Shiorimiz:   Fikr - yaxshilik va yomonliklarni ko'rsatadigan oynadir                                     

Yangiliklar 
Qur'oni karim
Hadisi sharif
Fiqh 
Islom tarixi
Tahlil
Iqtisod va huquq 
Juma mav'izalari 
Jannat qushchalari 
Islom va ilm 
Davolaninglar
Odam va Havvo 
Mazhablar 
Dinda savolim bor... 
Kutubxona 
Sharq bozori
Imîm Buõîriy
Statistika 
G'arbda Islom
O'zbekiston va Islom
Yilnoma 
Taklif  va munosabat 
Islomiy saytlar
Tanishuv
Namoz vaqti 
Mehmonxona 
Valyuta kursi 
 

 

Hadis izohlari

      Sahih hadis - to'g'ri va aql-idrokli kishi to'g'ri va aql-idrokli kishidan rivoyat qilgan, sanadi boshidan oxirigacha uzilmay muttasil bo'lgan, shoz va muallal bo'lmagan musnad hadisdir. 

      Mutavotir - aqlan va odatan yolg'on narsa ustida ittifoq qilishlari mumkin bo'lmagan bir jamoat, sanadi boshida, o'rtasida va oxirida xuddi shunday sifatga ega bo'lgan bir jamoadan rivoyat qilgan sahih hadislardir.

      Ahad - bunday hadislarning har bittasi xabari vohid, deyiladi. Xabari vohid - lug'aviy ma'nosiga ko'ra, bitta kishi rivoyat qilgan hadis, degani. Istilohiy ma'nosiga ko'ra - tavotur darajasiga etmagan hadisdir. 

      Mashhur - siqa (ishonchli) bir imomdan jamoat mushtarak tarzda rivoyat qilgan hadisdir Aniqlik, ochiqlik-ravshanlik kasb etgani bois bunday hadislar mashhur, deb nomlangan.

      Mustafiz - "yoyilmoq", "tarqalmoq" ma'nosida keladigan "istifoza" so'zidan kelib chiqqan ismi foilidir. 

      Aziz - ikki kishi rivoyat qilgan, ammo hamisha, har qaysi davrda roviylar sanog'i ikkitadan kam bo'lmagan hadisdir. Bunday hadislarning aziz, deb atalishiga sabab yo nodir bo'lgani uchun, yoki boshqa yo'ldan kelishi bilan quvvat kasb etgani uchundir. 

      G'arib va fard - sahobadan keyin sanadining har qanday bir joyida bitta roviy yakka holda rivoyat qilgan hadis. 

      Zaif - tarkibida Sahih va Hasan hadislarning sifati bo'lmagan hadis. 

      Mursal - sanadidan sahoba tushirib qoldirilgan hadis. 

      Munqoti' - sanadida bir roviy tushirib qoldirilgan yoki sanadida mubham bir kishiga o'rin berilgan hadis. 

      Mo'dal - sanadidan ikki yoki ko'proq roviysi tushirib qoldirilgan hadis. 

      Mudallas - aybi yashirilgan hadis. 

      A) Isnod tadlisi. Bir roviyning o'zi bilan bir davrda yashagan va o'zi bilan uchrashgan kishidan eshitmagan holda undan hadis rivoyat etmog'i yoki bir davrda yashagan, lekin o'zi bilan uchrashmagan bir kishidan xuddi uning og'zidan eshitgandek qilib hadis rivoyat qilmog'i isnod tadlisi, deyiladi. 

      B) Shayxlar tadlisi. Bir shayhdan eshitgan hadisni undan rivoyat qilganda, o'sha shayhning tanilmasligi uchun uni taniqsiz bir ismi yoki kunyasi bilan atalmog'i yoki shayxning taniqsiz bir sifat bilan sifatlantirmog'i shayxning tadlisidir. 

      Muallal - zohiran illatsiz ko'rinsa ham, sahihligiga jarohat etkazadigan bir illati yuzaga chiqarilgan hadis. 

      Muztarib - boshqa-boshqa va bir-biriga yaqin sabablar bilan rivoyat qilingan hadis.

     Maqlub - roviylardan birontasi matnda biror so'z o'rnini yoki sanadda biror roviy nomini y nasabini aniq tutmasdan, orqaga olinishi lozim bo'lgan so'z, nom yoki nasabni oldinga o'tkazilishi, nom yoki narsani orqaga olish yohud bir narsani boshqa bir narsaning o'rniga qo'yishi tarzida rivoyat qilingan hadis. 

      Shoz - rivoyati maqbul bo'lgan roviy o'zidan ko'ra maqbulroq bo'lgan roviyga muxolif tarzda rivoyt qilgan hadis. 

      Mankar - zaif roviy siga (ishonchli) roviyga muxolif (qarshi) tarzda rivoyat qilgan hadis. 

      Matruk - hadisda yolg'onchiligi taxmin qilingan yoki xoh fe'li, xoh so'zi bilan fosiqligi ayon bo'lgan yoki behad g'aflatda qolgan yoki fahm-xayoli ko'p bo'lgan roviy rivoyat qilgan hadis. 

      Marfo' - qavl (so'z), fe'l yoki taqrir sifatida Rasululloh sallallohu alayhi va sallamgacha ko'tarilgan hadis. Xoh sahoba, xoh tobe'in, xoh ulardan keyingilari Rasululloh sallallohu alayhi va sallamgacha yuksaltirgan hadis marfo', deyiladi. 

      Musnad - sanadi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamgacha marfo' tarzda, roviysidan to intihosiga qadar muttasil etib borgan hadisdir. 

      Muttasil - sanadi boshidan oxiriga qadar muttasil etib borgan hadis. 

      Mavquf - qavl (so'z), fe'l yoki taqrir sifatida sahobaga izofa qilingan hadis. 

      Maqtul' - qavl (so'z), fe'l yoki taqrir sifatida tobe'inga izofa qilingan hadis. 

      Muallaq - sanadining boshidan bir yoki bir necha roviy ketma-ket tushirib qoldirilgan hadis. 

      Muallaq Oliy - sanadida roviy sanog'i oz bo'lganidan Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga yaqin bo'lgan hadis. 

      Nozil - sanadida roviy sanog'i ko'p bo'lganidan Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan uzoqlashgan hadis. 

      Tobi' va shohid - bir hadisning boshqa bir hadisga muvofiq kelishidir. 

      Mudraj - matnida yoki sanadida asli o'zida bo'lmagan biror qo'shimcha topilgan hadis. 

      Musalsal - bir sifat yo bir hol yoki bir kayfiyat borasida roviylari ittifoq qilgan hadis. 

      Muzahhaf - nuqtalari o'zgartirilib, bir yoki bir necha harfi o'zgargan, ammo yozma shakli boqiy qolgan hadis. 

All Rights Reserved © Copyright 2005   by  www.fikr.uz   

Hosted by uCoz