VIJDON
ERKINLIGI
1-modda.
Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu
qonunning maqsadi har bir
shaxsning vijdon erkinligi va
diniy etiqod huquqini, dinga
munosabatidan qat'i nazar
fuqarolarning tongligini
ta'minlash, shuningdek, diniy
tashkilotlarning faoliyati bilan
bog'liq munosabatlarni tartibga
solib turishdan iborat.
2-modda.
Vijdon erkinligi va diniy
tashkilotlar to'g'risidagi qonun
hujjatlari
Vijdon
erkinligi va diniy tashkilotlar
to'g'risidagi qonun hujjatlari
O'zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasidan,ushbu Qonun
va boshqa qonun hujjatlaridan
iborat.
Qoraqalpog'iston Respublikasida
vijdon erkinligini va diniy
tashkilotlar faoliyatini
ta'minlashga oid munosabatlar,
shuningdek, Qoraqalpog'iston
Respublikasining qonun
hujjatlari bilan ham tartibga
solinadi.
Agar O'zbekiston
Respublikasining xalqaro
shartnomasida O'zbekiston
Respublikasining vijdon
erkinligi va diniy tashkilotlar
to'g'risidagi qonun
hujjatlaridagidek boshqacha
qoidalar belgilangan bo'lsa,
halqaro shartnoma qoidalari
qo'llaniladi.
3-modda.
Vijdon erkinligi huquqi
Vijdon erkinligi - fuqarolarning har
qanday dinga etiqod qilish yoki
hech qanday dinga etiqod
qilmaslikdan iborat
kafolatlangan konstitutsiyaviy
huquqidir.
Fuqaro o'zining dinga, dinga
e'tiqod qilishga yoki etiqod
etmaslikka, ibodat qilishda,
diniy rasm-rusumlar va
marosimlarda qatnashish yoki
qatnashmaslikka, diniy ta'lim
olishga o'z munosabatini
belgilayotgan paytda uni u yoki
bu tarzda majbur etishga yo'l
qo'yilmaydi.
Voyaga yetmagan bolalarni diniy
tashkilotlarga jalb etish,
shuningdek, ularning ixtiyoriga,
ota-onalari yoki ularning
o'rnini bosuvchi shaxslar
ixtiyoriga zid tarzda dinga
o'qitishga yo'l qo'yilmaydi.
Dinga etiqod qilish yoki o'zga
etiqodlar erkinligi milliy
xavfsizlikni va jamoat tartibini,
boshqa fuqarolarning hayoti,
salomatligi, axloqi, huquqi va
erkinliklarini ta'minlash uchun
zarur bo'lgan darajadagina
cheklanishi mumkin.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi
bo'lmagan shaxslar O'zbekiston
Respublikasi fuqarolari bilan
teng ravishda vijdon erkilligi
va diniy etiqod erkinligi
huquqidan foydalanadilar hamda
vijdon erkinligi va diniy
tashkiloilar to'g'risidagi qonun
hujjatlarini buzganlik uchun
qonunda belgilangan tarzda
javobgar bo'ladilar.
4-modda.
Fuqarolarning dinga
munosabatidan qat'iy nazar teng
huquqliligi
O'zbekiston Respublikasi
fuqarolari dinga munosabatidan
qat'iy nazar qonun oldida
tengdirlar. Rasmiy hujjatlarda
fuqaroning dinga munosabati
ko'rsatilishiga yo'l qo'yilmaydi.
Fuqarolarning dinga munosabatiga
qarab ularning huquqlarini har
qanday cheklash va ularga
bevosita yoki bilvosita
imtiyozlar belgilash, dushmanlik
va adovat uyg'otish yohud
ularning diniy yoki dahriylik
etiqodi bilan bog'liq
his-tuyg'ularini haqoratlash,
diniy ziyoratgohlarni oyoq osti
qilish qonunda belgilangan
javobgarlikni keltirib chiqaradi.
Hech kim diniy etiqodini ro'kach
qilib qonunda belgilangan
majburiyatlarni bajarishdan bosh
tortishga haqli emas. Qonunga
muvofiq bajarilishi majburiy
bo'lgan bir vazifani diniy
etiqodi tufayli boshqasi bilan
almashtirishga qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan
hollardagina yo'l qo'yiladi.
5-modda.
Dinning davlatdan ajratilganligi
O'zbekiston
Respublikasida din davlatdan
ajratilgan. Hech bir dinga yoki
diniy e'tiqodga boshqalariga
nisbatan biror-bir imtiyoz yoki
cheklashlar belgilanishiga yo'l
qo'yilmaydi.
Davlat turli dinlarga etiqod
qiluvchi va ularga qilmaydigan
fuqarolar, har xil etiqodlarga
mansub diniy tashkilotlar
o'rtasida o'zaro murosa va
hurmat o'rnatilishiga
ko'maklashadi, diniy va o'zga
mutaasiblikka hamda ekstremizmga,
munosabatlarni qarama-qarshi
qo'yish va keskillashtirishga,
turli konfessiyalar o'rtasida
adovatni avj oldirishga
qaratilgan xatti-harakatlarga
yo'l qo'ymaydi.
Davlat diniy konfessiyalar
o'rtasidagi tinchlik va
totuvlikni qo'llab-quvvatlaydi.
Bir diniy konfessiyadagi
dindorlarni boshqasiga
kiritishga qaratilgan
xatti-harakatlar (prozelitizm),
shuningdek, boshqa har qanday
missionerlik faoliyati man
etiladi. Ushbu qoidaning
buzilishiga aybdor bo'lgan
shaxslar qonun hujjatlarida
belgilangan javobgarlikka
tortiladilar.
Davlat diniy tashkilotlar
zimmasiga o'zining hech qanday
vazifasini bajarishni
yuyelamaydi, ularning qonun
hujjatlariga zid bo'lmagan
faoliyatini hamda dahriylik
targ'ibotiga oid faoliyatni
mablag' bilan ta'minlaydi.
O'zbekiston Respublikasida
diniy mohiyatdagi siyosiy patiya
va jamoat harakati, shuningdek,
Respublikadan tashqarida
tuzilgan diniy partiyalarning
filiallari va bo'limlarini
tuzishga va ularning faoliyat
yuritishiga yo'l qo'yilmaydi.
Diniy tashkilotlar amaldagi
qonun hujjatlari talabalariga
rioya etishlari shart. Dindan
davlatga va konstitutsiyaga
qarshi targ'ibot olib borishda,
dushmanlik, nafrat, millatlararo
adovat uyg'otish, axloqiy
negizlarni va fuqaroviy
totuvlikni buzishda, bo'hton
vaziyatni beqarorlashtiruvchi
uydirmalarni tarqatishda, aholi
o'rtasida vahima chiqarishda
hamda davlatga, jamiyat va
shaxsga qarshi qaratilgan boshqa
xatti-harakatlarda foydalanishga
yo'l qo'yilmaydi. Terrorizm,
narkobiznes va uyushgan
jinoyatchilikka ko'maklashadigan,
shuningdek, boshqa g'arazli
maqsadlarni ko'zlovchi diniy
tashkilotlar, oqimlar sektalar
va boshqalarning faoliti man
etiladi.
Davlat hokimyati va boshqaruv
organlariga, mansabdor
shaxslarga tazyiq o'tkazishga
qaratilgan har qanday urinish,
shuningdek, yashirin diniy
faoiyat qonun bilan taqiqlanadi.
6-modda. Davlat
organlarining va fuqarolarning
o'zini o'zi boshqarish
organlarining diniy tashkilotlar
bilan o'zaro
munosabat borasidagi vakolatlari
Davlat organlari bilan diniy
tashkilotlarning o'zaro
munosabatlarini
muvofiqlashtirish hamda vijdon
erkinligi va diniy tashkilotlar
to'g'risidagi qonun hujjatlari
ijrosini nazorat qilish vazifasi
O'zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Din ishlari bo'yicha qo'mita
zimmasiga yuklanadi. Qo'mitaning
huquqiy maqomi O'zbekiston
Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyat, tuman va shahar
hokimliklari va fuqarolarning
o'zini o'zi boshqarish organlariga
tegishli hududlarida vijdon
erkinligi va diniy tashkilotlar
to'g'risidagi qonun hujjatlariga
rioya etilishi uchun
qonun bo'yicha javobgardirlar.
7-modda.
Ta'lim tizimi va din
O'zbekiston Respublikasida
ta'lim tizimi dindan ajratilgan.
Ta'lim tizimining o'quv
dasturlariga diniy fanlar
kiritilishiga yo'l qo'yilmaydi.
O'zbekiston Respublikasi
fuqarolarning dunyoviy ta'lim
olish huquqi ularning dinga
bo'lgan munosabatidan qat'iy nazar
ta'min etiladi.
8-modda.
Diniy tashkilotlar
O'zbekiston
Respublikasi fuqarolarining
dinga e'tiqod qilish, ibodat,
rasm-rusumlar va marosimlarning
birgalikda ado etish maqsadida
tuzilgan ko'ngilli birlashmalari
(diniy jamiyatlar,diniy o'quv
yurtlari, masjidlar, cherkovlar,
sinagogalar, monastirlar
va boshqalar) diniy tashkilotlar
deb e'tirof etiladi.
Diniy tashkilot O'zbekiston
Respublikasinini o'n sakkiz
yoshga to'lgan va O'zbekiston
Respublikasi hududida doimiy
yashayogan yuz nafardan kam
bo'lmagan fuqarolari tashabbusi
bilan tuziladi.
Tegishli konfessiyaga qarashli
diniy tashkilotlarning
faoliyatini muvofiqlashtirish va
yo'naltirib borish uchun
ularning O'zbekiston
Respublikasi bo'yicha yagona
markaziy boshqaruv organlari (bundan
keyin - markaziy boshqaruv
organlari deb yuritiladi)
tuzilishi mumkin.
Markaziy boshqaruv organi
O'zbekiston Respublikasining
kamida sakkizta hududiy
tuzilmasida (viloyat, Toshkent
shahri, Qoraqalpog'iston
Respublikasi) faoliyat
konfessiyalarning ro'yxatga
olingan diniy tashkilotlari
vakillari ta'sis yig'ilishi (konferentsiyasi
) tomonidan tuziladi.
Diniy tashkilotlar O'zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligida
yoki uning joylardagi
organlarida ro'yxatdan
o'tkazilgandan keyin yuridik
shaxs maqomiga ega bo'ladi va
qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan tartibda o'z
faoliyatini amalga oshirish
mumkin.
Tegishli diniy ma'lumotga ega
bo'lgan O'zbekiston Respublikasi
fuqarolari diniy
tashkilotlarning rahbarlari
bo'lishshlari mumkin. Diniy
tashkilotlar rahbarligiga
O'zbekiston Respublikasining
fuqarosi bo'lmagan shaxslarning
nomzodi O'zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Din ishlari bo'yicha qo'mita
bilan kelishib olinadi.
9-modda.
Diniy o'quv yurtlari
Diniy
tashkilotlarning markaziy
boshqaruv organlari ruhoniylar
va o'zlariga zarur bo'lgan diniy
xodimlar tayyorlash uchun diniy
o'quv yurtlari tuzishga haqli.
Diniy o'quv yurtlari O'zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligida
ro'yxatdan o'tkazilib, tegishli
litsenziya olganidan keyin
faoliyat ko'rsatish huquqiga ega
bo'ladi.
Oliy va o'rta diniy o'quv
yurtlarida ta'lim olish uchun
fuqarolar O'zbekiston
Respublikasining "Ta'lim
to'g'risida" gi Qonuniga
muvofiq umumiy majburiy o'rta
ta'lim olganidan keyin qabul qi
linadi.
Diniy o'quv yurtlarida diniy
fanlarni o'qitayotgan shaxslar
diniy ta'lim olgan bo'lishlari
va o'z faoliyatlarini tegishli
markaziy boshqaruv organining
ruxsati bilan amalga
oshirishlari lozim.
Hususiy tartibda diniy ta'lim
berish man etiladi.
10-modda.
Diniy tashkilotning ustavi
Diniy
tashkilotning ustavi quyidagi
ma'lumotlarni o'z ichiga olgan
bo'lishi kerak:
-
Diniy tashkilotning nomi, turi,
joylashgan manzili, qaysi dinga
mansubligi;
-
Maqsadi, vazifalari va
faoliyatining asosiy turlari;
-
Faoliyatni tashkil etish va
tugatish tartibi;
-
Tuzilishi va boshqaruv organlari;
-
Mablag'lari manbai hamda ushbu
tashkilot ichidagi, shuningdek,
undan tashqaridagi mulkiy
munosabatlar;
-
Ustavga o'zgartirishlar va
qo'shimchalar kiritish tartibi;
-
Ushbu diniy tashkilotga
taalluqli
boshqa ma'lumotlar.
Markaziy boshqaruv organlariga
ega bo'lgan diniy
tashkilotlarning ustavlari
mazkur boshqaruv organlaribilan
kelishilgan bo'lishi kerak.
11-modda.
Diniy tashkilotlarni ro'yxatga
olish
Diniy
tashkilotlarning markaziy
boshqaruv organlarini ro'yxatga
olish O'zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi tomonidan,
boshqa diniy tashkilotlar esa tegishli ravishda
Qoraqalpog'iston Respublikasi
Adliya vazirligi, viloyatlar Toshkent
shahar Adliya
boshqarmalari tomonidan
O'zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Din ishlari bo'yicha qo'mita
bilan kelishilgan holda amalga
oshiriladi.
Diniy tashkilotlarni ro'yxatga
olish uchun quyidagi hujjatlar
taqdim etiladi:
-
Diniy tashkilot tuzish
tashabbuskorlari bo'lgan, yuz
nafardan kam bo'lmagan
O'zbekiston Respublikasi
fuqarosi imzolagan ariza;
-
Diniy tashkilotning ustavi;
-
Ta'sis yig'ilishining bayoni;
-
Tuzilayotgan diniy tashkilot
joylashgan manzilni tasdiqlovchi
hujjat;
-
Ro'yxatga olish yig'imi
to'langani to'g'risidagi hujjat;
Diniy tashkilotlarning markaziy
boshqaruv organini ro'yxatga
olish uchun quyidagi hujjatlar
taqdim etiladi:
-
Ta'sis yig'ilishi (konferentsiyasi)ning raisi va kotibi imzo
qo'ygan ariza;
-
Diniy tashkilotlar markaziy
boshqaruv organining ustavi;
-
Ta'sis yig'ilishi (konferentsiyasi)ning
bayoni;
-
Ta'sischilar vakolatini
tasdiqlovchi hujjatlar;
-
Rahbar organ joylashgan manzilni
tasdiqlovchi hujjat.
Diniy tashkilotlar hamda
ularning markaziy boshqaruv
organlarini ro'yxatdan o'tkazish
to'g'risidagi ariza berilgan
kundan e'tiboran bir oyda
ko'rib chiqiladi.
Adliya organlari qo'shimcha
materiallar talab qilib olishga
hamda tegishli organlarning
ekspert xulosasini olishga haqli.
Bunday holda qaror ro'yxatdan
o'tkazish to'g'risidagi ariza
berilgan kundan e'tiboran uch
oylik muddatda qabul qilinadi.
Diniy tashkilotning ustaviga
kiritilgan qo'shimchalar va
o'zgartirishlar diniy
tashkilotni ro'yxatga olish kabi
tartib va muddatlarda ro'yxatga
olinishi lozim.
Diniy tashkilotlar
rahbarlarining tashkilot
ustavini davlat organlarida
ro'yxatdan o'tkazishdan bo'yin
tovlashi qonun hujjatlariga
muvofiq javobgarlikka tortishga
olib keladi.
Diniy tashkilotlarning faoliyati
o'z ustaviga muvofiqligini
nazorat qilish diniy tashkilotni
ro'yxatga olgan organ tomonidan
amalga oshiriladi.
Ro'yhatdan o'tmagan diniy
tashkilotlar faoliyat
ko'rsatishga yo'l qo'ygan
mansabdor shaxslar qonun
hujjatlariga muvofiq javobgar
bo'ladilar.
12-modda.
Diniy tashkilotlarni ro'yxatga
olishni rad etish
Agar diniy tashkilot ustavining
qoidalari va boshqa hujjatlari
ushbu Qonun yoki O'zbekiston
Respublikasi boshqa qonun
hujjatlarining talablariga zid
bo'lsa, uni ro'yxatga olish rad
etilishi mumkin.
Diniy tashkilotni ro'yxatga
olish rad etish asoslari
ko'rsatilgan qaror yozma
ravishda arizachilarga
yuboriladi. Diniy tashkilot
tuzish tashabbuskorlari
ustavlarini qonun hujjatlariga muvofiq holga
keltirganlaridan so'ng ustavni
ro'yxatdan o'tkazish
to'g'risidagi ariza bilan
tegishli tarzda O'zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligiga
yoki uning joylardagi
organlariga qaytadan murojaat
etish huquqiga ega.
Diniy tashkilotni ro'yhatga
olish rad etilganligi yoxud
Adliya organlari tomonidan ushbu
qonun talablari buzilganligi
ustidan sudga shikoyat qilish
mumkin.
13-modda.
Diniy tashkilotning faoliyatini
tugatish
Diniy
tashkilotning faoliyati u o'zini
o'zi tarqatib yuborganda yoki
ushbu Qonunning, shuningdek,
O'zbekiston Respublikasi boshqa
qonun hujjatlarining qoidalari
buzilgan taqdirda tugatilishi
mumkin.
Diniy tashkilot faoliyatini
tugatish to'g'risidagi qaror uni
ro'yxatga olgan organ tomonidan
qabul qilinadi.Ushbu qaror
ustidan sudga shikoyat qilinishi
mumkin.
14-modda.
Diniy urf-odatlar va marosimlar
Diniy tashkilotlar ibodat qilish
yoki diniy rasm-rusmlar
o'tkazish uchun qulay joylar
tashkil etish va ularni saqlab
turish, shuningdek,
ziyoratgohlarni saqlab turish
huquqiga egadir.
Ibodat, diniy rasm-rusmlar va
marosimlar diniy tashkilotlar
joylashgan manzildagi
ibodatxonalarda va ularga
tegishli hududlarda,
ziyoratgohlarda, qabristonlarda,
zarur hollarda fuqarolarningi
ixtiyorlariga binoan ularning
uylarida o'tkaziladi.
Kasalxonalarda, gospitallarda
keksalar va nogironlar uylarida,
dastlabki qamoq va jazoni o'tash
joylarida ibodatlar va diniy
rasm-rusumlar shu yerdagi
fuqarolarning iltimoslariga
binoan o'tkaziladi.
Diniy marosim va ibodat
binolaridan tashqarida
o'tkaziladigan ommaviy ibodatlar,
diniy rasm-rusumlar va
marosimlar O'zbekiston qonun
hujjatlarida belgilangan
tartibda amalga oshiriladi.
O'zbekiston Respublikasi
fuqarolarining (diniy
tashkilotlarning xizmatidagilar
bundan mustasno) jamoat
joylarida ibodat liboslarida
yurishlariga yo'l qo'yilmaydi.
Diniy tashkilotlar dindorlardan
majburiy pul yig'imlari va
to'lovlar undirishga, shuningdek,
ularga nisbatan shaxsning sha'ni
va qadr-qimmatini kamsituvchi
choralarni qo'llashga haqli emas.
15-modda.
Diniy tashkilotlarning mulki
Diniy tashkilotlarning o'z
mablag'lari hisobidan sotib
olingan yoki yaratilgan,
fuqarolar, jamoat birlashmalari
ehson qilgan (vasiyat qilib
qoldirgan ) yoxud davlat
tomonidan berilgan, shuningdek,
chet elda joylashgan qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan
boshqa asoslarda olingan, o'z
faoliyatlarini ta'minlash uchun
zarur bo'lgan binolar, imoratlar,
ibodat qilish anjomlari, ishlab
chiqarish, ijtimoiy va xayriya
inshootlari, pul mablag'lari va
boshqa mol-mulklar ularning
mulki bo'lishi mumkin. Diniy
tashkilotlarning mulkiy
huquqlari qonun bilan muhofaza
qilinadi.
16-modda.
Davlat mulki bo'lgan mol-mulkdan
foydalanish
Diniy tashkilotlar o'z
ehtiyojlari uchun davlat
organlari tomonidan shartnoma
asosida beriladigan binolar va
mol-mulkdan foydalanishga
haqlidir.
Tarixiy va madaniy yodgorliklar
ob'yektlari va buyumlarini diniy
tashkilotlarga foydalanish uchun
berish qonun hujjatlariga
muvofiq amalga oshiriladi.
Diniy tashkilotlar uchun yer
ajratish hamda ibodat binolari
qurish tegishli ravishda
Qoraqalpog'iston Respublikasi
Vazirlar Kengashi, viloyatlar va
Toshkent shahar hokimliklari,
shuningdek, O'zbekiston
Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining ruxsati bilan
belgilangan tartibda amalga
oshiriladi.
17-modda/
Ishlab chiqarish va xo'jalik
faoliyati.
Diniy tashkilotlarning markaziy
boshqaruv organlari ustavdagi
maqsadlaridan kelib chiqib,
O'zbekiston Respublikasi qonun
hujjatlariga muvofiq
noshirlik,ishlab chiqarish,
ta'mirlash-qurilish, qishloq
ho'jalik korxonalari va boshqa
korxonalarni, shuningdek,
xayriya
muassasalarini (yetimxonalar,
kasalxonalar) ta'sis etishga
haqlidir.
18-modda.
Faoliyatini tugatgan diniy
tashkilotlarning mol-mulkini
tasarruf etish.
Diniy tashkilotlarning faoliyati
tugatilgandan keyin ularga
foydalanib turish uchun berilgan
mol-mulk o'z egalariga
qaytariladi.
Diniy tashkilotlarning faoliyati
tugatilgan taqdirda, ularga
qarashli mol-mulkka egalik
qilish ularning ustavi va qonun
hujjatlariga muvofiq amalga
oshiriladi. Kreditorlarning
talablarini qondirish uchun
undirish qaratilishi mumkin
bo'lmagan ibodatga oid mol- mulk
ro'yxati diniy tashkilotlarning
taqdimnomasiga binoan
O'zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilanadi.
Huquqiy vorislari bo'lmagan
mol-mulk davlat mulki hisobiga
o'tadi.
19-modda.
Diniy adabiyot va diniy
maqsadlarga mo'ljallangan
buyumlar
Diniy
tashkilotlarning markaziy
boshqaruv organlari diniy
maqsadlarga mo'ljallangan
buyumlar, diniy adabiyotlar va
diniy mazmundagi boshqa axborot
materiallarini O'zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda ishlab
chiqarishga, eksport va import
qilishga hamda tarqatishga
haqlidir.
Chet elda nashr etilgan diniy
adabiyotlarni olib kelish va
tarqatish, ularning mazmuni
qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda ekspertizadan
o'tkazilgandan keyin amalga
oshiriladi.
Diniy tashkilotlarning markaziy
boshqaruv organlari tegishli
litsenziya olgandan so'ng diniy
ibodat buyumlarini ishlab
chiqarish va tarqatish huquqiga
faqat ular ega bo'ladilar.
Diniy ekstremizm, separatizm va
aqidaparastlik g'oyalari bilan
yo'g'rilgan matba nashrlarini,
kino, foto, audio, video
mahsulotlarini va shu kabi
boshqa mahsulotlarni tayyorlash,
saqlash va tarqatish qonun
hujjatlariga muvofiq
javobgarlikka tortishga olib
keladi.
20-modda. Diniy
tashkilotlarning xayriya
faoliyati
Diniy
tashkilotlar va xayriya
mehr-muruvvat faoliyatini amalga
oshirishga haqlidir.
21-modda.
Diniy tashkilotlarda mehnatga
oid huquqiy munosabatlar
Diniy tashkilotlarda mehnat
shartnomalari (kontraktlari)
bo'yicha ishlayotgan fuqarolarga
O'zbekiston Respublikasining
mehnat to'g'risidagi qonun
hujjatlari tatbiq etiladi.
22-modda.
Diniy tashkilotlarning xalqaro
aloqalari
Diniy tashkilotlar muqaddas
joylarni ziyorat qilish yoki
boshqa diniy tadbirlarda
ishtirok etish maqsadida qonun
hujjatlariga muvofiq xalqaro
aloqalar o'rnatish va olib
borishga haqlidir.
23-modda.
Vijdon erkinligi va diniy
tashkilotlar to'g'risidagi qonun
hujjatlarini buzganlik uchun
javobgarlik
Vijdon
erkinligi va diniy tashkilotlar
to'g'risidagi qonun hujjatlarini
buzishda aybdor bo'lgan
mansabdor shaxslar, diniy
tashkilotlarning xizmatidagilar
va fuqarolar O'zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda javobgar
bo'ladilar.
|