O'ZBEKISTON PREZIDENTINING FARMONI1.
1.SSSR
Prezidenti Farmoyishini ijro
etish yuzasidan O'rta Osiyo va
Qozog'iston musulmonlari diniy
boshqarmasining O'rta Osiyo
regionida istiqomat qiluvchi 500
kishidan iborat bir guruh
musulmonlarni 1990 yil 19
iyundan 10 iyulgacha haj
qiluvchilar
sifatida Saudiya Arabistoniga
yuborish to'g'risidagi
iltimosiga rozilik berilsin.
2.
O'zbekiston Fuqaro aviasiyasi
boshqarmasi (o'rtoq Rafiqov) haj
qiluvchilarni kelishilgan
marshrut bo'yicha Jidda shahriga
(Saudiya Arabistoni) olib borib
qo'yish va olib kelishni
ta'minlasin, ana shu maqsadlar
uchun IL-86 va R1ya62
tayyoralari ajratilib, ularni
doimiy istiqomat joylariga
yetkazib qo'yishni ham
ta'minlasin.
3.
O'zbekiston SSJ Ichki ishlar
vazirligi (o'rtoq Yo'ldoshev)
ruxsatnomalar va qayd etish
bo'limi, O'zbekiston SSR Tashqi
ishlar vazirligi (o'rtoq Azimov),
O'zbekiston jumhuriyati
bojxonasi (o'rtoq Tarasov), SSSR
Vazirlar kengashi huzuridagi
O'zbekiston SSJ bo'yicha diniy
ishlar kengashi bilan birgalikda
tegishli yo'l hujjatlarining
jadal rasmiylashtirilishini
ta'minlasinlar.
4.
O'zbekiston SSJ Sog'liqni
saqlash vazirligi (o'rtoq
Bahromov) haj qiluvchilarga
zarur dori-darmonlar ajratib,
haj joylarida bo'lish davrida
ularga malakali tibbiy xizmat
ko'rsatilishini ta'minlasin.
5.
O'zbekiston SSJ Savdo vazirligi
(o'rtoq Usmonov) O'rta Osiyo va
Qozog'iston musulmonlari diniy
boshqarmasi bilan birgalikda
yodgorlik buyumlari, estalik
sovg'alari xarid etishda haj
qiluvchilarga ko'maklashsin.
6.
Toshkent shahar ijroiya
qo'mitasi (o'rtoq Shoabdurahimov)
musulmonlar diniy
boshqarmasining talabnomasiga
ko'ra haj qiluvchilar jo'nab
ketishi oldidan va Saudiya
Arabistonidan qaytganidan keyin
ularni Toshkent shahridagi
mehmonxonalarda
joylashtirilishini ta'minlasin.
O'zbekiston
Prezidenti I. KARIMOV 1990 yil 2 iyun
O'ZBEKISTON
PREZIDENTINING FARMONI1
Diniy
bayram Qurbon Hayitini dam
olish kuni deb e'lon qilish
haqida musulmonlarning ko'plab
istak va xohishlarini qondirish
hamda O'rta Osiyo musulmonlari
Diniy Boshqarmasining
murojaatini e'tiborga olib,
fuqarolar hamjihatligi va
mehr-oqibatini yuksaltirish
maqsadida Qurbon hayiti (Iyd
al-adha)ni bu yil 22 iyun kuni
va keyingi yillarda esa Qurbon
hayitining birinchi kuni dam
olish kuni deb tayinlansin.
O'zbekiston
Prezidenti I. KARIMOV
1991 yil 20 iyun
O'ZBEKISTON
PREZIDENTINING FARMONI1
An'anaviy
milliy bayram Ro'za hayiti
munosabati bilan va
mehnatkashlarning ko'pdan-ko'p
talab va istaklarini e'tiborga
olib:
1.
Respublika fuqarolariga 1991
yilning 16 aprelida ularning
xohishiga muvofiq ishga
chiqmaslikka va korxonalar,
muassasalar, tashkilotlar hamda
xo'jaliklarning ma'muriyati va
kasaba uyushmalari komitetlari
bilan kelishilgan holda bu kunni
keyinchalik ishlab berishga
ruxsat berilsin.
2.Qoraqalpog'iston SSR Vazirlar
Kengashi xalq deputatlari
mahalliy kengashlarining ijroiya
komitetlari, O'zbekiston SSR
vazirliklari va idoralari,
birlashmalar, korxonalar,
muassasalar, tashkilotlar va
xo'jaliklarning rahbarlari
mazkur Farmonning birinchi bandi
bajarilishini ta'minlasinlar.
O'zbekiston
Prezidenti I. KARIMOV 1991
yil 11 aprel
|