan. Quruqlikdagi yo`llar bekilib qolib, Hindistonga o`tish harakatlari, samolyotlar parvozi bekor qilindi, ba`zi nohiyalardagi aholida oziq-ovqat
yeguliklari tamom bo`lgan. Shuningdek, elektr va telefon tarmoqlari faoliyati ham izdan chiqqan. Hindiston hukumati o`sha
yerlik aholiga ko`mak tariqasida 50
mln. rupiya ajratib, o`zining yordam harbiy samolyotlarini jo`natdi.
Frantsiya imomlarining o`quv dasturlari
Frantsiya din ishlari va ichki ishlar vaziri Daminik de Filban
mamlakatda faoliyat olib borayotgan 1200 musulmon imomlarining o`quv dasturlarini tasdiqladi. Fikrlariga izoh kiritib,
Frantsiya muhiti va undagi muammolarga tegishli bo`lgan barcha voqeliklardan xabardor bo`lib turishlari maqsadida mamlakat qonun-qoidalari va
frantsuz tilini o`rganishga qaratilgan imomlarning o`quv dasturlarini vazirlik ma`qullab, bunday dasturlardan ham musulmonlarga, ham musulmon bo`lmaganlarga tegishli bo`lgan huquq va burchlar o`rin olganligini aytib o`tdi.
Vazir janoblari
Frantsiya rasmiylari va mamlakat musulmonlari o`rtasidagi aloqalarni tartibga solish vazifasi bilan shug`ullanadigan bir
Islom robitasini ta`sis etish xususida
Frantsiya musulmonlari ishlari bo`yicha hay`at a`zolari bilan kelishib olganligini eslatib o`tdi.
Erondagi zilzila jabrlanuvchilariga yordam davom etmoqda
Karmanadagi Zarand shahrida sodir bo`lgan zilzila jabrlanuvchilariga umum Qatar komiteti o`zining yordamlarini jo`natdi. Xayriya ishlari bo`yicha Qatar komiteti boshqaruv komissiyasi raisi Abdulaziz ibn Abdirohman
Ali Soniy yordam dori-darmon, ko`rpa-to`shak, oziq-ovqat mollari, quruq sut va xurmolardan iborat ekanligini va bular zilzila bo`lgan mintaqaga Qatar transport vositalari bilan
yetkazilganligini matbuot
konferentsiyasida aytib o`tdi.
Barcha zarar ko`rgan aholiga yordam yuklarini
yetkazishda Eron va Qatar qizil yarim oy jamiyatlari o`zaro hamkorliklarini taklif etganliklarini ham yig`ilshda alohida ta`kidlab o`tdi. Sizga ma`lumki, 12 kun oldin ro`y bergan zilzila 6,4 ballni tashkil etgan edi.
Islom davlatlari o`rtasidagi hamkorlik
Kecha 8 mart kuni Eron poytaxtida
Islom davlatlari o`rtasidagi aloqa, hamkorlik va muloqotlarni mustahkamlashga qaratilgan Islom
Konferentsiyasi Tashkiloiga a`zo davlatlarning maxsus komitet yig`ilshi boshlandi. IKTning bosh direktori prof. Akmaliddin Ehson
o'g`lining taklifiga binoan, Jiddadan siyosiy ishlar bo`yicha bosh sekretar yordamchisi prof. Izzat Komil muftiy hazratlari ham tashrif buyurdi. Ayni vaqtda Komil muftiy majlisdagi 3-yuqori darajali mehmon hisoblanib, Eron Islom Respublikasi tomonidan ham alohida hurmat bilan kutib olindi. Yig`ilish marosimini muftiy janoblari komitet faoliyatlariga bag`ishlangan nutq bilan ochdi va majlisga Eron tashqi ishlar vaziri dok. Kamol Xarroziy raislik qiladigan bo`ldi. Shuni ta`kidlash kerakki, ushbu komitet 1997 yil Eronda o`tgan
8-Islom oliy uchrashuvi qarori bilan tashkil etilgan edi.
7 mart yangiliklari
Britaniya musulmonlari saylov qarshisida
www.fikr.uz axborot bo`limining avval xabar berganidek, kelayotgan
seshanba kuni Britaniya rasmiylari yaqinlashib kelayotgan saylov masalalari bo`yicha mamlakatdagi musulmonlar bilan uchrashuvni kutishmoqda. Mazkur yig`inni Britaniya Musulmonlar
Assotsatsiyasi (BMA) uyushtirmoqda.
Assotsatsiya musulmonlarning ovoz berishi mamlakatdagi kamida 50 ta saylov uchastkalaridagi natijalarda o`z ta`sirini o`tkazishidan xabardordir.
BMA vakili dok. Aziz Tamimining gaplariga ko`ra,
bu yig`ilshdan maqsad hech bir partiyga qarshi borish emas, balki musulmonlarni qiziqtiradigam masalalar borasidadir. Bu
yerda musulmonlarga tegishli bir qancha masalalar borki, ularga ovoz berishga umuman olganda musulmonlar rozi, lekin o`sha muammolarni qay yo`l bilan
yechilishi ularni qiziqtiradi.
Ayni vaqtda Britaniyada 1,6 mln. musulmon bor bo`lib, ularning 1,1 mln.ni ovoz berish yoshidadir. O`tgan saylov natijalari shuni tasdiqlaydiki, musulmonlarning ko`pchiligi leyboristlarga ovoz berishgan, ammo keyingi paytlarda bu partiya
obro'si musulmonlar orasida biroz tushgandir.
Qur`on tilovati bo`yicha harbiylarning 3-xalqaro musobaqasi
Xalqaro Islom Axborot Agentligining (XIAA) Ar-riyod xabar berishicha, Saudiya Mudofaa ishlari
vaziri qirol Abdulaziz janoblarining mukofoti uchun 7 kun davom etishi mo`ljallanayotgan va 17 davlatdan tashrif buyurishi kutilayotgan harbiylarning Qur`on tilovati bo`yicha 3-xalqaro musobaqasi bo`lib o`tadi. Musobaqadan ko`zlangan maqsad harbiylar o`rtasida ham muqaddas Qur`on va uning ma`naviy tarbiyasini keng yoyishdir.
Musobaqa 4 yo`nalishda bo`lib, har bir yo`nalishga 5 ta katta
mukofot qo`yilgan.
1-yo`nalish: Qur`onni to`liq, tajvid bilan tilovat qilish.
2-yo`nalish: Qur`onning 20 porasini tajvid bilan tilovat qilish.
3-yo`nalish: Qur`onning 10 porasini tajvid bilan tilovat qilish.
4-yo`nalish: Qur`onning 5 porasini tajvid bilan tilovat qilish
350 meksikalik hindular Islomni qabul qilishdi
2005 yilning dastlabki ikki oyida Meksikaning turli shaharlarida mamlakat asl hindu aholisidan 350 kishi Islom dinini qabul qilgan. "Islom
uyg`onishi" tashkilotining vakili Aymand Rodriges-Abu Ahmadning gaplariga ko`ra, poytaxtning o`zida 155 kishi ilohiy ne`matdan
bahramand bo`lgan.
"Ularning aksariyati hindular bo`lib, yoshlari
turlichadir", deb davom etadi Aymand. O`sha yangi musulmonlarning
ko`pchiligi avval turli dinlarga e`toqod qilishgan.
Yana qo`shimcha qilib deydiki: " O`tkan yilning
so`nggida potaxt Mexiko-Sitida joylashgan
2 ta maxsus diniy muassasada bolalar muqaddas Qur`onni o`rganish uchun kirishishgan. BMT ma`lumotlariga qaraganda, mamlakat aholisining 1,2 % ini musulmonlar tashkil etib turibdi.
Afg`oniston shia va sunna ulamolarining Tehronda yig`ilishi
Chorshanba kuni Eronning Tehron shahrida boshlangan Afg`oniston shia va sunna ulamolarining navbatdagi 13-yig`ilishi
4 mart kuni o`z nihoyasiga yetdi. Mazkur yig`ilish Islom olami va Afg`oniston bilan bog`liq muammolarning muhim jihatlari borasida rejalar tuzish, fikr almashish uchun suhbat tariqasida 12 yildan beri uyushtirilib kelayotgan va ta`sir doirasi keng bo`lib, ko`plab ulamolarni yig`a olgan
xalqalardan biridir. Mazkur majlis
konstitutsiyani mustahkamlash, "loyijirg`a", ichki nizolar, Afg`oniston tanazzuli va mamlakatdagi boshqa muammolarga
yechim sifatida bir qancha muhim
mexanizmlarni taklif etdi.
Ko`plab
eronlik yuqori darajali rasmiylar va din arboblari tashabbusi bilan boshlangan ushbu yig`ilish 3 kun davom
etdi. Yig`ilishda Afg`oniston va qo`shni davlatlar, fuqarolar taqdirida yangi Afg`oniston
konstitutsiyasi, Afg`onistonning
siyosiy rivojlanishida partiyalar va ularning tutgan o`rni va h. mavzularda suhbatlar davom
etdi.
3 mart yangiliklari
Malayziya
bosh vaziri:
"Fitnaning oldi
olindi"
Islom
axborot agentligining Kuala
Lampurdan xabar berishicha,
Malayziyadagi dinlar o’rtasida
mavjud qarashlarni
tartibga solish komiteti tashkil
etgan munozarani bekor qilishga
qaratilgan mamlakat bosh vaziri
Abdulloh Ahmad Badaviy janoblari
tomonidan qaror qabul qilingan.
Chunki buning oqibatida
mamlakatda diniy kurashlar va
nizolar eshigiga yo’l
ochilishi ehtimoli borligi sabab
qilindi. Buning o’rniga esa
dinlar o’rtasida
suhbat-muloqotlar uyushtirishga
chaqirdi. Komitet taklif qilgan
munozara tartibi quyidagicha edi:
bir musulmon o’zga dinlardan
birining kamchiliklarini topib,
uni e'lon qiladi. Va ayni vaqtda
o’zga din vakili chiqib, o’z
dinini himoya qiladi.
Tabiiyki, bu holat dinga
e'tiqod qiluvchilar va millatlar
o’rtasida kek, nafrat va
kurashlarning avj olishiga olib
kelishi mumkin.
Pokiston bosh vaziri
musulmonlarni hamjihatlikka
chaqirdi
Pokiston
bosh vaziri Shavkat Aziz islomiy
mazhablarga e'tiqod qiluvchilar
o’rtasida birodarlik va
hamjihatlikni mustahkamlashga
chaqiruvchi da'vatlar bilan
chiqdi. Ayniqsa, bosh vazir
janoblari Islomning
tinchliksevar, mehr-shafqat dini
ekanligini yanada namoyon qilish
kerak, deydi. «Islom
dini faollik va shijoat dinidir.
Bu muqaddas din haqida g'arbda
kezib yurgan salbiy
fikrlarni go’zal suratda
to’g'rilash ham
musulmonlarning, ham
ulamolarning burchlaridir», deb
fikrlarida davom etadi bosh
vazir.
Pokiston
prezidenti Parviz Musharrafning
«yorqin mo'tadillik» shioriga
ishora qilib,
bundan maqsad Islom dini
borasidagi salbiy fikrlarga
barham berish va G'arbda
go’zal tushunchalarning yuzaga
kelishiga
harakat qilishdir, deb
izoh kiritadi. Turli mazhabdagi
musulmonlar va ulamolarni birlik
va hamjihatlikka chaqira turib
bosh vazir dediki: "Pokistondagi
har bir inson mustaqil bo’lib,
u hech qanday majburiyatsiz
xohlagan diniga e'tiqod qilishi
mumkin. Ma'lumki, Pokiston
hukumati bir necha yillardan
beri Al-Qoida tarafdorlarining
terroristik va mutaassib
guruhlarining qonli kurashlariga
guvoh bo’lib kelmoqda".
Zindor
shahrida sodir bo’lgan
zilzilaga birinchi qur yordami
jo’natildi
Rasmiy
xabarlarga qaraganda, Jazoir
hukumati Eronning Zindor
shahrida ro’y bergan so’nggi
zilzila jabrlanuvchilariga
yordam tariqasida chodir
tikuvchilar, dori-darmon va
oziq-ovqat mollaridan iborat 28
tonna yukdan iborat birinchi
qurni (partiya) yordam sifatida
junatgan. Jazoir tashqi ishlar
vazirligining
yuqori darajali
delegatsiyasi Eron xalqiga o’z
ta'ziyalarini izhor qilish
maqsadida ushbu yordam yukiga
hamrohlik qilib ketdi. Jazoir
prezidenti Abdulaziz Butafliqa
va yuqori darajali mamlakat
rasmiylari Eron va Jazoir
o’rtasidagi aloqalarning
birodarlik va strategik
ahamiyatini ko’p bor
takrorlashib, barcha sohada bu
aloqalarni mustahkamlash
kerakligiga urg'u qaratishdi.
Dubayda ingliz tilida islomiy
radio o’z faoliyatini
boshlaydi
«Islomga
bag'ishlangan ingliz tilidagi
radio stansiyasining faoliyat
boshlashi Dubay Radio
Tarmog'ining (DRT) rejalarida
bor edi», deydi DRT
kompaniyasining rahbari
Abdullatif sa-Sayyih. «Biz
hozir radio stansiyasining
so’nggi ishlarini
tugatmoqdamiz va umid qilamizki,
yaqin oylarda islomiy kanalni
ishga tushiramiz. Bu o’ta
zamonaviy ruhda bo’lishi bilan
bir qatorda, yosh avlodga
mo'ljallangan hamdir. Mazkur
radio stansiyasi musulmonlarga ham,
musulmon bo'lmaganlarga ham
xizmat ko’rsatadi. Mana
shunday stansiyaga ko’pdan
beri ehtiyoj bor edi. Biz
malakali mutaxassislari bilan
hamkorlik qilib, yaqin kunlarda
faoliyatimizni boshlaymiz», deb
qo'shimcha qiladi kompaniya
boshlig'i. Bundan xabar topgan
dubaylik mahalliy aholi radio
stansiyasiga tashrif buyurib,
mazkur yangilik Islom haqida
ko’proq ma'lumotga ega
bo’lmoqchi bo’lgan
musulmonlarga ham, musulmon
bo'lmaganlarga ham ko’p foydasi
borligini aytishdi. 30 yoshlar
atrofida bo’lgan bir livanlik
tadbirkor menejeri
Adnan T. ingliz tilidagi
islomiy radio stansiyasi ba'zi
xorij ommaviy axborot
vositalarida keng tarqab
borayotgan bu muqaddas din
borasidagi tushunmovchiliklarga
chek quyilishiga ham o’z
yordamini beradi, ayniqsa, bunday
kanal ko'p madaniyatli
jamiyatlardan iborat BAA kabi
davlatlarda uning ta'siri
musulmonlardan ko’ra musulmon
bo’lmaganlarga qaratilgandir,
deb o’z fikrini beradi.
Ko’p
yillardan beri BAAda ishlab
kelayotgan frantsuz ayoli
Verjiniya xonim: «Bu radio
stansiyasi o’z faoliyati bilan
musulmon bo’lmagan muhojirlar
o’rtasida Islomning sofligini
tushuntirishda yordam berib,
diniy bilimning o’sishiga olib
keladi», desa, 33 yoshli
avstraliyalik uy bekasi: «Bu
nihoyatda ajoyib bir tashabbus
bo’lib, ijtimoiy va diniy
ta'lim-tarbiya uchun ayni
muddaodir. Men ba'zan
qo’shnilarim bilan islomiy
mavzulardagi suhbatlarda
ishtirok etishga qiynalib
qolaman. To’g'risini aytganda,
ingliz tilidagi axborot
kanalidan Islom dini borasida
chuqurroq ma'lumot olmoqchiman»,
deydi.
Olimlardan
biri Ismoil Abdulloh: «Islom
shunday radio stansiyasiga
muhtojdir. O’zim o’rganib
chiqqan so’nggi tahlillar
shuni ko’rsatmoqdaki, Dubayda
istiqomat qiluvchi juda
ko’plab musulmon
bo’lmagan g'arbliklar bu yerda
Islomga bag'ishlangan bironta
radio kanali yo’qligiga amin
bo’lishgan», dedi. Olimnnig
fikrlariga ko’ra, bu stansiya
Islomni endi qabul qilgan yangi
musulmonlarga o’zlarining
dastlabki taassurotlarini tashqi
auditoriya bilan
o’rtoqlashishga ham ko’mak
beradi.
________________________________________________________
Xitoy Islom olami bilan aloqalarni
yaxshilamoqchi
Xitoy diniy ishlar vaziri janob Kitaya Ye Syaven rasmiy tashrif bilan Misr arab respublikasiga tashrif
buyurdi. Janob Kitaya Ye Syaven aytishicha,
Islom samoviy dindir, u
tsivilizatsiyaga juda ham katta hissa qo'shgan va qo'shib keladi
ham. Xitoy o'zining bir qancha talabalarini
Misr, Birlashgan Arab
Amirliklari, Pokiston va boshqa mamlakatlarga malaka olish uchun
yubordi. Shu bilan bir qatorda Xitoyda juda ham ko'plab
Islom diniga bag'ishlangan kitob va jurnallar chop
qilinmoqda. Janob Kitaya Ye Syaven aytishicha, tez kunlarda maxsus radio stansiyasi ochilish arafasida
ekan. Unda Islom va boshqa dinlar haqida
eshittirishlar qo'yilar ekan.
Karmanada sodir bo'lgan zilzila qurbonlari soni ortib bormoqda
Islom axborot agentligining xabarlariga ko'ra, chorshanba kuni
janubiy-sharqdagi Karmanada sodir bo'lgan zilzila qurbonlari soni quyidagicha: 550 atrofida vafot
etganlar, 1500 dan ortiq jarohatlanganlar aniqlangan.
Karmana viloyatining Zindor va boshqa mintaqalarida ro'y bergan zilzila 6,4 ballni tashkil etgan. Karmana viloyati hokimi Muhammad Ali Karimiy Eron rasmiy televideniyasiga bergan intervyusida deydiki: "Deyarli barcha mintaqalarda telefon tarmoqlari uzilganligi, yo'llarning nosozligi va havoning og'ir kelishi tufayli tog'li mintaqalarda alohida-alohida joylashgan to'rtta rayonlarga borish qutqaruv guruhlarimizga qiyinchilik
tug'diryapti".
Davlat komitetining umumiy aloqalar bo'yicha bosh direktori imom Xominiy Karmana viloyati atrofidagi qishloqlar va Zindor shahrida to'satdan sodir bo'lgan zilzilaga nisbatan komitetning yordam harakatlari borasida fikr yuritib deydiki: "Mazkur komitet tomonidan yuborilgan yordamchilar Karmana zilzilasi tufayli musibatga uchragan aholiga yordam berishni jadallashtirdi. Ularga yordam komiteti tomonidan pechkalar, yopinchiq-choyshablar va chodir tikuvchi maxsus ustalar to'la-to'kis yetkazib berildi. Jabrlanganlarga yordam berish uchun Bum shahridan Zindor shahriga yordam kolonnalari jo'nab ketdi va hatto jabrlanganlarni qayd etish maqsadida Karmanadagi beshinchi o'quv markazidan ham yordam uyushtirildi. Shu bilan
birga mintaqadagi tinchlikni saqlab qolish va boshqaruv guruhlarini tashkil etish maqsadida posbonlar guruhi yuborildi".
Mecca Cola World jahon bozoriga intilmoqda
O'tgan yili
Frantsiyadan Dubayga ko'chgan Mecca Cola World xalqaro kompaniyasining markaziy
offisi jahon bozorida yetakchilikni qo'lga olish uchun BAAdan kurashning boshlang'ich nuqtasi sifatida foydalanishini e'lon qildi. Joriy yilda esa bu yerda
zavod qurilishi rejalashtiligan.
Ayni vaqtda dunyoning 64 mamlakatida Makka kolasi iste'mol qilinmoqda.
"Bizning asosiy xaridorimiz Meksika va Braziliya bo'lishi kerak. So'nggi paytlarda biz kuniga yarim milliard ichimlik ishlab
chiqarmoqdamiz", deydi Tavfiq Maslous o'zining rejalari borasida. Asta-sekinlik bilan Osiyo bozorlarini ham mazkur kompaniya
ichimligi egallab bormoqda. 2008 yilda kompaniya Indoneziyada 8 ta zavod qurishni rejalashtirmoqda.
Nafaqat Lotin Amerikasi va Osiyoni, balki Yevropa mamlakatlarini ham o'ziga tortayotgan va kompaniya mahsuloti savdosining o'sishiga sabab bo'layotgan tomoni uning global
kayfiyatlarga qarshiligidir. 2003 yil Mecca Cola World kompaniyasi 30 million AQSH dollarini tashkil etuvchi taxminan 1 milliard litr atrofida ichimliklarni sotgan. 2004 yilda esa bu ko'rsatkich 25% ga o'sdi.
Keyingi paytlarda dunyoning bir qancha davlatlarida mazkur kompaniya belgisi ostida soxta mahsulotlarning ko'payishi Makka kolasining nufuzidan darak beradi.
IKT bosh direktori matbuot
konferentsiyasini uyushtirdi
Islom axborot agentligining xabar berishicha, Yaman tashqi ishlar vaziri dok. Abu Bakr al-Qurbiy janoblari ishtirokida ushbu vazirlik binosida tashkil etilgan matbuot
konferentsiyasida Islom
konferentsiyasi tashkiloti bosh direktori prof. Akmaliddin
Ehson o'g'li o'zining birinchi galdagi eng muhim ishlaridan biri bu tashkilotda strukturaviy o'zgarishlarni amalgan oshirish,
Islom mamlakatlariga tashrif buyurib, bu borada tashabbuslarni qo'lga olish va o'sha yerlik aholining mazkur o'zgarishlar borasidagi fikrlarini bilishdan iborat ekanligini rasman e'lon qildi.
Prof.
Ehson o'g'li yana qo'shimcha qilib bu kabi strukturaviy o'zgarishlar IKT faoliyatini yanada jadallashtiribgina qolmay, balki musulmon ummatiga yuz tutayotgan zamonaviy masalalar va muammolarning muvaffaqiyatli yechilishiga
ham olib keladi va Islom diniga otilayotgan, jumladan, Islom
terrorizmiga beparvo yoki u taraqqiyotga zid kabi har xil
bo'htonlarning susayishiga ham sabab
bo'ladi, dedi.
Britaniya musulmonlari parlament nomzodlariga anketa
savollari
taqdimoti
Britaniya musulmonlari yaqinda bo'ladigan saylovlarda ishtirok etmoqchi bo'lgan har bir nomzodga ular javob berishi taklif qilingan va o'zlarini qiziqtirgan savollar ro'yxatini
tayyorlashdi. Bunday savollar tarkibidan Iroqdagi bo'layotgan
voqealar, diniy maktablar sonining oshishi va diniy erkinlikka yanada keng yo'l ochilishini so'rovchi qonunlar qabul qilish va
h. kabi mavzular o'rin olgan.
"Saylov jarayonida musulmonlarning faol ishtirok etishini
so'raymiz. Ular unga o'ta diqqat bilan yondashishlari
kerak, beparvolik bilan emas",
deydi Britaniyadagi Musulmonlar Kengashining umumasalalr bo'yicha komitet vakili Sherxon
janoblari. Mazkur tashkilotning spikeri Inoyat Bunglavala yaqin kunlarda London
machitlarida mamlkatning uchta yirik partiyalari a'zolari -
leyboristlar, konservatorlar va
liberal-demokratlar bilan uchrashuvlar tashkil qilinishini e'lon
qildi.
2006 yilda 1-Islom sun'iy yo'ldoshi ish boshlshaydi
21 dekabrda Qohirada tashkil etilgan
"Sun'iy yo'ldosh" komitetining BAA vakili hamda Fatvo va tadqiqot bo'limi boshlig'i doktor Umar al-Xatibning so'zlariga
ko'ra, 2006 y. 1-Islom sun'iy yo'ldoshi o'z faoliyatini
boshlaydi.
Dok. Umar al-Xatib mazkur yo'ldosh orbitaga qamariy hisob bilan 15 oyda yetib
borishini, bu proyekt 1997 y. Misrda Dar ul-Ifta tomonidan rejalashtirilganligining xabarini
berdi.Al-Xatib janoblari: "Oyning qamariy hisobi xususida kelib chiqayotgan muammolar mazkur sun'iy yo'ldosh proyektining arab va musulmon olami tomonidan qo'llab-quvvatlanishiga olib
keldi", dedi. Yana qo'shimcha qilib
Islom
ulamolari, IKT a'zolari va butun dunyo musulmonlar ligasini o'z ichiga olgan
"Sun'iy yo'ldosh" komiteti o'z faoliyatini rasman 2005
y. yanvar oyidan boshlaydi va bu jarayon Qohira universitetining fazo tadqiqotlari markazi bilan hamkorlikda bo'lishi
kerak, dedi.
Oyning aniqlanishi musulmon xalqlari o'rtasida doimo bahsli mavzuga aylanib kelgan va hatto ulamolar ham bu borada turlicha
fikrdalar. Mana shu muammoli mavzuga
Islom sun'iy yo'ldoshi barham berishi
kutilayapti."Koimtet uchrashuvi mobaynida olimlar mazkur sun'iy yo'ldosh Qohira universitetining fazo tadqiqotlari markazi
tomonidan ishlab chiqilgan ko'rsatmalar va tafsilotlar asosida
qurilib, Qohira shahrida qurilajak asosiy
stantsiya va Makkada bunyod topajak yordamchi
stantsiyalar orqali boshqarilishiga
kelishishdi. Mazkur ikki
stantsiya sun'iy yo'ldoshning faoliyatini nazorat qilib boradi va doimiy ishlab turishiga
javobgardir", deb qo'shimcha qiladi al-Xatib
janoblari. Islom mamlakatlari mazkur proyekt uchun 8
mln. AQSH dollari mablag' ajratishlari
kerak. Ushbu sun'iy yo'ldosh yarim oyni to'la kuzatish uchun Yerga yaqin balandlikda
uchadi.
Yana u Makka va Qohira shaharlaridagi
stantsiyalarga yarim oyning suratlarini jo'natib
turadi. Al-Xatib janoblari bulardan tashqari sun'iy yo'ldoshning yana ko'plab afzalliklariga urg'u
qaratdi.
|